Elif operatori. 2-Laboratoriya topshiriqlari


Download 4.22 Kb.
Sana18.10.2023
Hajmi4.22 Kb.
#1707507
Bog'liq
2-Laboratoriya topshirig‘i


MAVZU: PYTHONDA MANTIQIY MASALALARNI DASTURLASH.
TARMOQLANUVCHI ALGORITMLARNI DASTURLASH. IF…ELSE OPERATORI.
TARMOQLANUVCHI ALGORITMLARNI DASTURLASH. ELIF OPERATORI.

2-Laboratoriya topshiriqlari


Diqqat!!!
Ushbu laboratoriya ishida har bir talaba 2 tadan masalani dasturini tuzib izohlab beradi.
1. Ikkita a va b son berilgan. Agar b son a sondan kichik bo‘lsa, u holda b ni nol bilan almashtiruvchi, aks holda b ni o‘zgarishsiz qoldiruvchi dastur tuzing.
2. Berilgan a butun son noldan farqli b butun songa qoldiqsiz bo‘linishi yoki bo‘linmasligini aniqlovchi dastur tuzing.
3. Berilgan a butun son noldan farqli b butun songa qoldiqsiz bo‘linsa, bu ikkala sonning yig‘indisini, aks holda ko‘paytmasini topish dasturini tuzing.
4. Uchta a, b va c son berilgan. Agar a2 – b2 = c2 shart bajarilsa, ularning ko‘paytmasini, aks holda yig‘indisini hisoblovchi dastur tuzing.
1-masalalar
5. Butun son berilgan. Agar u musbat bo‘lsa, unga 1 sonini qo‘shish, aks holda o‘zini chiqarish
dasturini tuzing.
6. Kiritilgan butun son musbat bo‘lsa, uning 10 ga ko‘paytmasini, aks holda o‘zini chiqaruvchi
dastur tuzing.
7. Ikki xonali sonning raqamlari toq ekanligini aniqlovchi dastur tuzing.
8. Uch xonali sonda bir xil raqamlar mavjudligini aniqlovchi dastur tuzing.
9. a va b sondan qaysi biri juft ekanligini aniqlovchi dastur tuzing.
10. Kiritilgan а soni musbat yoki manfiy ekanligini aniqlovchi dastur tuzing.
11. Kiritilgan а soni toq yok juft ekanligini aniqlovchi dastur tuzing.
1. 3 ta butun son kiritildi. Qaysi biri juft ekanligini aniqlovchi dastur tuzing.
2. Uchta a, b va c butun son berilgan. Ular orasidan musbatlari sonini topish dasturini tuzing.
3. Uchta a, b va c butun son berilgan. Ular orasidan musbat va manfiylari sonini toppish dasturini tuzing.
4. Ikkita a va b son berilgan. Dastlab kattasini, keyin esa kichigini chiqaruvchi dastur tuzing.
5. Uchta a, b va c butun son berilgan. Ulardan faqat musbatlari kvadratini hisoblab chiquvchi dastur tuzing.
2-masalalar
6. Kvadrat tenglamani yechish dasturini tuzing.
7. Hafta raqami 1-7 oraliqda kiritilganda, hafta kunini ekranga chiqaruvchi dastur tuzing.
8. a va b son berilgan.Agar ular musbat va yig‘indisi 100 dan katta bo‘lsa, a sonining b songa nisbatini, ular musbat va yig‘indisi 100 dan katta bo‘lmasa, a ning b ga ko‘paytmasini hisoblash dasturini tuzing.
9. Ikkita son berilgan. Agar birinchi son ikkinchisida katta bo‘lsa, 1 ni, agar ikkinchi son birinchisidan katta bo‘lsa, 2 ni, agar ikkalasi teng bo‘lsa 0 ni chiqaruvchi dastur tuzing.
10. Tomonlari a va b ga teng to‘g‘ri to‘rtburchak kvadrat ekanligini aniqlovchi dastur tuzing.
11. Kiritilgan a soni to‘rt xonali son ekanligini aniqlovchi dastur tuzing.
Download 4.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling