Eritmalar Sodda masalalar – 2-qism. 61-masala
Download 313.15 Kb. Pdf ko'rish
|
2. eritmalar masala
Eritmalar - Sodda masalalar – 2-qism. 61-masala. Konsentrasiyasi 25% bo’lgan eritma tayyorlash uchun bariy xloridning 300 g 15% li eritmasiga necha gramm bariy xlorid qo’shish kerak? Yechish. 1-usul. Aralashtirish qonuni. BaCl2 toza tuz 100% 10 g X g kerak 25% X = 40 g. BaCl2 eritmasi 15% 75 g 300 g tayyorlashga
Yechish. 2-usul. Formula. Dastlabki eritma – 300 g. Undagi tuz massasi – 300*0,15 = 45 g. Qo’shilishi kerak bo’lgan toza tuz massasi – X g. Jami tuz massasi – 45+X g Hosil bo’lgan eritma massasi – 300+X g Undagi tuzning massa ulushi – 25%.
Tenglamani yechib X=40 g ni olamiz. Javob: 40 g toza tuzdan kerak. Yechish. 3-usul. Proporsiya. 2-usuldagi belgilashlarni qabul qilamiz va proporsiya tuzamiz:
300+X g eritma – 100% 45+X g tuz - 25% X = 40 g. Javob: 40 g toza tuzdan kerak.
NaOH ning 40% li 200 ml (d=1,43 g/ml) va 10% li 300 ml (d=1,1 g/ml) eritmalari aralashtirildi. Hosil bo’lgan eritmaning konsentrasiyasini (%) toping. Yechish. Belgilashlar kiritib olamiz: 1-eritma massasi – m = v*d = 200*1,43 = 286 g. Undagi NaOH massasi – m(modda) = m(eritma)*ω(modda) formuladan: m(NaOH) = 286*0,40 = 114,4 g. 2-eritma massasi – 300*1,1 = 330 g. Undagi NaOH massasi – 330*0,10 = 33 g. Hosil bo’lgan eritma massasi – 286+330 = 616 g. Unda erigan jami NaOH massasi – 114,4+33 = 147,4 g. Endi hohlasak formulaga hohlasak proporsiyaga qo’yamiz: 616 g eritma – 100 % 147,4 g NaOH – X % X = 24 %.
63-masala. 0,5 M li 500 ml (d=1,0948 g/ml) bariy xlorid eritmasidan 5% li eritma tayyorlash uchun qancha (g) suv kerak? Yechish. Bu masalamizni ham bir necha usullarda yechsak bo’ladi. Shulardan osoni – aralashtirish qonuniga olib borish. Masalalarni yechishda berilgan qiymatlar nima ekanini, ularni qanday boshqa birliklarga o’tkaza olishimiz mumkinligini, masalalarni qanday o’zimizga qulay usullarda ishlay olishimizni hisobga olishimiz yaxshi yordam beradi. Masalan, ushbu masalada molyar konsentrasiya va zichlik berilgan ekan. Bu orqali foiz konsentrasiyaga o’tib olsak bo’ladi. Keyin osongina aralashtirish qonuniga qo’yib ushbu masalani yechamiz: Molyar konsentrasiyadan foiz konsentrasiyaga o’tish formulasi:
= 9,5%
Dastlabki eritma massasi – m=V*d = 500*1,0948 = 547,4 g. Endi aralashtirish qonuniga qo’yamiz: BaCl2 9,5% 5 g - 547,4 g 5% H2O 0% 4,5 g - X g X = 492,6 g.
64-masala. 16% li tuz eritmasi bilan 34% li huddi shunday tuz eritmasi aralashtirilganda 28% li tuz eritmasi hosil bo’ldi. Aralashtirilgan eritmalarning massalari orasidagi nisbat qanday bo’lishi kerak? Yechish. 1-eritma 16% 6 g 28% 2-eritma 34% 12 g 1-eritma : 2-eritma = 6g : 12 g = 1 : 2 nisbat.
Nitrat kislotaning 30% li 500 g eritmasiga 300 g 40% li sul’fat kislota eritmasi va 200 g suv qo’shildi. Hosil bo’lgan eritmadagi har bir kislotaning massa ulushini (%) toping. Yechish. Nitrat kislota massasi – 500*0,30 = 150 g. Sul’fat kislota massasi – 300*0,40 = 120 g. Yangi eritma massasi – 500+300+200 = 1000 g. 1000 g eritma - 100 % 150 g HNO3 - X % X = 15 %. 120 g H2SO4 - Y % Y = 12 %.
66-masala. 487,5 ml suvda necha mol vodorod xlorid erishidan kislotaning 2,5 % li eritmasi hosil bo’ladi? Yechish. 487,5 ml suv 487,5 g bo’ladi. Unga qo’shilishi kerak bo’lgan HCl ni X g deb olamiz. Eritma massasi – 487,5+X g 487,5+X g eritma – 100 % X g HCl - 2,5 % X = 12,5 g Bizdan HCl ning mol miqdorini so’rayapti, shuning uchun topgan massamizni molga aylantiramiz (formula yoki proporsiya): 1 mol HCl – 36,5 g X mol HCl – 12,5 g X = 0,34 mol.
MnSO4*nH2O kristallogidrati tarkibida 24,66 % Mn bor. Kristallogidrat tarkibida necha molekula suv bor? Yechish. M (MnSO4*nH2O) = 151+18n g M (Mn) = 55 g Bu masalani yechishning oson yo’li proporsiya: 151+18n tuz – 100 % 55 g Mn - 24,66 % 24,66*(151+18n) = 55*100 3723,66 + 443,88n = 5500 443,88n = 5500 - 3723,66 (=1776,34) n = 1776,34/443,88 n = 4
Tarkibi Na2SO4*10H2O bo’lgan glauber tuzidagi suvning massa ulushini toping. Yechish. M (Na2SO4*10H2O) = 322 g. M (H2O) = 18 g. M (10H2O) = 180 g.
Javob: 56%
Cu(NO3)2*2H2O ni kuydirilganda hosil bo’lgan qattiq moddaning molekulyar massasini toping. Yechish.
Kristallogidratlar kuydirilganda tarkibidagi kristallizatsion suv uchib chiqib ketadi va quruq tuzning o’zi qoladi. Bizning misolda qattiq qoldiq – bu Cu(NO3)2 tuzi. Uning molekulyar massasi M (Cu(NO3)2) = 188 g Javob: 188 g. 70-masala. 114,8 g ZnSO4*7H2O kristallogidratini 85,2 g suvda eritilishidan hosil bo’lgan eritmadagi rux sul’fatning massa ulushini (%) toping. Yechish. Eritma massasi – 114,8+85,2 = 200 g. M (ZnSO4*7H2O) = 287 g. M (ZnSO4) = 161 g. 287 g ZnSO4*7H2O da 1 mol, ya’ni - 161 g ZnSO4 bor 114,8 g da - X g X = 64,4 g ZnSO4 massa ulushini proporsiya orqali topib qo’ya qolamiz: 200 g eritma – 100 % 64,4 g ZnSO4 – X % X = 32,2 %. Javob: 32,2%.
Na2HPO4*nH2O tarkibida 11,57% fosfor bor. Kristallogidrat tarkibidagi n ning qiymatini aniqlang. Yechish. M (Na2HPO4*nH2O) = 142 + 18n g. Bu 100%. M (P) = 31 g. Bu 11,57% Bu masalani proporsiyada yechishni 67-masalada ko’rdik, endi formulaga qo’yib o’rganamiz:
11,57*(142+18n) = 31*100 n = 7 Javob: Na2HPO4*7H2O, ya’ni n=7
Na2CO3*xH2O tarkibidagi suvning massa ulushi 62,94% bo’lsa, x ni aniqlang. Yechish. M (Na2CO3*xH2O) = 106+18x g. Bu 100 % bo’ladi. M (xH2O) = 18x g. Bu 62,94 % ekan. Proporsiya qilamiz: 106+18x g kristallogidrat – 100 % 18x g suv - 62,94 % Hosil bo’ladigan tenglamani yechib, X = 10 ni olamiz.
73-masala. 50 g kristall soda 270 g suvda eritildi. Eritmdagi natriy karbonatning massa ulushini toping. Yechish. m(eritma) = 50+270 = 320 g. Kristall soda formulasi - Na2CO3*10H2O M (Na2CO3*10H2O) = 286 g. M (Na2CO3) = 106 g. 286 g Na2CO3*10H2O da – 106 g Na2CO3 bor 50 g da - X g X = 18,5 g.
Javob: 0,058 yoki 5,8%.
Glauber tuzi – Na2SO4*nH2O tarkibida natriyning massa ulushi 16,08% ga teng. Shu tuz tarkibidagi suvning miqdorini toping. Yechish. M (Na2SO4*nH2O) = 142 + 18n g, bu 100% Tuz tarkibida 2 mol natriy bor: M (2Na) = 46 g. Bu 16,08% 142 + 18n g kristallogidrat – 100 % 46 g Na - 16,08 % n = 8 Javob: 8 mol suv bor. 75-masala. Fe2(SO4)3*nH2O tarkibida oltingugurt bilan temirning massa ulushi 37,0% ga teng bo’lsa, n ning qiymatini toping. Yechish. M (Fe2(SO4)3*nH2O) = 400 + 18n g, bu 100% Tuz tarkibida 2 mol temir va 3 mol oltingugurt bor: M (2Fe) = 112 g, M (3S) = 96 g. ∑m = 112+96 = 208 g. Bular birgalikda 37,0% 400 + 18n g kristallogidrat – 100 % 208 g Fe va S - 37 % n = 9 Javob: 9 mol suv bor, ya’ni Fe2(SO4)3*9H2O
8% li 600 g mis(II)sul’fat eritmasini tayyorlash uchun mis kuporosi va suvdan qanchadan (g) olish kerak? Yechish. Mis kuporosi formulasi – CuSO4*5H2O. M (CuSO4*5H2O) = 250 g. Bu ham eritma, unda tuz ham erituvchi (suv) ham bor. Uni tarkibidagi tuzning massa ulushini topib olamiz: ω%(CuSO4) = 160*100%/250 = 64 % CuSO4*5H2O 64% 8 g - X g X = 75 g 8% H2O 0% 56 g - Y g Y = 525 g Jami eritma massasi: 8+56=64 g - 600 g
Javob: 75 g mis kuporosi va 525 g suv olish kerak.
40 0
va eruvchanligini toping. Yechish. Eritmadagi tuzning massa ulushini formuladan topa qolamiz:
Endi tuzning eruvchanligini topamiz: 40
0 C da 50 g eritmada – 6,5 g tuz bor – 50-6,5=43,5 g suv bor E g tuz 100 g suvda E = 14,9 g. Javob: tuzning massa ulushi – 0,13 va eruvchanligi – 14,9 g.
Na2SO4*nH2O tarkibida kislorodning massa ulushi 67,13 % bo’lsa, uning tarkibida necha mol suv bor? Yechish. M (Na2SO4*nH2O) = 142+18n g. Bu 100% Uning tarkibida 4+n mol kislorod bor: M (4+nO) = 64+16n g. Bu 67,13 %. Proporsiya tuzamiz:
142+18n g kristallogidrat - 100% 64+16n g kislorod - 67,13 %. 67,13*(142+18n) = 100*(64+16n) n = 8
Javob: 8 mol suv bor - Na2SO4*8H2O
86 g CaSO4*XH2O kuydirilganda 68 g tuz hosil bo’lsa, x ning qiymatini aniqlang. Yechish. 86 g 68 g 86-68=18g CaSO4*XH2O = CaSO4 + XH2O 136+18X g 136 g 18*X g 18*X = 136*18/68 = 36 X = 2
Javob: X=2 ya’ni CaSO4*2H2O
Glauber tuzida oltingugurtning massa ulushi kislorodnikidan necha marta kichik? Yechish. Glauber tuzi formulasi – Na2SO4*10H2O. M (Na2SO4*10H2O) = 322 g. Kristallogidratdagi 1 mol S ning massa ulushi (%): ω(S)% = 32*100% / 322 = 9,94% Kristallogidratdagi 14 mol O ning massa ulushi(%): ω(O)% = 224*100% / 322 = 69,56% kislorodning massa ulushini oltingugurtnikiga bo’lsak, necha marta kichikligi kelib chiqadi: 69,56% / 9,94% = 7 marta kichik. Javob: 7 marta.
20 g mis(II)sul’fat pentagidrati 80 g suvda eritilganda hosil bo’lgan eritmaning foiz konsentrasiyasini toping. Yechish. Mis(II)sul’fat pentagidrati formulasi - CuSO4*5H2O M (CuSO4*5H2O) = 250 g. 250 g CuSO4*5H2O da – 160 g CuSO4 bor 20 g CuSO4*5H2O da - X g X = 12,8 g. Eritma massasi – m(eritma) = 20+80 = 100 g. 100 g eritma – 100 % 12,8 g tuz - X % X = 12,8% Javob: 12,8%.
Kislorodning mol ulushi 0,5 bo’lgan kal’siy sul’fat kristallogidrati formulasini toping. Yechish. CaSO4*nH2O – bu kal’siy sul’fatning kristallogidratlarining umumiy formulasi. Shundan bizga kislorod mol ulushi 0,5 ya’ni 50% bo’lgani kerak.
Biz o’zimiz matematik jihatdan o’ylab, n ning o’rniga shunday son qo’yishimiz kerakki, kislorodning jami atomlar soni qolgan barcha atolarning soni yig’indisiga teng bo’lsin. Bu misolimizda n=2 bo’lganda shu shartni qanoatlantiradi: CaSO4*2H2O – jami 6 mol O va qolgan atomlar birgalikda 6 mol.
25 % li mis(II)sul’fat eritmasi bug’latilib, 50 g mis kuporosi olingan bo’lsa, dastlabki eritmning massasini aniqlang. Yechish. 50 g mis kuporosiga necha g mis sul’fat mos kelishini aniqlab olamiz. Chunki shu 50 g kuporos dastlabki eritma tarkibidagi tuzdan hosil bo’lgan: X g 50 g CuSO4 + 5H2O = CuSO4*5H2O X = 32 g. 160 g 250 g Dastlabki eritmada 32 g tuz bo’lgan va u 25% ni tashkil etgan. Eritma esa 100% bo’ladi: 32 g tuz – 25 % X g eritma – 100 % X = 128 g.
84-masala. Kaliy dixromatning 20 0 C dagi eruvchanligi 12,5 ni tashkil etadi. Shu moddaning 400 g suv bilan hosil qilgan eritmasining massasi necha g bo’ladi? Yechish. Eruvchanlik 100 g suvda (erituvchida) necha g modda erishi bilan o’lchanadigan kattalik. Shu qonundan foydalanamiz: 100 g suvda – 12,5 g tuz erib – 112,5 g eritma hosil qiladi 400 g suvda – X g tuz eriydi - 400+X g eritma hosil qiladi. Bu yerdan X = 50 g. Eritma massasi 400+50 = 450 g.
85-masala. KNO3 ning 60 0 C dagi to’yingan eritmasida 52,4 % tuz bor. Shu temperaturadagi tuzning eruvchanlik koeffisientini aniqlang. Yechish. 52,4% ning ma’nosi har 100 g eritmada 52,4 g modda bor degani. Shunda 100-52,4 = 47,6 g qismi suv bo’ladi. Demak: 47,6 g suvda – 52,4 g tuz eriydi 100 g suvda – E g. E = 110 g. Javob: 110 g.
86-masala. Ma’lum temperaturadagi to’yingan eritmada 85% tuz bor. Shu temperaturada 200 g suvda necha gramm tuz eritish mumkin? Yechish. 85% degani 15 g erituvchida 85 g tuz erigan (har 100 g eritmada 85 g tuz bor degani). 15 g suvda – 85 g tuz eriydi 200 g suvda – X g X = 1133 g. Javob: 1133 g.
Tuzning 20 0 C dagi eruvchanlik koeffisienti 25 ga teng bo’lsa, 100 g to’yingan eritmada shu tuzdan necha gramm bo’ladi? Yechish. 100 g suvda – 25 g tuz eriydi – 125 g eritma hosil qiladi X g tuz erigan – 100 g eritmada X = 20 g.
60
0 C da 540 g litiy sul’fat to’yingan eritmasi bug’latilishi natijasida 96 g litiy sul’fat tuzi olindi. Litiy sul’fatning shu haroratdagi eruvchanligini toping.
Yechish. 540 – 96 = 444 g suvning massasi. 444 g suvda – 96 g tuz eriydi – 540 g eritma hosil qiladi 100 g suvda – E g E = 21,6 g.
30
0 C da KNO3 ning 50 g 20% li eritmasining to’yinishi uchun yana 6,8 g tuz qo’shilishi kerak bo’lsa, shu tuzning eruvchanligini aniqlang. Yechish. Dastlabki to’yinmagan eritmadagi tuz va suv massasini aniqlab olamiz: m(tuz) = 50 * 0,20 = 10 g. m(suv) = 50-10 = 40 g. to’yingan eritmadagi tuzning massasi: 10+6,8=16,8 g. 40 g suvda – 16,8 g tuz erib to’yingan eritma hosil qiladi 100 g suvda – E g E = 42 g.
Vodorod bromidning n.sh.da suvda eruvchanligi 221 g. Shunday sharoitda bir hajm suvda necha hajm vodorod bromid eriydi? Yechish. 100 g suv 100 ml (100 hajm) ekanini hisobga olib, ushbu masalani yechamiz: 100 g suvda – 221 g HBr eriydi 1 g suvda – X g X = 2,21 g.
2,21 g HBr massasini hajmga aylantiramiz: 81 g HBr – 22,4 l 2,21 g - X l X = 0,611 l yoki 611 ml.
Ma’lum haroratda tuzning eruvchanligi 64,2 ga teng. To’yingan eritma hosil qilish uchun shu haroratda 500 g tuz qancha miqdor (g) suvda eritilishi kerak? Yechish. 100 g suvda – 64,2 g tuz eriydi X g suvda - 500 g tuz eriydi X = 778,8 g. Javob: 778,8 g suv kerak.
Kaliy nitratning 40 0 C dagi eruvchanlik koeffisienti 61 ga teng. Uning 500 g to’yingan eritmasidagi suvning miqdorini (mol) toping. Yechish. 100 g suvda – 61 g tuz eriydi = 161 g eritma hosil qiladi X g suvda = 500 g eritma X = 310,6 g Suvning mol miqdori so’ralyapti, topilgan massani molga aylantiramiz: 18 g suv – 1 mol 310, 6 g - X mol X =17,25 mol. Javob: 17,25 mol. 93-masala. Moddaning 15 0 C dagi 48 g to’yingan eritmasidagi suv bug’latilgandan keyin 28 g tuz ajralib qoldi. Uning eruvchanlik koeffisientini aniqlang. Yechish. 48-28 = 20 g suv massasi. 20 g suvda – 28 g modda erigan 100 g suvda – E g E = 140 g.
Kaliy nitratning 60 0 C dagi eruvchanligi 110 ga teng. Shu temperaturadagi tuzning to’yingan eritmasining foiz konsentrasiyasini hisoblang. Yechish. 100 g suvda – 110 g kaliy nitrat eriydi = 210 g eritma hosil qiladi 210 g eritma – 100 % 110 g tuz - X % X = 52,4 % Javob: 52,4 %.
95-masala. 0,25 molyarli 2 l o’yuvchi natriy eritmasidagi (d=1 g/ml) ishqorning massa ulushini (%) aniqlang. Yechish. m(modda) = C*V*M formuladan foydalanib NaOH ning massasini topib olamiz:
m(NaOH) = 0,25*2*40 = 20 g. eritma hajmi: 2 l yoki 2000 ml, zichligi – 1 g/ml. eritma massasi: m(eritma) = 2000*1 = 2000 g. ishqorning massa ulushi:
= 1 % Javob: 1 %.
100 g suvda 0,1 mol kaliy gidroksid erigan eritmada ishqorning massa ulishi qanchaga teng? Yechish. 1 mol KOH – 56 g 0,1 mol - X g X = 5,6 g. m(eritma) = 100+5,6 = 105,6 g
= 5,3 % Javob: 5,3 %.
150 g suvga 50 g tuz qo’shilganda hosil bo’lgan eritmaga 10% li eritmadan necha gramm qo’shilganda 20% li eritma hosil bo’ladi? Yechish. m(eritma) = 150+50 = 200 g. undagi tuz massa ulushi (%): 200 g – 100 % 50 g - X % X = 25 % Shu eritmaga 10% li boshqa eritma qo’shib 20 % li yangi eritma olinyapti, aralashtirish qonunini qo’llaymiz: 1-eritma 25 % 10 g - 200 g eritmaga 20 % 2-eritma 10 % 5 g - X g X = 100 g.
Fruktozaning 10 % li suvli eritmasidagi erigan modda bilan erituvchi molekulalari orasidagi nisbatni toping. Yechish. 100 g eritmada - 10 g fruktoza – 90 g suv bor. Ularni mol miqdoriga o’tkazamiz: M (C6H12O6) = 180 g. M (H2O) = 18 g n (fruktoza) = 10/180 = 0,055 mol n (suv) = 90/18 = 5 mol. Fruktoza : suv = 0,055 : 5 = 1 : 90 Javob: 1 : 90. 99-masala. Glitserinning hajmiy ulushi 30% bo’lgan 50 ml hajmdagi suvli eritmasini tayyorlash uchun zichligi 1,26 g/ml bo’lgan glitserindan qanday massa olinishi kerakligini aniqlang. Yechish. 50 ml eritma – 100 % X ml glitserin – 30 % X = 15 ml. m = v*d formula orqali kerakli glitserin massasini topamiz: m (glitserin) = 15*1,26 = 18,9 g.
160 ml eritma tarkibida 80 gr erigan modda bo’lsa, shu eritmaning titrini aniqlang. Yechish. 160 ml eritmada – 80 g modda erigan 1 ml da - X g X = 0,5 g
Ushbu 100 ta sodda masalada iloji boricha reaksiya yozilmaydigan, asosan formula, proporsiya va boshqa usullarda oson yechiladigan masalalar tanlab olindi. Keyingi bo’limlarda reaksiya yozilishi bilan yechiladigan va ba’zi matematik usullarni qo’llashga to’g’ri keladigan masalalar tanlab olinadi va yechib ko’rsatiladi. E’tiboringiz uchun rahmat. Bizning Online Maktabimizda o’qiyotganizdan minnatdormiz! Alloh ilmizni yanada ziyoda qilsin va ilmingizni amalda qo’llay olishingizda kuch bersin. Omin. Hurmat bilan – Farhod Raimkulov.
Download 313.15 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling