3.3.1 - jadval
Kattaqo’rg’on tumani "Sardor" fermer xo’jaligida asosiy faoliyatda ishlovchilarning mehnatga haq to’lash fondi tahlili (ming so’m)*
Ko’rsatkichlar
|
Haqiqatda
|
Farqi
|
2012 yil
|
2013 yil
|
+/-
|
%
|
Asosiy faoliyatda ishlovchilar-ning yillik mehnatiga haq to’lash fondi, jami,shu jumladan:
Ishchilar
Rahbarlar
Mutaxassislar
|
162155,0
144596,4
4585,5
12973,1
|
184850,0
164949,5
5008,5
14892,0
|
+22695,0
+20353,1
+423,0
+1918,9
|
+14,0
+14,1
+9,2
+14,8
|
*Manba: "Sardor" fermer xo’jaligining 2012-2013 yillar hisobot ma’lumotlari.
3.3.1-jadvaldan ko’rinishicha, asosiy faoliyatda ishlovchi xodimlarining mehnatga haq to’lash fondi 2013 yili 2012 yilga nisbatan 22695 ming so’m yoki 14,0 foizga oshgan. Ushbu mutlaq o’sish asosan ishchilarning ish haqi fondining o’sish evaziga sodir bo’lgan. Lekin, mutlaq farqga qarab asosiy faoliyatda ishlovchi xodimlarining ish haqi fondidan foydalanishga baho berib bo’lmaydi. Shuning uchun ushbu xodimlarning ish haqi fondi bo’yicha nisbiy farqni aniqlash kerak. Asosiy faoliyatda ishlovchi xodimlarining ish haqi fondi bo’yicha mutlaq va nisbiy farqni quyidagi 3.3.2-jadval asosida aniqlaymiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |