Emotsiya va iroda режа


Download 119.69 Kb.
Sana12.06.2020
Hajmi119.69 Kb.
#118046
Bog'liq
emotsiya va iroda mavzusida slayd Bobur

Emotsiya va iroda

РЕЖА:

  • Emotsiya haqida tushuncha.xissiy xolatlarning nerv-fiziologik asoslari.
  • Emotsiya nazaryalari (Jeyms-Lang,Kennon Bard, S.Shaxtyor,D.Zinger).Qarqmq qrshi emotsiyalar nazaryasi(R.Salamon bo’yicha).
  • Iroda haqida tushuncha. Irodaviy Faoliyatning umumiy xususiyatlari.
  • Irodaviy akt va uning tuzilishi. Shaxcning irodaviy sifatlari.

Hissiyot –bizning tuyg`ularimizning o'ziga hos aks ettirish jarayoni bo'lib, bunda narsa va hodisalarni aks ettirish jarayonida bizda tug`iladigan ichki kechinmalar va munosabatlar aks ettiriladi.

Emotsiya – shahsning voqelikka o'z munosabatini his qilishidan kelib chiqadigan, uning ehtiyoj va qiziqishlari bilan bog`liq bo'lgan yoqimli yoki yoqimsiz kechinmalaridir



Emotsiya BU -

Uning turini yozing

Impressiv tomoni- psihologiyada hissiyotning darak beruvchilik vazifasiga aytiladi. Impressiv so'zi lotincha taassurot degan ma'noni anglatadi.

Dinamik stereotip deganda tashqi qaytarilish natijasida hosil qilingan shartli reflekslar, nerv bog`lanishlarining barqaror tizimi tushuniladi.

Hissiyot boshqa hamma psixik jarayonlar kabi bosh miya po‘sti qismining faoliyati bilan bog‘liqdir. Bosh miya hissiyotlarning kuchini va barqarorligini idora qilib turadi. Hissiyotlar boshqa bilish jarayonlaridan farqli bosh miya po‘stining faoliyatidan tashqari organizmning ichki a’zolari faoliyati bilan ham bog‘liqdir, boshqacha qilib aytganda hissiyotlar vegetativ nerv tizimining faoliyati bilan ham bog‘liqdir. CHunonchi, odam qattiq uyalgan paytida qizarib ketadi, qattiq qo‘rqqan paytida esa rangi o‘chib, qaltirab ketadi, xattoki odamning ovozida ham o‘zgarish paydo bo‘ladi. Ana shunday hissiy holat yuz bergan paytda odamning yuragi tez ura boshlaydi, nafas olishi ham tezlashadi.



Psychology David G. Myers Hope College Holland, Michigan .699 p

Ekspressiv tomoni psihologiyada emocional harakatlarning moslashish harakteriga oid bo'lgan, ya'ni ovozning o'zgarishi, mimika, imo-ishora, organizmda sodir bo'ladigan jarayonning qayta o'zgarishidan iborat ihtiyorsiz va ongli harakatlarga aytiladi.

Ambivalentlik – lotincha har tomonlama kuchga ega ma'nosini anglatib kishining bir ob'ektning o'ziga nisbatan bir vaqtning o'zida paydo bo'ladigan bir-biriga qarama – qarshi emocional irodaviy holatdir

Hislarni kechirish shakllari quyidagilardan iborat:

HISSIY TONhissiyot idrok yoki sezgi jarayonida shaxsning idrok qilingan narsaga hodisaga munasabatini ifodalaovchi maxsus emotsional bo`yoq yoqimli va yoqimsiz kechinma bevosita sezgi yoki idrok bilan bog`langan hissiyot

Emotsiyalarning tashqi ifodasi turli ko'rinishlarda ro'y beradiki, unda asosiy o'rinni ko'rgazmali jihatlar asosiy o'rin egallaydi va ular quyidagilar:

  • Birinchidan, emociyalar nafas olish a'zolarining ishlarida o'zgarish yasaydi.
  • Ikkinchidan, emociya imo – ishoralarda, mimikada, ya'ni kishining yuzida bo'ladigan harakatlarda hamda butun badanning ma'nodor harakatlarida ko'rinadi.
  • Uchinchidan, gumoral harakatlardagi, ya'ni organizmning qon tarkibidagi va boshqa suyuqliklardagi kimyoviy o'zgarishlarni va shuning bilan birga modda almashishida bo'ladigan yanada chuqur o'zgarishlarni o'z tarkibiga oladi.

Emotsiya nazaryalari (Jeyms-Lang,Kennon Bard, S.Shaxtyor,D.Zinger).Qarqmq qrshi emotsiyalar nazaryasi(R.Salamon bo’yicha).

  • Lindsey-Xebbning faollashtirish nazariyasi Djems-Lange va Kennon-Bardlarning psixoorganik nazariyalaridan so’ng paydo bo’ldi. Bu nazariyaga ko’ra, emotsional holatlar bosh miya quyi qismi nayining retikulyar formatsiyaga ta’siri bilan belgilanadi, chunki bu tuzilma organizmning faolligi darajasiga javob beradi. Hissiyotli ifodalanishlar esa asab tizimining biror bir seskantiruvchiga javoban faollik darajasining o’zgarishidir.
  • Kognitivistik nazariyalar qatoriga P.V. Simonovning hissiyotlar axborot beruvchi kontseptsiyasi ham kiritilishi mumkin. Bu nazariyaga asosan, emotsional holat individ dolzarb ehtiyoji sifati va jadalligi, hamda, uni qondirish ehtimolligini baholashi bilan belgilanadi. Bu ehtimollikni baholashni inson tug’ma va avval orttirilgan individual tajriba asosida, ixtiyorsiz ravishda ehtiyojni qondirish uchun taxminiy zarur vositalar, vaqt, zahiralar haqidagi ma’lumotni ayni vaqtda olgan ma’lumot bilan taqqoslagan holda amalga oshiradi. P.V. Simonovning yondoshuvi quyidagi formulada aks etgan: H = E (M – A), bunda H – hissiyot, uning kuchi va sifati; E – dolzarb ehtiyoj kattaligi va o’ziga xos xususiyati; M – dolzarb ehtiyojni qondirish uchun zarur ma’lumot; A – ayni paytda insonda mavjud bo’lgan tegishli axborot.

Iroda – shahsning ongli harakatlarida, o'z-o'zini bilishida ifodalanadigan, ayniqsa maqsadga erishish yo'lida uchraydigan jismoniy va ruhiy qiyinchiliklarni engib chiqishda namoyon bo'ladigan ihtiyoriy faolligidir.

Irodaviy ya'ni ihtiyoriy harakatlarning nerv – fiziologik asosida bosh miya katta yarim sharlari po'stlog`ining shartli reflekslar hosil qilishdan iborat bo'lgan murakkab faoliyati yotadi. Irodaviy harakatlar har doim to'la ongli harakatlar bo'lgani uchun bosh miya po'stlog`ida yuzaga keladigan optimal qo'zg`alish manbalari bilan ham bog`liq bo'ladi. Bu haqda akademik I.P.Pavlov shunday deb yozgan edi: “Mening tasavvurimcha, ong ayni shu choqda huddi shu sharoitning o'zida ma'lum darajada optimal (har holda o'rtacha bo'lsa kerak) qo'zg`alishga ega bo'lgan bosh miya katta yarim sharlarining ayrim joylaridagi nerv faoliyatidan iborat”

Maqsad va unga erishishga intilish

Maqsadaga erishish imkoniyatlarini topish

Mativlarni paydo bo`lishi va imkoniyatlarini mustahkamlash

Mativlar kurashi va tanlash

Biror fikrni qabul qilish

Qabul qilingan qarorni amalga oshirish



Irodaviy harakatlarning asosiy tarkibiy qismlari

Irodaviy sifatlar – bu qiyinchiliklarni engishda shakllanadigan harakter bilan bog`liq, aniq vaziyatlarda namoyon bo'luvchi va shahs hususiyatlariga aylangan irodaviy boshqaruvning o'ziga hos hususiyatidir.



Sabr-toqatlik-Bu shaxsning o’zini salbiy emotsiyalarini barqaroa ravishda ushlab turish,impulislarini,o’ylanmagan emotsional reaksiyalarni, vaziyatlarda agressiv xatti-xarakatlarga bo’lgan istaklarni bosib turishidir

iroda HAQIDA OLIMLARNING ISTALGAN FIKRLARIDAN BIRONTASINI YOZING VA IZOH BERING

Irodaviy sifatlarni 3 guruhga ajratish mumkin va bu quyidagi jadvalda keltirilgan:



IRODAVIY SIFATLAR

Sobitqadamlik

dadillik

Irodaviy- axloqiy

Chidamlilik

Sabr-toqatlilik

qahramonlik

-

-

fidokorlik

qaysarlik

keskinlik

prinspiallik

qatiyatlilik

jasurlik

intizomlilik

E’tiboringiz uchun raxmat!
Download 119.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling