Eng katta qoʻrquv


Download 14.46 Kb.
Sana27.04.2022
Hajmi14.46 Kb.
#657132
Bog'liq
2 5382177153892749499
BIRLASHGAN ARAB AMIRLIKLARIDA KICHIK BIZNES VA XUSUSIY TADBIRKORLIK RIVOJLANISHI, Rus tili Madinabonu, axborot texnologiyalar test, Hujjat (1), Mavzu Nominal va real yalpi milliy mahsulot, ularning nisbati v-fayllar.org, Erkinov A 1-lab, referat kk, Tarmoqni dasturlash asoslari, 13.Лекция кк этнологтя 4-к, 1-semenar mashg\'ulot, 7. Funksiya hosilasi, Туркменская литература, O’qitish vоsitalari va ko`rgazmali qo`llanmalar, Обучение письму

5-DARS | NUTQ VA GAPIRISH USULLARI
Hikoyachining eng kuchli vositasi uning ovozidir. Ushbu darsda siz oʻzingizning ovozingizdan samarali foydalanishni oʻrganasiz. Birinchi qismda siz jonli auditoriya oldida qanday gapirishni va taqdimot paytida nimalarga eʼtibor berishingizni bilib olasiz. Ikkinchi qismda ovozlashtirish haqida gaplashamiz. Ovozingizni tuzatish va tildagi dangasalikdan xalos boʻlish uchun mashqlar beraman. Notiqlik sanʼati bilan qisqa tanishib chiqamiz.

ENG KATTA QOʻRQUV
Odamlar oldida gapirish oʻlimdan ham qoʻrqinchli degan bir gap bor. 1977 bir tadqiqot natijasida bunday xulosaga kelishgan. Soʻralganlarning 40% odamlar oldida gapirishdan qoʻrqishlarini bildirgan. 
Xuddi sportchi sport bilan shugʻullanib sportchi boʻlgani kabi siz ham gapirish orqali gapiradigan boʻlasiz. Amaliyot, amaliyot, amaliyot! 
_____________
Har doim gapirar ekanmiz oʻzimizga berishimiz kerak boʻlgan asosiy savollardan biri shu: Men gapirayotgan gaplar men uchun muhimmi tinglovchilar uchunmi?
Aksar maʼruzachilar oʻzlarini oʻylashadi. Bunga sabab hayajondir. Hayajon boʻlishining sababi esa mavzuga tayyor boʻlmaslik va yoki tayyor his qilmaslik.
Qaysi til bilan gapirasiz. Shirinmi? Achchiqmi? Ikkisi ham muhim. Gohida ikkisini aralashtirsa ham boʻladi.
Kimning qarshisida gapirayotganimizni taxminan boʻlsada his qilish kerak. Qayerda gapirishni his qilish kerak. Gapiriladigan joydan xabardor boʻlish kerak. Borib tekshirish kerak.
Tinglovchilarning istaklarini anglash ham juda muhim. Odamlar sizdan biror narsa istayaptimi va yoki siz odamlarga biror narsa aytishni istayapsizmi. Nima boʻlganda ham bu istakning nima ekanligini aniqlashga urining. Unga koʻra tayyorgarlik koʻring. 
Gapirar ekansiz qarshi tarafning holidan boxabar boʻlib turishga urinish. Agar bu jonli efirlarda boʻladigan boʻlsa chat qismlardagi yozishmalarga qarab ham aniqlash mumkin. 
Qarshimizdagilarni koʻrishimiz kerak. Pathos (qalbga) yetib borish uchun ham qarshimizdagini koʻrishimiz va yoki koʻrayotgandek his qilish juda muhim. Keyingi darslarimizda kamera bilan qanday ishlash borasida gaplashganimizda bunga toʻxtalib oʻtamiz. Qarshimizdagiga qanchalik diqqatli boʻlsak u ham bizga shunchalik diqqatli boʻladi va gapirishdan maqsadimiz hosil boʻladi. Yaʼni, taʼsirli gapirishni boshlaysiz. Eʼtibor qiling, chiroyli gapirsangiz demayapman, diksiyangiz mukammal boʻlsa demayapman. Diqqatli va taʼsirli gapirsangiz deyapman. Chiroyli gapirish va diksiyaga ham yetib kelamiz. Hozir aytayotganim u emas...
Bularni hammasini uddalay olsak oʻz-oʻzidan taʼsirli gapirgan boʻlamiz. 
____________
Vujudimizni yordamga chaqiramiz. Bu bir sanʼatdir. Sahna harakati va sahna nutqi darslari bekorga oʻtilmaydi. Bu ham amaliyot bilan mukammallashadi. 20/20 teoriyasi. Stiv Jobs eng kamida 90 kun avval oldin boshlar ekan taqdimotlarga tayyorgarlikni. Bundan nimani anglaymiz. Anglashimiz kerak boʻlgani shu bu ishda tugʻma talant degan gap yoʻq. Mashq, mashq, mashq! 
Otni birinchi marta mingan odam bilan 100 marta minayotgan odamni oʻrtasida qancha farq boʻlsa, tayyorgarliksiz va tayyorlanib gapirayotgan odamlarning oʻrtasida shuncha farq bordir. 
Tasavvurlaringizni ishlating. (Sahnani, kameralarni, odamlarni v.b.) Xuddi FVV qilganidek. 
____________
Gapirishni sanʼat darajasiga olib chiqish.
Faqat ogʻiz bilan emas butun vujudimiz bilan gapirishimiz kerak. Fontamimo sanʼatini oʻrganish.
Koʻz, ovoz, fikr birligi...
Gapirish va qoʻshiq aytishning hech farqi yoʻq. Shunday ekan gapirar ekan ovozingizning koʻtarilish va tushishlariga, tempiga diqqat qiling. Bu qanday oʻrganiladi. Buni bilganlarni tinglash orqali. Tinglash orqali oʻrganishni boʻshlaysiz.
Tuygʻular, hayajonlar boʻlishi shart.
Qayerda tugatishni avvaldan aniqlang. Toʻxtashni oʻrgating. 2 daqiqa teoriyasi. (Unutmang insonlar gaplaringizni unutishadi. Shu sabab soʻnggi qismga diqqat qiling)
____________
Oʻqish kerakmi? Yodlash kerakmi? Tabiiy ravishda... (Bu bizga shunday koʻrinadi xolos. Aslida bunday emas.)
Eslatmalar va kalit soʻzlarni yozib oling. Boshlash va tugatishga diqqat qiling.
_____________
Mavzudan mavzuga oʻtish. Bu juda muhim. Agar slaydlar bilan ishlasangiz diqqat qilishingiz kerak boʻlgan eng muhim nuqta shu: Siz slaydlarni orqasidan gapirmaysiz. Slaydlar siz mavzuga kirgandan keyin koʻrsatiladi. (Misollar)
___________
Ovoz tezligiga diqqat qiling. Tez gapirayotgan odam hayajonlanayotgan odamdir. Sekinlashish barobarida ovozni va nafasni, hatto fikrlarni ham kontrol qilishni boshlaysiz. (Toshbaqalashing). Odamlarga gaplaringizni hazm qilishlariga vaqt bering. Shunda eslab qoladilar. 
Ovozni isiting. Mashqlarini bajaring. (Esnash, xirgoyi,)
Diksiya masalasi men uchun u qadar muhim emas. Tabiiylik muhim. Bir qalam bilan hammasini oʻrniga qoʻysa boʻladi.
Download 14.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling