Elektromagnit to’lqinlarining tarqalishi tezligi elektromagnit to’lqini tenglamasi


Download 282.5 Kb.
bet4/9
Sana22.04.2022
Hajmi282.5 Kb.
#649439
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Elektromagnit to’lqinlarining tarqalishi tezligi elektromagnit to’lqini
1-laboratoriya, 2-Loboratoriya, 1649913326, Kopjursinova Maftuna 1-A2, KORXONANING AXBOROT RESURSLAR, 1-амалий, 3-амалий, Xitoy Xalq Respublikasi 091218234301, Mustaqil ish7, 1-kurs dars ishlanmasi, 1, Psixologiya mustaqil ish, EWB ido doc, Embedded sytem security

Jismga yorug‘lik tushganda yuz beradigan hodisalarni qaraylik. Biror jismga yorug‘lik oqimi tushganda, birinchidan, bu tushuayotgan yorug‘likning bir qismi jism sirtidan qaytadi. Bunday hodisa yorug‘likning qaytishi deb ataladi.

Ikkinchidan, yorug‘likning yana bir qismi jismga kirib, uning ichida tarqalishni davom ettirishi mumkin. Bunda, yorug‘likning bu qismi jism sirtida o‘zining boshlang‘ich yo‘nalishini o‘zgartirishi va jism ichida boshqa yo‘nalishda tarqalishi mumkin. Bu hodisa yorug‘likning sinishi deb ataladi.

Agar tushayotgan va singan yorug‘lik oqimlari qo‘shilsa, ularning yig‘indisi jismga tushayotgan to‘la yorug‘lik oqitmiga miqdor jihatidan teng bo‘ladi. Lekin yorug‘likning jism ichida tarqalish jarayonida, u muhitga yutiladi, shuning uchun uning intensivligi tobora kamaya boradi. Bunda yorug‘lik energiyasi energiyaning boshqa turlariga, xususan, jismning ichki energiyasiga aylanishi mumkin. Yorug‘lik ta’siri ostida jismlarning isishi hammaga yaxshi ma’lum.

Qaytgan va singan yorug‘likning nisbiy kattaligi bir qator faktorlar: jismning moddasi, jism sirtining holati, yorug‘likning tarkibi, tushish burchagi va boshqalar bilan belgilanadi.

Yutilish jismni tashkil etgan moddaga va yorug‘likning tarkibiga ham bog‘liqdir.

Shunday qilib, jism sirtiga yorug‘lik tushgganda qaytish va sinish hodisalarini, yorug‘likning jismdan o‘tishda esa yorug‘likning yutilish va sochilish hodisasini kuzatish mumkin.

Yorug‘likning qaytish qonuni. Yorug‘likning qaytish qonuni bilan tajribada tanishib chiqaylik.

Graduslarga bo‘lingan doiraviy disk markaziga yassi ko‘zgu PP ni shunday joylashtiraylikki, natijada, nurlar ko‘zgu tekisligiga o‘tkazilgan SN perpendikulyarning asosiga tushsin (4.5-rasm).

SS ni tushuvchi nur, CS1 ni esa qaytgan nur deb faraz qilaylik. S nuqta – nurning tushish nuqtasi. Tushuvchi nur SS bilan perpendikulyar SN orasidagi burchak SCN tushish burchagi deb ataladi. Qaytgan nur SS1, bilan o‘sha perpendikulyar S1N orasidagi burchak S1CN qaytish burchagi deb ataladi.


Download 282.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2023
ma'muriyatiga murojaat qiling