Mexanik energiya
Kinetik energiya.
Potensial energiya.
Mexanikada energiyaning saqlanish qonuni.
Impulsning saqlanish qonuni.
Qonun keng mа’nodа qаndаydir zаruriy, ichki, takrorlаnuvchi ketmа-ketliklarni bog‘lаnish аsosidа bаjаrilаyotgаn, аniqlаngаn vа umumqoidа bo‘lishi mumkin. Fizik qonunlаr tаjribаlаrdаn olingаn mа’lumotlаrni umumlаshtirish nаtijаsidа topilаdi. Fizik qonunlаr fizik hodisаlаr orаsidаgi ob’ektiv ichki bog‘lаnishni vа fizik kаttаliklаr orаsidаgi reаl munosаbаtlаrni ifodаlаydi.
MEXANIK ENERGIYA
Tashqi kuchlar yoki jismlar sistemasi ish bajarsa ularning harakati yani energiyasi o’zgaradi.
Jism va jismlar sistemasining energiyasi deb ularning ish bajara olish qobiliyatini harakterlovchi fizik kattalikka aytiladi.
Energiyaning o’zgarishi jismning ma’lum sharoitda bajarilishi mumkin bo’lgan ishi bilan o’lchanadi. shuning uchun ham energiyaning o’lchov birliklari bo’lib ish birliklari joul, eV, kkal, va hakazolar xizmat qiladi. Mexanikada harakatlanuvchi Yer yuziga nisbatan balanjdda turgan, dedformatsiyalangan va hakazo jismlarning ish bajara olish qobiliyati, ya’ni energiya kinetic va potensial energiyalarga ajraladi.
Kinetik energiya
Jismning kinetik energiyasi deb, uning mehanik harakat energiyasiga aytiladi.
Harakatlanayotgan har qanday jism kinetic energiyaga ega bo’lib, uning energiyasi massasi bilan tezligiga bog’liqdir. tekis harakatlanayotgan jismning tezligi o’zgarmaganligi uchun uning energiyasi ham o’zgarmaydi.
Kuch ta’sirida jism kinetic energiyasi o’zgarishi, shu kuchning bajargan ishiga teng:
bu yerda ishqalanish kuchi. Nyutonning ikkinchi qonuniga binoan:
ga teng S- o’tilgan yo’l esa harakat formulasiga binoan:
bo’ladi, bunda v-.jismning boshlang’ich tezligi vt- jismning ohirgi tezligi bo’lib 0 ga tengdir, a- tezlanish.
shunday qilib, (a) va (b) larni (4.9) ga qo’yilsa, jismni kinetic energiyasini hisoblash formulasi kelib chiqadi;2
bundan
.
Jismning kinetic energiyasi massa bilan tezlik kvadrati ko’paytmasining yarmiga teng.
Mexanik sistemaning kinetic energiyasi sistemani tashkil qilgan jismlarning ( yoki moddiy nuqtalarning) kinetic energiyalarining yig’indisiga teng:
(1)
Bunda mi – sistemadagi i – jismning massasi, vi – uning tezligi
Do'stlaringiz bilan baham: |