Elektron tijorat (savdo) rivojlanish tarixi 1960 yil oxirida aqsh xavfsizlik vazirligi xarbiy bo’limning


Download 10.86 Kb.
Pdf ko'rish
Sana13.12.2020
Hajmi10.86 Kb.
#165550
Bog'liq
elektron tijorat 1-topshiriq

background image
                                    

 Elektron tijorat 1 

Elektron tijorat (savdo) rivojlanish tarixi 1960 yil oxirida AQSH Xavfsizlik vazirligi xarbiy bo’limning

ARPANET (AdvancedResearchProjectsAgency Network) nomli kompyuterlar tarmog’ini yaratishidan

boshlangan.Bunday tarmoqning foydaliligini tezorada anglagan universitet va kolledj olimlari ma‘lumot

almashinuvi uchun o’xshash tarmoq yaratdilar.Sekin-sekin o’zaro bog’langan yangidan-yangi

lokalbtarmoqlar paydo bo’la boshladi.Shunday qilib,XX asrning 80 yil oxirlariga kelib,Internet deganda

xalqaro"tarmoqlar tarmog’i"tushunila boshlandi.Internet rivojlanishi davomida individual va korporativ

foydalanuvchilar elektron aloqalari shakllandi.Bu esa axborotni ancha qiymatga ega va topishancha oson

bo’lgan yangi elektron sohaning yaratilishiga asos bo’lgan.Internet bunday yangi iqtisodiyot ko’rinishi

paydo bo’lishining ham sababi,ham natijasi,fundamental texnologik va iqtisodiy o’zgarishlar mahsuli

hamda uning muhiti va bozor hisoblanadi.Bularning hammasi iqtisodiyotda sezilarli o’zgarishlarni keltirib

chiqardi.Biznes yuritishning asosiy munosabatlari va modellari o’zgardi:-toishlab chiqaruvchi

hokimiyatidan,dallolning keyin-iste‘molchining etakchi roligacha;-to ommaviy ishlab chiqarishdan

buyurtmaga ishlab chiqarishgacha;-tomaterial resurslar va aktivlar muhimligidan axborot,bilim,salohiyat

muhimligigacha.O’tgan asrning oxirlarida internetdagi savdo jarayonining yangi atamalari paydo

bo’ldi:ular-elektron biznes(e-business),electron banner,elektron reklama,elektron tijorat(e-

commerce),electron sotuv,e-click,va elektron marketing(emarketing)va boshqalar.Shuni aytish

kerakki,axborot-kommunikatsion texnologiyalari biznesni tashkil etish va yurishda ilgari zamonlar hech

qachon bunday muhim ahamiyat kasb etmagan.Axborot-kommunikatsion texnologiyalari ahamiyatining

bunday oshib borishi barcha faoliyat turlariga,shu jumladan kichik biznis va tadbirkorlikka ham katta

ta’sir ko’rsatdi.Dunyodagi barcha rivojlangan mamlakatlar Internetdan foydalanish va elektron biznes

rivojlanishida katta sakrashni amalga oshirdilar.Bu sohaga mansub ba’zi analitiklar elektron tijorat

rivojlanishining ancha keyingi bosqichlarida qo’shilgan mamlakat va kompaniyalar boshqalarning



xatolaridan foydalanish,soha rivojlanishi tendentsiyalarini ko’rish borasida yutadi deb hisoblaydilar.

Download 10.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling