Ergashgan qo ʻ shma gaplar
Download 0.63 Mb. Pdf ko'rish
|
Taqdimot
Namangan davlat universiteti Fililogiya va tillarni oʻqitish:oʻzbek tili yoʻnalishi S. Uzb.AU-20 talabasi Bozorboyeva Gulhayoning Hozirgi oʻzbek adabiy tilidan seminar mashgʻuloti 2.2.Ergash gapli qoʻshma gaplarning boshqa qoʻshma gaplar bilan munosabati 1. Ergashgan qoʻshma gap va uning turlari 2. Ergash gapni bosh gapga bogʻlovchi vositalar 3. Ergash gapli qoʻshma gaplarning sodda gaplar bilan ma'nodoshligi Atamalar: • Ergashgan qoʻshma gap • Bosh gap • Ergash gap • Nisbiy soʻz Ergashgan qoʻshma gap va uning turlari Qismlari ergashtiruvchi bogʻlovchilar yoki shunday bogʻlovchi vazifasidagi soʻzlar yordamida bogʻlangan qoʻshma gaplar ergashgan qo ʻ shma gaplar hisoblanadi. Masalan: Kamtar boʻl, chunki kamtarlik insonni kamolotga boshlaydi. Chin doʻst yurakdan soʻzlar, chunki u sening yomon boʻlishingni aslo xohlamaydi. Ergashgan qoʻshma gaplar, tarkibida nechta gap boʻlishidan qatʼiy nazar, doimo ikki qismdan tashkil topadi: 1) bosh gap; 2) ergash gap Bosh gap-mazmuni izohlanayotgan gap. Bosh gap mazmunini izohlayotgan gap ergash gap hisoblanadi. Bosh va ergash gap oʻzaro oʻrin lash ish orqali, maxsus fe’l shaklining qoʻllanishi orqali va yordamchi soʻzlar orqali munosabatga kirishadi. Bosh va ergash gaplar : 1) oʻz funksiyalari; 2) konkret mazmuni; 3) bogʻlanish usuli; 4) leksik sostavi orqali belgilanadi. Ergashgan qoʻshma gaplar tuzilishiga koʻra soʻz birikmalariga oʻxshaydi. Soʻz birikmasi tarkibidagi soʻzlar ham nechta boʻlishidan qatʼiy nazar, doimo ikki qismdan: hokim va tobe soʻzdan tashkil topadi. Masalan: Inson qanchalik kamtar boʻlsa, u shunchalik maqtovga loyiq direktori. Ergash gapni bosh gapga bogʻlovchi vositalar: • Ergashtiruvchi bogʻlovchilar • Koʻmakchili qurilmalar • -ki yuklamasi • Nisbiy soʻzlar • Deb soʻzi Ergashtiruvchi bogʻlovchili ergashgan qoʻshma gaplar bosh gapga quyidagi bogʻlovchilar yordamida bogʻlanadi: • Sabab bogʻlovchilari: chunki, negaki • Maqsad bogʻlovchilari: toki • Shart bogʻlovchilari: agar, agarda, basharti, mabodo Sabab , maqsad bogʻlovchilari ergash gap boshida qoʻllanadi va ergash gap bosh gapdan soʻng keladi. Bunday vaqtda yozuvda ergash gap bosh gapdan vergul bilan ajratiladi. Masalan: Hamisha toʻgʻrilar yonida boʻlinglar, chunki ular sizni hech qachon yomon yoʻlga boshlamaydi Shart bogʻlovchilari gap boshida keladi. Ergash gap kesimi shart maylidagi fe’llar bilan ifodalanadi. Bunday ergash gaplar bosh gapdan oldin keladi. Koʻpincha shart bogʻlovchilari qoʻllanmasa ham, shart mayli shakli qoʻshma gap qismlarini bogʻlayveradi. Masalan: Mabodo men chiqol- may qolsam, qoʻni-qoʻshnilarga oʻzing bosh boʻlib, borib kelaveringlar. Kishida odob boʻl sa , ilm ham boʻlishi lozim. Bosh gapda ifodalangan mazmunning sababini bildiruvchi ergash gaplar bosh gapga shuning uchun, shu sababli, shu tufayli singari koʻmakchili qurilmalar vositasida bogʻlanadi. Ular bosh gap tarkibida keladi. Download 0.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling