Emlash, vaksinatsiya — odam va hayvonlarda infeksion kasalliklar yuqishining oldini olish usuli, bunda organizmga vaksinalar, immun zardoblar yoki gammaglobulin yuborib, sunʼiy faol yoki passiv immunitet hosil qilinadi


Download 15.7 Kb.
bet1/2
Sana08.01.2022
Hajmi15.7 Kb.
#238810
  1   2
Bog'liq
Emlash


Emlash, vaksinatsiya — odam va hayvonlarda infeksion kasalliklar yuqishining oldini olish usuli, bunda organizmga vaksinalar, immun zardoblar yoki gammaglobulin yuborib, sunʼiy faol yoki passiv immunitet hosil qilinadi. Sunʼiy faol immunitet hosil qilish uchun odam vaksinalar bilan emlanadi, bunda organizmda yuborilgan vaksina tarkibidagi antigenlarga qarshi faol immunitet rivojlanadi.

E.da vaksinalarni teri ustiga, teri ostiga, muskul orasiga, burun va ogʻiz orqali yuborish mumkin. Vaksinalar bilan E. jadvali har xil: bir marotaba, ikki, uch marotaba va h.k. Sunʼiy faol iMmunitet immunizatsiya tugaganidan soʻng 2—3 hafta oʻtgach paydo boʻladi va oylab, hatto yillab saqlanib qoladi. Takror E. (immunitet darajasi susayganda) revaksjatsiya deb ataladi.

Sunʼiy passiv immunitet organizmning himoya faoliyatini oshirish, koʻzda tutilgan tegishli yuqumli kasallikka qarshi chidamlilik yoki boshlangan kasallikning kechishini yengillashtirish maqsadida qilinadi. Vir qancha yuqumli kasalliklar (odamlarda gepatit V, sil, boʻgʻma, qoqshol, koʻkyoʻtal, qizamiq, tepki, poliomiyelit; hayvonlarda brutsellyoz, quturish, oʻlat, oqsim va boshqalar)ga qarshi rejali ravishda; ayrim yuqumli kasalliklar (gripp, ich terlama, kuydirgi, tulyaremiya va boshqalar)ga qarshi esa epidemiologik zaruriyat boʻyicha emlanadi (q. Immunoprofilaktika).

E. poliklinikalarda yoki E. markazlarida maxsus tayyorlangan tibbiyot xodimi tomonidan vrach nazoratida oʻtkaziladi. Bolani E.dan avval uning gavda harorati oʻlchanadi va qanday kasalliklar bilan ogʻriganligi soʻrab surishtiriladi; vrach bolani sinchiklab tekshirib, uni E. mumkin yoki mumiga emasligini aniqpaydi. Yuraktomir, markaziy nerv sistemasi kasalliklaridan tuzalgan yoki surunkali kasalliklari bor bolalar tegishli mushassislar koʻrigidan oʻtganidan soʻng emlanishi lozim. Bola emlanganda baʼzan kuchli reaksiya yuzaga keladi, shuning uchun emlangandan keyin u maʼlum bir vakt davomida vrach nazoragada boʻlishi kerak.

E. mahalliy va umumiy taʼsir koʻrsatishi, yaʼni emlangan joy sal qizarishi, shishishi, ogʻrishi, harorat koʻtarilishi va umumiy darmonsizlik kuzatilishi mumkin. Emlangan bola juda bezovtalansa, qattiq isitmalasa darhol vrachga murojaat qilish zarur.

Bolalar yoki kattalarning emlanganligi haqidagi maʼlumotlar ularning tibbiy hujjatiga qayd etiladi. Otaonalar bolasiga qanday E. oʻtkazilganini va qaysilari qachon qilinishi kerakligini yaxshi bilishlari, shuningdek, E.ning belgilangan muddatda oʻtkazilishiga amal qilishlari zarur, chunki oʻz vaqtida oʻtkazilgan E. juda yaxshi naf beradi.

Hoz. respublikamizda koʻpgina ogʻir kechuvchi yuqumli kasalliklarga qarshi rejali ravishda va epidemiologik holatlarga qarab bolalar va xavfli guruhga kiruvchi katta kishilar davlat tomonidan bepul emlanadi. Oʻtkazilgan choratadbirlar tufayli Oʻzbekiston hududida shol kasalligi oxirgi yillarda qayd etilmayapti, shuningdek, boʻgʻma, qizamiq, tepki, gepatit V kasalliklari bolalar orasida keskin kamaydi.

Pediatrlar fikricha, barcha bolalar yoshligida emlanishi kerak. Lekin ayrim ota-onalar bolasini emlatishdan bosh tortadilar.

Quyidagi fikrlar emlash kerak ekanligini aniqlashga yordam beradi:

1. Ota-bobolarimiz davrida epidemiya darajasida keng tarqalgan vabo, chechak kasalliklarini hozir hech kim eslamaydi ham. Aslida o'tmishda bo'lgan ko'pchilik kasalliklarning yo'q bo'lib ketishiga emlash sabab bo'ldi. Vaqtida amalga oshirilgan emlash natijasida ayrim o'ta og'ir kasalliklarni yo'q qilishga erishildi.

2. "Bizning millat bu kasallikka chalinmaydi"-degan fikr bilan emlashdan bosh tortish ham noto'g'ri, chunki taqdir taqazosi bilan o'rmonga borib qolib u erda ensefalitni yuqtirib olsa, inson miyasi o'tkir yalig'lanishi mumkin. Yoshligida ensefalitga qarshi emlatilgan bola katta bo'lganida bu og'ir asoratli kasallikdan xoli bo'ladi. Axir farzandingiz katta bo'lganda chet elga o'qishga, ishlashga yoki xizmat safariga ketishini oldinan bilmaysiz-ku.

3. Suv chechak kabi oddiy kasallikni barchamiz bilsak kerak. Uning oddiyligi shundaki, deyarli barcha bolalar unga qarshi emlatilgani uchun u asoratsiz oson o'tadi. Emlanmagan yosh bolalarda ham u oson kechadi, lekin agar suv chechak keksa yoshdagilarda namoyon bo'lsa, uning kechishi juda og'ir bo'lishi mumkin. Demak, emlangan bolalarga keyinchalik kasallik yuqsa ham, u asoratsiz va tez o'tib ketadi.

4. Epidemiya davrida emlatish qanchalik sifatli amalga oshirilsa, epidemiya shunchalik tez yo'qqa chiqadi. Agar o'sha payt emlatishdan bosh tortilsa, yuqish davom etaverib kasallik to'xtatilishiga erishish qiyin bo'ladi va u yanada kengroq miqyosga tarqalishi mumkin.

5. Ko'pincha ota-onalar emlatgandan keyin bo'ladigan reaksiyadan qo'rqib bolasini emlatmaydi. To'g'ri, ayrim kasalliklarga qarshi bo'lgan emlash vositalari reaksiya berishi mumkin. Masalan AKDS privivkasi og'ir hisoblanadi. Lekin emlash sifatli dori vositasi bilan, bola sog'lom paytida qilingan bo'lsa, reaksiya arzimagan istma chiqish bilan namoyon bo'ladi xolos. Lekin AKDSga qarshi ematish qilinmay qolib, bola koklyush yoki difteriya kasalligiga uchrasa, uning asorati hatto hayotga ham xavfli bo'lishi mumkin. Ya'ni emlashga bo'lgan reaksiya bilan kasallik asoratini taqqoslab ham bo'lmaydi.

Janubiy Koreyada emlashga juda jiddiy qaraydilar va emlashni muddatlarini o'tkazmay vaqtida amalga oshiradilar.



Eng asosiysi, ota-ona emlashga borayotganda birinchi bo'lib o'zi bolasini nazorat qilishi kerak. Agar bolasi sog' bo'lsa, istmalamayotgan bo'lsa, unda hech qanday surunkali kasalligi mavjud bo'lmasa, bola o'z vaqtida sog'lom tug'ilgan bo'lsa, unda emlashga borishi lozim. Faqat emlash vositasi haqida batafsil vrachdan ma'lumot olish kerak. Ya'ni qaysi mamlakat vositasi, sifati qanday, undan keyin reaksiya bo'lishi haqida ma'lumotlar bormi va hokazo. Tanishlardan qanday emlash vositasidan foydalanishgan va uning bergan reaksiyasi haqida ma'lumot yig'ish kerak. Vrachdam ko'ra, o'z bolasini emlatgan onadan olingan ma'lumot ishonchliroq. Emlash vositasi haqida yaxshi fikrlar bo'lsa, uning qiymati esa qimmat bo'lsa, puldan qochmang, albatta o'sha yaxshi fikrlar ko'p yiqqan emlash vositasidan foydalaning. Bolani emlatish yoki emlatmaslik ota-onaning huquqi. Ota-ona qanday qarorga kelmasin, unga ma'suliyat bilan yondashishi zarur.




Download 15.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling