Eritmalar 30


Download 29.38 Kb.
Sana05.01.2022
Hajmi29.38 Kb.
#225503
Bog'liq
Eritmalar 30


ERITMALAR_30

1.293,2 ml suvda 231,8 g natriy karbonat tuzi eritilganda 75 g shu tuz oktagidrati cho’kmaga tushdi. Tuzning shu sharoitdagi eruvchanligini (g) aniqlang.

A) 75 B) 80 C) 60 D) 50

2.45% li 500 g eritma tayyorlash uchun kerak bo’ladigan tuz va suv massasini (g) aniqlang.

A) 96/144 B) 192/48 C) 225/275 D) 200/40

3. 6,8 mol NaNO3 tutgan 2 litr eritma (NaNO3+H2O) molyar konsentratsiyasini aniqlang.

A) 3,4 B) 0,4 C) 8,5 D) 2,5

4.MeO tarkibli moddaning 0,5 mol miqdori yetarli nitrat kislota tutgan eritmada

eritilganda 522 g 25% li eritma olindi. Kislota eritmasi massasini (g) aniqlang.

A)494 B) 470 C) 445,5 D) 502

5. X mol atom tutgan kaliy oksidi 259 ml suvda eritilganda 42 % li eritma olindi. X ni aniqlang.

A) 4,5 B) 4,8 C) 3 D) 3,75

6.250 g 30% li tuz eritmasini tayyorlash uchun necha g tuz kerak bo’ladi?

A) 100 B) 30 C) 75 D) 280

7.45% li (d=1,2 g/ml) NaOH eritmasining molyar konsentratsiyasini aniqlang.

A) 12 B) 13,5 C) 8 D) 9

8.1 litr eritmada erigan moddaning mollar soni … konsentratsiya deyiladi?

A) foiz B) normal C) molyall D) molyar

9.65% li eritma tayyorlash uchun 45% va 95% li eritmalardan qanday massa nisbatda olish kerak?

A) 2:3 B) 3:2 C) 4:3 D) 1:3

10.232 ml suvda 288 g mis (II)-sulfat eritilganda 200 g mis kuporosi cho’kmaga tushdi. Tuzning shu sharoitdagi eruvchanligini (g) aniqlang.

A) 100 B) 120 C) 80 D) 75

11.400 g 30% li eritma tayyorlash uchun 75% li eritmadan necha g olish kerak?

A) 200 B) 240 C) 160 D) 320

12.KMnO4 ning suvli eritmasida vodorod va kislorod atomlari nisbati 10:7 bo’lsa, eritma konsentratsiyasini (%) aniqlang.

1) 33,33 2) 66,67 3) 46,75 4) 44,8

13.400 g 55% li eritmadan necha ml suv bug’latilsa, 80% li eritma hosil bo’ladi?

A) 120 B) 150 C) 100 D) 90

14.0,6 mol Me2SO4•5H2O 180 g suvda eritilganda 22% li eritma olindi. Me ni aniqlang.

A) Na B) Cu C) K D) Li

15.0,5 mol Me2SO4•4H2O 252 g suvda eritilganda 28% li eritma olindi. Me ni aniqlang.

A) Li B) Cu C) K D) Na

16.48 % li (d=1,325g/ml) Na2CO3 eritmasining molyar konsentratsiyasini aniqlang.

A) 2,8 B) 6 C) 1,2 D) 3,5

17.MeSO4 ning 1 moli 36 mol suvda eritilganda MeSO4 ning massa ulushi 19 % bo’ldi. Olingan eritma massasini (g) aniqlang.

A) 809 B) 792 C) 808 D) 800

18.Qaysi reaksiyada eritma massasi kamayadi?

A) natriy sulfat + kaliy xlorid B) natriy gidroksid + xlorid kislota C) bariy karbonat + xlorid kislota D)bariy gidroksid + xlorid kislota

19.Noma’lum konsentratsiyali CuSO4 eritmasiga 3 M li 500 ml shu tuz eritmasi qo’shilganda, eritma hajmi 2 marta, konsentratsiyasi 1,25 marta ortdi. Dastlabki eritmadagi tuzning molini toping.

A) 1,6 B) 2 C) 0,8 D) 1

20.3 mol FeSO4•7H2O ni necha mol suvga aralashtirilsa, olingan eritmadagi (H) atomlarining massa ulushi 9•10-2 bo’ladi?

A) 87 B) 63 C) 72 D) 57

21. Teng massali suv va magniy sulfat aralashtirilganda ρ=1,2 g/ml bo’lgan necha molyarli eritma hosil bo’ladi?

A) 15/4 B) 24/5 C) 5 D) 4

22 .Qaysi moddalar o’zaro aralashmasi “zol” deb yuritiladi?

A) ko’piklar va suv B) oltin va suv C) suv va moy D) mineral zarrachalar va suv

23 .50 va 30 % li eritmalar 3:1 massa nisbatda aralashtirilganda qanday % li eritma hosil bo’ladi?

A) 45 B) 35 C) 40 D) 32

24 .2,4 mol SO3 ni necha ml suvga yuttirilsa, 100% li sulfat kislota hosil bo’ladi?

A) 72 B) 57,6 C) 43,2 D) 60

25 .280 g 40% li MeOH eritmasiga 120 g 28% li MeOH eritmasidan quyilganda 6,5 molyarli (ρ=1 g/ml) eritma olindi. Me ni aniqlang.

A) K B) Rb C) Na D) Li

26 .11,6 g magniy digidroksidi bilan necha g 36,5% li xlorid kislota reaksiyaga kirishsa, asosli tuz hosil bo’ladi?

A) 60 B) 50 C) 75 D) 20

27.Natriy karbonat eritmasida 3 ta C atomiga 33 ta (O) atomi to’g’ri kelsa, eritma konsentartsiyasini(%) aniqlang.

A) 42,4 B) 50 C) 53 D) 42,6

28 .5,6 molyarli NaOH eritmasining konsentratsiyasi 20% bo’lsa, eritma zichligini (g/ml) aniqlang.

A) 1,12 B) 1,25 C) 1,2 D) 1,28

29 .Qaysi konsentratsiya bevosita moddaning moli bilan bog’liq emas?

A) molyall B) mol ulush C) normal D) molyar

30 .42% li X g Na2SO3 eritmasi va 36,5% li Y g HCl eritmalari qoldiqsiz ta’sirlashgan bo’lsa, x/y nisbatini aniqlang.

A) 2:1 B) 3:2 C) 1:3 D) 3:1



Download 29.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling