ELЕKTR MAYDON. KULON QONUNI.
Reja:
Elеktr maydon.
Kulon qonuni.
Elеktr maydon kuchlanganligi.
Maydonlarning supеrpozitsiya printsipi.
Kuchlanganlik chiziqlari
Sharl Ogyusten de Kulon
Fransuz fizigi Sharl Kulon Angulem shahrida tug’ildi
O’rta maktabni bitirgach, u harbiy xizmatga kirdi. Parijda injenerlik tayyorgarligidan o’tdi va Martinika oroliga istehkomlar qurish uchun yo’llanma oldi.
1772 yilda Kulon Fransiyaga qaytib keldi va u qal’a hamda suv inshooti injeneri qilib tayinlandi. Xizmat bilan bir vaqtda u ilmiy tadqiqotlar ham olib bordi
Dastlab, uni ishqalanish, buralish va materiallar qarshiligi masalalari jalb qildi. Uning nomi 1777 yilda qator ilmiy ishlarini dunyoga ma’lum bo’ldi. Bu ishlarida u sochning, ipak va metall iplarining buralishini tajribalarda o’lchab olgan natijalari ko’rsatilgan edi. Bu ishlari uchun 1781 yilda Kulon Parij Fanlar akademiyasining a’zosi qilib saylandi.
Kulonning eksperimental ishlari elektromagnit hodisalar nazariyasining yaratilishida muhim ahamiyatga ega bo’ldi. Elektr miqdori birligi (K u l o n) uning sharafiga qo’yildi.
O’zi yasagan burama tarozilardan foydalanib, Kulon bir ishorali va har xil ishorali nuqtaviy elektr zaryadlariing o’zaro ta’sirini batafsil tekshirdi. Bu tajribalari 1785 yilda elektrostatikaning asosiy qonuni –
K u l o n q o n u n i ning kashf etilishiga olib keldi.
O’zining 1785 –1789 yillarda e’lon qilingan ishlarida olim elektr zaryadlar hamisha o’tkazgich sirtida joylashishini ko’rsatdi. Magnit moment, zaryadlarnnng qutblanishi va bo’linish iboralarni fanga kiritdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |