Elektr xavfsizligi asoslari. Mashg‘ulotini o‘qitish texnologiyasi


Download 239.29 Kb.
bet2/5
Sana15.03.2020
Hajmi239.29 Kb.
1   2   3   4   5

3-ilova.

Elektr toki ta’siriga tushib qolish, jarohatlanish sabablari va uni oldini olish tadbirlari.

Agar inson tanasining har qanday qismi elektr tarmog‘iga tushib qolsa, unda uni tok urish xavfi paydo bo‘ladi. Bunday holatni chizma ravishda tasvirlab tokka tushib qolishni ikki faza orasiga tushib qolish va bir fazali tokka tushish bilan belgilash mumkin.

Odam bir fazali tokka tushib qoldi deb faraz qilaylik. Unda tokning oqish yo‘li fazadan odam tanasi orqali Yerga o‘tib ketishi mumkin.

Sanoatda qo‘llaniladigan elektr toki asosan 380 V kuchlanishga ega bo‘ladi. Bunday tok uch fazadan iborat bo‘lib, har bir fazadan Yerga nisbatan 220 V kuchlanishga ega bo‘ladi. Bunday tokka tushgan odam tanasidan oqib o‘tgan tok miqdorini Om qonuni asosida aniqlash mumkin.

I=U/R


Bunda I - odam organizmi orqali oqib o‘tgan tok miqdori; U - fazaning kuchlanishi;

R - tok oqib o‘tishiga ko‘rsatiladigan qarshilik. Bir fazaga tushib qolgan odam uchun kuchlanish 220 V ni tashkil qiladi. R esa qator qarshiliklar yig‘indisidan tashkil to-padi

R = Rt + Rn + R0 + R1

Bunda Rt-odam tanasining qarshiligi, texnik hisoblarda 1000 Om qabul qilinadi; Rn-odam turgan polning qarshiligi, agar yog‘ochdan bo‘lgan pol bo‘lsa, uning qarshiligi 20000 - 60000 Om oralig‘ida bo‘ladi; R0 - oyoq kiyim qarshiligi, bu qarshilik ham oyoq kiyimining matYerialiga qarab 20000 - 50000 Om atrofida; R1-sim (neytral) Yerga ulangandagi qarshiligi (odatda umuman har qanday Yerga ulagich qarshiligi 4 Omdan katta bo‘lmasligi talab qilinadi).

Agar biz elektr toki ta’sirida bo‘lgan odam o‘tkazgichdan iborat polda tursa, oyoq kiyimi xam elektr o‘tkazuvchi bo‘lsa, unda

Bu miqdordagi elektr toki inson uchun xavfli hisoblanadi (fibrilyasiya tokiga nisbatan 2,2 marta ko‘p)



Bunday holatda elektr tokiga tushib qolganda ba’zi bir omillar bunday tokning zararlash natijasini o‘zgartirib yuborishi mumkin. Masalan elektr tokiga tushib qolgan odam quruq yog‘och polda va oyog‘ida tok o‘tkazmaydigan rezina oyoq kiyimi bo‘lsin. Unda uning tanasidan o‘tib ketgan tok miqdori

bo‘ladi. Bu esa inson tanasi uchun uzoq muddat ta’sir ko‘rsatganda yo‘l qo‘yiladigan miqdordan kam.

|Yerga va nolga ulab muhofazalanish, muhofazalovchi o‘chirish qurilmalari.

Har qanday elektr qurilmasi, agar uning metall qobiqlarida elektr kuchlanishi hosil bo‘lish xavfi bo‘lsa, qaysi joyda va qanday binoda ishlatilishidan qat’iy nazar, uning korpusini Yerga ulab qo‘yiladi va bu elektr qurilmalarini Yerga ulab muhofaza qilish deb ataladi.



2-rasm. Himoyalash uchun Yerga ulash ish sxemasi:


Download 239.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling