Эркаев Нодиржон


Download 0.54 Mb.
bet5/21
Sana09.09.2022
Hajmi0.54 Mb.
#803296
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bog'liq
O’zbekiston respublikasi qishloq va suv xo’jaligi vazirligi sama
d2d1879f705f52e7074896642ee0d135, 035edeba467f6400cdaba3322af177cb, 6289547f6161457e974e8909fae78a2a (1), ae2f4b4e068db5463c40c8cd444a2215
2.1.1-jadval
Kattaqo’rg’on tumanida qishloq xo’jalik ekinlari maydoni dinamikasi*

Ekin turlari

O’lchov birligi

Yillar

2013 yilda 2011 yilga nisbatan o’zgarishi

2011

2012

2013

+/-

%

G’alla

ga

8935

9485

9131

196

102,2

Paxta

ga

14398

13848

14202

-196

98,6

Sabzavot

ga

938

355

552

-386

58,8

Poliz

ga

70

70

140

70

2 marta oshgan

Meva

ga

452

452

452

0

100,0

Uzum

ga

1008

1043

1043

35

103,5

Jami:

ga

25801

25253

25520

-281

98,9

*Manba: Samarqand viloyat Statistika boshqarmasi 2011-2013 yillar hisobot ma’lumotlari.
Yuqoridagi 2.1.1-jadval ma’lumotlaridan ko’rinib turibdiki, tumanda 2013 yilda 25520 gektar maydonda qishloq xo’jalik ekinlari yetishtirilib, bu 2011 yilga nisbatan 281 gektar yoki 1,1 foizga kamaygan. Tumanda asosiy ekin maydonlari g’alla (35,8 foiz) va paxta (55,7 foiz ) ga ajratilgan bo’lib, bu tarmoqlarda, ya’ni paxta ekinlari maydoni 2013 yilda 196 gektarga qisqarib, shunga mos ravishda g’alla ekin maydoni 196 gektarga oshgan.
Mamlakatimiz aholisi sonining o’sishi qishloq xo’jalik mahsulotlarini ishlab chiqarishni ko’paytirish va mahsulot sifatini yanada yaxshilashni talab qiladi.
Qishloq xo’jaligining asosiy tarmog’i bo’lgan o’simlikchilikda yetishtiriladigan natura mahsulotlarining miqdori yalpi hosil deb ataladi. Kattaqo’rg’on tumani qishloq xo’jalik korxonalarida qishloq xo’jalik ekinlari hosildorligi va yalpi hosili dinamikasini o’rganganimizda quyidagicha bo’lgan (2.1.2-jadval).
2.1.2-jadval

Kattaqo’rg’on tumani qishloq xo’jalik korxonalarida ekinlar hosildorligi va yalpi hosil dinamikasi*


Ekin turlari

2011 yil

2013 yil

2013 yilda 2011 yilga nisbatan o’zgarishi,
+/-

Ekin maydoni,
ga

Hosildorligi,
s/ga

Yalpi hosil, t

Ekin maydoni,
ga

Hosildorligi,
s/ga

Yalpi hosil, t

Ekin maydoni hisobiga

Hosildorlik hisobiga

Yalpi hosil bo’yicha

G’alla

8935

50,3

44943

9131

59,0

53903

196

8,7

8960

Paxta

14398

25,6

36876

14202

23,1

32860

-196

-2,5

-4016

Sabzavot

938

193,5

18142

552

164,8

9100

-386

-28,7

-9042

Poliz

70

242

1692

140

164

2298

70

-78

606

Meva

452

139,9

6325

452

66,2

2990

0

-73,7

-3335

Uzum

1008

143,2

14434

1043

83,5

8705

35

-59,7

-5729

*Manba: Samarqand viloyat Statistika boshqarmasi 2011-2013 yillar statistik hisobot ma’lumotlari.

2.1.2-jadval ma’lumotlaridan ko’rinib turibdiki, Kattaqo’rg’on tumani qishloq xo’jalik korxonalarida 2013 yilda 2011 yilga nisbatan faqatgina g’alladan (8960 tonna), poliz ekinlaridan (606 tonna) yuqori hosil olingan, boshqa qishloq xo’jalik ekinlari, ya’ni paxta (4016 tonna), sabzavot (9042 tonna), meva (3335 tonna), uzum (5729 tonna)dan kam hosil olingan. Bu kamayish bir gektardan olingan hosilning pasayishi hisobiga bo’lgan. Kattaqo’rg’on tuman fermer xo’jaliklarida ekinlar hosildorligini viloyatning boshqa tumanlari 2013 yilda paxta va g’alla hosildorligi dinamikasini o’rganganimizda (2.1.3-jadval) quyidagicha bo’lgan:


2.1.3-jadval
Kattaqo’rg’on tumanida paxta va g’alla hosildorligining viloyati tumanlariga nisbatan o’zgarishi* (2013 yil)



Tumanlar
nomi

Hosildorlik, s

Kattaqo’rg’on tumanida boshqa tumanlarga nisbatan o’zgarishi, + / -

paxta

g’alla

paxta

g’alla

1

Kattaqo’rg’on

23,1

59,0

x

x

2

Bulung’ur

-

53,7




5,3

3

Jomboy

-

55,4




3,6

4

Ishtixon

28,0

68,1

-4,9

-9,1

5

Narpay

30,8

58,7

-7,7

0,3

6

Nurobod

16,8

18,8

6,3

40,2

7

Oqdaryo

23,4

65,4

-0,3

-6,4

8

Pastdarg’om

21,6

64,5

1,5

-5,5

9

Paxtachi

28,1

58,1

-5

0,9

10

Payariq

22,3

55,9

0,8

3,1

11

Samarqand

-

51,6

-

7,4

12

Tayloq

-

60,5

-

-1,5

13

Urgut

-

53,5

-

5,5

14

Qo’shrobod

-

18,5

-

40,5

*Manba: Samarqand viloyat Statistika boshqarmasi tegishli yillar hisobot ma’lumotlari

2.1.3-jadvaldagi raqamlardan ko’rinib turibdiki, Kattaqo’rg’on tumanida paxta hosildorligi hosildorligi gektariga 23,1 sentnerni tashkil etgan bo’lib, bu ko’rsatkich viloyatning Nurobod (6,3 s.), Pastdarg’om (1,5 s.), Payariq (0,8 s.) tumanlariga nisbatan hosildorlik biroz yuqori bo’lgan bo’lsa, qolgan tumanlar Ishtixon (4,9 s.), Narpay (7,7 s.), Oqdaryo (0,3 s.), Paxtachi (5,0 s.) tumanlariga nisbatan hosildorlik 0,3 sentnerdan 8 sentnergacha pasaygan. Xuddi shunday g’alla hosildorligi bo’yicha ham solishtirganimizda tumanda g’alla hosildorligi 2013 yilda 59 sentnerni tashkil etib, bu ko’rsatkich Bulung’ur (5,3 s.), Jomboy (3,6 s.), Narpay (0,3 s.), Nurobod (40,2 s.), Paxtachi (0,9 s.), Payariq (3,1 s.), Samarqand (7,4 s.), Urgut (5,5 s.), Qo’shrobod (40,5 s.) tumanlariga nisbatan yuqoriroq bo’lib, bu esa tumanda qishloq xo’jalik ekinlari hosildorligini oshirish bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlarni amalga oshirish lozimlgini ko’rsatadi.


Kattaqo’rg’on tumani fermer xo’jaliklarida ekinlar hosildorligini oshirish uchun quyidagi agrotexnik tadbirlar va jarayonlarga e’tibor qaratish lozim:
- tuproqning eng yaxshi hususiyatlaridan biri uning unumdorliligi, ya’ni uning hosil yetishtirish qobiliyatidir. Tuproqning nechog’li unumdorligi uning qay darajada g’ovakligi va tarkibidagi chirindi (gumus) miqdorining yuqoriligiga bog’liq. Olimlarimizning tahkidlashicha, keyingi 30-40 yil mobaynida tuproqlarda gumusning umumiy zahirasi 40-50 foizga kamaydi. Tuproqning unumdorligi birdan-bir buyuk boylik. Inson manfaati uchun undan oqilona va to’g’ri foydalanish lozim. Uning unumdorligini saqlash va tobora oshirib borish dehqonlarning doim e’tiborida bo’lishi zarur.
- yerga organik va mineral o’g’itlar bilan ishlov berish, tuproqning meliorativ holatini yaxshilash va uning g’ovakligini oshiruvchi shudgorlash va boshqa tadbirlar tuproq unumdorligini oshiruvchi agrotexnik tadbirlarning eng muximidir. Chunki bu tuproqning holati yaxshi bo’lishini, uning unumdorligi ortishini va sabzavotdan mo’l hosil olishni ta’minlaydi.
- mineral o’g’itlar samarasini va tuproq unumdorligini ko’paytirishning yana bir sinalgan vositalaridan biri dukkakli ekinlar, ayniqsa beda ekish hamda go’ng va boshqa organik o’g’itlarni qo’llashdir.
- hosildorlikni oshirishda oziqlantirish asosiy rolni o’ynaydi. Buning uchun siz g’o’zaning o’sa boshlagan dastlabki rivojlanish davridanoq, yetarli miqdorda oziq-moddalar bilan tahminlab tursangiz, ko’p va bar-vaqt hosil tugadigan bo’ladi.
- suvning ortiqcha berilishi esa g’ovlab, kam hosil bo’lib qolishiga, chanqatib yuborish esa, bor hosilning nobud bo’lishiga sabab bo’ladi. Shuning uchun har gektar yerdagi sabzavotni sug’orishdagi sarf etiladigan umumiy suv miqdorini yoki mavsumiy normalarini, nav xususiyatlariga qarab mutaxassislar maslahatlari asosida belgilashingiz kerak. Vegetasiya davridagi suv sarflarini aniqlashda, yer osti suvining joylanishi va issiqlik haroratining ko’tarilishi hamda boshqa omillar hisobga olinadi.
Demak, yer va suv resurslaridan unumli foydalanish, olinadigan hosilni ko’paytirish maqsadida:

  1. Mintaqa tuproq-iqlim sharoitiga mos ekinlarni, navlarni tanlash hamda ularga tegishli agrotexnik tadbirlarni o’z vaqtida sifatli o’tkazish.

  2. Tuproq unumdorligini oshirishda organik, mineral o’g’itlardan oqilona foydalanish hamda siderat ekinlarni ekishni qo’llash.

  3. Qishloq xo’jalik ekinlarini joylashtirishni takomillashtirish, hosildorlikni oshirish;

  4. Mavjud ekin maydonlaridan, dala chetlaridan to’liq foydalanish maqsadga muvofiqdir.



Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling