Elektrovoz transporti, elektr uskunalari


Download 0.5 Mb.
bet1/2
Sana18.03.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1283458
  1   2
Bog'liq
Akkumulyatorli elektrovozlar Kontaktsiz elektrovozlar. Kontaktli


Elektrovoz transporti, elektr uskunalari.

Reja:




  1. Akkumulyatorli elektrovozlar

  2. Kontaktsiz elektrovozlar.

  3. Kontaktli elektrovozlar

Barcha turdagi katta masofada gorizontal kon lahmlardan foydali qazilmalarni transport vositasida tashishni yetkazib berishda (90 %gacha) elektrovozli tashib chiqaruvchilar qo’llaniladi.


Yaqin 15-20 yilda ana shu yer osti transporti asosiy bo’ladi.
Akkumulyatorli elektrovozlar. Ko’mir shaxtalarida akkumulyatorli elektrovozlar bilan tashib chiqarish keng qo’llaniladi, qaerdaki bunday usulda tashib chiqarish taxminan jami elektrovozlar umumiy sonining 65%ini tashkil etadi. Elektrovozlar RVni bajarishda barcha qazilayotgan gaz yoki chang bo’yicha xavfli shaxtalarda qo’llanilishi mumkin.
SHu bilan qazilayotgan joyda chiquvchi havo oqimi bilan va III toifali tayyorlanayotgan shaxtalar qazishda, gaz bo’yicha yuqori toifali va to’satdan xavfli bo’lgan otqinlar bo’yicha elektrovozni metanni o’lchash uchun ko’chma nazorat avtomatik o’lchov asboblar bilan ta’minlangan bo’lishi kerak.
RPni bajarishda elektrovozlarni I va II toifali shaxtani gaz bo’yicha yoki chang uchun xavfli barcha qazib olish ishlarida qo’llashga, shuningdek gaz bo’yicha yuqori toifali va toza havo oqimli III toifali shaxtada qazish ishlarida ham ruxsat etiladi.
Toza havo oqimli qatlamda qazish ishlarida, gaz va ko’mirning qo’qqisdan otqinlarida va suflyar ajralishlar bilan RPni bajarishda elektrovozlarni qo’llashda faqatgina vaqtincha 50 mdan ko’m bo’lmagan masofada tozalash zaboylari yaqin bo’lgan sharoitdagina qo’llaniladi.
Konlarda chiquvchi havo oqimi va boshlang’ich qazilayotgan joylarda, shamollatuvchi ventilyatorlar bilan mahalliy shamollatish, III toifali shaxtalar va gaz bo’yicha yuqori toifali elektovozlarni qo’llash RPni bajarishda ko’chma avtomatik asboblar nazorati bor elektrvozlarda metan miqdori va uning chiqish struesida 0,75 %dan ko’p bo’lmagan holatdagina birlashmaning texnika ishlari bo’yicha direktorining ruxsati bilan
Akkumulyatorli elektrovozlar otkatkalar kompleksi 1 rasmda ko’rsatilgan quyidagilardan iborat: 1 zaryadlovchi kamera 2 komplektlashgan zaryadlash qurilmasi, uning tarkibiga kuchlanishli rostlagich bilan transformator kiradi, tokni sizib chiqishini himoyalovchi apparat, nazorat-o’lchov asboblari to’g’rilagichi, avtomatik o’chirgichlar; yuk tortuvchi zahira 3( zaryadlanganda);akkumulyator batareyalarini ta’mirlash va xizmat qilish uchun mexanik jihozlar to’plami; 4 akkumulyator elektrovozlar.

Energiya bilan ta’minlash – akkumulyator batareyalari elektrovozda o’rnatiladi. Akkumulyator batareyalarini almashtirish zaryadlash kamerasida amalga oshiriladi. Bugungi kunda bir nechta xil, o’lchamda shaxta akkumulyator elektrovozlari(AK, ARP, ARV, AM) tayyorlanmoqda.


Portlashdan himoyalangan darajasi bo’yicha uni bajarish RVni bajarishda qolgan tortuvchi elektr jihozlar batariya qutisini bajarish bilan aniqlanadi;
Akkumulyator elektrovozlari ikki o’qli lokomotivni bir kabinadan boshqarishdan iborat.( istisno tariqasida ikki kabinaga ega13ARP1 elektrovozni)
Har bir o’q induvidual uzatma bilan jihozlangan. Boshqarish reostat sxemali seriyali shaxta elektrovozlari elektr jihozlari ikkita tortish dvigatelidan iborat; hisoblagichli amper-soat bilan AVRni avtomatik tarzda uzish; GR-9M-kontrolleri; ishga tushiruvchi YaSV-15A qarshilik; FVU-3 farasi va batareya qutisiga biriktirilgan akkumulyator batareyasi.
5ARV-4M elektrovozda batareya qutisi bajarishga ega RV va bundan tashqari, PKV-2 vodorod nazorat asbobi qo’llanildi. Elektrovoz kuch zanjirida payvanldlash KRPM (PS-1000) kesmasi 16 - 35 mm2 da bajarilgan.
Pog’onasimon kontaktli boshqarish sxemasining kamchiligi (reostatli, reostatsiz) elektrovozning tortish qobiliyatini to’liq foydalanishga imkon bermaydi, ularni ishonchli ishlashini kamaytiradi.

1-Rasm. Akkumulyatorli elektrovozlar otkatka kompleks sxemasi


2-Rasm. Yuqori chastotali o’zgaruvchan tokli kontaktsiz elektrovozlar otkatkasi kompleks sxemasi
Kuch yarim o’tkazgichli texnikani rivojlantirish tufayli yangi boshqarish tizimi printsipial imkoni tug’ildi – kontaktsiz, boshqariladigan kremniy ventili va boshqarilmaydigandan foydalangan holda. Tiristor texnikani qo’llash asosida ikkitaktli impulьsli boshqarish sxemasi ishlab chiqildi.(14)

(ARP10, ARP14, ARP28) yangi tipaj qatoridagi elektrovoz unifitsiyalangan tristor-impulьsli boshqarish sxemasi elektr jihozlari komplekti bilan ta’minlangan, uning tarkibiga: ET tortish dvigatellari, VAR-4 avtomatik ajratgichi, BUT – TBB-tristorli blokni boshqarish, elektrogidravlik reversor RPV, SRV qarshilik va boshqaruv pulьti kiradi.


Bundan tashqari elektrovozlarda tokni nazorat vositalari o’rnatiladi va tokdan himoya qiladi., tezlikni nazorat qilish asbobi, batareyani zaryadlash va o’tilgan yo’l, strelka o’tkazgichli masofadan turib boshqarish qurilmasi, aloqa apparaturasi, ish joyiga mashinistsiz elektrovoz harakati va ishga tushirishga qo’yilmaydigan himoya vositasi.
Yuqori chastotali o’zgaruvchan tokli kontaktsiz elektrovozlar.

Elektrovozning otkatkasining yangi tizimi elektrovoz otkatkasi hisoblanadi, uning ishlash printsipi asosan quvvatlantiruvchi nimstantsiyadan harakatlanayotgan elektrovozga kontaktsiz usul bilan– yuqori chastotali elektromagnitli induktsiya metodi orqali elektr energiyani uzatishga asoslangan.


Yuqori chastotali otkatka kompleksi (2 rasm) o’zgartiruvchi (Elektr transportni ta’minlovchi) nimstantsiyasidan 1, ikki maxsus kabelli tortish tarmog’i ko’rinishida 3, kondensatorlarni konpensatsiyalovchi 2 va elektrovoz 7.
Elektr transportni ta’minlovchi nimstantsiyasi iborat: chastotalarni o’zgartirgich (mashinali yoki statik agregat); boshqariladigan ishga tushirish jihozlari; boshqarish apparaturasi, boshqarish, nazorat, himoya va signalizatsiya; o’zgartirgichni sovutish tizimi jihozi.
Elektr transportni ta’minlovchi tarmoq bir fazali zanjirdan iborat, juft relьsli temir yo’l ostidan uning o’qiga nisbatan simmetrik yotqizilgan va berk konturni hosil qiluvchi ikkita maxsus yuqori chastotali birsimli kabeldan iborat.
Induktiv kabellar ma’lum vaqt oralig’idan keyin kabel bilan ketma-ket ulangan 2 kondensatorlar bilan kompensatsiyalanadi. Kabellar atrofida elektromagnitli maydon hosil bo’ladi, 4 maxsus elektr qabul qilgichda elektrovozga qabul qilinadi, tutashtirilmagan ferritli o’zakka joylashtirilgan maxsus kabelning bir nechta o’ramida ikki yassi cho’lg’amdan iborat. Elektr qabul qilgichdan 4 energiya to’g’rilagich orqali 5 elektr transportni ta’minlovchi 6 dvigatelga kelib tushadi.
Otkatka kompleksi Donbasdagi shaxtalarda sinab ko’rilgan va hozirgi kunda takomillashtirish va sanoat me’yoriga yetkazish arafasidagi ishlar olib borilmoqda. 3000 Gts chastotali tortish tarmog’ida elektrovozlardan foydalanish jarayonida quvvati 100 kVt va KSHSL-90kabelli, bir-biridan 400 mm masofada yotqaziladigan PVT-3astotali o’zgartirgichlardan foydalaniladi.
Hozirgi kunda V10 va V14 elektorvozli 5000 Gts chastotadagi tortish tarmog’i sinab ko’rilmoqda. Elektrojihozlar otkatkasi kompleksiga quyidagilar kiradi: ET elektr transportni ta’minlovchi dvigatellar, qabul qiluvchi-to’g’rilagichli uskunalar, nazorat va boshqaruvning yangi apparaturalari.( KEVV kontroller, AEV avtomatik o’chirgich, REVV ajratgich) TPCH-250-5 statikaviy chastota o’zgartgich, 250 kVt quvvatli 1,5 kV kuchlanishli va KSPR kondensatorlari, KSHST-130 maxsus kabellar.elektr jiholari kompleksini portlashdan himoyalash – RP ni bajarish darajasida bo’lishi kerak.
Donbasda V10 va V10B elektrovozini kontaktsiz sinash yuqori foydalanish sifatini va akkumulyatorli elektrovozlarga taqqoslaganda ahamiyatli afzal ekanligini ko’rsatdi. (t·km/sut) Otkatkaning unumdorligi 2,5 baravarga oshdi, elektroenergiyani solishtirma sarfi (kVt·ch/(t·km)) o’rtacha 1,75 martaga kamaydi, transportdan foydalanish soddalashdi. Bajarilgan iqtisodiy-texnik tahlil shuni ko’rsatdiki, kontaktsiz elektrovozli transportdan ahamiyatli darajada cho’zilgan shaxta maydonlarida yuqori mehnat unumdorlikka ega asosiy shaxta gorizontlarida qo’llash maqsadga muvofiqdir.

Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling