Energiya birligi. Kinetik va potensial energiya. Energiyaning saqlanish qonuni


Download 0.55 Mb.
Sana25.10.2022
Hajmi0.55 Mb.
#870916
Bog'liq
FIZIKA Malikov Murodxon (030-19)
5-amaliy lingvokulturologiya, 5-amaliy lingvokulturologiya, imlo lug'at [uzsmart.uz], Matn va uning maqsadi, Foydali qazilmalar zaxiralari va qazib olish jarayonida yo, B version Lyceum exam Maths 2015, 28 tekst stati-145-1-10, Statiktahlil3 JMoxichehra, Penetratsion sinovning 5 bosqichi

Energiya birligi. Kinetik va potensial energiya. Energiyaning saqlanish qonuni.


Malikov Murodxon Adham o’g’li
AT-servis 030-19
Мashg’ulot rejasi:
  • 1. Energiya va uning birligi. Kinetik va potensial

  • energiya, ularning formulalari.
  • 2. Energiyaning saqlanish qonuni.

1. Energiya va uning birligi. Kinetik va potensial energiya, ularning formulalari.


QOIDA: Jismlarning ish bajara olish qobiliyati – energiya
deyiladi. Energiya Joullarda o’lchanadi.
QOIDA: Jismlarning harakat energiyasi – kinetik energiya
deyiladi.
Jismga F kuch ta’sir etganida u tezlanish bilan
tekis tezlanuvchan harakat qiladi. Kuchning ta’sir yo’nalishida
jism S masofani o’tganida, υ tezlikka erishadi. Bu masofa
Bundan F kuchning bajargan ishi:

Xuddi shuningdek, υ tezlik bilan harakatlanayotgan jismga harakat yo’nalishiga qarama-qarshi o’zgarmas kuch ta’sir etsa, u tekis sekinlanuvchan harakat qiladi va to’xtaydi. Bunda ham tashqi kuchlarga qarshi ish bajariladi. Demak, kinetik energiya 𝐸𝑘 jism massasining tezlik kvadratiga ko’paytmasining yarmiga teng bo’ladi:


QOIDA: Jismlarning o’zaro ta’sir energiyasi – potensial
energiya deyiladi.
Jismning Yer bilan o’zaro ta’sir potensial energiyasi quyidagicha yoziladi:
Bunda Yer sathida h = 0 deb olinadi.
2. Energiyaning saqlanish qonuni.
Vertikal yuqoriga otilgan jismning kinetik va potensial
energiyasini ko’ramiz. Jismning ko’tarilish bosqichida uning
tezligi 𝜐 = 𝜐0 − 𝑔𝑡 qonunga ko’ra kamayib boradi; bunda
𝜐0 −boshlang’ich tezlik, 𝑡 −vaqt. Bunda kinetik energiya
quyidagi qonuniyatga ko’ra o’zgaradi:
Boshlang’ich kinetik energiya 𝑡 vaqt momentida
kinetik energiyaning kamayishi:
Boshqa tomondan, jismning 𝑡 vaqt momentida yer
sathidan ko’tarilish balandligi:
Shu bilan birga, 𝑡 vaqt momentida potensial
energiyaning ortishi:
Bundan kelib chiqadiki, yuqoriga ko’tarilib borgan sari
kinetik energiya potensial energiyaga aylanib boradi va
trayektoriyaning eng yuqori nuqtasida kinetik energiya nolga
tenglashadi; potensial energiya esa o’zining maksimal qiymatiga
erishadi.
Jism vertikal pastga harakatlanganda esa, teskari
jarayon kechadi: potensial energiya kinetik energiyaga aylana
boradi.

QOIDA: ENERGIYANING SAQLANISH QONUNI: Qarshilik kuchlarini hisobga olmaganda, to’la mexanikenergiya o’zgarmas saqlanadi.


To’la mexanik energiya esa potensial va kinetik energiyalar
yig’indisidan iborat.
Real hayotda havoning qarshilik kuchi va jismlar
orasidagi ishqalanish sababli energiyaning bir qismi ichki
energiyaga aylanib ketadi va to’la mexanik energiya
kamayadi
Xulosa qilib aytganda, energiya jismni ish bajara olish qobiliyati. Potensial energiya jismning vaziyatiga bog’liq bo’lgan energiya, kinetik energiya esa harakatiga bog’liq bo’lgan energiya ekan. Ya’ni
Kinetik va potensial energiyalarning yigindisi esa to’liq energiyani beradi.
Energiya bordan yo’q bo’lmaydi, yo’qdan bor bo’lmaydi, u faqat bir turdan ikkinchisiga aylanadi, bu energiya saqlanish qonuni ekanligini bilib oldik.
Аsosiy adabiyotlar:
1. К. Б. Канн “КУРС ОБЩЕЙ ФИЗИКИ” Москва, ИНФРА-М
2018.
2. С. О. Крамаров и др. “ФИЗИКА теория и практика”
ИНФРА-М 2018.
3. Paul A. Tipler and Gene Mosca “PHYSICS” New York 2004.
4. A. И. Черноуцан “ЗАДАЧИ ПО ФИЗИКЕ”, Москва 2017.
5. V. S. Wolkenstein “PROBLEMS IN GENERAL PHYSICS” MIR
PUBLISHERS, MOSCOW 1990.
Qo’shimcha adabiyotlar:
1. M. O’lmasova, J. Kamolov “FIZIKA” I kitob “O’qituvchi” Toshkent 1997.
2. Н. П. Калашников, М. А. Смондырев “ОСНОВЫ ФИЗИКИ” Том 1.
Москва: Дрофа 2001.
3. Н. П. Калашников, М. А. Смондырев “ОСНОВЫ ФИЗИКИ упражнения
и задачи” Москва: Дрофа 2004.
Internet manbalari:
1. www . ziyonet.uz
2. http://journals.aip.org/
3. http://www.e-library.ru/defaultx.asp
4. http://onlinelibrary.wiley.com/
Download 0.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2023
ma'muriyatiga murojaat qiling