Эркаев Нодиржон


QISHLOQ XO’JALIGIDA RESURSLAR SALOHIYATI VA ULARDAN FOYDALANISH IMKONIYATLARI


Download 0.54 Mb.
bet4/21
Sana09.09.2022
Hajmi0.54 Mb.
#803296
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bog'liq
O’zbekiston respublikasi qishloq va suv xo’jaligi vazirligi sama
d2d1879f705f52e7074896642ee0d135, 035edeba467f6400cdaba3322af177cb, 6289547f6161457e974e8909fae78a2a (1), ae2f4b4e068db5463c40c8cd444a2215
2. QISHLOQ XO’JALIGIDA RESURSLAR SALOHIYATI VA ULARDAN FOYDALANISH IMKONIYATLARI
2.1.Yer resurslari va ulardan foydalanish imkoniyatlari
Qishloq xo’jaligiga mo’ljallangan yerlardan hamda suvdan oqilona samarali foydalanish - qishloq xo’jalik mahsulotlarini ishlab chiqarishni ko’paytirish orqali mamlakatda oziq-ovqat muammosini hal qilishda nihoyatda katta rol o’ynaydi.
Qishloq xo’jaligida yer-suv resurslaridan samarali va oqilona foydalanish bugungi kunning eng dolzarb muammolaridan biri bo’lib hisoblanadi. Yer va suvdan foydalanish darajasi oshgan sayin mahsulot hajmi ko’payib, ishlab chiqarish samaradorligi oshib, natijada iqtisodiyot mustahkamlanib boradi. Shuning uchun ham yer va suv resurslaridan foydalanish darajasini uzluksiz ravishda tahlil qilish zarur. Ushbu iqtisodiy jarayonni Kattaqo’rg’on tumani fermer xo’jaliklarida yaroqli bo’lgan yer resurslarining hozirgi holatini o’rganish asosida ulardan foydalanish samaradorligini yanada oshirish uchun mavjud bo’lgan imkoniyatlarni aniqlab, takliflar berishdan iboratdir.
Yer umum milliy boylikdir, O’zbekiston Respublikasi halqi hayoti, faoliyati va farovonligining asosi sifatida undan oqilona foydalanish zarur va u davlat tomonidan muhofaza qilinadi.
Yer to’g’risidagi qonun hujjatlari quyidagi asosiy prinsiplarga asoslanadi:

  • eng muhim tabiiy resurs, fuqarolar hayotiy faoliyatining asosi tariqasida yer fondini asrash, tuproq sifatini yaxshilash hamda uning unumdorligini oshirish;

  • yerlardan oqilona, samarali va belgilangan maqsadda foydalanishni ta’minlash;

  • qishloq xo’jaligi uchun mo’ljallangan yerlarning, eng avvalo sug’oriladigan yerlarning alohida muhofaza etilishini, kengaytirib borilishini hamda ulardan qat’iy belgilangan maqsadda foydalanishni ta’minlash;

  • qishloq xo’jaligi yerlarining unumdorligini oshirish, yerlarning meliorativ holatini yaxshilash hamda yerlarni muhofaza qilish tadbirlarini amalga oshirishni davlat yo’li bilan va boshqa tarzda qo’llab-quvvatlash;

  • yerga va butun atrof tabiiy muhitga zarar yetkazilishining oldini olish, ekologik xavfsizlikni ta’minlash;

  • yerga egalik qilish va undan foydalanish shakllarining xilma-xilligi, yer munosabatlari ishtirokchilarining teng huquqliligini ta’minlash hamda ularning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya etish va h.k.

Bitiruv malakaviy ish obyekti bo’lgan Samarqand viloyati Kattaqo’rg’on tumani qishloq xo’jalik mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan yirik tumanlaridan biri bo’lib, u 1929 yil 2 fevralda tashkil etilgan, umumiy maydoni 0,9 ming km2. Shahar tipidagi posyolkalar (shaharchalar) soni – 8 ta, mahalla fuqarolari yig’inlari soni – 69 ta, shundan shahar mahallalari soni – 14 ta, qishloq fuqarolari yig’inlari soni – 11 ta, qishloq aholi punktlari – 172 tani tashkil etadi. Tuman Navoiy viloyati hamda Samarqand viloyatining Pastdarg’om, Nurobod, Ishtixon, Narpay va Qo’shrobod tumanlari bilan chegaradosh.
Kattaqo’rg’on tumanida so’nggi uch yilda qishloq xo’jalik ekinlari maydoni dinamikasini o’rganib, tahlil qilganimizda quyidagi natijalarga erishdik (2.1.1-jadval).



Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2023
ma'muriyatiga murojaat qiling