Elektr texnikasi,elektr mexanikasi va elektr texnologiyalari


Download 277 Kb.
Sana08.01.2022
Hajmi277 Kb.
#250921
Bog'liq
4 amaliy dastur



Farg‘ona - 2020

“Elektr texnikasi,elektr mexanikasi va elektr texnologiyalari ” kafedrasi



IV kurs talabalari uchun
BITIRUV OLDI AMALIYOTINING DASTURI VA O‘TASH BO‘YICHA


5310700 - “Elektr texnikasi, elektr mexanikasi va elektr texnologiyalari” bo‘yicha bakalavriat talabalari uchun

Ushbu dastur va uslubiy ko‘rsatma O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20 apreldagi “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-2909-son, 2017 yil 27 iyuldagi “Oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-3151-sonli hamda, 2018 yil 5 iyundagi “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3775-sonli qarorlariga muvofiq oliy ta’lim muassasalari bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari talabalarining malaka amaliyotini o‘tash tartibi, shuningdek, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yildagi “Oliy ta’lim muassasalari talabalarining malaka amaliyotini o‘tash tartibi” to‘g‘risidagi Nizom va 5310700 - “Elektr texnikasi, elektr mexanikasi va elektr texnologiyalari” ta’lim yo‘nalishlarining malaka talablari asosida ishlab chiqildi.

Diplom oldi amaliyotini o‘tash muddati 4 hafta bo‘lib, 8-o‘quv semestri yakunida o‘tkaziladi. Dastur va uslubiy qo‘rsatma talabalarga amaliyotning maqsadi, vazifalari va uning mazmuni, hisobotlarni yozish va himoya qilish, shuningdek boshqa tashkiliy masalalar to‘g‘risida ma’lumot beradi.
Tuzuvchilar:

“EEE” kafedrasi dosenti: _____________ N.K.Kamalov

“EEE” kafedrasi assisenti: _____________ X.M.Qodirov

“EEE” kafedrasi assisenti: _____________ B.Abdulllayev

“EEE” kafedrasi assisenti: _____________ M.N.Sobirov

Taqrizchi:

Sirdaryo sux bosh boshkarmasi

bosh energetigi _________________ F.Buribekov

Mazkur dastur va uslubiy kursatma «EEE» kafedrasining uslubiy seminarida muxokama kilingan. Majlis bayoni № « » 2020 y.
“EEE” kafedrasi mudiri: __________dos. N.K. Kamolov

(imzo)


Dastur va uslubiy kursatma Energetika fakultetining uslubiy komissiyasi tomonidan ma’kullangan va chop etishga tavsiya kilingan.

Majlis bayoni № « » 2020 yil

Energetika fakulteti ukuv –uslubiy kengash raisi: ______dos. M.A. Shaxojayev

(imzo)


Energetika fakulteti dekani: ___________ M.O.Uzbekov

(imzo)


FarPI uslubiy kengashida tasdiklangan __-sonli majlis bayoni 2020 yil reg. №__

1. AMALIYoTNI TASHKIL QILISH

1.1. UMUMIY KO‘RSATMALAR

Diplom oldi amaliyoti – shahar va tuman Ishlab chiqarish korxonalari va elektr tarmoqlarida Qurilish boshqarma va bo‘limlarida, loyihalash va qurilish tashkilotlari hamda korxonalarida – jamoat, turar-joy bino va inshootlari qurilishi uchun boshlang‘ich loyiha xujjatlarini, shu bilan birga loyiha smeta xujjatlarini ishlab chiqish, hamda ularni taqdimoti jarayonlarida qatnashish orqali talaba o‘zining DIPLOM LOYIHA ISHI bo‘yicha ma’lumotlar to‘plashga qaratilgan amaliyotdir.

Diplom oldi amaliyotining asosini quyidagilar tashkil etadi:

- ishlab chiqarish sharoitida amaldagi qurilish qonunchiligi, Shaharsozlik kodeksi, qurilish me’yorlari va qoidalari, shaharsozlik normalari va qoidalari qo‘llanilishi bo‘yicha ixtisoslik yo‘nalishining nazariy va amaliy bilimlarini o‘rganish;

- buyurtmachi korxona va tashkilotlar bilan bog‘lik turli qurilishlarni loyiha oldi va loyihalash masalalarini yechish;

- ishlab chiqarish sharoitida maxsus tayyorgarlik masalalarini va me’yoriy adabiyotlarni mustaqil o‘rganish;

- loyihalashda aosiy texnologik jarayonlarni aniqlash;

- loyihalangan ob’yektlarda qurilishni borishi, loyihaga amal qilinishini nazorat qilish va mualliflik nazoratini bajarish;

- bino-inshootlar qurilishida buyurtmachilarni belgilangan hududlaridan foydalanishni tashkil etishda obodonlashtirish bo‘yicha ma’lumotlar olish kabilardir.

Talabalarni amaliyot o‘tkazish joyiga yuborishda institut bilan korxona o‘rtasidagi shartnoma hamda institut rektorining buyrug‘iga asosan amalga oshiriladi.

Talabalar amaliyotga borishdan oldin kafedradan yo‘llanma va kundalik bilan ta’minlanishi, amaliyot o‘tkazish umumiy qoidalari, xavfsizlik texnikasi qoidalari, yong‘inga xavfsizlik qoidalari bilan tanishishlari va yo‘riqnomadan o‘tishlari zarur.
1.2. DIPLOM OLDI

AMALIYOTI O‘TASH JOYLARI

Amaliyot quyidagi tashkilotlarda o‘tkazilishi tavsiya qilinadi:

- “Qurilish bosh boshqarmalari”ning shahar va tumanlardagi hududiy bo‘lim yoki qurilish boshqarmalarida;

- loyihalash tashkilotlari va korxonalarida;

- loyiha-konstruktorlik muassasalarida;

- xususiy loyihalash korxonalari yoki firmalarida.

Amaliyot davrida talabalar loyihachi arxitektorlar tarkibida asosiy loyihalash jarayonlarida qatnashadi yoki bino va inshootlarlarni rekonstruksiyasi jarayonlarida faoliyat yuritadi, jumladan:

- bino yoki inshootlarni loyihalash jarayonida;

- Viloyat, shahar, tuman bosh rejalarni amalga oshirish jarayonlarida;

- ko‘cha va yo‘llarni rekonstruksiyasini loyihalash ishlarida;

- tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan barpo etiladigan ob’yektlarni alohida loyihalarini bajarishda;

- ob’yektlarni tayyor bo‘lgan loyihalarini joyiga tushirish ishlarida.

2. AMALIYoT O‘TKAZISH BO‘YIChA KO‘RSATMALAR


2.1. UMUMIY KO‘RSATMALAR

Ishlab chiqarish malakaviy amaliyotiga umumiy rahbarlik fakultet dekanati, kafedra tomonidan biriktirilgan rahbar va ishlab chiqarish amaliyoti bazasi hisoblangan korxona va tashkilotlarning ishlab chiqarish bo‘limlari tomonidan olib boriladi.

O‘quv-uslubiy rahbarlikni ishlab chiqarishdagi amaliyot bazasi xodimlari bilan birgalikda "Arxitektura" kafedrasi tomonidan tayinlangan amaliyot o‘tkazish rahbari olib boradi.

Amaliyotga rahbarlikni institutdan mutaxassis o‘qituvchilar va loyihalash korxonalari, arxitektura va qurilish bo‘lim va boshqarmalaridan rahbar, loyiha bosh arxitektori, muhandis-texnik xodimlar tomonidan tasdiqlangan buyruqqa binoan olib boriladi:

Ishlab chiqarish malakaviy amaliyoti 3 qismdan iborat:

1. Tashkiliy

2. Ishlab chiqarish

3. Ishlab chiqarish sayohati

Amaliyot tashkiliy qismi oliy o‘quv tarbiyaviy jarayoni tarkibiy qismi hisoblanadi. Bu qism talablarning kelajakda o‘z kasblariga qunt bilan, astoydil yondashishga, umumkasbiy va mutaxassislik fanlaridan olgan bilimlarini mustahkamlashga, zamonaviy Arxitektura sohasidagi yutuqlarini yaxshi egallashlariga, shahar va qishloq xududlarini obodonlashtirish, bosh rejalar tuzish masalalarni aniqroq yechishlariga yordam beradi.

Talabalar amaliyot o‘tish mobaynida tashkilotchi sifatida: Arxitektura va qurilish, obodonlashtirish sohasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va hukumat qarorlarini xalqqa yetkazuvchi bo‘lishi kerak.

Shuningdek, amaliyotning tashkiliy qismida talabalar tashkiliy ishlarda qatnashishi (yig‘ilish, ma’ruza, suhbatlar, konferensiya va boshqalar) hamda, ma’naviyat va ma’rifat ishlariga faol bo‘lishi ko‘zda tutilgan.
2.2. TALABALARNING AMALIYoT DAVRIDAGI VAZIFALARI

Talabalar amaliyotdan oldin va uni o‘tash davomida quyidagilarni bajarishlari zarur:

- Amaliyot boshlanishidan 1 kun oldin kafedra mudiri, amaliyot rahbari va dekanat xodimlari ishtirokida bo‘lib o‘tadigan amaliyot oldi seminarida qatnashish.

- “Qurilish bosh boshqarmasi” tomonidan ishlab chiqilgan yo‘llanmaga asosan amaliyot rahbari bilan birgalikda qaysi qurilish tashkilotiga borishini bilish;

- xavfsizlik texnikasi va yong‘inga qarshi choralar xaqida ko‘rsatmalar olish;

- amaliyot o‘tish uchun dastur va uslubiy ko‘rsatmani olish;

- amaliyot rejasida ko‘rsatilgan topshiriqni to‘liq va sifatli bajarish;

- korxona ichki qonun va tartib-qoidalariga to‘liq rioya qilish;

- institut va korxona tomonidan tayinlangan raxbarlarning topshiriqlarini to‘la bajarishi.

Amaliyotga qatnashmagan yoki amaliyot rejasida ko‘rsatilgan topshiriqni to‘la bajarmagan, shuningdek amaliyot davrida salbiy tavsifnoma olgan talaba qayta amaliyotga yuboriladi va qaytadan amaliyot o‘taydi yoki talabalari safidan chetlashtiriladi.


2.3. INSTITUT TOMONIDAN TAYINLANGAN AMALIYoT RAHBARINING VAZIFALARI

Amaliyot rahbari vazifasiga quyidagilar kiradi:

- talabalarni amaliyot oldi seminarida va amaliyot o‘tash bazalariga biriktirishda qatnashish;

- talabalar amaliyotni boshlash oldidan institutda va amaliyot bazasida amaliyot o‘tkazish umumiy qoidalari, xavfsizlik texnikasi qoidalari, yong‘inga qarshi xavfsizlik qoidalari bilan tanishtirish va amalda joriy etilgan tartibda yo‘riqnomadan o‘tkazish;

- amaliyotga yuborilayotgan talabalarni rasmiylashtirilgan amaliyot kundaligi, uslubiy ko‘rsatma va qo‘llanmalar bilan ta’minlash;

- amaliyotni dastur asosida sifatli o‘tkazilishiga javob berish;

- korxona tomonidan tayinlangan amaliyot rahbari bilan talabalarning amaliyot o‘tkazish joyi va kunlik rejasini kelishish;

- talablarni me’yoriy sharoitda mehnat qilishlarini va dam olishlarini nazorat qilish;

- talabalarning ilmiy izlanish va ilmiy tajqiqot ishlariga rahbarlik qilish;

- amaliyot o‘tkazish davrida talabalarga maslahat berish;

- amaliyot o‘tkazish joylarida amaliyotni kafedra tomonidan tasdiqlangan grafik asosida olib borish;

- amaliyot bo‘yicha talabalardan hisobot qabul qilish;

- amaliyotni yanada sifatli o‘tkazish bo‘yicha takliflar kiritish.
2.4. KORXONA TOMONIDAN TAYINLANGAN AMALIYoT RAHBARINING VAZIFALARI

Korxona tomonidan tayinlangan amaliyot rahbari vazifalariga quyidagilar kiradi:

- institut tomonidan tayinlangan amaliyot rahbari bilan talabalar amaliyot o‘tkazish kunlik rejasi va ish joyini kelishish;

- talabalarni o‘z vaqtida mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi nizomlar bilan tanishtirish;

- amaliyot o‘tkazish davrida me’yoriy ishlab chiqarish sharoitini yaratib berish;

- talabalarni har kunlik ishiga rahbarlik qilish;

- amaliyot bazasi hisoblangan korxonaning faoliyati va uni boshqarish bo‘yicha ma’lumotlar berish;

- talabalarni jamoat va tarbiyaviy ishlariga qatnashishini tashkil qilish;

- talabalarga ilmiy izlanish ishlarida yordam berish;

- talabalarning amaliyot bo‘yicha tuzgan hisobotlarini kuzatib borish va ohirida taqriz qilish;

- har bir talaba uchun amaliyot bo‘yicha ishlab chiqarish tavsifnomasini yozish;

- amaliyotning sifatini yanada yaxshilash bo‘yicha takliflar kiritish;

- mehnat qonunchiligi va ichki tartibni buzgan talabalarga korxona rahbari tomonidan jazo chorasi ko‘riladi va bu xaqida institut ma’muriyatga xabar beradi.

3. AMALIYOT MAQSADI, VAZIFASI, MAZMUNI VA HISOBOT TUZISH

3.1. AMALIYOT MAQSADI VA VAZIFASI

Ishlab chiqarish malakaviy amaliyotining asosiy maqsadi talabalarning ishlab chiqarish sharoitlarida kasbiy tayyorgarlik masalalarini mustaqil o‘rganishlarini ta’minlash, jumladan:

- loyihalash ishlari, ob’yektlarni loyiha oldi xujjatlarini tashkillashtirish va loyiha ishlab chiqarishning ilg‘or usullari bilan bevosita tanishish;

- ob’yektlarni loyiha asosida qurilishini nazorat qilib borish ishlarida qatnashish;

- ixtisoslik bo‘yicha va me’yoriy-huquqiy adabiyotlar bilan ishlash;

- loyihalash tizimidan foydalanish bo‘yicha amaliy malaka va ko‘nikmalarni egallash, olingan nazariy bilimlarni amaliyotda mustahkamlashni nazarda tutadi.

Amaliyot vazifasiga ko‘ra quyidagilarga bo‘linadi:

- talabalar institutda olgan bilimlarini amaliyot o‘tkazilayotgan ob’yektlarda qo‘llanilayotgan qurilish, qurilish-ta’mirlash ishlarini loyihalash jarayonlarini, qurilish texnologiyalari bilan bog‘langan asosida mustahkamlash;

- fuqaro binolari bilan bog‘liq turli Arxitektura-qurilish masalalarini yechishda, zamonaviy Arxitektura nazorat o‘lchov asboblaridan foydalanishda, ishlab-chiqarish sharoitida maxsus tayyorgarlik masalalarini yechish va qurilish materiallari sifatini oshirish ishlarida faol qatnashishlarini ta’minlash.

Amaliyot yakunida talabalar bir yoki ikki umumqurilish ishlari jarayonlari texnologiyasini chuqur egallagan bo‘lishi kerak.


3.2. AMALIYOT MAZMUNI

Ishlab chiqarish amaliyoti jaryonida talabalar loyihalash tashkilotlari hamda, qurilish bo‘lim va boshqarmalarining ishlab chiqarish, ma’muriy-boshqaruv va xo‘jalik faoliyati bilan tanishadilar, ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlarida ishtirok etadilar.

Amaliyot ishlab chiqarish qismi loyiha oldi va loyiha xujjatlarini tayorlash jarayonlarini bajarilish texnologiyasini o‘rganishni ko‘zda tutadilar. Talabalar amaliyot boshlanishida ob’yektlarni ish chizmasi asosida, loyihalash me’yorlari; turar-joy va jamoat binolarining asosiy bosh rejalari va ular tarkibiga kiruvchi, kommunikasion, sanitar-gigiyenik va texnikaviy ob’yektlarni loyihalashtirish me’yorlari va qoidalari, fuqaro binolarining injener-texnik qurilmalari; sanitar-texnik tuzilmalarning qurilish elementlari, lift, eskalator va axlat o‘tkazuvchilar, binolarning shamollatish tizimlari kabilarni o‘rganib chiqadi.

Talabalar loyihalash jarayonlari bilan tanishishda kompozision yechimlari, loyihalash uslublarini tashkil qilinishni, loyiha ishlab chiqarish ilg‘or usullarini, jarayonlarini bajarishda qo‘llaniladigan kompyuter texnikasi va ish qurollari hamda moslamalarni qo‘llanilishini o‘rganishlari kerak.

Amaliyot davrida nazariy mashg‘ulotlarni institut va korxona tomonidan tayinlangan rahbarlar o‘tkazadilar.

Ular talabalar uchun loyihalash jarayonlarni bajarish texnologiyasi ishni tashkil qilish ilg‘or usullari, qurilishda mehnatni muhofaza qilish va xavfsizlik texnikasi, qurilish ishlab chiqarish holati va kelajagi va boshqalar to‘g‘risida mahruza va seminarlar tashkil qiladilar.

Ma’ruza va seminarlarni iloji boricha servis xizmati ko‘rsatish, qurilish ishlab chiqarishida ilg‘or usullari qo‘llanilishi bilan multimediyali elektron ishlanmalar bilan olib borish maqsadga muvofiq bo‘ladi. bu ma’ruza va seminarlar dasturi institutda o‘qitilgan nazariy kurs bilan bog‘langan bo‘lishi kerak.

Ishlab chtqarish sayohati talabalarni texnologik amaliyot davomida bevosita tanisha olmagan qurilish tuzilmalari va ishlab chiqarish usullari bilan tanishtiradi.

Ishlab chiqarish sayohati institut tomonidan tayinlangan rahbar kuzatuvchi ostida ishlab chiqarish amaliyoti grafigi asosida talabalarni guruxi bilan o‘tkaziladi, bu sayoxatga tarihiy va yodgorlik joylar bilan tanishish ham kiradi.
3.3 AMALIYOT HISOBOTIGA QO‘YILADIGAN TALABLAR

Har bir talaba loyihalanayotgan binoning va ishchi chizmalardan, ishlab chiqarish loyihasidan, loyihadagi alohida ish jarayoniga tuzilgan texnologik xujjatalardan foydalangan holda amaliyot bo‘yicha hisobot tuzadi.

Talabalarga hisobot tuzish uchun amaliyot davomida yozib borilgan kundalik va ish daftari ishchi dastur vazifasini o‘taydi.

Talabalar kundalik davftariga xar kuni nima bilan shug‘ullanganliklari, ishchi daftariga esa inshoot tuzilmaviy yechimi, qurilish ishlari bajarish usullari va uslublari, qo‘llanilgan ish qurollari va moslamalari, hamda bajarilgan ishlar sifatida qo‘yilgan texnik talablar xaqida yozib boradi.

Amaliyot davomida loyihalanayotgan bino va inshootlar tuzilmalari chizmasi, eskizlar va texnik rasmlari bajariladi.

Hisobotning 1-bobi, “KIRISH” (bugungi kunda xukumatimiz tomonidan sohaga qaratilgan e’tibor, asosiy yangiliklar, qaror, farmon va buyrqular asosida). Ob’yektning asosiy tavsifnomalari:

- qurilish hajmlari, qurilish maydoni, qavatlar soni, agar sanoat binosi bo‘lsa, proletlar soni va o‘lchamlari, yashash va jamoat binolari bo‘lsa, yashash va yordamchi xonalar maydoni, hamda qurilish tannarxi ko‘rsatib o‘tiladi.

Hisobotning 2-bobida «Hajmiy-rejaviy va tuzilmaviy yechimi» yozib ko‘rsatiladi. Bu bobda bino va inshootlar me’moriy-tuzilmalar yechimi yoziladi, qavatlar rejasi, asosiy tuzilmaviy elementlar (poydevorlar, devor, qavat yopma, tom yopma, pardevor va zinapoya) chizmasi ko‘rsatib o‘tiladi. Qurilish maydonida ishlatilgan materillar, yarim tayyor mahsulotlar, detallar haqida mahlumot beriladi.

Hisobotning 3-bobida, «Ishlab chiqarish usullari», talabalar o‘zlari bajargan ishlardan 1-2 turlarini ilmiy taxlil qilib, batafsil yozib ko‘rsatadilar.

Talaba o‘z hisobotida biror alohida olingan loyihalash jarayonini ishlab chiqarish texnologiyasi va tashkil etilishi, ish joylari, shu ishni bajarish uchun kerak bo‘lgan ish qurollari va moslamlarini batafsil yozib ko‘rsatadi.

Bundan tashqari loyihalash guruhlari, hamda ishchilarning bajaridigan vazifalari ularning mehnatiga to‘lanadigan haq tarkibi ko‘rsatiladi. Hisobotda ko‘rsatib o‘tilgan loyihalash jarayonlarida ishlatilgan orgtexnika va texnik tavsiyayeomasi keltirilgan bo‘lishi kerak.

Hisobotning 4-bobida, Amaliyot ob’yektida “Mehnatni muhofaza qilish” bo‘yicha quriladigan choralar ko‘rsatiladi. Alohida e’tibor, talabalar o‘zlari ishtirok etgan loyihada bajargan aloxida ishlari, xavfsizlik texnikasi qoidalarini saqlanganligi qaratiladi. Agar amaliyot davomida xavfsizlik texnikasi qoidalari buzilgan xollar bo‘lsa, buzilish hollarini sabablarini taxlil qilib ko‘rsatilishi kerak.

Hisobotning 5-bobida sayohat uyushtirilgan qurilish ob’yektlari to‘g‘risida qisqacha ma’lumot beriladi. Har bir ob’yekt alohida sharxlanib, ob’yektning texnologik tavsiyanomasi (xajmi, qurilish maydoni, tannarxi, ishlatiladigan materiallar, bezagi), ishlab chiqarish usuli va loyihalashda ishlatilgan kompyuter programmalari turlari to‘g‘risida yozib o‘tiladi.

Hisobot oxirida talabalar amaliyot davomida olgan o‘z taassurotlarini va amaliyot natijasidagi o‘z yutuqlarini, hamda yo‘l qo‘ygan kamchiliklarini yozadi. Amaliyot natijasidagi tanqidiy mulohazalarni, takliflarni va chiqargan xulosalari talabalarning maxsus tayyorgarligini ko‘rsatadi.

Hisobot matni 20-25 bet xajmda to‘liq bajarilgan eskiz va chizmalar bilan mustahkamlangan bo‘lishi kerak. Hisobot (210×297 mm) o‘lchamidagi A4 formatli qog‘ozning bir tomoniga aniq xusni xat bilan siyohda yoziladi. Chizmalar va eskizlar qalam bilan vatman qog‘ozga tushiriladi va hisobot kerakli joyga tikiladi.

Hisobot bosh varag‘i 1-ilovadagidek, mundarijasi 2-ilovadagidek bajariladi.

Har bir talaba amaliyot rahbari tomonidan berilgan shaxsiy topshiriqni bajaradi. Shaxsiy topshiriq sifatida talabaning to‘garaklarda bajarayotgan ishi, ilmiy ishi yoki biror qurilish ishini bajarishni batafsil tafsiloti kerakli chizmalar bilan yoritiladi.

4. AMALIYoTNI NAZORAT QILISH USLUBLARI VA JAMLANISHI

Amaliyot o‘tkazishni nazorat qilish amaliyot rahbariga yuklatiladi. Amaliyotni joriy nazorat qilish uchun talaba kundaligi va ish vaqtini hisoblash tabeli asosiy hujjat bo‘lib xizmat qiladi.

Talabalar amaliyot jarayonida ish intizomiga qathiy rioya qilishlari, korxona ichki tartibga bo‘ysunishlari va ish intizomini saqlash borasida qurilish korxonasi rahbarlariga yaqin yordamchi bo‘lishlari kerak.

Hisobot talabaning amaliyot davrida qilingan ishlarini baholovchi asosiy hujjat hisoblanadi.

Talabalar amaliyot dasturi bajarilganligi to‘g‘risidagi materiallar ketma-ket ko‘rsatiladi. Hisobot mundarija, kirish, asosiy qism va xulosadan iborat bo‘lishi kerak.

Har bir talaba institutdan tayinlangan rahbarga ishlab chiqarish amaliyotidagi hisobot bilan birga quyidagi materiallarni ko‘rsatadi:

- amaliyot o‘tkazishni rejalashtirilgan va haqiqiy bajarish muddati ko‘rsatilgan kunlik reja (kundalik) 3-ilovadagidek ko‘rsatiladi;

- talabani amaliyot davomida bajargan ishi tavsifnomasi (kundalikda ko‘rsatilgan);

Har bir ko‘rsatilgan hujjatlarda korxona tomonidan tayinlangan rahbarning imzosi va imzoni tasdiqlovchi korxona muhri bo‘lishi kerak.

Amaliyotni oxirgi natijasi talaba tomonidan amaliyot hisobotini himoya qilib olgan baholi sinov hisoblanadi. Amaliyot bo‘yicha baho vedomostga va talabaning sinov daftarchasiga qo‘yiladi.

Amaliyotga qatnashmagan, dasturini bajarmagan, ishdan yomon tavsifnoma olgan yoki amaliyot natijalarini himoya qila olmagan talaba ta’lim davrida qayta amaliyot o‘tadi yoki institut talabalar sifatidan chetlashtiriladi.

Amaliyot bo‘yicha «eng yaxshi» hisobotlar tanlovi o‘tkaziladi. Tanlovda yuqori baholangan hisobot o‘quv yili mobaynida «eng yaxshi» hisobot hisoblanib taqdirlanadi va kafedrada 2 yil mobaynida saqlanadi, (qolganlari 1 yil saqlanadi).

Kafedrada o‘qituvchi-amaliyot rahbari 15 kun muddat ichida yozma hisobot beradi. Hisobotda amaliyot o‘tkazilgan korxona, talablar soni, ish joylari, amaliyot bo‘yicha umumiy natijalar, amaliyot jarayonidagi yutuqlar va kamchiliklar, hamda xulosa va takliflar ko‘rsatiladi.



Har yili, amaliyotdan keyingi o‘quv semestri boshlanishida kafedrada amaliyot natijalari bo‘yicha amaliyot rahbarlari va fakultet dekanati yig‘ilishi o‘tkazib, eng yaxshi amaliyot olib borgan guruh va amaliyotchi talaba aniqlaniladi va taqdirlaniladi.
Download 277 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling