Elеktrolitik dissotsilanish. Ostvaltning suyultirish qonuni. Suvning ion ko‘paytmasi. Vodorod ko‘rsatkich pH


Download 0.64 Mb.
bet1/8
Sana04.01.2023
Hajmi0.64 Mb.
#1078045
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Elеktrоlitik dissоsiyalаnish. Kuchli, kuchsiz vа nоelеktrоlitlаr. Suvning iоnlаnishi pH. (1)


ELЕKTROLITIK DISSOTSILANISH. OSTVALTNING SUYULTIRISH QONUNI. SUVNING ION KO‘PAYTMASI. VODOROD KO‘RSATKICH pH.
Elektrolitik dissosiatsiya va Svante Arreniys nazariyasi. Dissosiatsiya darajasi va bosqichlari. Suvning ion ko’paytmasi va pH haqida tushuncha. Ion almashinish reaksiyalari ta’rifi. Ion almashinish reaksiyalari turlari. Kam dissosiatsiyalanuvchi va dissosiatsiyalanmaydigan moddalar, eritmadan cho’kma yoki cho’kmadan eritma, gazsimon modda va kompleks birikma hosil bo’ladigan reaksiyalar. Ion almashinish reaksiyalari tenglamalari. Tuzlar gidrolizi va ularning turlari. Gidroliz reaksiyasini teglamalari turlari. Ion almashinish va tuzlar gidrolizi reasiyalarining ahamiyati, Elektrolitlar haqida tushuncha. Izotonik koyeffisiyent va uning osmotic bosim, eritma ustidagi bug’ bosimi, muzlash va qaynash haroratiga bevosita bog’liqligi.
Elektrolitik dissotsilanish nazariyasi.
Moddalar suvda eritilganda ularning eritmalari elektr tokini o’tkazish –o’tkazmasligiga ko’ra 2 ga bo’linadi: elektrolitlar va elektrolitmaslar (noelektrolitlar).
Eritmalari va suyuqlanmalari elektr tokini o’tkazadigan moddalar elektrolitlar deyiladi. Elektrolitlarga kislotalar, asoslar va tuzlar kiradi.Bunday moddalarning molekulalaridagi kimyoviy bog’lanish turi ion yoki kuchli qutbli kovalent bog’lanishdan iborat.Ular suvda eriganda yoki suyuqlantirilganda ionlarga ajraladi,shu tufayli ham elektr tokini o’tkazadi.
Eritmalari va suyuqlanmalari elektr tokini o’tkazmaydigan moddalar noelektrolitlar deyiladi. Spirt, shakar, kislorod, azot va shularga o’xshashlarning eritmalari elektr tokini o’tkazmaydi. Chunki ular suvda eriydi, ammo ionlarga ajralmaydi. Umuman qutbsiz yoki qutbliligi kam bo’lgan moddalarning eritmalari suvli eritmalarda ionlarga ajralmaydi va shuning uchun ham elektr tokini o’tkazmaydi.
Elektrolit suvda eritilganda yoki suyuqlantirilganda ionlarga ajralishi elektrolitik dissotsilanish deyiladi. Elektrolitik dissotsilanish nazariyasini 1887 yilda shved olimi S. Arrenius (1859-1927) yaratgan. Arrenius nazariyasi quyidagilardan iborat:

Download 0.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling