Elekrt jixozlar haqida asosiy malumot
Download 36.6 Kb.
|
Elekrt jixozlar haqida asosiy malumot
Elekrt jixozlar haqida asosiy malumot. Elektr energiyasini ishlab chiqarish ,uzatish va istemol qilishning xarakterli jihati elektr energiyasini ishlab chiqarish va ist’emol qilish vaqtlarining ustma –ust tushishidan iborat bo’lgan uzluksiz jarayonni o’ida ifoda etadi . Shu sababli elektr stansiyalari , uzatuvchi tarmoqlar va ist’emolchilar bitta umumiy ish holatiga ega bo’lgan elektr energetika tizimiga birlashtirdi. Elektr stansiyasi -- bu turli xil energiyalardan foydalanish yoki ularni o’zgartirish orqali elektr energiyasini ishlab chiqaruvchi sanoat korxonasidir. Hozirgi davrda mamlakatimizda elektr energiyaning asosiy qismi issiqlik elektr stansiyalarida va qolgan qismi gidroelektr stansiyalarida ishlab chiqariladi. Issiqlik elektr stansiyalarida (IES) qazonlaridagi suvni qizdirish va uni bug’ga aylantirish uchun organik yoqilg’ining (gaz ,ko’mir ,neft kabilar ) yonish issiqligidan foydalaniladi .Bosim ostidagi bug’ turbinaning va u bilan tutashtirilgan genertorning rotorlarini aylantiriladi. Generatorda rotorlarni aylanishidagi mexanik energiyasi elaktr energiyasiga o’zgattiriladi. Gidroelektr stansiyalarida yuqoridan oqib tushuvchi suv gidro turbinaning ishchi g’ildiragi va u bilan tutashtirilgan generatorning rotorini aylantiradi. Generatorda rotorning aylanishidagi energiyasi elektr energiyasiga o’zgartiriladi . Shunday qilib , bunday turdagi stansiyalarda suvning mexanik energiyasi elektr energiyasiga aylantiriladi. Atom elektr stansiyalarida birlamchi energiya sifatida radioaktiv elementlar va ular izatoplarining parchalanishidan hosil bo’luvchi issiqlik energiyasidan foydalaniladi. Jarayonining bundan keying qismi issiqlik elektr stansiyalaridagi jaroyon bilan bir xildir. Hozirgi davrda unchalik keng tarqalmagan kichik quvvatli shamol elektr stansiyalari, gelioelektr stansiyalari ,prilivelektr stansiyalari ham mavjud bo’lib ,ularda birlamchi energiya sifatida mos holda shamolning mexanik , quyosh nurlarining issiqlik va dengiz prilivlarining mexanik energiyalaridan foydalaniladi. Download 36.6 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling