Elektrotexnika va kompyuter muhandisligi
Download 20.29 Kb.
|
2-o'rin Abdullayeva
Toshkent davlat transport universiteti “Elektrotexnika va kompyuter muhandisligi” fakulteti AB-219 guruh talabasi Abdullayeva Sevara Shaxobiddin qizi Konstitutsiya – farovon hayotimiz poydevori Reja: Kirish:
Konstitutsiya-bosh qomusimiz. Asosiy qism: Konstitutsiya-jamiyat taraqqiyotiga turtki beruvchi gʻoya. Baxtimiz kafolati. Hayotimiz va taraqqiyotimiz qonuni. Xulosa: Konstitutsiya-tarixiy ahamiyati beqiyos boʻlgan hujjatdir. Konstitutsiya – erkin va farovon hayotimiz, mamlakatimizni yanada taraqqiy ettirishning mustahkam poydevoridir Oʻzbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev Bosh qomusimiz boʻlmish konstitutsiya 1992-yil 8- dekabr kuni Oliy kengashining 12-chaqiriq, 11- sessiyasida qabul qilingan.Baxtimiz qomusi hisoblanmish konstitutsiyamizda fuqarolarimizning davlat va jamiyat oldidagi huquq va burchlari milliy qadriyatlarimizdan kelib chiqqan holda dunyo hamjamiyati miqiyosidagi xalqaro huquq me’yorlari asosida belgilab berilgan.Bosh Qomusimizda insonning kundalik hayotidagi eng muhim ehtiyojlarini ta’minlovchi imkoniyatlar – yashash huquqi, shaxsiy daxlsizlik huquqi, sud jarayonida shaxsiy manfaatlarni himoya qilish huquqi, turar joy daxlsizligi huquqi, bir joydan ikkinchi joyga erkin ko‘chish huquqi, fikrlash, e’tiqod va so‘z erkinligi, vijdon erkinliklari qonuniy yo‘l bilan kafolatlangan.Ushbu bosh qomusimizda yurtdoshlarimizning kelajak avlodlarga ozod va obod Vatan qoldirish, ularning baxtu kamolini ko‘rishdek orzu-havaslari o‘z ifodasini topganligi bilan birga, davlatimiz rahbari ta’kidlaganlaridek,unda jamiki dunyoviy ne’matlar orasida eng ulug‘i – Inson degan fikr ilgari surilgan va shu asosda fuqaro – jamiyat – davlat o‘rtasidagi o‘zaro munosabatning oqilona huquqiy yechimi belgilab berilgan. Asosiy qonunimizda davlatimizning, jamiyatimizning va har bir fuqaroning huquq va burchlari bir-biriga uyg‘unlashtirilgan. Konstitutsiyamizda demokratik huquqiy davlat, adolatli fuqarolik jamiyatining qiyofasi, o‘ziga xos belgi va xususiyatlari shakli va shamoyillari o‘z ifodasini topgan. Konstitutsiyada jamiyat taraqqiyotiga turtki beruvchi g‘oyalar o‘z ifodasini topadi. Bu uning amaliy faoliyatini namoyon qiladi.Konstitutsiya asosiy qonun sifatida muayyan davlatning huquqiy va qonunchilik tizimlarining o‘zagini tashkil etadi, huquqiy tizim faoliyatining ustuvor tamoyillarini belgilaydi.Umuman, konstitutsiyamizda ko‘p yillik milliy davlatchiligimiz an’analari inobatga olinishi bilan birga, jahon konstitutsiyalarining tajribalaridan ham keng foydalanilgan. Shu yo‘l bilan uning eng insonparvar, demokratik va adolatli qomuslardan biri bo‘lishiga erishilgan.Shuni ham alohida ta’kidlash joizki, bugungi kunga kelib bosh qomusimiz har bir fuqaromiz qalban va vujudan e’zozlovchi muqaddas huquqiy qadriyatga, umid, ishonch va ezgu-niyatlar qo‘rg‘oniga aylangan. Konstitutsiya faqatgina bosh qomusimiz emas balki baxtimiz kafolati hamdir. Fuqarolarning munosib va baxtli hayot kechirishlarini, tinch totuvligini ta’minlashni asosiy maqsadlardan biri deb e’lon qilgan Konstitutsiyamiz bosib o‘tgan davriga nazar tashlaydigan bo‘lsak, shu qisqa vaqt mobaynida mamlakatimizda asrlarga tatigulik ishlar amalga oshirilganligiga guvoh bo‘lamiz. Bilamizki, 8 dekabr sanasini har yili ko’tarinki kayfiyatda o’tkazish odat tusiga aylangan. Negaki, bu sanada mustaqil O’zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi qabul qilingan. 1992 yildan beri bu kun respublikamiz siyosiy hayotida muhim o’rin tutgan kun sifatida qaralib kelinmoqda.Ushbu sana mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy hayotidagi eng muhim sanalardan biri – Konstitutsiya qabul qilinganligining 28 yilligi arafasida shuni alohida e’tirof etish lozimki, Konstitutsiyamiz vaqt o‘tgan sari o‘z nufuzini, xalqaro miqyosdagi obro‘-e’tiborini mustahkamlab bormoqda. Bizning maqsadimiz esa uning jamiyatdagi nufuzi va ahamiyatini, mazmun va mohiyatini fuqarolarimizning, ayniqsa biz yosh avlodning tengdoshlarimizning ong-idrokiga chuqurroq singdirishdir.Zero, o‘z oilasidagi tartib-qoidalarga amal qiladigan, uni hurmat qiladigan farzand boshqalarning ham mana shunday talab-tartiblari borligini anglaydi, ularni hurmat qila biladi. Shu ma’noda Konstitutsiyamiz barchamiz uchun asosiy mezon bo‘lishi, uning qoidalari hayotimizning asosiy qoidalari va maqsadlariga aylanishi darkor.Albatta har bir o‘zini anglagan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi Konstitutsiyaning mazmun va mohiyatini targ‘ib qilish ishlarida o‘zining bor kuchi va mahorati bilan hissasini qo‘shadi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi.Ulug‘ ajdodlarimizning asriy armonlari, erkin hayot, farovon jamiyat va adolatli davlat barpo etishdek eng ezgu tilaklari va ulug‘ orzularini o‘zida mujassam etgan davlatimiz Konstitutsiyasi barcha qabul qilinadigan qonunlar va me’yoriy hujjatlar uchun mustahkam asos bo‘lib xizmat qilmoqda. Konstitutsiyamizda shaxs, uning huquq va erkinliklari davlatdan ustunligi e’tirof etilgan, shuningdek, unda inson qadri, shaxs erkinligi va hayotini ta’minlovchi tabiiy imkoniyatlarni yuzaga chiqishiga alohida ahamiyat berilgan. Xulosa qilib aytganda, Konstitutsiya – tarixiy ahamiyati beqiyos bo‘lgan hujjatdir. Uni shu vaqtga qadar davlatchiligimiz tarixidagi boshqa hujjatlarning birortasi bilan qiyoslab bo‘lmaydi.Zero, unda tarixiylik zamonaviylik bilan uyg‘unlashib, jahonning ijtimoiy, siyosiy, falsafiy va huquqiy tafakkuri sohasida erishilgan barcha yutuqlar mujassamlashgan.Konstitutsiyaning qimmatli ahamiyati shundaki, uni puxta o‘zlashtirgan shaxs, fikrimizcha o‘zini yanada kuchliroq, yanada mukammalroq va albatta, yanada kafolatlanganroq sezadi, uning mazmuni va mohiyati ostida nazarda tutilgan tinch va farovon hayotga bo‘lgan ishonchlari yanada mustahkamlanadi. Konstitutsiyani to‘la anglab yetgan har bir fuqaro yuqoridagilardan kelib chiqib, o‘zi va yaqinlariningbugunivakelajagi uchun xotirjamlik bilan o‘z vazifalarini, burchlarini bajarishga kirishishiga ishonamiz.Yillar o‘tgan sayin konstitutsiyamizning hayotimiz, taraqqiyotimiz uchun ahamiyati qanchalik katta ekanligiga, tanlagan yo‘limiz nihoyatda to‘g‘ri ekanligiga qayta-qayta ishonch hosil qilaveramiz. Bizning bosh qomusimiz boʻlmish Konstitutsiyamizga qancha ta'rif bersak ham kam. Ushbu baxtimiz qomusini taʼriflashga qalamning siyohi ham yetmaydi. Qomusim
Havas qilsa arzigulik, baxtim bor, Nurli yo‘lga boshlaguvchi ahdim bor. Fidodirman toki tanda qonim bor, Men elimning Qomusini kuylayman! Iymonli elimning baxtli farzandi, Mehnatdan baxt topgan asalu qandi. Farovon zamonam porloq dilbandi, Baxtliman buyuk Qomus sharofatidan, Istiqlolim yo‘l ochgan adolatidan!
Mustaqil diyorimni himoya etgan, Dono hur fikrlari jahonga yetgan. El – yurt qalbidan g‘uborlar ketgan Baxtliman buyuk Qomus sharofatidan, Istiqlolim yo‘l ochgan adolatidan G‘amxo‘rdir Vatanim bizga mehribon Baxtimizga baxt qo‘shar erkin, farovon. Kelajagim porloq, yo‘lim nurafshon, Baxtliman buyuk Qomus sharofatidan, Istiqlolim yo‘l ochgan adolatidan! Har tomon uzatsam yetar qo‘llarim, Istiqbolga yuz tutgan o‘ngu so‘llarim. Nurlarga ko‘milgan oydin yo‘llarim, Baxtliman buyuk Qomus sharofatidan, Istiqlolim yo‘l ochgan adolatidan! Download 20.29 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling