Elektron aloqa Тayanch so’z va iboralar


Download 22.35 Kb.
bet1/2
Sana10.01.2022
Hajmi22.35 Kb.
#285579
  1   2
Bog'liq
Elektron aloqa (1)
¹ 4 ma'ruza, 2 5422443116537840883, 2 5422443116537840883, 2 5269510695610747246, Davlatning tuzilishi shakllari, prinsiplari va uni shakllantiris , Huquqiy ong, Huquq tizimi, Huquq tizimi, Korrupsiyaga qarshi kurashish to’g’risida, English, Документ Microsoft Word (2), Документ Microsoft Word (2), qaror mi, 3- mavzu test javobi

Elektron aloqa
Тayanch so’z va iboralar:

E—mail bu ma'lum elektron manzilga axborotni elektron usulda uzatish vositasidir.

Elektron aloqa tushunchasi oddiy aloqa tushunchasiga o'xshashdir. Haqiqatdan ham E—mail orqali xat jo'natishda, siz oddiy xatdagidek satrlami to'Idirasiz, ya'ni, yuboriladigan manzil yoziladi (faqat barcha nomlar va manzillar elektron holda bo'ladi). Siz xatni «nusxalash» orqali bir necha manzillarga jo'natishingiz, hatto xatga faylni «qo'shib» yuborishingiz mumkin va hokazo.

/Elektron xatni jo'natishdagi ishlar ham oddiy xatni jo'natishga o'xshaydi. Siz aloqa served (odatda Post Office Protocol) bilan bogianib, xatni «aloqa bo'limiga olib borasiz». Keyin aloqa served xatni manzillar serveriga uzatadi, u yerdan manzili ko'rsatilgan kishi xatni «olib ketishi» mumkin.

Elektron aloqa orqali ixtiyoriy ma'lumotlar: matn, chizma, sxe-ma, diagramma, rasm, jadval, musiqa va boshqalami uzatish mum­kin. Ma'lumotlar ko'rsatilgan manzilga bir zumda yetkaziladi. Ma'lu-mot oluvchi bo'lmagan vaqtda aloqa qutisiga ma'lumotni qayta-qayta uzatish va saqlash imkoniyati mavjud.

Elektron aloqa hujjati manzil bo'yicha yo'llash qoidalariga bo'ysunishi va aniq o'Ichamlarga ega bo'lishi zarur. Elektron aloqa quyidagi vazifalarni bajaradi:



  • hujjatlarni kiritish va ularni chiqarish;

  • hujijatlarni aloqa qutisiga uzatish;

  • xatolarni tekshirish va to'g'rilash;

  • dastlab jo'natish qurilmalarini qo'llash va qabo`l qilinganligini ta'kidlash;

  • foydalanuvchilar bilan ishlash.

Elektron aloqa xatni axborot tarmoqlari orqali foydalanuvchiga yetkazishni ta'minlaydigan muhim tarmoqli aloqadir.

Xatni elektron aloqa yordamida uzatishda manzilning uch xil turidan foydalanish mumkin:



  • shaxsiy — hujjatni bir kishi (manzil)ga yuborish uchun;

  • guruhiy — hujjatni bir guruh oluvchilarga yo'llash uchun;

  • umumiy — hujjatni axborot tarmog'idan foydalanuvchilarning hammasiga uzatish uchun.

Shaxsiy manzillardan xat, hisobotlarni yakka abonentlarga jo'na­tishda foydalaniladi. Yo'riqnoma, ko'rsatma yoki xabarnomalarni uzatishni guruhiy manzillar bo'yicha amalga oshirish qulay. Umumiy manzildan qonunlar, tarmoqning ishi haqidagi ma'lumotlar, tarmoqning yangi imkoniyatlari haqidagi xabarlarni uzatishda foyda­laniladi.

Oddiy elektron aloqaning muhim bir kamchiligi bor, ya'ni huj-jatni jo'natuvchi va qabo`l qiluvchi kompyuterlar bir vaqtda ishlab turgan bo'lishi kerak. Hozirgi tarmoqlarda millionlab kompyuterlar ishlab turibdi. Ulaming har biri foydalanuvchiga qulay vaqtda ishlaydi. Agar foydalanuvchi o'z joyida bo'lmasa yoki boshqa ish bilan band bo'lsa, xatni uzatish mumkin bo'lmaydi. Bundan tashqari, kompyuterlar 24 soat uzluksiz ishlamasligi, bo’zilishi, mahalliy vaqtning farq qilishi ham bor. Shu sababli elektron aloqa to’zilishiga bir yoki bir nechta aloqa boiimi kiritiladi. Bir aloqa bo'limiga ega bo'lgan elektron aloqa chizmasi 18-rasmda keltirilgan.

Elektron aloqaning bunday to’zilishida barcha xatlar aloqa bo'limi vazifasini bajaruvchi ma'lumotlar omboriga jo'natiladi va unda saqlanadi. So'ngra xatlar aloqa bo'limidan manzillariga jo'natiladi. Xatlarni tarmoq bo'yicha uzatish rasmda shtrix chiziq bilan ko'rsatilgan.

Katta axborot tarmoqlarida bitta aloqa bo'limining bo'lishi yetarli emas. Bu ma'lumot uzatish kanalining zo'riqishiga olib keladi. Shuning uchun bunday tarmoqlarda bir nechta aloqa boiimi tashkil etiladi. 19-rasmda ko'p aloqa bo'limiga ega bo'lgan elektron aloqa chizmasi keltirilgan.

Bu holda kompyuter foydalanuvchidan xatni olgandan so'ng, uni eng yaqin aloqa bo'limiga jo'natadi. Zarurat boisa, aloqa bo'lim-lari xatni bir-biriga jo'natadi (xatni jo'natish yoilari rasmda shtrix chizig'i bilan ko'rsatilgan). Tarmoqda kerakli sondagi aloqa bo'limi­ning bo'lishi elektron aloqaga ketadigan harajatni ancha iqtisod qilishga olib keladi. Bundan tashqari, foydalanuvchilar aloqa boiimlari bilan, shuningdek, bir-biri bilan tez aioqaga chiqish imkoniyatiga ega bo'ladi. Aloqa bo'limi elektron aloqada xatlarni tez va sifatli yetkazishni ta'minlaydigan barcha vazifalarni amalga oshiradi. Bunday vazifalar qatoriga quyidagilar kiradi:


  • axborot uzatish seanslarini boshqaradi;

  • uzatilgan xatlardagi xatoliklarni tekshiradi va ularni to'g'rilay-di;

  • xatlarni «talab qilinguncha» saqlaydi;

  • foydalanuvchiga xat kelganligi haqida ma'lumot beradi;

  • foydalanuvchiga hujjatni uzatadi;

  • xatlarni ro'yxatga oladi va uning hisobini olib boradi;

  • aloqa bo'limi va abonentlar manzilini saqlovchi ma'lumotnoma ishini qo'llab-quvvatlaydi;

  • axborotlarni saralash, xatlar so'ralganda parolni talab qilish (bir nechta manzil bo'yicha yuborilganda), hujjatlarning nusxasini olish kabi xizmat amallarini bajaradi.

Elektron aloqa ishlashi uchun maxsus bayonnomalar yaratilgan.

Hozirgi kunda quyidagi bayonnomalar qo'llanilmoqda:

POPS (Post Ofice Protocol) — aloqa xizmatining bayonnomasi (bu bayonnoma eski bo'lsa-da, hozirgi kunda ham ishlatilmoqda);

SMTP (Simple Mail Transfer Protocol) — ma'lumotlarni uza-tishning sodda bayonnomasi;

IMAP (Internet Message Access Protocol) — ma'lumotlarga kirish — internet bayonnomasi. Bu yangi bayonnoma elektron aloqa-ning HTML formatini qo'llab turishni ta'minlaydi va bu o'z navbatida nafaqat matnli, hatto multimediali axborotlar bilan ishlashga imkoniyat beradi.

Elektron aloqa hech qachon oddiy aloqa va telefonning o'rnini bosa olmaydi. Lekin u kommunikatsiyaning imkoniyatini kengaytira-di. Elektron aloqa tizimlarining ko'pchiligi elektron xatlarni 100 ta manzilga ham bitta manzilga yuborgandek oson jo'natadi. Buning uchun elektron aloqa manzili ro'yxati yoki hisob nomerlarini to’zib, unga nom berish va xatni kompyuter tizimiga yuklash zarur. Shundan keyin kompyuter xatning nusxasini ro'yxatda ko'rsatilgan elektron aloqa «qutisiga» avtomatik ravishda yo'llaydi.

Elektron aloqa orqali xat jo'natish uchun uni matnli fayl ko'rini-shida tayyorlash va internet standartiga mos holda rasmiylashtirish kerak. Xatni elektron aloqa orqali jo'natishning umumiy formati sarlavha va bevosita ma'lumot uchun mo'ljallangan ixtiyoriy matn fayli, rasm yoki dasturdan iborat bo'ladi.

Elektron xatning standart sarlavhasi quyidagi ko'rinishda bo'ladi:

From: jo'natuvchi manzili.

To: qabo`l qiluvchi manzili.

Cc: jo'natishning boshqa manzillari.

Subject: ma'lumot mavzusi.

Internet tarmog'idagi aloqa manziliga misol:

Abdukahhar @ mail.uz



Bu yerdagi Abdukahhar — elektron aloqa qutichasi egasining nomi, mail — aloqa serverining manzili (tashkilot) va uz — davlat.


Download 22.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling