Eritmalardan test


Download 20.57 Kb.
Sana18.01.2022
Hajmi20.57 Kb.
#391949
Bog'liq
dissotsilanishdan test
budjet hisobi Xamraeva Durdona, Bank huquqi. Bank hisobvarag'i. Masharipov Shoxrux, Gfddgdgdgfgfgsfg, Gfddgdgdgfgfgsfg, Gfddgdgdgfgfgsfg, ВХТБ селектор 14.04.2020 Топшириқ, ВХТБ селектор 14.04.2020 Топшириқ, ВХТБ селектор 14.04.2020 Топшириқ, 1-Maruza, Nishonov Mirsobit, 7-амалий-1, 7-амалий-2, Xalq tilidagi Navoiy, Principles of Marketing - MGT301 Power Point Slides Lecture 2 (1), Principles of Marketing - MGT301 Power Point Slides Lecture 2 (1)

Eritmalardan test

1. To’liq dissotsilanganda kation va anionlar 3:1 mol nisbatda hosil bo’ladigan moddalarni toping (gidroliz hisobga olinmasin).

AlCl3; 2) CrCl3; 3) Na3PO4; 4) Fe(NO3)3; 5) K3[Fe(CN)6]; 6) K2SO4

A) 1,2,4 B) 3,4,6 C) 3 D) 3,5

2. Al2(SO­4)3 eritmasida (α=60%) 340 ta zarracha bo’lsa, ulardan nechtasi kation? (suv hisobga olinmasin).

A) 204 B) 120 C) 136 D) 100

3. Natriy ortofosfat eritmasida 15 ta natriy kationiga 1 ta dissotsilanmagan molekula to’g’ri keladi. Dissotsilanish darajasini toping. Suvning dissotsilanishi hisobga olinmasin.

80,1 B) 83,3 C) 77,2 D) 66,7

4. pH=12 bo’lgan 2 litr NaOH eritmasidan qancha (litr) suv bug’latilsa pH=13 bo’lgan eritma hosil bo’ladi.

A) 1 B) 1,5 C) 1,8 D) 0,2

5. III valentli noma’lum metall xloridi dissotsilanganda 4,816•1023 dona ion hosil bo’ldi (α=80%). Agar dissotsilanmagan tuz massasi 6,675 g bo’lsa, noma’lum metall xloridni toping.

A) FeCl3 B) CrCl3

C) AlCl3 D) NiCl3

6. 32,6% li (ρ=l,24 g/ml) sulfat kislota eritmasining kontsentrattsiyasini 96% ga etkazish uchun boshlang'ich eritmaga...m3 (n.sh.) SO3 yuttirish kerak.

0,5515 B) 00,386 C) 0,8219 D) 0,759 E) 0,4812

7. 25% li eritma hosil bo'lishi uchun sulfat kislotaning 350 ml 48% li (ρ=l,38 g/ml) eritmasiga necha gramm suv qo'shish kerak?

456,39 B) 447,21 C) 444,36 D) 440,93 E) 431,42

8. 25% li kaliy gidroksid eritmasini tayyorlash uchun 263,15 ml 15% li (ρ=l,14 g/ml) kaliy gidroksid eritmasiga necha g K2O qo’shish kerak? A) 37,7 B) 19,7 C) 28,5 D) 31,9 E) 41,3

9. 38% li eritma tayyorlash uchun 20 g 25% li eritmaga 60% li eritmadan necha gramm qo'shish kerak? A) 10,29 B) 12,08 C)11,82 D) 11,55 E) 12,51

10. (Var.-05) Sulfat kislotaning 10% li eritmasini hosil qilish uchun 40 g sulfat angidridni necha litr suvda eritish kerak? A) 42,75 ∙ 10-2 B) 47∙10-4 C) 45∙ 10-3 D) 49,5 ∙10-3

11. 200 g 18% li natriy sulfat eritmasiga 64,4 g Glauber tuzi qo'shildi. Hosil bo'lgan eritmadagi natriy sulfatning massa ulushini (%) aniqlang. A) 22,36 B) 28,43 C) 24,36 D) 25,46 E) 37,97

12. 374 g 6,8% li natriy sulfat eritmasiga...g Glauber tuzi qo'shilsa, eritma konsentrasiyasi 14,2% li bo'iadi. A) 77,4 B) 14,2 C) 44,1 D) 92,9 E) 29,9

13. Var.-05) 300 ml 15 li (ρ=l,2 g/ml) magniy sulfat eritmasining kontsentratsiyasini 25% ga etkazish uchun shu eritmaga necha gramm MgSO4 • 7H2O qo'shimcha kerak? A) 151,4 B) 160,7 C) 130,5 D) 120,2 E) 175,9

14. Tarkibida 20% erkin SO3 bo'lgan 1 kg oleumdan 100% li qancha (g) sulfat kislota olish mumkin? A) 45 B)1450 C)200 D) 1045 E) 245

15. 75% li sulfat kislota eritmasini hosil qilish uchun 40 g oltingugurt (VI) oksidini qanday massadagi (g) 65% li sulfat kislota eritmasida eritish kerak? A) 190 B) 165 C)98 D)210 E) 49

16. Nitrat kislota eritmasiga mol miqdorda mis metali qo'shilishidan olingan 13,44 l (n.sh.) gazlar aralashmasi 2 l 0,2 molyarli bariy gidroksid eritmasidan o'tkazilganda bariy gidroksidning konsentratsiyasi ikki marta kamaygan bo'lsa, reaksiyada ishttrok etgan nitrat kislotaning massasini (g) hisoblang. Ar(Cu) = 64 A) 100,8 B) 88,2 C) 113,4 D) 94,5

17. Kaliy xlorid va natriy sulfat eritmalari aralashmasiga mo'l miqdorda bariy nitrat eritmasidan, so'ngra kumush nitratning mo'l miqdordagi eritmasidan qo'shilgan. Eritmada qanday ionlar qolganini aniqlang. 1. kaliy 2. xlor 3. nitrat 4. natriy 5. kumush 6. Sulfat 7. bariy A) 1,3,4,6,7 B) 2,3,4,5,7 C) 1,3,4,5,7 D) 1,2,3,4,7 E) 2,3,4,5.6

18. Qaysi elektrolitlar bosqichli dissosilanadi? 1. sirka kislota 2. ichimlik soda 3. kaliy alyuminiyli achchiqtosh 4. sariq qon tuzi 5. kaliy digidrofosfat 6. kaliy permanganat A) 1 va 2 B) 2,3 va 4 C) 3,4va5 D) 2,4 va 5 E) 3,4 va 6

19. Eritmasida lakmus rangi o'zgarmaydigan moddalami toping. A) sulfat kislota B) natriy xlorid C) natriy digidroortofosfat D) gidroksokaltsiy xlorid E) kaliy gidroksid

20. Xlorid va sulfat kislotalarni bir-biridan farqlash imkonini beradigan moddani tanlang. A) kumush B) bariy nitrat C) kaltsiy xlorid D) rux E) natriy silikat

21. KOH ning zichligi 1,263 g/ml bo'lgan 28% li eritmasining normalligini toping. A) 6,3 B) 3,15 C)12,6 D) 8 E) 5,2

22. 59,24% li (ρ= 1,49 g/sm3) sulfat kislota eritmasining normal konsentrasiyasini aniqlang. A) 18 B) 9 C) 27 D) 36 E) 49

23. 50 ml 0,1 M li xlorid kislota eritmasini neytrallash uchun 15 md natriy gidroksid eritmasi sarflandi. Ishqor eritmasining normalligini toping. A) 0,25 B) 0,33 C) 0,45 D) 0,28

24. 24,5 g 40% li H3PO4 eritmasini neytrallash uchun 1 N NaOH eritmasining 300 ml miqdori sarf bo’lgan kislotaning ekvivalentini toping. A) 32.6 B) 4,04 C)23,3 D)4,46 E) 8,32

25. Eritmada 3,0·1020 ta gidroksid ionlari va 1,5·1022 ta ammoniy gidroksid molekulasi bor. Shu asosning dissosilanish darajasini (%) toping. A) 3,20 B) 3,69 C) 1,57 D) 1,96 E) 2,81

26. Quyidagi reaksiyaning to'Iiq ionli tenglamasida nechta ion bo'ladi? Al2(SO4)3 + Ba(NO3)2 → Al(NO3)3 + BaSO4 A) 6 B) 18 C) 22 D) 24 E) 12

27. Eritmada 720 ta ion mavjud bo'lsa, dissosialanmagan natriy sulfat molekulalari sonini hisoblang. (a=80%) A) 60 B) 180 C) 240 D) 300

28. Kaliy sulfatning dissosialanmagan molekulalari soni 80 ta bo'lsa, eritmadagi ionlar sonini hisoblang. (α = 75 %) A) 25 B) 240 C) 320 D) 720

29. NaNO3 bir molyarli eritmasining dissosialanish darajasi 70% bo'lsa, 2 l shunday eritmadagi dissosialangan elektrolitning massasini (g) hisoblang. A) 98,7 B) 212 C) 132 D) 119

30. 0,001 mol/l kontsentratsiyali xlorid kislota eritmasining pH ko'rsatkichini aniqlang. (dissosiyalanish darajasi 100%) A) 2 B) 5 C) 3 D) 6 E) 1




Download 20.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling