Elektr maydon


Download 62.56 Kb.
Pdf ko'rish
Sana01.11.2021
Hajmi62.56 Kb.
#169796
Bog'liq
Elektr maydon - Vikipediya



Elektr maydon

Elektr maydon

 — elektr zaryadlar yoki

oʻzgaruvchan magnit maydon hosil

qilgan fizik maydon. Vaqt boʻyicha

oʻzgarmaydigan Elektr maydon

elektrostatik maydon ). Elektr maydon

tushunchasini birinchi boʻlib M. Faradey

19-asr 30-yillarida kiritgan. Elektr maydon

materiyaning maydon koʻrinishidir.

Materiyaning har qanday oʻzgarishlari,

ularning oʻzaro taʼsirlari vaqt oraligʻida va

fazoda roʻy beradi, har qanday fizik taʼsir

faqat chekli tezlik bilan tarqaladi.




Elektrlangan jismlarning bir-biriga taʼsiri,

ularning harakati Elektr maydonlari

tufaylidir. Elektr zaryadlar bir-biriga

bevosita emas, balki bilvosita taʼsir etadi.

Har bir zaryad d oʻz atrofidagi fazoda

Elektr maydon harakat qiladi va shu

maydon orqali boshqa maydonga taʼsir

etadi. Demak, Elektr maydonning asosiy

xususiyatlaridan biri mavjud boʻlgan

Elektr maydonga zaryad kiritilganda unga

Gʻ kuch taʼsir etishidir. Elektr maydon

elektr maydon kuchlanganligi Yo va

maydon potensiali f bilan tavsiflanadi.

Elektr maydon kuchlanganligi

maydonning kuch xarakteristikasi boʻlib,

u miqdor jihatdan maydonning muayyan

nuqtasidagi birlik musbat zaryadga



maydon tomonidan taʼsir etadigan elektr

kuchlanishi bilan oʻlchanadi. Kuchlanish

vektor kattalik boʻlib, yoʻnalishi musbat

zaryadga taʼsir etuvchi kuch yoʻnalishi

bilan bir xil. Barcha nuqtalarda Elektr

maydon kuchlanganligi ham yoʻnalish,

ham miqdor jihatdan bir xil boʻlgan

magnit maydon bir jinsli maydon deb

ataladi. Maydon potensiali skalyar

kattalik, u Elektr maydonning energetik

xarakteristikasi hisoblanadi. Elektr

maydonni yaqqol tasavvur qilish

maqsadida elektr kuch chiziqlari va

ekvipotensial sirt tushunchalaridan

foydalaniladi. Har bir nuqtasida Ye vektor

oʻziga urinma boʻlgan chiziqni elektr kuch

chizigʻi deyiladi. Elektr kuch chiziqlari



Elektr maydonni faqat yaqqol

tasvirlabgina qolmay, balki ularning

zichligi orqali Ye ni baholash mumkin.

Kuch chiziqlari zich oʻtkazilgan joylarda

kichik boʻladi. Bir jinsli maydonning kuch

chiziqlari oʻzaro parallel yotadi. Hamma

nuqtalarida potensial qiymati bir xil

boʻlgan sirtlar ekvipotensial sirtlar

deyiladi. Bir jinsli Elektr maydon uchun

ekvipotensial sirtlar oʻzaro parallel

tekisliklardagi, nuqtaviy zaryad maydoni

uchun markazi zaryad ustida yotgan

konsentrik aylanalardan iborat.



Ko‘proq o‘rganish Ushbu maqolada

Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-

2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan.

Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib,

Vikipediyaga yordam berishingiz

mumkin.


 

Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak.

"

https://uz.wikipedia.org/w/inde



x.php?

title=Elektr_maydon&oldid=213403

9

" dan olindi 




  Soʻnggi tahrir 2 oylar avval Malikxan tomonidan amalga oshirildi  

Matndan CC BY-SA 3.0  litsenziyasi boʻyicha



foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan

boʻlsa).

Download 62.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling