Endilikda oʻqituvchilarga dars soatlarni taqsimlashda ularning erishgan natijalari hamda kasbiy mahoratiga qarab ustuvorlik belgilanadi


Download 17.5 Kb.
Sana24.08.2022
Hajmi17.5 Kb.
#796745
Bog'liq
dars taqsimoti 2020 yil 30
qoshma gaplar, 81248158, vZp0UydOV31ldjbbo45glhFH0pRj0ANrlOphTO4r-конвертирован, Курс ишини тайёрлаш тартиби, O, O, ekologiya munisa, КАРЗДОРЛАР, 6-sinf fizika nazorat ishi 4, 12, Dars tahlili lotincha, 30-лаборатория иши, Turizm va sport vazirligi, ALLAMURODOVA-SHAHNOZA-BAXODIR QIZI 18.04.2022, Рассказать о семье

2020 yil 30-iyunda Xalq taʼlimi vazirligi, Moliya vazirligi hamda Sogʻliqni saqlash vazirliklarining qarori bilan tasdiqlangan Umumtaʼlim muassasalarida sinflarni komplektlash hamda tarifikatsiya roʻyxatlarini shakllantirish tartibi toʻgʻrisida nizom Adliya vazirligida 3271-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi.
Mazkur Nizom bilan oʻqituvchilarning tarifikatsiya roʻyxatlarini shakllantirish tartibi belgilandi.
Endilikda oʻqituvchilarga dars soatlarni taqsimlashda ularning erishgan natijalari hamda kasbiy mahoratiga qarab ustuvorlik belgilanadi. Bunda oʻqituvchilar pedagogik faoliyati davomida yuqori natijalarga erishgan boʻlsa va kasbiy mahorati yuqori boʻlsa, birinchi navbatda ularga koʻproq dars soatlarini ajratish belgilab qoʻyildi.
Xususan, oʻqituvchilarga dars soatlari quyidagi koʻrsatkichlarning ustuvor ketma-ketligi asosida taqsimlanadi:
- xalqaro olimpiadalar gʻoliblarini tayyorlagan oʻqituvchilar;
- oʻqituvchi boʻlib faoliyat yuritayotgan xalqaro olimpiadalar gʻoliblari;
- chet tili va STEAM fanlaridan mutaxassisligi boʻyicha xalqaro sertifikatlarga ega oʻqituvchilar (TESOL Level 5, CEFR B2, IELTS 6 va undan yuqori, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan belgilanadigan boshqa sertifikatlar);
- TOP–1 000 universitetlar reytingiga kiradigan dunyoning yetakchi universitetlarini bitirgan oʻqituvchilar;
- asosiy olimpiadalarning respublika bosqichi gʻoliblarini tayyorlagan oʻqituvchilar;
- oʻqituvchi boʻlib faoliyat yuritayotgan asosiy olimpiadalarning respublika bosqichi gʻoliblari;
- respublika bosqichidagi koʻrik tanlovlarda (yil oʻqituvchisi) sovrinli oʻrinlarga ega boʻlgan oʻqituvchilar;
- oliy malaka toifasiga ega oʻqituvchilar;
- birinchi malaka toifasiga ega oʻqituvchilar;
- asosiy olimpiadalarning viloyat va tuman bosqichi gʻoliblarining oʻqituvchilari;
- ikkinchi malaka toifaga ega oʻqituvchilar;
- pedagogik yoʻnalish boʻyicha magistr darajasiga ega oʻqituvchilar;
- belgilangan tartibda oʻz fanidan oʻtkazilgan nazariy va amaliy sinovlar natijasi boʻyicha aʼlo baholarga ega oʻqituvchilar;
- oliy maʼlumotli toifasiz oʻqituvchilar;
- qayta tayyorlash boʻyicha diplomga ega oʻqituvchilar;
- oliy taʼlim muassasalarining pedagogik yoʻnalish boʻyicha bitiruvchi bosqich talabalari;
- pedagogik yoʻnalish boʻyicha xorijiy davlatlarning oliygohlarini bitirgan, biroq diplomi tan olinmagan oʻqituvchilar;
- oliy maʼlumotli oʻqituvchilar bilan taʼminlanguniga qadar oʻrta maxsus, professional maʼlumotga ega oʻqituvchilar;
- oliy maʼlumotli oʻqituvchilar bilan taʼminlanguniga qadar umumtaʼlim muassasasining tegishli mutaxassisligi boʻyicha rahbar xodimlari.
Ushbu ketma-ketlik asosida oʻqituvchilarga dars soatlarining maksimal miqdorlari (bir yarim stavkagacha) belgilanishi tavsiya etiladi.
Yana bir muhim jihati, aynan bir xil koʻrsatkichlar mavjud boʻlgan bir nechta oʻqituvchilar oʻrtasida dars soatlari teng taqsimlanishi belgilab qoʻyildi.
Shaffoflikni taʼminlash maqsadida dars soatlari taqsimoti (tarifikatsiya roʻyxati) Xalq taʼlimi vazirligi tizimida yaratilgan elektron dasturga kiritiladi, deb xabar beradi Xalq taʼlimi vazirligi matbuot xizmati.
Xabarda hududiy xalq taʼlimi boʻlinmalari va hududiy moliya organlari har yili 25-sentyabrga qadar tarifikatsiya roʻyxatini tasdiqlashi eslatiladi.
Download 17.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling