Elektrotexnika-elektr zanjirlarida va elektromagnit maydonlarida elektr va magnit energiyalarining hosil bo‘lish va o‘zgarish qonuniyatlarini o‘rganadigan fan va texnika sohasidir


Download 427.14 Kb.
bet1/7
Sana20.09.2023
Hajmi427.14 Kb.
#1682970
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
4 talik 2

1-ma’ruza


Elektrotexnika–elektr zanjirlarida va elektromagnit maydonlarida elektr va magnit energiyalarining hosil bo‘lish va o‘zgarish qonuniyatlarini o‘rganadigan fan va texnika sohasidir. Bugungi elektrotexnika ko‘p qirrali bo‘lib, juda ko‘p sohalarda ko‘llanilmokda. Elektrotexnika elektr haqidagi fan sifagida eramizdan avvalgi VI–V asrlarda yuzaga kelgan. Insoniyat elektr va magnit hodisplarining oddiy kuzatuvchisi bo‘lishdan to uning sun’iy energiya manbalarini yaratgunicha oradan ko‘p davr o‘tdi. Birinchi elektr mashina 1657-yilda, kuchlanishning birinchi elektroximiyaviy manbai esa 1799-yilda yaratildi.
XIX asrning birinchi yarmilariga kelib nazariy va amaliy elektrotexnika birmuncha rivojlana boshladi. Ana shu davrlarda tokning issiqlik ta’siri, elektr va magnit maydonlari orasidagi bog‘lanish, elektrodinamik hodisalar kashf etildi. XIX asrning 50 — 60- yillarida esa o‘zgarmas tok dvigatellarini yasash ustida izlanishlar qizib ketdi. Shuningdek, katta kuvvatli o‘zgaruvchan tok manbalarini yaratish va elektr energiyasini uzoq masofalarga uzatish borasidagi injenerlik ishlari avj olib ketdi. Bu davr elektrotexnika taraqqiyoti ikkinchi bosqichining boshlanishi bo‘lib, bunda sanoat ahamiyatiga ega bulgan elektrotexnikaga asos solindi. Bu davrda elektrotexnika bilan bir qatorda elektroavtomatika, telegrafiya, telefoniya ham rivojlana boshladi.
O‘zgaruvchan tok energiyasini uzoq masofalarga uzatish masalasi transformatorlarni yasash nazariyasini ishlab chiqishga olib keldi. Birinchi yasalgan transformatorlarning o‘ziyoq kuchlanishni 100 va hatto 1000– 2000 voltgacha kuchaygirib bera olar edi.
XIX asrning oxirlariga kelib rus injeneri M.O.Dolivo- Dobrovolskiy uch fazali o‘zgaruvchan tok hosil qilishi va uning asosiy iste’molchisi bo‘lmish uch fazali asinxron dvigatelni kashf etdi. Hozirgi
kunda esa butun dunyodagi elekgr dvigatellarnish asosiy qismini asinxron dvigatellar tashkil etadi.
XX asrning o‘tgan 90-yili energetika va elektrotexnika sohasida muhim davr hisoblanadi. Chunki bu davr radio va yarim o‘tkazgichlar texnikasining paydo bulishi, televideniyening kashf egilishi, avtomatika va telemexanikaning taraqqiy etishi, mikroelektronika va energetikaning misli qurilmagan darajada o‘sishi, integral sxemalarning va atom energiyasining kashf etilishi va taraqqiyoti bilan chambarchas bog‘liqdir. Umuman, elektrotexnikaning yutuqlaridan xalq xo‘jaligining barcha sohalarida foydalaniladi. Ayniksa, xalq ho‘jaligini mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish sohalarida erishilgan yutuqlarni elektrlashtirishsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Shuning uchun elektrotexnikaning va uning sohasi bo‘lmish elektroenergetikaning o‘sish sur’atlari xalq xo‘jaligining elektr energiyasiga bo‘lgan talabidan doimo ustun bulishi kerak.
Elektrotexnika va elektroenergetika sohasilagi tadkiqotlarimizning samarasi ularoq yakka generatorlarning quvvagi tobora ortmoqda. Hozirgi vaqtda quvvaxgi 500, 640 MVg bulgan gidrogeneratorlar, quvvati 800, 1200 MVg bo‘lgan turbogeneratorlar va quvvati 1000 MVt bo‘lgan reaktorlarni ishlab chiqarish to‘la o‘zlashtirilgan. Bunday katta quvvatli elektr energiyasini uzatish uchun 500, 750, 1150 kV kuchlanishli o‘zgaruvchan tok uzatish liniyalari ishlab turibdi. Natijada transfopmatorlarni 3–5 million volt kuchlanish bilan tekshirish imkoniyati yaratildi.
Hozirgi davrda ishlab chiqarishni boshqarish sistemasini avtomatlashtirish, asosan, elektrotexnik va yarim o‘tkazgichli hamda mikropretsessorli asboblardan foydalanish bilan hal etilmoqda. Shuning uchun bo‘lajak injenerlar xalq xo‘jaligiiing turli sohalaridagi vazifalarni muvaffaqiyatli hal etishlari uchun ixtisosligi elektrik bo‘lish bo‘lmasligidan qat’i nazar yetarli darajada elektrotexnik bilimga va tayyorgarlikka ega bo‘lishlari kerak.O’zgarmas tok zanjirini o’rganish.


R qarshilikli tashqi qism va r ichki qarshilikli tok manbaidan iborat yopiq zanjirni qaraylik (1–rasm). Energiyaning saqlanish qonuniga muvofiq tok manbaining EYUK zanjirning tashqi va ichki qismlaridagi kuchlanish tushishlarining yig’indisiga teng. Chunki yopiq zanjir bo’ylab ko’chadigan zaryad o’sha potensiali dastlabki holatdagi nuqtaga qaytib keladi. Demak:
𝜀 = 𝐼𝑅 + 𝐼𝑟 (1)
bu yerda 𝐼 ∙ 𝑅 va 𝐼 ∙ 𝑟 mos ravishda, zanjirning tashqi va ichki qismlaridagi kuchlanish tushishlari. Undan hosil qilingan
ifoda to’la zanjir uchun Om qonunini ifodalaydi. Tok kuchi zanjirdagi EYUK ga to’g’ri proportsional, zanjirning qarshiligi va tok manbaining ichki qarshiligi yig’indisiga esa teskari proporsionaldir.
Tanlangan yo’nalishda EYUK musbat zaryadlarning harakat yo’nalishiga yordam bersa, musbat (𝜀 > 0), tanlangan yo’nalishda musbat zaryadning harakat yo’nalishiga to’sqinlik qilsa, manfiy (𝜀 < 0) hisoblanadi. (2) ifodadan foydalanishda, tok manba ichida manfiy

1–rasm. R qarshilikli va tok manbauiga ulangan yopiq zanjir.
2–rasm. Tarmoqlar va ularning tugunda birlashishi.
qutbdan musbat qutbga, tashqi zanjirda esa musbatdan manfiyga yo’nalgan bo’lmog’i kerak.

Download 427.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling