Eng asosiy antropometrik, fiziometrik va somatoskopik ko‘rsatkichlar haqida o‘z fikringizni ayting. Bu ko‘rsatkichlarga misollar keltiring
Download 34.5 Kb.
|
Valealogiyaga a-WPS Office
Valealogiyaga asoslari 1~Amaliymashg‘ulot. 1-topshiriq. Eng asosiy antropometrik, fiziometrik va somatoskopik ko‘rsatkichlar haqida o‘z fikringizni ayting. Bu ko‘rsatkichlarga misollar keltiring. 1-Topshiriq u~n javoblar. Ma’lumki, jismoniy rivojlanishning asosiy ko‘rsatkichlari sifatida antropometrik, fiziometrik va somatometrik ko‘rsatkichlar qayd eiib o‘tildi. Ushbu ko‘rsatkichlarning har biri o‘ziga xos shart-sharoitni taqozo etadi. Antropometrik ko‘rsatkichlarni o‘rganishda qo‘yiladigan asosiy talablardan biri unifikatsiyalashdir. Unifikatsiya deganda, har bir o‘lchamni aniqlash qonunqoidalari, har bir kattalikni aniqlashga nisbatan talablar, qabul qilingan nuqtalarni aniq belgilash, tekshirish uchun lozim bo‘lgan jihozlarga, asbob-uskunalarga nisbatan talablar, tekshiriluvchining holati, kiyimlari, nafas olishi kabilarning to‘g‘ri tashkil qilinishi tushuniladi. Odatda har bir simmetrik o‘lchamlar tananing o‘ng tomonida o‘tkaziladi. Hatto tekshiriluvchi bilan suhbatlashish, uning jismoniy xususiyatlarini tahlil qilish ham tavsiya etilmaydi. O‘lchash ishlarini olib borish uchun eng qulay vaqt – ertalabki soatlar hisoblanadi .Antropometrik ko‘rsatkichlarni aniqlashda yaxshi tabiiy yoritilgan xona bo‘lishi, harorat esa 20-22 0С atrofida bo‘lishi lozim. Xonada tegishli miqdorda stol-stul, qo‘llarni va jihozlarni zararsizlantirish uchun spirt va paxta bo‘lishi kerak.Har qanday antropometrik tadqiqot ikki kishi ishtirokida o ‘tkaziladi:tekshiruvchi va yordamchi. Har ikkkala kishi tadqiqot maqsadi va o‘tkazish tartibini puxta bilishi lozim. Tadqiqot o‘tkazishdan avvval tibbiyot sohasi vailllari bilan hamkorlikda biroz ish olib borish foydali bo‘ladi . Tekshiriluvchilar yoshi, jinsi, millati, yashash muhitiga ko‘ra, shuningdek, mehnat sharoiti, turmush tarziga ko‘ra bir-biriga yaqin bo‘lishi muhim ahamiyatga ega. Maktab yoshigacha bo‘lgan bolalarning antropometrik ko‘rsatkichlarini aniqlashda ularning bog‘chaga qatnashi yoki uyda tarbiyalanishi, shuningdek uydagi va bog‘chadagi kun tartibi, ovqatlanish xususiyatlari hisobga olinadi. Maktab o‘quvchilarida o‘tkaziladigan tadqiqotlarda ularning yoshi, o‘quv yurti turi (litsey, kollej, maktab-internat va b.), o‘qitish tizimi xususiyatlari e’tiborga olinadi. Aholining sanitar-gigiyenik holatini aniqlash uchun olib boriladigan tadqiqotlar sog‘lom kishilarda o‘tkazilishi lozim. Olingan barcha natijalar maxsus kartalarga tushiriladi Biz ham o‘z tekshirish ishlarimizda yuqoridagi talablarni inobatga oldik va tekshirish ishlarini optimal sharoitlarda o‘tkazishga harakat qildik. Kuzatuvlar davomida sportchi-o‘quvchilarning tana massasi, bo‘y uzunligi, ko‘krak qafasi aylanasi (antropometrik ko‘rsatkichlar) hamda o‘pkaning tiriklik sig‘imi, qo‘l muskullari kuchi (fiziometrik ko‘rsatkichlar) o‘rganildi.Tekshiriluvchilarning tana massasi meditsina tarozisi yordamida aniqlandi. Bu tarozi yordamida 125 kg gacha bo‘lgan tana massasini aniqlash mumkin bo‘lib, uning aniqlik darajasi 0,1 kg ga teng. Sportchilarning tana massasi ichki kiyimda, hech qanday jismoniy faollik bajarilmagan paytda, shuningdek nonushta, tushlik kabi ovqatlanish omillarining ta’siri kuzatilmaydigan holatda aniqlandi. Tarozi tekis joyga joylashtirilib, tana massasi o‘lchangandan so‘ng aniqlangan natijalar qayd qilib borildi.Tekshiriluvchilarning bo‘y uzunligi odamda bo‘y uzunligini o‘lchash uchun mo‘ljallangan rostomer yordamida o‘lchandi. Buning uchun maxsus jihozlangan devordan 70 sm oraliq o‘lchanib, rostomer mahkam o‘rnatildi (rostomerning pastki qismi 70 sm dan boshlab o‘lchanishi uning talabnomasida keltirilgan). Sportchilarning bo‘y uzunligi oyoq kiyimlar yechilgan holatda aniqlandi. Tekshiriluvchilarning ko‘krak qafasi aylanasi maxsus lentametr (santimetrli lenta) yordamida aniqlandi. Buning uchun sportchilarning badani yalang‘och holatda, lentametr ko‘krak qafasiga zich taqab, biroq tana terisi va yog‘ qavatini bosmagan holatda qo‘yiladi. Ko‘krak qafasi aylanasi nafas olingan paytda ham, nafas chiqarilgan paytda ham emas, balki aynan erkin va o‘rtacha holatda bo‘lganda o‘lchanad. Xulosa qilib aytganda Sogliqning obektiv va subektiv korsatkichlari farqlanadi. Subektiv korsatkichlarga ozini sezish, ishlash qobiliyati, uyqu, ishtaha korsatkichlari kiradi. 2-topshiriq. Salomatlikning genetik, fiziologik, psixik va ijtimoiy mezonlarini qisqacha tavsiflab bering. Topshiriqlarga javoblar. Men avval inson rivojlanishini psixologik tomonlarga to‘xtalib o‘tmoqchiman. Inson psixologiyasi qanday shakllanadi? Nega insonlar har xil xulq~atvorga ega? Bu savollar ga tushunarli qilib hammasiga atrof muhit kup jihatdan sababchi deb ayta olaman.Inson yoshligidan odamlar orasida yashab katta bulgani sari unga boshqalarning ta'siri natijasida o‘z ruhiyatini yaratadi ya'ni unga ko‘ra bola qiyin muhitda o‘sgan bulsa (og‘ir-bosiq, ehtiyotkor yoki urushqoq,qo‘rqoq, asabiy) juda ham erka o‘sgan bulsa( o‘ziga ortiqcha bino qo‘ygan,lk mustaqillikdan qurqadigan,xushchaqchaq)bulishu m~mk. Psixologiko‘zgarishlar ayniqsa balog‘atga yetish davrida juda seziladi. Fiziologik nuqta i nazar har doim inson psixologiyasiga chambarchas bog‘liq hisoblanib inson mehnat unumdorligi kop jihatdan uning kayfiyatiga va sog‘ligiga bog‘liq. Download 34.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling