Elektronik sxemalar


Download 136 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/10
Sana18.08.2017
Hajmi136 Kb.
#13735
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
chizmachilik.p65

O‘ZBEKISTON  RESPUBLIKASI  OLIY VA O ‘RTA 
MAXSUS  TA’LIM  VAZIRLIGI
O‘RTA  MAXSUS,  KASB-HUNAR  TA’LIMI  MARKAZI 
Yu.A.  IBRAGIMOV,  Z.S.  YAKUBOVA
CHIZMALARNI  O‘QISH VA 
ELEKTRONIK  SXEMALAR
Kasb-hunar  kollejlari  uchun  o ‘quv  q o ‘llanma
Toshkent -   «ILM ZIYO»  -   2016

UO‘K 744.4(075)
KBK 30.11 
I14
Oliy va  o ‘rta  maxsus,  kasb-hunar ta’limi  ilmiy-metodik 
birlashmalari faoliyatini  muvofiqlashtiruvchi  Kengash 
tomonidan  nashrga  tavsiya  etilgan.
Mazkur  o‘quv  qo‘llanma  elektron  texnikalarni  sozlash  va  o‘rnatish 
texnologi  mutaxassisligida  o‘qiyotgan  o‘quvchilar  uchun  mo‘ljallangan 
bo‘lib,  unda  geometrik  va  proyeksion  chizmachilik,  mashinasozlik 
chizmachiligi, sxemalarni chizishning umumiy qoidalari, radio detallarning 
chizmalari, yig‘ish chizmalariga doir tushunchalar berilgan.
Taqrizchilar:  Q.  G‘OZIYEV — Farg‘ona davlat universiteti o‘quv ishlari 
bo‘yicha  prorektori;  M.  BOBOQULOVA,  N.  DAVLA- 
TOV — Farg‘ona transport va xizmat ko‘rsatish kasb-hunar 
kolleji  o‘qituvchilari.
ISBN 978-9943-16-210-5
© Yu.  Ibragimov va boshq.,  2016-y.
©  «ILM  ZIYO»  nashriyot uyi,  2016-y.

KIRISH
Ilm -texnika  taraqqiyoti  insoniyat  faoliyatining  hamma  soha- 
larini  o ‘sib  kelayotgan  yosh  avlod  idrok  qilishi,  m a’lum otni 
qabul  qilib,  uni  qayta  ishlab,  grafikaviy  vositalar  bilan  uzatish 
qobiliyatiga ega b o ‘lishga katta talablar qo‘ymoqda.  Shuning uchun 
ham   o ‘quvchilardagi  asosiy  grafik  bilim lar  va  malakalarning 
shakllanish samaradorligini o ‘rganish g ‘oyat m uhim  masalalardan 
biridir.
O ‘quvchilarda  grafikaviy  bilim ,  malaka  va  uquvlarni  tarkib 
toptirish  va  kasb-hunar  kollejida  o ‘quvchilarning  grafikaviy 
tayyorgarlik  istiqbollari  bilan  b og‘liq  masalani  ilm iy  asoslash 
obyektiv  haqiqatning  muhim  xususiyatlarini  hisobga  olishni  talab 
qiladi.
Odatda,  har  qanday  predmet  faoliyatining  xususiyatiga  inson 
faoliyatining  sharoitlari  bilan  m uvofiqlash  nuqtayi  nazaridan 
qaraladi.  Ishlab  chiqarish funksiyalarining ko‘pchilik qismi mashi- 
nalarga  yuklanishi  natijasida  m ehnat  jarayonining  ijrochilik 
qismlarini  tashkil  etuvchi  harakatlantiruvchi  operatsiyalar  bir- 
muncha soddalashib bormoqda.
Hozirgi  zam on  ishlab  chiqarish  sharoitida  inson  mehnatining 
xarakterli xususiyatlaridan biri,  uning  texnik  obyekt va texnologik 
jarayonlarni boshqarishdagi vositachiligi bilan ifodalanmoqda.  Ishlab 
chiqarishning  qator tarmoqlarida (kimyo,  metallurgiya,  energetika 
va  boshqa)  insonning  m uloqoti  real  obyektlar  bilan  b o ‘lmay, 
balki real o ‘tib boruvchi hodisa va jarayonlarning  o ‘rnini bosuvchi 
sxemalashtirilgan  boshqaruv  pultlari  bilan  olib  boriladi.  Chizma- 
larsiz  biror  buyum ni  yoki  uning  detallarini,  qurilish  ishlarini 
aniq bajarib bo‘lmaydi.
3

1 - b o ‘lim.
  C H IZM A L A R N I  BA JA R ISH D A G I 
U M U M IY   Q O IDALAR
1.1.  Chizmalarni  o ‘qish
Fan-texnika  jadal  rivojlanayotgan  hozirgi  davrda  texnika 
taraqqiyotini  chizm alarsiz  tasavvur  qilib  b o ‘lm aydi.  C hizm a 
buyumning  tekislikdagi  yetarli  ko‘rinishiga  ega  b o ‘lgan  tasviridir. 
Jismning shaklini va o ‘lchamlarini ko‘rsatadigan tekislikdagi tasvir 
chizma  deyiladi.
Chizmalarsiz  biror  buyumni  yoki  uning  detallarini,  qurilish 
ishlarini  aniq  bajarib  b o ‘lmaydi.  «Muhandislik  grafikasi»  fani 
texnikaviy  chizmalarni  to ‘g ‘ri  tuzish  usullarini  o ‘rgatadi.  Chiz- 
machilik  fan va texnikaning  «texnikaviy tili»  hisoblanib,  u barcha 
konstruktorlar,  m uhandis-texnik  xodimlar,  sanoat,  qurilish  va 
qishloq x o ‘jaligi  sohasida  ishlovchi  mutaxassis  va  ishchilar  uchun 
yagonadir.
Chizmalarni  tuza bilish va  o ‘qiy  olish  tasvirlar  yasash  usulini, 
turli  pozitsion,  metrik  masalalar  yechishni  va  chizma  geometriya 
ham da  texnikaviy  ch izm ach ilik d a  qabul  qilingan  bir  qator 
shartliliklarni  bilishga  asoslanadi.  Fazoviy  tasavvur  deganda 
insonning  ayrim jismlar shakli,  o ‘lchamlari proporsiyasini,  rangni, 
sirt  fakturasini va  turli buyumlarning,  jumladan,  bino,  inshoot va 
mashinalarning  ayrim  sifatlarini  fikran  ko‘z  oldiga  keltirish  xusu- 
siyati  tushuniladi.
Texnik chizmachilik —  chizma geometriya va proyeksion chiz- 
machilik  nazariyalariga  asoslanadi.  Mashinasozlik  chizmalarida 
proyeksiyalar  o ‘qi,  bog‘lanish  chiziqlari  b o ‘lmaydi  va  ko‘rinmas 
konturlarni  ifodalovchi  shtrix  chiziqlar juda  kam b o ‘ladi.  M ashi­
n asozlik   chizm alarida  buyum   tasviridan  tashqari,  buyum ni 
tayyorlash  (yasash)  uchun  zarur  b o ‘ladigan  hamma  m a’lumotlar, 
masalan,  o ‘lcham lari,  texnikaviy  talablar,  sirtlarning  g ‘adir- 
budurligi  va boshqalar  ham  beriladi.
Texnik  chizmachilikni  o ‘rganishdan  asosiy  maqsad  —  chiz- 
malarda  q o‘llaniladigan  soddalashtirishlar  bilan  to ‘la  tanishib
4

chiqish,  mashina  detallarining  ish  chizmalarini  va  yig‘ish  chiz- 
malarini  tuzish  va  o ‘qishga  o ‘rganishdir.  Shu  bilan  bir  vaqtda 
chizmalarni tuzishga oid standartlarni o ‘rganish va mashinasozlikda 
k o‘p  ishlatiladigan  standart  detallar  bilan  tanishib  chiqish  za- 
rurdir.
M am lakatimizda  ishlab  chiqariladigan  barcha  mahsulotlar- 
ning sifatini yaxshilash, ularning ma’lum o ‘lcham va sifatga ega b o‘li- 
sh in i  ta ’m inlash  m aqsadida  D avlat  standartlari  belgilangan 
(qisqacha  ГОСТ).  Bundan  tashqari,  standartlarning  quyidagi 
turlari  mavjud:
1.  OCT  —  xalq x o ‘jaligi  tarmoqlari  standarti.
2.  PCT  —  respublika standartlari.
3.  C T n   —  korxona standartlari.
Standartlar texnika  taraqqiyotining  o ‘sishida,  ijtimoiy  mehnat
 
unumi  va  xalqning  turmush  farovonligi  yuksalishida,  mahsulotlar 
sifatini  yaxshilashda,  davlatlar  o ‘rtasidagi  ham do‘stlikni  yanada 
mustahkamlashda  muhim  ahamiyatga  ega.  U   barcha  korxonalar, 
loyihalash tashkilotlari va o ‘quv yurtlari uchun qonun hisoblanadi. 
1926-yildan  boshlab  barcha  korxonalar  mahsulotlarini  standart- 
lashtirish maqsadida muhandislik grafikasi kursiga standartlar tatbiq 
qilingan.  1928-yilning  oxirida  birinchi  marta  m ashinasozlik 
chizmalari qoida va normalarining yagona sistemasi ishlab chiqildi 
va  nashr  qilindi.
Chizmalar uchun  davlat  standarti  OCT  350-358.  Shu vaqtdan 
boshlab barcha standartlar ustida ishlash to ‘xtamay davom etmoqda. 
1934,  1939,  1946,  1952,  1959,  1965,  1966  va  1968-yillarda  chiz­
malar  standarti  qayta ko‘rib  chiqildi.  Standartlarning  muhandislik 
grafikasiga  tatbiq  qilinishi  chizmalarga bir  xil  talablar  q o‘yilishiga 
imkon  yaratdi.
Standartlar  chizmalar  chizishni tezlatish,  o ‘qilishini  osonlash- 
tirish,  yangiliklar  kiritish,  konstruktorlarning  takliflarini  kiritish 
maqsadida  o ‘zgartirib  boriladi.  1971-yilda  konstruktorlik  hujjat- 
larining yagona sistemasi  (ECKД) joriy qilindi.  Standartlar barcha 
loyihalash tashkilotlari,  sanoat va qurilish korxonalari hamda o ‘quv 
yurtlari  uchun  majburiy b o ‘lib,  uni buzish va unga  amal  qilmaslik 
qat’iy  man  etiladi.
5

O ‘ZBEKISTON  DAVLAT  STANDARTI 
O ‘zDST  2.001:2003
O‘ZBEKISTON  RESPUBLIKASINING  KONSTRUKTORLIK 
HUJJATLARI  YAGONA  TIZIMI  (O‘Z  KHYT)
ASOSIY  QOIDALARI
Kiritish  sanasi  17.11.2003
Quyida  ushbu  standart  tashkil  topgan  b o ‘limlarni  qayd  qilib, 
shulardan  ba’zi  birlari  bilan  tanishtiriladi.
1.  Tatbiq qilish sohasi.  2.  M e’yoriy hujjatlarga havolalar.  3. Aniq- 
lashlar.  4.  Belgilash va qisqartirishlar.  5. Asosiy qoidalar.  6.  Struk- 
tura,  tarkib  va  O ‘zKHYT  standartlarining  klassifikatsiyasi.
1.  Tatbiq  qilish  sohasi
Ushbu  standart  O‘zbekiston  Respublikasining  konstruktorlik 
hujjatlari  yagona  tizimi  (O ‘zKHYT)  kompleksiga  kiruvchi  klassi- 
fikatsion  guruh  va  standartlar  tarkibini  b elgilovch i  um um iy 
qoidalarni  o ‘rnatadi.
O‘zKHYT  standartlarining  talablarini  bajarish  konstruktorlik 
hujjatlarini ishlab  chiqish bilan shug‘ullanayotgan barcha iqtisodiy 
soha va x o ‘jalik bilan  shug‘ullanuvchi  shaxslar uchun majburiydir.
Standart talablari  Mudofaa vazirligi buyurtmasi b o ‘yicha ishlab 
chiqariladigan  konstruktorlik  hujjatlarining  barcha  ko‘rinishlariga 
ta ’sir  etmaydi.
2.  M e’yoriy  hujjatlarga  havolalar
Ushbu  standartda  quyidagi  standartlarga  havolalar  qilingan:
• O‘zbekiston  davlat standartlashtirish tizimi  O‘zD St  1.4:1998.
•  M e’yoriy  hujjatlar  bilan  ta’minlash  tartibi.
• O‘zbekiston davlat standartlashtirish tizimi O ‘zD St  1.10:1998.
• Asosiy  terminlar  va  ta’riflar.
Struktura,  tarkib va  O ‘z  K H Y T  standartlarining klassifikatsiyasi. 
O‘zKHYTga  kiruvchi  standartlarning  tarkibi  o ‘rnatilgan  tartibda 
«O‘zstandart»  agentligi  tomonidan  belgilanadi.
6

O ‘zKHYTga  kiruvchi  standartlarning  um umiy  tarkibi  10  ta 
klassifikatsion  guruhlarga b o ‘linadi  (1-jadval).
1-jadval
Klassifikatsion guruhlarning tarkibi
Guruh­
lar  shifri
Standartlar  bo‘limi
Standart guruhlarning 
nomlari
1.
O‘zDSt 2.001
Asosiy qoidalar
2.
O‘zDSt 2.100  dan 
O‘zDSt 2.199 gacha
Umumiy qoidalar
3.
O‘zDSt 2.201  dan 
O‘zDSt 2.299 gacha
Konstruktorlik hujjatlarida buyumlar 
klassifikatsiyasi va belgilari
4.
O‘zDSt 2.301  dan 
O‘zDSt 2.399 gacha
Chizmalarni chizish bo‘yicha 
umumiy qoidalar
5.
O‘zDSt 2.401  dan 
O‘zDSt 2.499 gacha
Mashinasozlikva asbobsozlik 
chizmalarini bajarish  qoidalari
6.
O‘zDSt 2.501  dan 
O‘zDSt 2.599 gacha
Konstruktorlik hujjatlarini hisobga 
olish,  saqlash,  dublikatlarini olish, 
o‘zgarishlar  kiritish  qoidalari
7.
O‘zDSt 2.601  dan 
O‘zDSt 2.699 gacha
Ekspluatatsion va ta’mirlash 
hujjatlarini bajarish  qoidalari
8.
O‘zDSt 2.701  dan 
O‘zDSt 2.799 gacha
Sxemalarni bajarish  qoidalari va 
sxemalarda qo‘llaniladigan grafik 
belgilar
9.
O‘zDSt 2.801  dan 
O‘zDSt 2.899 gacha
Qurilish va kemasozlik  hujjatlarini 
bajarish  qoidalari
10
O‘zDSt 2.901  dan 
O‘zDSt 2.999 gacha
Qolgan standartlar
Birinchi  guruhga  (tartib  raqamlarining  ortib  borishiga  qarab) 
bir  qancha  klassifikatsion  guruhlar  uchun  tartib  o ‘rnatishni  talab 
qiluvchi  standartlar  kiradi.
O ‘zKHYT  standartlarining  belgilanishi  klassifikatsion  tamoyil 
asosida  b o ‘ladi.  O ‘zD St  standart  raqami  O‘zKHYT  standartlar
7

klassiga berilgan  2  raqam  bilan  tuzila boshlanadi;  standartlarning 
klassifikatsion  guruhini  belgilovchi  nuqtadan  keyin  bitta  raqam; 
ushbu guruhdagi ikki raqamli tartib nomeri va ikki nuqtadan keyin 
ro‘yxatga  olingan yilini ko‘rsatuvchi to ‘rtta raqam  qo‘yiladi.
O ‘zK H Y T   stand artin in g  b e lg ila n ish ig a   m iso l  (O ‘z D S t 
2.001:2003):
•  O‘zD S t  —  O ‘zbekiston  davlati  standartining  belgisi  (in- 
deksi);
• 2.  —  O‘zKHYT  standartining  klassi;
•  0  —  standart  guruhining  klassifikatsiya  shifri;
•  01  —  guruhdagi  standartning  tartib  raqami;
•  :  2003  —  Standart  ro‘yxatga  olingan  yili.
O‘zKHYTning  standartlari  to ‘g ‘risidagi  m a’lumotlar  O‘zD St 
1.4.ga  mos  keladigan  o ‘rnatilgan  tartibda  «O‘zstandart»  agent- 
ligining  axborotlarida  chop  etib  boriladi.
I z o h :   M D H  (Mustaqil Davlatlar H am do‘stligi)  mamla- 
katlarining standartlashtirish,  metrologiya va sertifkatlashtirish 
sohasida  kelishib  olingan  siyosat  o‘tkazish  haqidagi  bitimga 
h a m d a   V a zirla r  M a h k a m a sin in g   1 9 9 2 -y il  2 -m a rtd a g i 
« O ‘zbekiston  Respublikasida  standartlashtirish  b o ‘yicha  ish- 
larni  tashkil  qilish  to ‘g ‘risida»gi  93-qaroriga  binoan  Г О С Т  
MDHning  davlatlararo  standartlari  sifatida  amal  qilmoqda. 
Shu  bois,  ushbu  kitobda,  O ‘zD St k o ‘rsatilmagan jo yd a   Г О С Т  
berilishi  mumkin.
KONSTRUKTORLIKHUJJATLARINING TURLARI
Konstruktorlik  hujjatlari  deb  grafikaviy  (masalan,  chizm a, 
sxema)  va  m atnli  (masalan,  spetsifikatsiya,  texnikaviy  shart- 
sharoitlar)  hujjatlarga  aytiladi.  Bu  hujjatlar  ayrim  yoki  yig‘ilgan 
holda  buyumning  tarkibi  va  tuzilishi,  uni  tuzish  yoki  tayyorlash, 
shuningdek,  nazorat  qilish,  qabul  qilish,  ishlatish  va  ta’mirlash 
uchun  zarur  m a’lumotlarni  o ‘z  ichiga  oladi.
8

ГОСТ 2.  102-68  da sanoatning hamma tarmoqlari buyumlari- 
dagi konstruktorlik hujjatlar mazmuniga qarab quyidagicha nomlar 
bilan  aytiladi:
1.  D etal  chizmasi  —  detalning  tasviri  va  detalni  tayyorlash 
hamda  nazorat  qilish  uchun  zarur b o ‘lgan  boshqa  m a’lumotlarni 
o ‘z ichiga olgan hujjat.
2.  Yig‘ish chizmasi — yig‘ma birlikning tasviri va bu birlikni yig‘ish 
(tayyorlash)  hamda  nazorat  qilish  uchun boshqa  ma’lumotlarni  o ‘z 
ichiga  olgan  hujjat,  shuningdek,  y ig ‘ish  chizm alari  qatoriga 
gidromontaj, pnevmomontajva elektromontaj chizmalari  ham kiritiladi.
3.  Umumiy  k o ‘rinish  chizmasi  —  buyumning  konstruksiyasini, 
uning  asosiy tarkibiy qismlarining  o ‘zaro bog‘lanishini va buyum­
ning  ishlash  prinsipini  aniqlovchi  hujjat.
4.  Gabarit chizma — buyumning kontur (soddalashtirilgan) tasviri 
va uning gabarit o ‘rnatish va biriktirish o ‘lchamlari keltirilgan hujjat.
5.  Montaj  chizmasi  —  buyumning  kontur  (soddalashtirilgan) 
tasviri,  shuningdek,  uning  ishlash joyiga  o ‘rnatish  (montaj  qilish) 
uchun  zarur  m a’lumotlarga  ega  b o ‘lgan  hujjat.  Montaj  tuzilgan 
fundament  chizmalari  ham  kiritiladi.
6.  Sxema  —  buyumning  tarkibiy  qismlari  va  ularning  o ‘zaro 
bog‘lanishi  shartli ta’sir yoki belgi  ko‘rinishida ifodalangan hujjat.
7.  Spetsifikatsiya — yig‘ma birlik,  komplekt tarkibini aniqlovchi 
hujjat.
8.  Jadval  —  vazifasiga  qarab  tegishli  m a’lumotlarni  o ‘z  ichiga 
olgan  hujjat.  Masalan,  jadvallar  bir-biridan  faqat  o ‘lchamlari, 
materiallarning  markasi,  qoplamasi  va  shunga  o ‘xshashlar  bilan 
farq  qiladigan  detallar  uchun  tuziladi.  Konstruktorlik  hujjatlari 
ishlab chiqarilishiga qarab loyiha va ish hujjatlariga b o ‘linadi.
Loyiha  hujjatlariga 
— texnikaviy  takliflar,  eskizlar  va loyihalar 
kiradi.
Ish hujjatlariga 
— buyumlar va ularning tarkibiy qismlari ishlab 
chiqarish,  nazorat  qilish,  ishlatish  va  ta ’mirlash  uchun  zarur 
b o ‘lgan  ish  hujjatlari  kiradi.
Konstruktorlik  hujjatlarini  bajarilishi  va  xarakterligiga  qarab 
ular  ГОСТ  2.  102-68  ga muvofiq  quyidagi turlarga b o ‘linadi:
1. 
Originallar  —  istalgan  materiallardan  bajarilgan  hujjatlar, 
ular  asl  nusxalari  tayyorlash  uchun  m o ‘ljallangan  b o ‘ladi.
9

2. Asl nusxalar —  ko‘plab nusxa ko‘chirish imkonini  beradigan 
materialdan  bajarilgan  va  m as’ul  shaxslarning  asl  imzolari  bilan 
rasmiylashtirilgan hujjat,  asl nusxa sifatida  original fotonusxa yoki 
bosmaxonada  nashr  qilingan  va  hujjatni  chiqarish  uchun  m as’u- 
liyatli shaxslarning asl imzolari bilan rasmiylashtirilgan hujjatlardan 
foydalanishga y o ‘l qo‘yiladi.
3.  Dublikat —  asl nusxalardan olingan nusxalar, ular asl nusxalar 
bilan  bir  xillikni  saqlab  asl  nusxalarni  qayta  tiklash  va  nusxalar 
ko‘chirish  imkonini  beradigan  istalgan  materialda bajarilgan  hujjat.
4.  Nusxalar  —  asl  nusxa  (yoki  dublikat)  bilan  bir  xillikni  saq- 
lab bajarilgan hujjat b o‘lib, buyumni loyihalashda,  ishlab chiqarishda 
ishlatish va ta’mirlashda bevosita foydalanish uchun m o‘ljallaniladi. 
Ishlab  chiqarishda  bir  marta  foydalanish  uchun  m o ‘ljallangan 
hujjatlarni  konstruktorlik  eskiz  hujjatlari  k o ‘rinishida  bajarish 
mumkin.  Asosiy va  yordamchi  ishlab  chiqarish  detallari  chizmasi, 
saqlash  usullarini  va  O ‘z  KHYT  standartlari  talablariga  rioya  qilib 
o ‘zgartirishlar kiritishni  nazarda tutgan  holda bajarishi  lozim.
1.2.  Chizma  qog‘ozi.  Chiziq  turlari
Chizma  qog‘ozi.  Chizma  qog‘ozi  yuqori  sifatli  (B  rusumli) 
qog‘ozga va oddiy (0  rusumli)  qog‘ozga b o ‘linadi.  O‘quv yurtlarida 
ko‘pincha list ko‘rinishida ishlab  chiqarilgan oddiy chizma qog‘oz 
ishlatiladi.  1m2  qog‘ozning  og‘irligi  160  dan 200 g.gacha keladi.
Chizma  listlarining formatlari,  ramka  o ‘lchamlari,  asosiy yozuv- 
lar (burchak shtamplar).  Chizmalarning ma’lum tartibda saqlanishini 
hisobga  olgan  holda  ularni  ixtiyoriy  kattalikdagi  qog‘ozga  chiz- 
masdan,  aniq  o ‘lchamga  ega b o ‘lgan  asosiy  formatlarga  chiziladi. 
Asosiy va qo‘shimcha formatlar b o‘lib, ularning o ‘lchamlari O‘zD St 
2.301-96 ga asosan olinadi.  Tomonlari  1189x841  mm, yuzasi  1  m2.ga 
teng  format  asosiy  format  deyiladi.  Chizma  listlarining  formati 
ingichka chiziq bilan chizilgan tashqi ramka b o ‘yicha aniqlanadi.
N usxa  k o‘chirish  (kopirovka)da  kalka  deb  ataladigan  tiniq 
qog‘oz  ishlatiladi.  Natural  qog‘oz  kalka  (rO C T   892-47)  40  va 
100  m  uzunlikda,  840  yoki  630  m m   kenglikda  o ‘ram  k o‘rinishda 
chiqariladi.  Ayrim qimmatbaho  chizmalarni bajarishda (masalan, 
topografiyada)  batistdan  qilingan  polotno  kalka  ishlatiladi.
10

Chizma  kalkaga  tush  bilan  chiziladi.  Keyingi  vaqtlarda  tiniq 
chizm a  qog‘oz  (rO C T   1111-53)  k o‘proq  ishlatilmoqda;  u  oddiy 
qog‘oz va kalka o ‘rnini bosadi.  Bu qog‘oz  20 va 40  m   uzunlikda, 
870,  640  va  435  m m   kenglikda  o ‘ram  shaklida  yoki  har  xil 
(870x640  mm,  640  va  435  m m   va  boshq.)  o ‘lchamli  list  shaklida 
chiqariladi.
M illim etre  qog‘oz  (rO C T   334-56)  hisob  grafik  ishlarida, 
shuningdek,  topografik  va  muhandislik-qurilish  chizmachiligida 
ishlatiladi.  U   uzunligi  10,  20  va  40  m,  kengligi  840  m m   b o ‘lgan 
o ‘ram yoki  har xil  o ‘lchamli  list  shaklida  chiqariladi.
Qog‘oz  pichoq  yoki  xavfsiz  ustaraning  tig‘i  bilan  qirqiladi. 
Dastlab  qog‘ozning  qirqilishi zarur b o ‘lgan joydan buklash va keyin 
qirqish  kerak.  Agar  pichoq  yoki  tig‘i  yotiq  ushlansa  va  listning 
bukilgan joyi  stol  chekkasidan biroz  chiqib tursa,  qog‘oz  osongina 
qirqiladi.
Chizmaformatlari.  Chizmani  ixtiyoriy o ‘lchamda olingan qog‘ozda 
chizish  yaramaydi.  Qog‘oz  n oo‘rin  sarf b o‘lmasligi  va  chizmalarni 
saqlash  qulay  b o‘lishligi  uchun  O‘zD St  2.304-68  da  chizmalarni 
standart  o ‘lchamdagi  qog‘ozga  chizishni  talab  etadi.  Tomonlari 
1189x841  mm,  yuzasi  1  m2.ga  teng  format  asosiy  format  deyiladi.
Chizmalar  qanday  (original,  kopiya,  dublikat,  chizmaning 
asli,  ko‘chirilgan  nusxa,  ikkinchi  nusxa,  kalkadagi  chizma)  b o ‘- 
lishidan  qat’i  nazar,  ular  chiziladigan  formatlar  yuqorida  ko‘r- 
satilgan rO C T talabiga binoan bajariladi.  Chizma listlarining formati 

Download 136 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling