Energitika manbalari, ularning joylashishi Energiyaning asosiy manbalari


Download 0.55 Mb.
Sana02.11.2021
Hajmi0.55 Mb.
#431238
Bog'liq
Energitika manbalari, ularning joylashishi
Savol mazmuni 2-mavzu., 7-Mavzu.AKT qisqacha xulosam, 1-mavzu ped masofa (1), Ma’lumotnoma- (18), 2 5438463473400942238, REJA, REJA, REJA, inglizzzzzzzzzzhhhhhhhhhh, 2 5420364352366578982, Aranjirovka, Aranjirovka, Aranjirovka, Aranjirovka, Aranjirovka

Energitika manbalari, ularning joylashishi

Energiyaning asosiy manbalari.

  • Gidroenergetika. GES larning asosiy manbai, energiya zahiralarining doimo oqib turadigan daryo suvi hisoblanadi. GES lar atrof-muhit, havo, suv, tuproqni chang, kul, azot va oltingugurt oksidlari bilan iflos qilmaydi. Lekin GES lar ham, o'z navbatida, tabiatga juda katta zarar keltirmoqda.

Hozirgi vaqtda GES suv omborlari tomonidan 90000 km2 yer yoki har bir ishlab chiqarilgan kvt uchun 0,5 m2er suv ostida qolgan. Shu jumladan, 0,17 m2/kvt ga qishloq xo'jalik eri va 0,23 m2/kvt ga o'rmonzorlar suv ostida qolgan.

  • Hozirgi vaqtda GES suv omborlari tomonidan 90000 km2 yer yoki har bir ishlab chiqarilgan kvt uchun 0,5 m2er suv ostida qolgan. Shu jumladan, 0,17 m2/kvt ga qishloq xo'jalik eri va 0,23 m2/kvt ga o'rmonzorlar suv ostida qolgan.

Suv omborlarining qurilishi natijasida shu suv havzasining qirg'oqlari emiriladi, atrof tabiiy muhitni o'zgarishiga olib keladi. Ya'ni qurg'oqchilik, er osti svlarining ko'tarilishi, erning sho'rlab ketishi kabi holatlar O'zbekistonda qurilgan turli suv omborlari (Tuyamo'yin, Talimarjon, Chordara, Qayroqqum, Andijon) atrofida yaqqol sezilmoqda. GES lar qurilishi bilan hosil bo'ladigan suv omborlari baliqchilikning rivojlanishiga imkon beradi. Lekin shu tumanda muhit haroratining pasayishining natijasida paxta ochilishi orqaga surilmoqda, ko'plab hosildor erlar, o'tloqzorlar suv ostida qolib, tiklab bo'lmaydigan holda nobud bo'ladi.

  • Suv omborlarining qurilishi natijasida shu suv havzasining qirg'oqlari emiriladi, atrof tabiiy muhitni o'zgarishiga olib keladi. Ya'ni qurg'oqchilik, er osti svlarining ko'tarilishi, erning sho'rlab ketishi kabi holatlar O'zbekistonda qurilgan turli suv omborlari (Tuyamo'yin, Talimarjon, Chordara, Qayroqqum, Andijon) atrofida yaqqol sezilmoqda. GES lar qurilishi bilan hosil bo'ladigan suv omborlari baliqchilikning rivojlanishiga imkon beradi. Lekin shu tumanda muhit haroratining pasayishining natijasida paxta ochilishi orqaga surilmoqda, ko'plab hosildor erlar, o'tloqzorlar suv ostida qolib, tiklab bo'lmaydigan holda nobud bo'ladi.

Issiqlik va magnitogidrodinamik energiya.

  • Energiyadan foydalanish sohasida elektroenergiya ekologik tomondan eng toza energiya manbai xisoblanadi va uning chiqindisi kam. Havo ifloslanishining 25% i issiqlik elektrostansiyalarining chiqindisi u ko'mir bilan bog'liq.
  • Ko'pchilik issiqlik energiyasi xom ashyo manbalari ishlatilganda oltingugurt tutuni, chang chiqadi va bu atrof muhit uchun xavflidir. Agar tutunsiz kosmik birikmalari issiqlik energiyasi olishda ishlatilsa, atrof muxitga oltingugurt oksidi, azot va chang zarralari chiqadi.
  • Ba'zan issiqlik energiyasi olishda ishlatiladigan ko'mirdan kul xosil qiladigan qismi ajratib olinadi. Qolgan qismiga suv qo'shilib, o'ziga xos qorishma hosil qilinib, unga maxsus kimyoviy reagentlar qo'shiladi va keyin yoqilg'i sifatida ishlatiladi.

Atom energiyasidan foydalanish.

  • Atom energiyasi inson xayotida katta va mahkam o'rin oldi. Butun dunyo atom energiyasiga oid tashkilotlarning keyingi ma'lumotiga ko'ra, dunyoda 430 dan ortiq AES bo'lib, ularning umumiy kuchi 3 mlrd kVt ga teng. Atom elektrostansiyalari dunyoda elektr energiyaning 15% ini ishlab beradi. Eng ko'p AES Amerikada joylashgan, ya'ni dunyodagi AES larning yarmidan ko'pi AQSh da bo'lib, ular 101,4 mln. kvt energiya ishlab chiqaradi.
  • Bir necha mamlakatlarda AES energiya ishlab chiqarishda asosiy o'rinni egallaydi. Masalan, Bolgariyaning elektr energiyasi 30%, Shvesariyaning 39%, Belgiyaning 50%, Fransiyaning 65% energiyasining AES energiyasi tashkil qiladi. Sobiq ittifoq (37,1 mln kvt), Yaponiya (29,3), Kanada (11,8), Ispaniya (7,5), Tayvan (4,9), Chexiya (3,2), Hindiston (1,5 mln.kvt) kabi mamlakatlarda AES ishlaydi.

4. Noan'anaviy energiya manbalari va ulardan foydalanish. Geotermal energiya.

  • Yer osti geotermal - issiq suvlaridan issiqlik energiyasining manbai sifatida foydalanish atrof – muhitni toza bo'lishida juda katta ahamiyatga ega. Sobiq ittifoq hududida 50 dan ortiq er osti suv havzalari topilgan edi.
  • Topilgan har bir er osti issiqlik manbalari har kuni kamida 15 mln m3 issiqlik bug'i va suv olish mumkin. Bu esa bir yilda olinadigan 100-150 mln. t ko'mir demakdir. Uning 3 km chuqurligidan 8*1017 kdj geometral energiya olish mumkin.
  • Yer osti issiqlik suvlari hisobida birinchi elektrostansiya asrimizning boshida Italiyaning Toskana Provinsiyasida, keyinchalik esa Yangi Zellandiya, AQSh, Yaponiyada qurilgan.

Dunyo bo'yicha 100 dan ortiq geotermal elektrostansiyalar bor. Ularning umumiy kuchi 3 mln.kvt ga teng. Qurilgan bu turdagi elektr stansiyalar tabiiy qulay erlarda joylashgan, ya'ni erdan issiq suv o'zi oqib chiqadi. Undan tashqari erdan chiqadigan ko'pchilik issiq suvlar sho'r turli tuzlarga boy. Qazib chiqarilgan suv tejamkorlik bilan ishlatilmasa, atrof-muhitni, ayniqsa, tuproqni sho'rlab, atrofdagi ko'kalamzor erlarni turli foydali o'simlik va hayvonlarni yo'qolib ketishiga sabab bo'lishi mumkin.

  • Dunyo bo'yicha 100 dan ortiq geotermal elektrostansiyalar bor. Ularning umumiy kuchi 3 mln.kvt ga teng. Qurilgan bu turdagi elektr stansiyalar tabiiy qulay erlarda joylashgan, ya'ni erdan issiq suv o'zi oqib chiqadi. Undan tashqari erdan chiqadigan ko'pchilik issiq suvlar sho'r turli tuzlarga boy. Qazib chiqarilgan suv tejamkorlik bilan ishlatilmasa, atrof-muhitni, ayniqsa, tuproqni sho'rlab, atrofdagi ko'kalamzor erlarni turli foydali o'simlik va hayvonlarni yo'qolib ketishiga sabab bo'lishi mumkin.

Download 0.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling