Elekтr o‘lchovlari


Download 307.53 Kb.
bet1/7
Sana05.06.2020
Hajmi307.53 Kb.
#114979
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
elektr olchovlari


Aim.Uz

ELEKТR O‘LCHOVLARI

O‘lchov — bu tajriba yo‘li bilan fizik miqdorlarning ko‘rsatkichlarini aniqlash. Elektr apparatlari boshqarilganda tok, kuchlanish, qarshilik, quvvat, chastota, elektr energiyasini sarflash va boshqa ko‘rsatkichlar o‘lchanadi. Buning uchun har xil o‘lchov asboblari ishlatiladi. O‘lchov usullari va qurollari takomillashtirilmaganligi uchun xatolar bo‘lishi mumkin, shuning uchun o‘lchov miqdorlari haqiqiy ko‘rsatkichlardan farq qiladi. Ko‘rsatgan o‘lchov miqdorlar bilan haqiqiy miqdor orasidagi xato quyidagicha topiladi:



O‘lchovlarni nisbiy xatoda baholash mumkin:



Qo‘pol xatolar va boshqa hodisalar sababli o‘lchov xatolari yuzaga keladi. Bir xil o‘lchovlarni hisoblash yo‘li bilan topiladi. Masalan, qarshilik R Om qonuni bo‘yicha hisoblansa, u holda kuchlanish U va I tokni asbob bilan o‘lchab, R formula orqali topiladi:





Elektr o‘lchov asboblari

Asboblar o‘lchov miqdorlari va tokning turlari, ta’sir etish qoidasi, aniqlik darajasi, tashqi hodisalardan himoyalash darajasi hamda gabarit (hajm) o‘lchamlariga bo‘linadi. Asboblarning tuzilishi har xil bo‘ladi, lekin bir qator qismlari bir-biriga o‘xshab ketadi. O‘lchov miqdorining ta’sirida asbob o‘lchov mexanizmining qo‘zg‘aluvchi qismida aylanish moment hosil bo‘ladi. Ko‘pgina o‘lchov asboblarida aylanish momentidan tashqari qarama-qarshi ta’sir etuvchi kuch hosil bo‘ladi (tortilgan prujina, osib qo‘yilgan qismlarni burash). Burchak burilishi ko‘p bo‘lgan sari harakatlanish qismining momenti oshib boradi. Asbobning strelkasi ikki moment teng bo‘lgan holatda to‘xtaydi. 1.59-rasmda o‘lchov asbobining qo‘zg‘aluvchi qismi ko‘rsatilgan bo‘lib, bunda asbobning o‘qi (1) qo‘zg‘almas tovonga (2) o‘rnatilgan spiral prujinalar (6) va (7) bir-biriga qarshi moment hosil qiladi. Ular alohida bronzadan tayyorlangan. O‘qiga strelka (3) o‘rnatilgan bo‘lib, u darajalarda (4) o‘lchanadigan o‘lchov miqdorlarini ko‘rsatadi. Posangi (10) qo‘zg‘aluvchan qismini muvozanatda saqlash uchun xizmat qiladi. U strelkani nol holatda ushlaydi, bu korrektor deyiladi. Korrektor (11) vint, qo‘l (9), vilka (8), povodok (tizgin) (5) dan iborat. Hozirgi zamon o‘lchov asboblarida qo‘zg‘aluvchan qismlar yumshoq metall iplar bilan tortib yoki osib qo‘yiladi. Bunday konstruksiyalarda qo‘zg‘aluvchan qismlar orasida ishqalanish bo‘lmaydi. Qolaversa, asboblar juda sezgir, har xil siljish va tebranishlarga chidamli bo‘ladi.



Bunday asboblarning tebranish vaqtini kamaytirish uchun muvozanatlovchi tuzilmalar qo‘llanadi (


Download 307.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling