Ekstraktlar. Ekstrakt kontsentratlar. Suyuq ekstraktlarni olish usullari. Аjratma olish samaradorligiga taʼsir etadigan omillar


Download 39.5 Kb.
Sana14.10.2022
Hajmi39.5 Kb.
#846814
Bog'liq
farm tex-2
Bugungi kunda, JMN 2020, 9-maruza. Axborot xavfsizligi tushunchasi, Kompyuterlarning texnik va dasturiy ta`minot, 2-Seminar mashguloti-2, Dam olish daqiqasi, fizika, Она тили дарсларида чиройли ёзувга ўргатиш, Presentation ACL, buyruq, Marg\'uba opa savollari, Рўйхат иштирокчилар , chaynvord, chaynvord-13



Ekstraktlar. Ekstrakt kontsentratlar. Suyuq ekstraktlarni olish usullari. Аjratma olish samaradorligiga taʼsir etadigan omillar


Reja:


1. Ekstraktlar tavsifi.
2. Suyuq ekstraktlarni olishdagi texnologik bosqichlar.
2.1. Xom ashyo va ajratuvchini tayyorlash;
2.2. Аjratma olish usullari;
3. Аjratma olish jarayoniga taʼsir etadigan omillar.

Ekstraktlar deb oʼsimlik xom ashyosidan biologik faol moddalari suv, spirt, efir yoki boshqa ajratuvchilar yordamida ajratmb olingan va ajratuvchisi qisman, baʼzan butunlay bugʼlatilgan ajratmalarga aytiladi. Ekstraktlar — kuyuq-suyuqligiga (konsistentsiya) qarab tasniflanadi.


Quyuq ekstraktlar — kontsentrlangan ajratmalar boʼlib, 50% dan koʼp namlik saqlaydi, ajratuvchi sifatida har xil quvvatdagi etil spirti ishlatiladi.
Quyuq ekstraktlar - oʼta qovushqoq boʼlib, idishdan toʼkilmaydigan, asalsimon choʼziladigan massa boʼlib, 25% gacha namlik saqlaydi, ular 3:1, 4:1, 5:1, 6:1) nisbatlarda tayyorlanadi.
Quruq ekstraktlar tolqon boʼlib, 5% gacha namlik saqlaydi.
SUYUQ EKSTRАKTLАR
Suyuk ekstraktlar oson qoʼzgʼaluvchan spirt-suvli ajratmalar boʼlib, 1:1 nisbatda, yaʼni bir ogʼirlik qism xom ashyodan bir xajmiy qism maxsulot olinadi. Suyuq ekstraktlar tayyorlanishi nisbatai osonligi, taʼsir qiluvchi moddalar majmuasining tabiiyligi, xom ashyo va tayyor maxsulot nisbatining oddiyligi bilan tibbiyotda keng koʼlamda ishlatishga imkoniyat beradi. Shu bilan birga ular ekstraktiv moddalarga toʼyingan boʼlib, saq lash harorati pasayishi yoki spirtning bir qismini uchib ketishi bilan choʼkma xosil qiladi, bu esa suyuq ekstraktlarni tashish va saqlashni ancha chegaralab qoʼyadi. Suyuq ekstraktlar perkolyatsiya, reperkolyatsiya va Bosin usullarida olinishi mumkin.
Perkolyatsiya usuli — 1 — 8 mm gacha maydalangan xom ashyo aloxida idishda 100—150% (xom ashyoga nisbatan) ajratuvchi bilan boʼkish uchun 4 soatga qoldiriladi. Soʼng xuddi nastoyka tayyorlashdagi kabi perkolyatorga oʼtkazilib, ajratuvchi bilan «oynasimon yuza» hosil qilib 1 — 2 kunga qoldiriladi. Keyin alohida idishga umumiy maxsulotning 85% qismini perkolyatsiya qilib olinadi.
Ikkinchi idishga esa xom ashyo tarkibidagi taʼsir etuvchi modda tugaguncha perkolyatsiya davom ettiriladi va ajratma vakuum-bu-latgich asbobida 50—60°S haroratda quyuq holiga keltirilib, birinchi idishdagi ajratma bilan birlashtiriladi va toza ajratuvchi bilan kerakli xajmgacha yetkaziladi. Ikkita idishda perkolyatsiya qilishdan maqsad. Taʼsir qiluvchi moddaning asosiy kremniy (85%) harorat taʼsiriga uchratmaslikdir. Bu usul ishlab chiqarish unumdorligi past boʼlganligi va xarorat taʼsir ettirilganligi tufayli kam ishlatiladi.
Reperkolyatsiya usuli — qayta (takroriy) perkolyatsiyalash. Bunda 3—5 perkolyator ketma-ket joylashtirilgan boʼlib, birinchi perkolyatordan olingan ajratma keyingilari uchun ajratuvchi boʼlib xizmat qiladi. Shu tarzda ajratma taʼsir etuvchi modda bilan toʼyinib boradi. Reperkolyatsiya usullari:
— Xom ashyoni teng boʼlaklarga boʼlib, tugallanmagan siklda ajratma olish. Xom ashyo 3 yoki 5 ta perkolyatorga teng boʼlaklarga boʼlib joylashtiriladi va har bir perkolyatordagi ish jarayoni xuddi perkolyatsiyaga oʼxshash olib boriladi. Birinchi perkolyatordan 80% miqdorda ajratma perkolyatsiya qilib olinadi, soʼng xom ashyoda taʼsir qiluvchi modda qolmaguncha perkolyatsiya davom etti¬riladi. Suyuq ajratma ikkinchi perkolyatordagi xom ashyoni boʼktirish va undan ajratma olish uchun xizmat qiladi. Keyingi perkolyatorlardan birinchi qism ajratma 100% (yaʼni perkolyatordagi xom ashyo miqdoriga teng) miqdorda olinadi. Keyii oxirgi perkolyatordan alohida idishga xom ashyoda taʼsir etuvchi modda tugaguncha per-kolyatsiya qilinadi. Birinchi idishlardagi ajratmalar qoʼshiladi (80+100+100+100+100 = 480), yot moddalardan tozalanadi, baholanadi va tayyor maxsulot sifatida topshiriladi.
Oxirgi perkolyatordan olingan suyuq ajratma keyingi sikldagi xom ashyoni boʼktirish, ivitish va ajratma olish uchun ishlatiladi.
- Xom ashyoni teng boʼlaklarga boʼlib, tugallangan siklda ajratma olish. Bu usul yuqoridagidan deyarli farq qilmaydi. Faqat bunda oxirgi perkolyatordan olingan suyuq ajratma quyuq ajratma holatgacha bugʼlantiri
ladi, oldingi qismlarga qoʼshiladi va toza ajratuvchi 100 qismgacha yetkaziladi.
- Xom ashyoni teng boʼlmagan boʼlaklarga boʼlib reperkolyatsiya qilish. Bu usul Аmerika Qoʼshma Shtati Farmakopeyasi boʼyicha rasmiy usul xisoblanadi. Bunda xom ashyo perkolyatorlarga 5:3:2 nisbatda joylashtirila. Tayyor mahsulot esa 2:3:5 nisbatda olinadi. Masalan: 1000 kg xom ashyo perkolyatorlarga 500 kg: 300 kg: 200 kg dan joylashtirilib, birinchi perkolyatordagi xom ashyo boʼktirib va ivitilgandan soʼng alohida idishga 200 l ajratma perkolyatsiya qilib olinadi, keyin perkolyatordagi xom ashyoda taʼsir qiluvchi modda qolmaguncha boʼlak boʼlak qilib perkaloyatsiya qilish davom ettiriladi va bu suyuq ajratma ikkinchi perkolyatordagi xom ashyoni boʼktirish, ivitish va perkolyatsiya qilish uchun sarflanadi
Ikkinchi perkolyatordan 300 l ajratma perkolyatsiya qilib olinadi, keyin ish birinchi perkolyatordagidek davom ettiriladi va uchinchi perkolyatordan 500 l mahsulot yigʼib olinadi.
Hammasi boʼlib, 100 qism tayyor mahsulot.
Har safar perkolyatordan olinayotgan suyuq ajratmalar keyingisi uchun ajratuvchi boʼlib xizmat qiladi. Bu usulda uchinchi perkolyatordagi xom ashyodan taʼsir etuvchi modda toʼliq ajratib olinmaydi va koʼp vakt talab qilinadi.
Bosin usuli. Xom ashyoni teng boʼlaklarga boʼlib, 4 yoki 6 perkolyatorlarga joylashtiriladi. Perkolyatordagi xom ashyoni boʼktirish, ivitish va ajratma olish perkolyatsiya usulidagidek olib boriladi. Birinchi perkolyatordagi xom ashyoning miqdoriga nisbatan 50—100% miqdorda ajratma perkolyatsiya qilib olinadi va u ikkinchi per¬kolyatordagi xom ashyoni boʼktirish uchun sarflanadi. Soʼng birinchi perkolyatordagi xom ashyoni taʼsir qiluvchi mod¬da qolmagunga qadar perkolyatsiya qilinadi. Bu ajratma ikkinchi perkolyatordagi xom ashyoda «oynasimoi yuza» hosil qilish va perkolyatsiyalash uchun ishlatiladi. Qolgan perkolyatorda bu jarayon takrorlanadi va oxirgi perkolyatorda umumiy xom ashyo middoriga teng ajratma perkolyatsiya qilib olinadi.
Kamchiligi: uzoq vakt davom etadi va oxirgi perkolya¬tordagi xom ashyoda taʼsir etuvchi moddaning bir qismi qolib ketadi.
Moskva nlmiy-tekshirnsh farmatsiya oliygohi uch xil usul taklif etgan.
Birinchi usul, xom ashyo uchta perkolyatorga teng miqdorda joylashtiriladi. Birinchi perkolyatordagi xom ashyo ustiga «oynasimon yuza» xosil boʼlguncha ajratuvchi quyiladi va 1 kunga qoldiriladi, soʼng ajratma ikkiichi perkolyatorga oʼtkaziladi, birinchiga yana toza ajratuvchi quyiladi va 1 kunga qoldiriladi. Keyii ikkinchidan ajratma uchinchiga, birinchidagi ikkinchiga oʼtkazilib birinchiga toza ajratuvchi solinadi va uchchala perkolyator 1 kunga qoldirib qoʼyiladi. Soʼng uchinchi perkolyatordan undagi xom ashyo miqdoricha ajratma quyib olinadi Ikkinchidagi ajratma uchinchiga, birinchidagi ikkinchiga oʼtkaziladi; birinchi perkolyator batareyadan ajratiladi (oʼchiriladi), ikkinchi va uchinchi perkolyatorlar 1 kunga qoldiriladi. Soʼng uchinchidan yana shuncha ajratma quyib olinib, suyuqlik ikkinchidan uchinchiga oʼtkaziladi va bir kundan keyin uchinchidan oxirgi ajratma quyib olinadi, hamma ajratmalar qoʼshib, tindiriladi va filьtralanadi.
Ikkinchi usul. Birinchi perkolyatordagi xom ashyoga ajratuvchi solib, 2 soatga qoʼyiladi, soʼng ajratma 2 perkolyatordagi xom ashyoga oʼtkaziladi, birinchisiga yana ajratuvchi solinadi, 1 va 2 perkolyatordar 2 soatga qoldiriladi, soʼng ikkinchi perkolyatordagi ajratma 3 ga, birinchidagi ikkinchiga oʼtkazilib, birinchiga toza ajratuvchi solinadi. Uchchala perkolyator 1 kunga qoldiriladi. Keyin 3 perkolyatordan shu perkolyatorldagi xom ashyo miqdoricha ajratma quyib olinadi. Ikkinchidan ajratma uchinchiga, birinchidan ikkinchiga oʼtkazilib, birinchi perkolyator batareyadan ajratib olinadi, ikkinchi va uchinchi perkolyatorlar 2 soatga qoldirilib, soʼng uchinchi pekrolyatordan ikkinchi qism ajratma quyib olinadi. Ikkinchi perkolyatordan ajratma uchinchiga oʼtkaziladi, ikkinchi perkolyator esa batareyadan uziladi. Uchinchi perkolyator 2 soatga qoldiriladi, soʼng yana oxirgi qism ajratma quyib olinadi; hamma qoʼshib tindiriladi va suziladi.
Uchinchi usul. Xom asheni teng boʼlaklarga boʼlib, uchta perkolyatorga joylashtiriladi. Birinchi perkolyatordagi xom ashyoga “oynasimon yuza” hosil boʼlguncha ajratuvchi quyib 24 soatga qoldiriladi. Soʼng birinchi perkolyatordagi ajratma ikkinchisiga oʼtkaziladi, birinchisiga esa qolgan ajratuvchining hammasi quyilib, ikkalasi 6-7 soatga qoldiriladi. Ikkinchi perkolyatordagi ajratma uchinchiga, birinchidagi ikkinchiga oʼtkazilib, birinchi perkolyator batareyadan ajratib olinadi. Ikkinchi va uchinchi perkolyatorlar bir kunga qoldiriladi va uchinchi perkolyatordan tayyor mahsulotning 1/3 qismiga teng miqdorida ajratma quyib olinadi. Ikkinchi perkolyatordan ajratma uchinchisiga oʼtkaziladi va u 6-7 soatga qoldiriladi, bunda ikkinchi perkolyator batareyadan ajratib olinadi. Soʼng uchinchi perkolyatordan tayyor mahsulotning umumiy hajmini 2/3 ga teng ajratma quyib olinadi. Birinchi va ikkinchi ajratmalar tindirgichga solinadi.

Аdabiyotlar.


1. Ivanova L.А. Texnologiya lekarstvennыx form.- M., 1991
2. Maxqamov S.M., Usubboev M.U., Nuritdinova А.I. Tayyor dorilar texnologiyasi.- Toshkent, 1994.
3. GF XI izd., vыp. 2.- M.,1990.
4. Mahkamov S.M., Usubboev M.U., Nuritdinova А.I. Tayyor dorilar texnologiyasi (praktikum).- Toshkent, 1991.- B.19.
5. Miralimov M.M. Yigʼindi preparatlar texnologiyasi. Toshkent 2002.
6. TDTT fanidan maʼruzalar matni. Toshkent 2006.
Download 39.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2023
ma'muriyatiga murojaat qiling