Elektronika va avtomatika


Download 1.21 Mb.
Pdf ko'rish
Sana03.06.2020
Hajmi1.21 Mb.
#113446
Bog'liq
Milliy g'oya mustaqil ish


 

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI 

OLIY VA O’RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI 

ISLOM KARIMOV NOMIDAGI 

TOSHKENT DAVLAT TEXNIKA UNIVERSITETI 

 ELEKTRONIKA VA AVTOMATIKA ” fakulteti 

“ Milliy g’oya: O’zbekistonni rivojlantirish strategiyasi ” fanidan 

MUSTAQIL ISH 

              

 

                                              Guruh:  

90 – 17.


 

                                                        Bajardi: 

Muhiddinov  I.



 

                                                          Qabul qildi: 

Muxtorova T.



 

~ 1 ~ 

 

 



 

Mavzu: 

“Milliy g‘oya: O‘zbekistonni 

rivojlantirish strategiyasi” fanini o’rganish 

zarurati, maqsadi va vazifalari. 

 

REJA: 

 

1.  Milliy g’oyaning shakllanish tarixi. 

 

 

2.  “Milliy g’oya: O’zbekistonni rivojlantirish 

strategiyasi” fanining asosiy tushunchalari, 

g’oyaning jamiyat rivoji bilan uzviy 

bog’liqligi va unga ta`siri. 

 

 

3.  “Milliy g’oya: O’zbekistonni rivojlantirish 

strategiyasi” fanining predmeti, maqsad va 

vazifalari. 

 

 


~ 2 ~ 

 

Ko‘p yillik tajribalar shuni ko‘rsatadiki, ijtimoiy-gumanitar 



fanlar bevosita davlat siyosati bilan bog‘liq. Shu sababli ham 

“Milliy g‘oya: O‘zbekistonni rivojlantirish strategiyasi” fani yangi 

fanlar qatoriga kiradi. Tabiiyki fanning predmeti, maqsad va 

vazifalarini talabalarning ko‘pchiligi unchalik yaxshi 

tushunmasligi mumkin. Shu bois bu masalalarni talabalarning 

yoshi, tafakkuri, dunyoqarashi, qiziqishini hisobga olgan holda 

fanning mazmun mohiyatini ifoda etuvchi tushunchalarga diqqat 

e'tiborlarini qaratishni lozim deb topdik. 

Avvallari “G‘oya” so‘zi o‘rnida “Ideya” atamasi ishlatib 

kelingan. “Ideya” yunoncha so‘z bo‘lib, tom ma'noda ko‘rinib 

turgan narsa, “ko‘rib turganim” degan ma'noni anglatgan. 

Insonni qurshab turgan narsalarning barchasi “ideya” deb 

tushunilgan. Keyinchalik bu so‘z “fikr”, “obraz”, “tushuncha” kabi 

ma'nolarda ishlatila boshlangan. 

Mustaqillik yillarida esa yunoncha “Ideya” atamasi o‘rnini 

arabcha “G‘oya” so‘zidan foydalaniladigan bo‘lindi. “G‘oya”ham 

“fikr”, “ma'no”, “tushuncha” singari ma'nolarni anglatadi. 

Falsafiy nuqtai nazardan olganda, “ideya” yoki “g‘oya” 

atamasi voqyelik, hayot, faoliyat ta'sirida paydo bo‘ladigan, uni 

aks ettirish asosida shakllanadigan dunyoni bilish 

nazariyasining o

‘ziga xos shakllaridan biridir. 

Har 

bir inson muayyan g‘oya bilan yashaydi. Insonning 



butun ongli hayoti davomida uning ongida juda ko‘p va xilma-xil 

g‘oyalar paydo bo‘ladi. Bu g‘oyalarning ba'zilari inson ongi va 

qalbida mudom o‘rnashib qoladi va uni nimalargadir da'vat 

etadi, ayrimlari esa 

paydo bo‘ladi-yu, uzoqqa cho‘zilmaydi, 

ma'lum vakt o‘tgach, unutib yuboriladi. Ammo ba'zan shunday 

g‘oyalar shakllanadiki, ular nafaqat shu shaxsning o‘ziga, balki 

ayni vaqtda uning yaqinlari, tanish-bilishlari, atrofidagilarga ham 

yoqib qoladi. Boshqacha aytganda, ular uchun umumiy bir 

g‘oyaga aylanadi, muayyan maqsadlarni ifodalaydi, ularni shu 

yo‘lda jipslashtiradi, uyushtiradi, maqsadli faoliyatga undaydi, 

safarbar etadi, amaliy xarakatga chorlaydi. G‘oya ijtimoiy 

xarakterga ega bo‘lib, har qanday boshqa voqyea singari 

g‘oyalarning ham ibtidosi va intihosi bor. Ko‘pchilik ongi va 

qalbiga singib ulgurgan g‘oyalar jamiyat taraqqiyotiga yordam 

beradi.Bunday g‘oyalar juda katta safarbar etuvchi kuch 



~ 3 ~ 

 

hisoblanadi, jamiyatni ulkan maqsadlarga erishishga safarbar 



qiladi. Ba'zan g‘oya – bu insonning orzu-istaklari, intilishi, 

qiziqishi, manfaati deb biladilar. Lekin g‘oya tushunchasi 

bundanda keng ma'noga ega. 

G‘oya kishining ichki dunyosiga singib boradi va chuqur 

o‘rnashib olib, insonni faoliyatga undaydi, yagona ezgu maqsad 

sari yetaklaydi. U 

– juda ulkan va qudratli ruhiy-aqliy kuch. 

G‘oyalar ko‘p va nihoyatda xilma-xil, mohiyatan, 

mazmunan ham turli-tuman. Ularning har biri muayyan shart 

sharoitlarda namoyon bo‘ladi, shakllanadi va o‘z “umri”ni o‘tab, 

yo 

yo‘qoladi, yo unutiladi, yoinki o‘z o‘rnini yangilariga bo‘shatib 



beradi. Bu jarayon doimo, to‘xtovsiz, uzluksiz davom eta 

beradi.Shunisi borki, g‘oyalarning hammasi ham insonga naf 

keltiravermaydi. Ba'zilari, aksincha zarar keltiradi, egri-

king‘ir 


yo‘lga boshlaydi, hunuk, noxush oqibatlarga olib keladi. Insonni 

to‘g‘ri yo‘ldan adashtiradi, badnom qiladi. Oxirgi yillarda nashr 

etilgan Ma'naviyat asoslari va milliy g‘oyaga oid adabiyotlarda 

g‘oyaga qo‘yidagicha ta'rif berilmoqda. 



G‘oya – ma'naviy hayot hodisasi, inson tafakkurida 

vujudga keladigan, ijtimoiy xarakterga ega bo‘lgan, ruhiyatga 

kuchli ta'sir o‘tkazib, jamiyat va odamlarni harakatga 

chorlaydigan, maqsad-muddao sari yetaklaydigan kuchli, teran 

fikr. 

Inson ongining mahsuli sif

atida g‘oyalar tushuncha va 

fikrlar yordamida ifoda etiladi. Ammo har qanday fikr va qarash 

ham g‘oya bo‘la olmaydi. g‘oyalar, garchi tafakkurda paydo 

bo‘lsa-da, inson va jamiyat ruhiyatiga, hatto g‘ayrishuuriy 

qatlamlarga ham singib boradi. G‘oya shunday quvvatga egaki, 

u odamning ichki dunyosigacha kirib borib, uni harakatga 

keltiruvchi, maqsad sari yetaklovchi ruhiy-aqliy kuchga aylanadi. 

Turli diniy aqidalar, falsafiy ta'limotlar, ilmiy qarashlar, badiiy 

asarlarning negizida muayyan g‘oyalar yotadi. Ijtimoiy-siyosiy 

harakatlarning maqsadlari ham g‘oyalarda aks etadi. G‘oya 

komil insonlarning iymon-

e'tiqodi, dunyoqarashi o‘zagini, hayot 

mazmunini tashkil etadi. Ular ezgu g‘oya deb yashaydilar, bu 

yo‘ld a hatto jon fido qiladilar. Tarixda o‘z jasorati, mardligi va 

qahramonligi bilan iz qoldirgan buyuk insonlar, albatta, yuksak 

g‘oya sohiblari bo‘lganlar. G‘oyalar juda qadimiy tarixga ega. 



~ 4 ~ 

 

Ma'lum ma'noda insoniyat tarixini g‘oyalar tarixi sifatida talqin 



qilish mumkin. 

Insoniyat bosib o‘tgan tarixiy taraqqiyot yo‘li 

g‘oyalar tarixidan, ya'ni turli fikrmulohazalar, qarashlar orasidagi 

kurash tarixidan iboratdir.  Inson tafakkurining mahsuli bo‘lgan 

g‘oyalar o‘zining mazmuni va xarakteriga qarab, milliy yoki 

umuminsoniy, ilmiy yoki g‘ayriilmiy, diniy yoki dunyoviy, 

bunyodkor yoki vayronkor bo‘lishi mumkin. G‘oyalar ezgulikka 

yoki yovuzlikka, ozodlikka yoki istibdodga, ma'rifatga yoki 

jaholatga xizmat qilgan. Chunki, inson qalbida yaxshilik bilan 

yomonlik, bunyodkorlik bilan vayronkorlik hamisha kurashib 

keladi. 

Har qanday g‘oyaning asosida bilim yotadi. Bilimlarning 

g‘oyaga aylanish jarayonini tahlil qilinganda quyidagi uch 

holatga e'tiborni qaratish lozim: 

1) o‘rganilayotgan hodisa yoki voqyea haqidagi 

bilimlarning aniq bo‘lishi, bilimlar hodisada, voqyeada, 

jar

ayonda bo‘layotgan o‘zgarishlarni aniq va to‘la aks ettirishi; 



2) to‘plangan bilimlarni amaliyotga qo‘llash uchun ehtiyoj, 

ya'ni zaruriyatning ortib borishi; 

3) bilimlarni ishlab chiqargan kishilarni (olimlar, shoirlar, 

yozuvchilarni) jamiyatda sodir bo‘layotgan voqyealar yoki tabiiy 

muhitda vujudga kelgan muammolarni tezroq bartaraf etish 

uchun o‘z oldilariga qo‘ygan maqsad – vazifaning aniqligi, 

rejaning puxtaligi.  Yangi ishlab chiqarilgan g‘oyalar faqat 

moddiy vositalar (mehnat qurollari) yordamida emas, balki 

insonning ruhiy ma'naviy energiyasi (his-

tuyg‘ulari, irodasi, 

e'tiqodi) yordamida ham amalga oshadi.  Milliy g‘oyaning 

mazmun mohiyati va tamoyillari. Birinchi Prezidentimiz Islom 

Karimov ta'kidlaganidek, “Milliy g‘oya deganda, ajdodlardan 

avlodlar


ga o‘tib, asrlar davomida e'zozlab kelinayotgan, shu 

yurtda yashayotgan har bir inson va butun xalqning qalbida 

chuqur ildiz otib,uning ma'naviy ehtiyoji va hayot talabiga 

aylanib ketgan, ta'bir joiz bo‘lsa, har qaysi millatning eng ezgu 

orzu-intilish va umid-

maqsadlarini o‘zimizga tasavvur qiladigan 

bo‘lsak, o‘ylaymanki, bunday keng ma'noli tushunchaning 

mazmunmohiyatini ifoda qilgan bo‘lamiz”1. Milliy 

mafkuramizning bosh g‘oyasi : Ozod va obod Vatan, erkin va 

faravon hayot qurish.   Milliy mafkuramizning 

asosiy g‘oyalari:  

1. Yurt tinchligi; 



~ 5 ~ 

 

2. Vatan ravnaqi; 



3. Xalq faravonligi; 

4. Komil insonni tarbiyalash; 

5. Ijtimoiy hamkorlik; 

6. Millatlararo totuvlik; 

7. Dinlararo bag‘rikenglik. 

“...oldin g‘oya paydo bo‘ladi, undan keyin g‘oya 

asosida mafkura, mafkura asosida esa tizim, siyosat paydo 

bo‘ladi” 

Tamoyil biror bir ta'limot, dunyoqarash yoki faoliyatning 

qa'tiy amal qiladigan qoidasi va me'yorini anglatuvchi tushuncha 

hisoblanadi. 

Mafkura 

– muayyan ijtimoiy guruh yo qatlamning, millat 

yoki davlatning ehtiyojlarini, maqsad va intilishlarini, ijtimoiy-

ma'naviy tamoyillarini ifoda etadigan g‘oyalar, ularni amalga 

oshirish usul va vositalari tizimidir. 

Prezident Islom Karimov mafkurani quyidagicha 

ta'riflagan edilar: “Odamlarning ming yillar davomida 

shakllangan dunyoqarashi va mentalitetiga asoslangan, ayni 

vaqtda shu xalq, shu millatning kelajagini ko‘zlagan va uning 

dunyodagi o‘rnini aniq-ravshan belgilab berishga xizmat 

qiladigan, kechasi v

a ertangi kuni o‘rtasida o‘ziga xos ko‘prik 

bo‘lishga qodir g‘oyani men jamiyat mafkurasi deb bilaman”

Mafkuralar xam g‘oyalar singari ko‘p va xilma-xildir. 

Ularni, avvalo, ikki asosiy turga bo‘lish mumkin: bunyodkor 

mafkuralar va vayronkor mafkuralar. Bular ham bunyodkor 

g‘oyalar va vayronkor g‘oyalar singari muayyan maqsadlarga 

xizmat qiladi. 



Dolzarb vazifa sifatida: 

“Xo‘sh, Yangi asrga biz qanday 

ong, qanday mafkura bilan -  xalqimizni birlashtiradigan, unga 

yo‘l ko‘rsatadigan qanday milliy g‘oya bilan kirib boramiz? 

Bu davrda bizning ma'naviy qarash va nuqtai nazarlarimiz 

nimadan iborat bo‘ladi? Kundan-kunga o‘zgarib, g‘oyat 

murakkablashib borayotgan jahon hamjamiyati tizimidan bu 

qarashlar o‘ziga munosib o‘rin topa oladimi? Ularning xalqaro 

tajribalar 

va demokratik tamoyillar bilan uyg‘un rivoj topishi 

uchun biz nimalarga e'tibor berishimiz kerak? Umuman, bizda 

Yangi asr uchun mo‘ljallangan ma'naviyg‘mafkuraviy faoliyat 



~ 6 ~ 

 

maqsadlari 



– konsepsiyamiz bormi? Bor bo‘lsa, u o‘zida 

nimalarni ifoda etadi? Yo‘q bo‘lsa, bu xususda kimlar, qaysi 

ijtimoiy-

siyosiy kuchlar ishlamoqda? Ko‘rinib turibdiki, savollar 

bir-biridan keskin, bir-biridan dolzarb va murakkab. Lekin ularga 

javob topmasdan, bu muammolarni yechmasdan biz olg‘a qarab 

xarakat qilolmaymiz. Bir joyda depsinib turaveramiz. Chunki 

hyech qachon kishilik jamiyatida g‘oyaviy bo‘shliq bo‘lmagan. 

Agarki shunday bo‘shliq paydo bo‘lsa, so‘zsiz uning o‘rnini 

bizning tabiatimizga begona turli xil mafkuraviy tazyiqlar egallab 

olishi va o‘z ta'sirini o‘tkazishi muqarrar. Bunday xavfni 

o‘zimizga yaqqol tasavvur qilishimiz va uning oldini olishimiz – 

bugungi kunning eng dolzarb, eng murakkab vazifalaridan 

biridir.” 



“Milliy g‘oya: O‘zbekistonni rivojlantirish strategiyasi” 

fanining asosiy maqsadi: yoshlarga mamlakatimizda amalga 

oshirilayotgan O‘zbekistonning rivojlanish strategiyasining 

g‘oyaviy asoslari, maqsad va vazifalari, amalga oshirish 

shartsharoitlari hamda omillarini o‘rgatish va ularda g‘oyaviy 

kurashchanlik, mustaqil dunyoqarashlarini yanada 

mustahkamlashdan iborat. 



Fanni o‘qitishning vazifalari: talabalarga Milliy g‘oya 

rivojlanishining tarixiy bosqichlari, nazariy konseptual asoslari; 

g‘oyalar xilma-xilligi va mafkuraviy jarayonlarning ijtimoiy 

taraqqiyotga ta'siri; Harakatlar strategiyasi O‘zbekistonni 

yanada rivojlantirishning g‘oyaviy-mafkuraviy asosi ekanligi; 

milliy 


g‘oyaga daxldorlik hissi barqaror taraqqiyot omili ekanligi; 

milliy g‘oya targibotida innovatsion texnologiyalardan 

foydalanish hakida ilmiy nazariy bilim berishdan iborat. Fan 

buyicha talabalarning bilimi, ko‘nikma va malakalariga quyidagi 

talablar qo‘yiladi. Talaba: 

  mamlakatimizda amalga oshirilayotgan 



O‘zbekistonning rivojlanish strategiyasini g‘oyaviy 

asoslari, maqsad va vazifalari, amalga oshirish shart-

sharoitlari hamda omillari haqida tasavvurga ega 

bo‘lishi; 

 

Milliy g‘oya va mafkuralar rivojining tarixiy bosqichlari, 



konseptual asoslari haqida, g‘oyalar xilma-xilligi va 

~ 7 ~ 

 

mafkuraviy jarayonlarning ijtimoiy taraqqiyotga 



ta'sirini hamda O‘zbekistonni rivojlantirishning 

Harakatlar strategiyasi milliy taraqqiyotning 

g‘oyaviy 

asosi ekanligini ilmiy va nazariy jihatdan bilishi va 

ulardan foydalana olishi; 

Milliy g‘oyaga daxldorlik hissi - barqaror taraqqiyot omili 

ekanligi, milliy g‘oya targ‘ibotida innovatsion texnologiyalardan 

foydalanish haqida nazariy va amaliy ko‘iikmalarga ega bo‘lishi 

kerak 

“Milliy g‘oya: O‘zbekistonni rivojlantirish strategiyasi” 

fanining predmeti - 

g‘oya, mafkura tushunchasi, Milliy 

g‘oyaning O‘zbekistonning rivojlanish strategiyasi ekanligi, 

insoniyat tarixi-

g‘oyalar tarixi ekanini o‘rganish hamdamilliy 

g‘oyani mazmun mohiyatini o‘rganish. Yana ham kengroq 

ma'noda, O‘zbekistonni strategik rivojlanishida 

“G‘oya” va “mafkura” tushunchalari, ularning xalqlar 

va davlatlar taqdiriga ta'siri, hozirgi zamondagi mafkuraviy 

jarayonlar, milliy istiqlol g‘oyasining mazmun-mohiyati, 

tushunchalari, shakllanish qonuniyatlari, namoyon bo‘lish 

xususiyatlari, uni xalqimiz 

qalbi va ongiga singish yo‘llari 

va usullari ushbu fanning predmetini belgilaydi. 

 

 



~ 8 ~ 

 

 



Adabiyotlar. 

 

1. 

 Karimov I.A. Yuksak ma'naviyat 

– yengilmas 

kuch. 


– T.: Ma'naviyat. 2008. –B. 71. 

 

2. 

 Karimov I.A. Ozod va obod Vatan, erkin va 

farovon hayot 

– pirovard maqsadimiz. 8-jild. –T.: 

O‘zbekiston, 2000. – B. 464-465. 

 

3. 

 Karimov I.A. Jamiyatimiz mafkurasi xalqni xalq, 

millatni millat qilishga xizmat etsin. 

– "O‘zbekiston", 



7-jild, 89-bet. 

Download 1.21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling