Elektr energiyasini uzatish Elektr energiya iste’molchilari


Download 0.81 Mb.
bet1/5
Sana04.10.2022
Hajmi0.81 Mb.
#830230
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Elektr energiyasini uzatish 1
diplom nuriddin, Nazorat savollari, Nazorat savollari, ПП-3818 29.06.2018, test 3 1 qism, Тилшунослик топширик 1, Тилшунослик топширик 1, Тилшунослик топширик 1, Namuna (Laboratoriya ishlarini yuklash boyicha), @@@ 9, 2-mustaqil ish mavzulari (5), Презентация, 2 5424797883897482664, 2 5424797883897482664, tabiatni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanishning hozirgi zamon muammolari

Elektr energiyasini uzatish
Reja:



  1. Elektr energiyasini uzatish

  2. Elektr energiya iste’molchilari.

  3. Elektr ta’minoti sohasida elektr uskunalar.

Hozirgi paytda elektr energiyani taqsimlashda sanoat korxonalarida quyidagi kuchlanishlar qo’llanilmokda.


Bir fazali 12-36V va 3-fazali 36, 220, 380/220V, 660/380V, 3kV, 6kV, 10kV, 35kV, 110kV, 220 kV va undan yuqori kuchlanishlardir.
220/127, 380/220V kuchlanishli kurilmalar neytrali erga mahkam ulanib bajariladi.
660-35000V gacha kurilmalarni neytrali izolyasiya kilingan, 110 va 220kV kuchlanishli tarmoqlar esa neytrali erga maxkam ulangan bo’ladi.
Har qanday elektr tarmog’i, uning uskunalari (generator, transformator, liniya va boshqalar) mo’ljallangan nominal kuchlanish (Un) bilan ifodalanadi. Nominal kuchlanish iste’molchilarning normal ishlashini ta’minlashi va eng yuqori iqtisodiy samara berishi lozim.
Iste’molchilar yuklamasi vaqt bo’yicha o’zgarishi sababli, tarmoqning har qanday nuqtasidagi kuchlanish nominal qiymatdan og’adi (rasmga karalsin). Bu og’ish energiya sifatini pasaytiradi, natijada ziyon keltiradi.
Elektr tarmog’ining nominal kuchlanishi uning texnik-iqtisodiy ko’rsatkichlariga, hamda texnik xarakteristikalariga jiddiy ta’sir etadi. Masalan, agar nominal kuchlanish ko’tarilsa quvvat va energiya isrofi kamayadi, ya’ni ish xarajatlari kamayadi, simlarning kesim yuzasi va liniya qurilishi uchun sarflangan metal kamayadi, liniyalarda uzatilayotgan quvvat oshadi, lekin tarmoq qurilishi uchun sarflangan kapital xarajatlar ortadi.
Past nominal kuchlanishli tarmoq kam kapital xarajatlar talab qiladi, lekin quvvat va elektr energiya isrofi oshishi sababli katta ishlatish xarajatlariga olib keladi, bundan tashkari, kam o’tkazish kobiliyatiga ega. SHuning uchun, tarmoqni loyixalash vaqt ida kapital nominal kuchlanishni to’g’ri tanlash muhim hisoblanadi. Elektr tarmoqlarning kapital kuchlanishi amaldagi standartlarda ko’rsatilgan (GOST da).
Iqtisodiy ma’kul nominal kuchlanish bir necha omillarga bog’liq:

  • yuklama quvvatiga;

  • Taqsimlash markazidandan yuklamani yiroqligi (uzoqligi)ga;

  • yuklamalarni joylashishiga; - elektr tarmog’ining tuzilishiga;

  • kuchlanishni rostlash usullariga va boshqalarga.

Nominal kuchlanishni (Uном)taxminiy qiymatini uzatilayotgan quvvat qiymati va u uzatilayotgan masofa bo’yicha aniqlash mumkin. liniya orqali uzatilayotgan masofa qancha katta bo’lsa, shuncha texnik va iqtisodiy me’yorlar bo’yicha elektr tarmog’ining nominal kuchlanishi yuqori bo’lishi kerak.
Nominal kuchlanishni quyidagi usullardan biri bilan taxminiy baxolash mumkin:

  1. – rasmdagi chiziqlar bo’yicha;

  2. – empirik ifodalar bo’yicha;

v) 6.5 jadvalga asosan liniyaning o’tkazish qobiliyati va uzatish masofasiga bog’liq holda
- rasmlardagi chiziqlar, turli nominal kuchlanishli elektr tarmoqlarin iqtisodiy ma’qul qo’llanilish soxalarini ko’rsatadi. Bu bog’lanishlar, R, L va Uном ko’rsatkichlari xar hil bo’lgan tarmoq variantlari xarajatlarini solishtirish natijasida olingan.

CHiziqlar, 110-220-500 kV (1-4 chiziqlar) va 110(150)-330-750 kV (5-7 chiziqlar) kuchlanishlar tizimsi uchun teng iqtisodiy chegaralarni taxminan ifodalaydi. Masalan, 2 – chiziq nuqtalari, kuchlanishi 220 va 500 kV bo’lgan tarmoq variantlari teng foydali bo’lgan R va  ning qiymatlariga to’g’ri keladi.
Ma’lum bo’lgan uzatilayotgan quvvat R, va liniya uzunligi  , km bo’yicha nominal kuchlanishni Stilla ifodasi yordamida oldindan aniqlash mumkin:

Download 0.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling