Ergasheva DilshodaHalimovna


-sinf     adabiyot    fanidan     DTS    talablari


Download 1.08 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/6
Sana09.03.2020
Hajmi1.08 Mb.
1   2   3   4   5   6

       9-sinf     adabiyot    fanidan     DTS    talablari 

BILIMLAR:

Xalq dostonlari va ularning turlari, she`riy roman, memuar asar, 

badiiy asarda milliy  ruh ifodasi, ruhiy tahlil, adabiyotdagi komil inson 

tasvirining o`ziga xosligi, tashxis,musamman,lirik qahramon obrazi, tragik 

obrazlar va hayot  haqiqati , so`z san`atining obrazligini, o`rganilgan adabiy 

asarlar mazmunini,o`rganilgan ijodkorning hayoti va ijodiga oid asosiy fakt va 

hodisalarni, tarixiy-adabiy jarayonga xos bo`lgan asosiy qonuniyatlarni, 

mustaqillik davri adabiyotining  xususiyatlari kabi nazariy ma’lumotlarni bilish; 



KO`NIKMALAR:

Badiiy asar mazmunini tirli shakllarda (qisqartirib,shaxsini 

o`zgartirib, asliga yaqin holda…) qayta hikoyalay olish; adabiyot tarixi va 

adabiyot nazariyasi ma’lumotlariga (mavzusi, muammosi, ma`naviy yo`nalishi, 

obrazlar tizimi, kompozitsion xususiyatlari, tilning tasviriy vositalari,badiiy 

detalga)tayangan holda badiiy asarni tahlil qilish va izohlay bilish; badiiy   asar 

turi va janrini aniqlay olish;adabiy asarlar va qahramonlarni qiyoslay olish; 

o`rganilgan asar yoki undan olingan parchani ifodali o`qish;o`qilgan  asar 

yuzasidan taqriz  yoza olish;badiiy asardagi go`zal g`oyaning munosib shaklda 

ifodalanganini his etish va undan zavqlana olish;badiiy asar bilan yaqinlik tufayli 

hosil bo`ladigan tuyg`ularni his etish va uni so`z bilan ifodalay olish;mumtoz 

adabiyot, yangi davr adabiyoti, mustaqillik davri adabiyotining asosiy 

tamoyillarini anglay bilish. 

MALAKALAR:

Ayrim asarlarning real hayotiy asoslarini, ayrim 

qahramonlarning prototiplarini  o`zaro qiyoslash, o`z xulosalarini erkin 

tushuntirish; ijodkorning ikki  yoki undan ortiq asarlarini qiyoslash;o`zaro yaqin 

mavzularda ijod qilgan adiblarning  ijodlarini qiyosiy tahlil qilish ;har qanday 

janrdagi  badiiy asarni yaxlit adabiy-estetik hodisa sifatida tasavvur etish, uning  

qismlari  orasidagi bog`lanishlarni idrok etish, adabiy janrlarning o`xshash va 

farqli jihatlarini izohlash; matndagi hodisalar, qahramonlar xarakteri va xatti –

harakatlari orasidagi o`zaro aloqadorlikni izohlash; adabiy-nazariy tushunchalar 

mohiyatini  tushunish va o`zlashtirayotgan badiiy asar tahlilida ulardan 

foydalanish;yozuvchining uslubiy o`ziga xosligini  anglab yetish; adabiy, adabiy-

ijodiy va erkin mavzularda taqriz, annotatsiya, bayon va insholar yozish; turli 

lug`atlardan foydalanish; 

     Notanish badiiy matnni ovoz chiqarib,125-135 so`z tezligida o`qish; notanish 

matnni ovoz chiqarmay,200-210so`z tezligida o`qish; dasturda tavsiya etilgan 10-

11badiiy matnni  yod olish. 

 


i

Ona  tili  faniga  ixtisoslashtirilgan 9-sinf  o`quvchilari  uchun   o`quv  yili  davomida 

adabiyot   fanidan  olinadigan  nazorat  ishlar   jadvali

 

t/r  I chorak 

II chorak 

III chorak 

IV chorak 

 

1-NI: 



Ijodiy ish 

4-NI: 


Insho 

“Boburnoma”-

o`zbek 

adabiyotining 



nodir asari 

7-NI : 


Insho:1.”O`tkan 

kunlar” 


romanidagi  

Otabek, Kumush 

timsollariga tavsif 

2.”Kecha va 

kunduz” 

romanidagi Zebi 

timsoliga tavsif. 

10-NI: 


Insho”Otello”romanidagi  

Otello timsoliga tavsif 

 

 



 2-NI: 

Insho”Farhod va 

Shirin  

timsollariga 

tavsif” 

5-NI: 


Insho”G`azal  

shaydosiman” 

8-NI: 

Insho:”Mirzo 



Ulug`bek-shoh va 

olim” 


11-NI: 

Insho”Manqurtlik va 

zamonamiz yoshlari 

 



3-NI: 

Test  sinovi 

6-NI: 

Test  sinovi 



9-NI: 

Test  sinovi 

12-NI: 

Test  sinovi 



 

 

                            9-SINF  ADABIYOT   1-CHORAK  



                                 1-NAZORAT     ISHI 

                                     IJODIY  ISH 

          ”ALPOMISH  “ DOSTONIDAN   OLGAN    TAASSUROTLARIM 

Maqsad:o`quvchilarning  asardan  olgan taassurotlarini,ijodiy, mustaqil   bayon qilish 

ko`nikmalarini o`stirish, axloqi me’yorlarini egallaganligi  haqidagi bilim, ko`nikma va 

malakalarini  nazorat qilish .  

                                           METODIK  TAVSIYA: 

O`quvchilar  “Alpomish “dostonida o`zbek xalqining azaldan imon-e`tiqod, or-nomus 

va yurt birligi uchun o`zini  ayamaganligi, sevgan qizining va yurtdoshlarining begona 

elda xor bo`lmasligi  uchun jonini   tikkan  Alpomish, imon keltirgani uchun  do`sti  

Alpomishning  yonida  beshafqat  akalariga  qarshi  kurashgan  Qorajon,  insoniy   

fazilatlari  bilan  ko`pchilik  erkaklardan  qolishmaydigan  Oybarchin  va Qaldirg`och   

timsollarida   ifodalangan   millatimizga  xos  qadriyatlarni   yoritishlari   lozim.  

 

                 ”ALPOMISH  “ DOSTONIDAN   OLGAN    TAASSUROTLARIM 


                “Alpomish “  dostonida o`zbek xalqining azal-azaldan imon-e’tiqod , or-nomus va 

yurt birligi yo`lida o`zini ayamasligi yorqin aks ettirilgan. Dostonda o`ziga  unashtirilgan 

qizning qalmoqlar orasida talash, yurtdoshlarining begonalarga   xor bo`lmasligi uchun 

jonini tikkan Alpomish, Yaratganga imon keltirgani va mo`minga do`st tutingani uchun 

Alpomishning yonida o`zining insofsiz yaqinlari hamda qarindoshlariga qarshi kurashgan 

Qorajon, insoniy fazilatlari bilan ko`pchilik erkaklardan baland tura oladigan   Oybarchin va 

Qaldirg`och timsollari millatimizga xos  yuksak insoniy sifatlarni aks ettirgan. 

   Bu dostonni o`qib ,har bir inson ma’naviy ozuqa oladi.  Dostondagi ijobiy xislatli  

qahramonlardan o`rnak olishga,  ularga  o`xshashga   harakat   qiladi.  Salbiy  xislatli 

qahramonlardan   nafratlanish hissini ,ulardagi yovuzlikdan ogoh bo`lishga intiladi. Ming 

yillardan  buyon  xalqimizning ma’naviy mulkiga aylangan  noyob durdona asrlar osha 

mangu yashaydi, bizdan keyingi avlodlar ham undan bahramand bo`ladi…...  



 

                                     2-NAZORAT     ISHI 

                                            

INSHO   

 

                 FARHOD  VA  SHIRIN   TIMSOLLARIGA   TAVSIF                        

 Maqsad:  o`quvchilarning yozma nutqi, mustaqil va ijodiy fikrlash  ko`nikma-malakalari,  

imlo va uslubiy   savodxonliklarini   aniqlash.  



                                              METODIK  TAVSIYA: 

O`quvchilar   Farhod  tabiatini   tushunishlari , jiddiy  odamlar  nimadan   g`am 

chekishlari  mumkinligi, tug`ilishidan Alloh  jamoliga intilishga  mahkumligi , ko`p   

yashash buyurilmagan shaxsning, oddiy  odamlar kabi   istaklar   bilan  o`ralashib 

qolmagan  komil  shaxsning  o`n  yasharligida  jahondagi  barcha  ilmlarni  egallash 

darajasida   qobiliyatga   egaligi  mubolag`a  emasligi, balki  so`nadigan  sham 

yorqinroq nur taratgani singari erta ketishi  peshonasiga   yozilgan  daho ham  

shoshilib   yashashi    ifodalanganligi, avji o`ynab –kuladigan  davrida  ichi  to`la  dard   

ekanligining ilohiy sabablari  haqida fikr   yuritishlari, Farhodning cheksiz  jismoniy  

qudrat,  chegarasiz  harbiy   qobiliyat, o`xshashsiz iste’dod egasigina emas, balki 

yuksak ma’naviyat   sohibi ekanligi, bu sifatlar bir-biri bilan bog`liqligi , komillik 

odamni har jihatdan yuksaltirishi, Shirin ham xuddi    shunday fazilatlarga egaligi   

kabi  jihatlarni  insho matnida yoritishlari   lozim.   

                                           INSHO   

 

                  FARHOD  VA  SHIRIN   TIMSOLLARIGA   TAVSIF                        

                                                     REJA: 

 1.”XAMSA” asaridagi   bebaho  doston. 

2.”Farhod   va  Shirin “dostonidagi   Farhod –komil   inson   timsoli. 

3.Shirin –vafodor   yor. 

4.Farhod va Shirin  obrazining    ma`naviyatimiz    yuksalishidagi   muhim o`rni.   

            Alisher Navoiyning “Xamsa” asari nafaqat o’zbek adabiyotida, balki jahon 

adabiyotida ham noyob hodisadir.Alisher Navoiy dostonlarida davrining eng dolzarb 

muammolariga hamohang ravishda umumbashariy muammolarni ham tasvirlab, talqin eta 

oldi. 

          “Xamsa” ning ikkinchi dostoni “Farhod va Shirin” deb nomlangan.Muallif bu asarni 



“shavq dostoni” deb ataydi. Boisi unda ishq kuylanadi, talqin qilinadi va ulug’lanadi. Bu 

shunday ishqki, u insonni poklaydi, ezgulik sari yetaklaydi, unga o’zligini tanitadi, bir so’z 

bilan aytganda, komillik sifatlarini tarbiyalaydi. Chunki u odamga, olamga, butun borliqqa  

mehr bilan, muhabbat bilan yo’g’rilgan va oxir borib Yaratganning o’ziga ulashib ketadigan 

ishqdir. Dostonda Navoiyning komil inson haqidagi orzu-o’ylari ham ifoda etilgan. 

Farhod komil inson darajasida ta’riflangan ilohiy ishq egasi.Doston Chin xoqonining 

farzandsizligi tasviri bilan boshlanadi.Xoqon bu holdan qattiq iztirob chekardi. Chin 

xoqonining bu holati “Farhod va Shirin” dostonida quyidagicha ifodalangan: 

 

 

 



Ne chekkay ko’kka boshni tojdore, 

 

 

 

Yo’q ersa bir dur andin yodgore. 

 

 

 

Valaddur ul duru volid sadafdur, 

 

 

 

Sadaf, ya’ni atou dur xalafdur.

1

 

So’ngra xoqonning orzulari ushaldi, xonadonida o’g’il farzand dunyoga keldi. “Farhod va 

Shirin”da  Farhodning tug’ilishi bilan bog’liq  holat quyidagicha bayon qilinadi: 

 

 



 

Shabistonida tug’di bir yangi oy, 

 

 

 

Yangi oy yo’qki, mehri olam oroy. 

 

 

 

Yuzunda ishq asrori yozilg’on, 

 

 

 

Ichinda dard ta’vizi qozilg’on  

U oddiy go’dak emas, yuzida ishq sirlari yozilgan bo’lsa, ichida dard tumori bilan tug’ilgan. 

Tangri taolo tug’ilishidan ruhiga ishqni payvasta qilgan edi. 

Jamolidin ko’rungach farri shohi, 

Bu fardin yorudi mah to bamohi. 

Qo’yub yuz himmatu iqbol-u davlat, 

Hamul far soyasidin topti ziynat. 

Bu farni hodiyi baxt etgach irshod, 

Ravon shaxzoda otin qo’ydi Farhod. 

 

Yangi tug’ilgan go’dakning yuzida shohlik yog’dusi, shahanshohlik nuri ko’zga 



tashlanib turganligi sababli bu nurdan yer-u ko’k yorishib ketdi.“Himmat”, “iqbol”, “davlat” 

yuz ko’rsatib, shu yog’dudan ziynat topdilar.Bu javharlar, ya’ni qimmatbaho ma’nolar 

go’dakka taalluqli deb tushunilgach, ularni bir-biriga qo’shilsa, Farhod ismi kelib 

chiqadi.Shuning uchun Xoqon o’g’liga shu ismni berdi…(Shu tariqa reja asosida ijodiy 

fikrlab insho matni yoziladi) 

 

 

 

 

 



                                                           

 


                                             3-NAZORAT     ISHI     

TEST   SINOVI

 

                      9-sinf. Adabiyot.    I  chorak.    1- variant. 



 1. Badiiy adabiyotning asosiy ish qurolini aniqlang. 

A) manzara B) fikr C) so‘z D) tuyg‘u  

2. Olamni obrazli ko‘rish, timsollar asosida aks ettirish mahsuli bo‘lgan bitiklar adabiyotning 

qaysi turiga dahldor sanaladi? 

A) badiiy adabiyotga B) ilmiy adabiyotga C) milliy adabiyotga D) A, B 

3. Badiiy asarlar qanday maqsadda yaratilishiga va nimani ifoda

lashiga ko‘ra qaysi turlarga 

bo‘linadi? 

A) dilogiya, tirilogiya, epopiya B) komediya, tragidiya, drama C) A, B D) lirik, epik, 

dramatik 

4. Harakatdagi 9-sinf adabiyot darsligi qaysi nashriyotda chop etilgan? 

A) “Yangiyo‘l Poligraph service” T. 2014  B) “Oqituvchi” T. 2006  

C) “Zarqalam” T. 2007 D) “Yangiyo‘l Poligraph service” T. 2005 

5. Adabiy turlarning bo‘linishi qaysi qatorda to‘g‘ri berilgan? 

A) lirik, epik, komedik B) dramatik, epik, satirik C) she’riy, nasriy, sahnaga mo‘ljallangan 

D) fojiaviy, dramatik, lirik 

6. Badiiy asarlarning lirik, dramatik, epik kabi turlarga bo‘linishi badiiy asarlarning qaysi 

xususiyatini ifodalaydi?A) ularning qanday maqsadda yaratilishiga ko‘ra turlarini B) nimani 

ifoda etishga ko‘ra turlarni C) tuyg‘uni yuzaga kelishga sabab bo‘lgan voqeani yoki 

obrazlarni ifodalaydi D) A, B, C 

7. Adabiyot keng ma’noda necha turga bo‘linadi va ular qaysi qatorda to‘g‘ri berilgan? 

A) uchga: badiiy, hayotiy, ilmiy bo‘lmagan B) ikkiga: ilmiy, g‘ayri badiiy C) ikkiga: ilmiy 

va badiiy D) to‘rtga: badiiy, hayotiy, falsafiy, didaktik 

8. Mustaqillik adabiyoti vakillarini aniqlang. 

A) O.Yoqubov, Faxriyor, B.Ro‘zimuhammad B) O.Yoqubov, Fitrat, P.Qodirov C) 

B.Ro‘zimuhammad Faxriyor, Cho‘pon D) O.Yoqubov, Navoiy, Rauf Parfi 

9. Kishilar tomonidan o‘qilib, hissiyotni boyitish, ruhiyatga singdirish ko‘zda tutilib 

yaratilgan bitiklar adabiyotning qaysi turiga mansub? 

A) ilmiy adabiyot B) zamonaviy adabiyot C) badiiy adabiyot D) didaktik adabiyot 

10. Oddiy axborot berib inson sezimlariga ta’sir ko‘rsatib so‘zning obrazliligini ta’minlash 

adabiyotning qaysi turiga xos xususiyat sanaladi? 

A) ilmiy adabiyot B) g‘ayri ilmiy adabiyot C) badiiy adabiyot D) milliy adabiyot 

11. Qadimgi rivoyatlarga ko‘ra birinchi she’r muallifi qaysi qatorda to‘g‘ri berilgan?  

A) baxshi B) Aristotel C) Odam ato D) xalq 

12. Har bir millatning qiyofasini belgilashda qaysi xususiyat hal qiluvchi ahamiyat kasb 

etadi? 


A) ruhiyat B) adabiyot C) xalq og‘zaki ijodi D) dunyoqarashi 

13. Adabiyot millatga xos qaysi xususiyatni o‘zida aks ettiradi? 

A) tuyg‘ular ko‘lamini B) ruhiyatini C) taraqqiyotini D) kelajagini 

14. Millat nimaga tayangan holda o‘z ruhiyatini tiklab oladi? 

A) ajdodlariga B) adiblariga C) baxshilariga D) B, C 

15. Turkiy xalqning ruhiyati nimalarda aks etadi?  

A) ajdodlari tomonidan yaratilgan asarlarda B) qadimiy yodgorliklarda C) dostonlarda D) 

hajviy asarlarda  

  16. Ulkan istedodi tufayli o‘zbek xalq dostonchiligini yangi bosqichga olib chiqqan baxshi 

qaysi qatorda to‘g‘ri berilgan? 



A) Ergash Jumanbulbul o‘g‘li B) Fozil Yo‘ldosh o‘g‘li C) Saidkarim baxshi D) Abdulhamid 

baxshi 


17. “Alpomish” dostonining ming yilligi qachon nishonlandi? 

A) 1999- yil B) 2000- yil C) 2001- yil D) 1998- yil 

18. Hakimbekning yonida turib, o‘zining insofsiz yaqinlariga qarshi kurashgan qahramon 

qaysi qatorda to‘g‘ri berilgan?  

A) Qaldirg‘och B) Qorajon C) Boysari D) Shohimardon pir 

19. “Alpomish” dostonida millatimizga xos baland sifatlar kimlar timsolida aks etadi? 

         A) Oybarchin B) Qaldirg‘och C) Qorajon D) barchasi 

20. “Alpomish”dostoni qahramonlari bo‘lgan Boybo‘ri va Boysari kimning farzandlari edi? 

      A) Dobonbiy B) Toychixon C) Alpinbiy D) Qultoy 

21. “Alpomish” dostonida elatiyalar deb kim nazarda tutilgan? 

A) mahalliy dehqonlar B) mahalliy boylar C) savdogarlar D) ko‘chmanchi chorvadorlar  

22. “Alpomish” dostonida ziyofatga borishgan Boybo‘ri va Boysarining izzatini qanday 

sababga ko‘ra joyiga qo‘yib, ezozlashmaydi? 

A) boy bo‘lgani uchun B) farzandsizligi uchun C) ulardan zo‘rlar bor edi D) A, B 

23. Boybo‘ri va Boysari farzand tilab kimga murojat qilishadi? 

A) Dobonbiyga B) Asqartog‘ga C) Shohimardon pirga D) Alpinbiyga  

24. “Alpomish” dostonida chaqaloqlarga ya’ni (Alpomish, Qaldirg‘och va Barchinoyga) kim 

ism qo‘ygan edi? 

A) Shohimardon pir B) Toychixon C) Alpinbiy D) Doniyolbiy 

25. “Alpomish” dostonida uchraydigan to‘y marosim odatlarini aniqlang. 

A) qiz ko‘rdi, soch siypar B) qo'l ushlatar, it irillar C) to‘qqiz taboq, qo'l ushlatar D) barchasi 

 

 



1  2  3  4  5  6  7  8  9  1

1



1



1

1



1



1

1



1



1

2



2



2

2



2



2

S  A  D  A  S  D  S  A  S  A  S  B  B  B  A  B  A  B  D  S  D  B  S  A   



 

 

                 



9-sinf Adabiyot 1-chorak  2-variant

 

 1. XIII asrning oxiri XIV asrning boshlarida Xorazmning Raboti o‘g‘uz degan joyida 



yashab ijod etgan shoirni ko‘rsating. 

A) Xorazmiy B) Rabg‘uziy C) Yugnakiy D) Yassaviy 

2. “Qissas-ul anbiyo” asarining muallifini aniqlang. 

A) Rabg‘uziy B) Yugnakiy C) Yassaviy D) Fuzuliy 

3. …bu kitobni tuzgan toat yo‘lida tuzgan ma’siyat yabonin kezgan oz- oziqlik ko‘p 

yozuqlik. 

Ushbu jumla qaysi asardan keltirilgan? 

A) “Qutadg‘u bilik” B) “Qissasi Rabg‘uziy” C) “Guliston bit turkiy” D) barchasi  

4. Qissalar syujeti bosh qahqamonlari turlicha bo‘lsada, ularni bir siymo birlashtirib turadi? 

A) Iso payg‘anbar B) Muso payg‘anbar C) Muhammad payg‘anbar D) Sulaymon 

5. Asrlar davomida insonlarni to‘g‘ri yo‘lga boshlagan, buyuk olloh irodasining ifodasi 

bo‘lgan din islom shariatida qanday xususiyatga ega. 

A) mukammal shaklga B) mohiyatga C) urf odatga D) A, B  


6. “Qissasi Rabg‘uziy”da hikoyalar har gal shunchaki bayon qilinmaydi balki… 

A) tasvirlar vositasida mohiyat ochib beriladi B) ular zamiridagi haqiqat sharhlab beriladi C) 

obrazlar tilidan hikoya qilinadi D) A, B 

7. “Qissasi Rabg‘uziy”da gunoh ma’nosini anglatuvchi so‘z qaysi qatorda to‘g‘ri berilgan? 

A) telim B) ma’siyat C) azim D) o‘tru 

8. “Qissasi Rabg‘uziy”da “Mavlono azza va jalla” deb kimni atashadi? 

A) Sulaymonni B) Luqmonni C) ollohni D) zabonni 

9. Tegra so‘zining lug‘aviy manosini aniqlang. 

A) qo‘ydi B) atrof C) oyoq D) cho‘l 

10. Bugun diningizni sizlarga mukammal qilib berdim . Ushbu jumla qaysi payg’ambar 

tilidan aytilgan? 

A) Sulaymon B) Rasul alayhissalom C) Muso payg‘ambar D) Iso payg‘ambar 

11. Olamni obrazli ko‘rish, timsollar asosida aks ettirish mahsuli bo‘lgan bitiklar 

adabiyotning qaysi turiga dahldor sanaladi? 

A) badiiy adabiyotga B) ilmiy adabiyotga C) milliy adabiyotga D) A, B 

12. Badiiy asarlar qanday maqsadda yaratilishiga va nimani ifodalashiga ko‘ra qaysi turlarga 

bo‘linadi? 

A) dilogiya, tirilogiya, epopiya B) komediya, tragidiya, drama C) A, B D) lirik, epik, 

dramatik 

13. Harakatdagi 9-sinf adabiyot darsligi qaysi nashriyotda chop etilgan? 

A) “Yangiyo‘l Poligraph service” T. 2014 B) “Oqituvchi” T. 2006  

C) “Zarqalam” T. 2007 D) “Yangiyo‘l Poligraph service” T. 2005 

14. Adabiy turlarning bo‘linishi qaysi qatorda to‘g‘ri berilgan? 

A) lirik, epik, komedik B) dramatik, epik, satirik C) she’riy, nasriy, sahnaga mo‘ljallangan 

D) fojiaviy, dramatik, lirik 

15. Badiiy asarlarning lirik, dramatik, epik kabi turlarga bo‘linishi badiiy asarlarning qaysi 

xususiyatini ifodalaydi?A) ularning qanday maqsadda yaratilishiga ko‘ra turlarini B) nimani 

ifoda etishga ko‘ra turlarni C) tuyg‘uni yuzaga kelishga sabab bo‘lgan voqeani yoki 

obrazlarni ifodalaydi D) A, B, C 

16. Adabiyot keng ma’noda necha turga bo‘linadi va ular qaysi qatorda to‘g‘ri berilgan? 

A) uchga: badiiy, hayotiy, ilmiy bo‘lmagan B) ikkiga: ilmiy, g‘ayri badiiy C) ikkiga: ilmiy 

va badiiy D) to‘rtga: badiiy, hayotiy, falsafiy, didaktik 

17. Mustaqillik adabiyoti vakillarini aniqlang. 

A) O.Yoqubov, Faxriyor, B.Ro‘zimuhammad B) O.Yoqubov, Fitrat, P.Qodirov C) 

B.Ro‘zimuhammad Faxriyor, Cho‘pon D) O.Yoqubov, Navoiy, Rauf Parfi 

18. Kishilar tomonidan o‘qilib, hissiyotni boyitish, ruhiyatga singdirish ko‘zda tutilib 

yaratilgan bitiklar adabiyotning qaysi turiga mansub? 

A) ilmiy adabiyot B) zamonaviy adabiyot C) badiiy adabiyot D) didaktik adabiyot 

19. Oddiy axborot berib inson sezimlariga ta’sir ko‘rsatib so‘zning obrazliligini ta’minlash 

adabiyotning qaysi turiga xos xususiyat sanaladi? 

A) ilmiy adabiyot B) g‘ayri ilmiy adabiyot C) badiiy adabiyot D) milliy adabiyot 

20. Qadimgi rivoyatlarga ko‘ra birinchi she’r muallifi qaysi qatorda to‘g‘ri berilgan?  

A) baxshi B) Aristotel C) Odam ato D) xalq

 

21. "Farhod va Shirin" dostoni mumtoz lirikaning qaysi she'riy shaklida  yozilgan? 



A) aralash usul                B) masnaviy usuli      S)  g`azal         D) barmoq    vazni 

22. "Xamsa" ning birinchi dostoni qanday nomlanadi? 

A) Farxod va Shirin        B) Layli va Majnun    S)Saddi  Iskandariy          D) Hayrat ul-abror 


23. Bobur aruz vazni haqida qanday asar yozgan? 

A) Musiqa ilmi                   B) Harb ishi     S)Mubayin  al-zakot        D) Muxtasar 

24. Boburning qanday nomlangan devoni topilmagan? 

A) Hind dostoni                 B) Qobul devoni    S)Harb ishi             D) to'g'ri javob yo'q 

25. Ulkan istedodi tufayli o‘zbek xalq dostonchiligini yangi bosqichga olib chiqqan baxshi 

qaysi qatorda to‘g‘ri berilgan? 

A) Ergash Jumanbulbul o‘g‘li B) Fozil Yo‘ldosh o‘g‘li C) Saidkarim baxshi D) Abdulhamid 

baxshi 


 

 

1  2  3  4  5  6  7  8  9  1



1



1

1



1



1

1



1



1

1



2



2

2



2



2

2



B  A  B  S  D  B  D  S  S  B  A  D  A  S  D  S  A  S  A  S  B  D  D  B  B 

 

                                      4-NAZORAT     ISHI    INSHO 

 

INSHO MAVZUSI: 

BOBURNOMA” –O`ZBEK  ADABIYOTINING   NODIR  ASARI



 

 

Maqsad:  o`quvchilarning   yozma nutqi, mustaqil va ijodiy fikrlash  ko`nikma-malakalari,  

imlo va uslubiy   savodxonliklarini   aniqlash.  

                              METODIK  TAVSIYA: 


Download 1.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling