Elat kishilarning til, hudud, iqgisodiy va madaniy jihatdan tarixan tarkib topgan millatdt oldingi
Download 78.33 Kb. Pdf ko'rish
|
Elat - Vikipediya
Elat Elat — kishilarning til, hudud, iqgisodiy va madaniy jihatdan tarixan tarkib topgan millatdt oldingi birligi. E. qabila bilan millat orasidagi etnik birlikning koʻrinishidir. E.ning shakllanishiga bir-biriga yaqin bir necha qabilalarning uyushuvi asos boʻlgan. Ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning maʼlum bir bosqichida qabilalar orasidagi etnik, xoʻjalik, moddiy va madaniy aloqalarning tobora rivojlanib borishi natijasida bir qancha qabilalar birlashadilar. Natijada etnik birliknpng yangi turi vujudga keladi. Bu E. deyilib, maʼlum tarixiy sharoitda hududiy, iqtisodiy, til va madaniy umumiylik asosida shakllanadi. E. (asosi "el") atamasi oʻtmishda keng maʼnoda qoʻllanilgan; xalq, davlat, qabila, qabila ittifoqi, maʼlum bir qabila yoki hudud fuqarolarini anglatgan. Turli E.larning hudud jihatidan oʻzaro yaqinlashuvi urugʻ va qabila guruhlaridagi kishilarning qonqarindoshlik aloqalarini kuchaytirgan. E.ning shakllanishi turli tarixiy davrlarda oʻziga xos holda kechgan. Mas, E. Qadimgi Misr, Mesopotamiyada davlat uyushmalarining paydo boʻlishi bilan shakllana boshlagan boʻlsa, Yevropada E.lar (qad. rus, polyak, fransuz va boshqalar) shakllanish jarayoni ilk oʻrta asrlardan boshlangan. Yer sharining qolgan qitʼalarida bu jarayon keyinchalik ham davom etgan. E. til jihatidan oʻzaro yaqin qabilalarning uyushuvi (polyak E.i, slavyan qabilalari — polyak, visdyan, mazovshan va boshqalardan) yoki bir qabilaning boshqasi tomonidan istilo qilinishi natijasida shakllangan etnik komponentlar (fransuz E.i, — gall qabilalari; rim kolonistlari va german qabilalari — franklar, vestgotlar, burgundlar va boshqalar). birining tili umumiy tilga, qolgan qabilalar tillari esa dialekt (sheva) holida saqlangan yoki butunlay yoʻqolib ketgan. Natijada yagona nom, hudud, madaniy va xoʻjalik jihatidan umumiylik yuzaga kelgan. Davlatning paydo boʻlishi bilan E.ning mustahkamlanishiga imkoniyat paydo boʻlgan. Rivojlangan oʻrta asrlarda Yevropa va Osiyoning koʻpgina mamlakatlarida E. toʻla shakllandi. Elat munosabatlarining taraqqiy etishi, iqtisodiy va madaniy aloqalarning kuchayishi bilan E.lar millatga aylandi. Soʻnggi tahrir 3 oy avval MalikxanBot tomonidan amalga oshirildi Koʻpincha bir millatning shakllanish jarayonida bir necha E. qatnashgan. qadimiy rus millati asosida ukrain va belorus E.lari vujudga kelgan va keyinchalik millat boʻlib tarkib topgan. Turli obʼyektiv sabablarga koʻra, oʻz rivojlanishidan orqada qolgan koʻpgina E.lar (asosan, kichik E.lar) millatga aylanmasligi ham mumkin. Ular davr oʻtishi bilan iqtisodiy va madaniy jihatdan rivojlangan boshqa E. va millatlar bilan yaqindan hamkorlik qilishga oʻtishi natijasida ilgʻor xalqning maʼnaviyatini, tilini oʻzlashtiradi va oʻsha millatning tarkibiga qoʻshilib ketadi. Qadimda hozirgi Oʻzbekiston hududlarida va unga tutash mintaqalarda bir necha E.lar vujudga kelgan: baqtriyaliklar, xorazmliklar, sugʻdiylar, qangarlar, fargʻonaliklar. Ammo bu E.lar kishilik jamiyatining maʼlum bir tarixiy taraqqiyoti davomida inqirozga uchrab, ilk oʻrta asrlarda yangi E.lar — turk, uygʻur, oʻgʻuz, tojik va oʻzbek elatlari tashkil topgan. Ushbu E.larning barchasi ham toʻliq E. boʻlib shakllanmadi. Turli ijtimoiy-siyosiy va tarixiy omillar sababli bu E.larning ayrimlari parchalanib ketdi va shakllanishi davom etayotgan E.larning etnogenetik jarayonlariga sezilarli taʼsir oʻtkazdi. Mas, turk, oʻgʻuz, uygʻurlarning parchalanib ketishidan keyingi etnik jihatdan birmuncha oʻzgargan avlodlari oʻzbek E.ining etnogenetik jarayonida qatnashgan. Xullas, iqtisodiyxoʻjalik, madaniy va etnik jarayonlarning tobora rivojlanishi natijasida bir necha qabilalarning birlashuvi jarayonida vujudga kelgan E. etnik hududiy, iqtisodiy til va etnomadaniy umumiylik asosida shakllangan. " https://uz.wikipedia.org/w/index .php?title=Elat&oldid=2838225 " dan olindi Adabiyot Download 78.33 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling