Erkin axunjanov kutubxonashunoslik, arxivshunoslik, kitobshunoslik


Download 11.07 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/62
Sana08.03.2020
Hajmi11.07 Mb.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   62
89829

0 ‘Z B E K IS T 0N  RESPUBLIKASI 

OLIY VA 0 ‘RTA M AXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

ERKIN AXUNJANOV

KUTUBXONASHUNOSLIK, 

ARXIVSHUNOSLIK, KITOBSHUNOSLIK 

NAZRIYASI VA TARIXI

O ‘zbekiston Respublikasi Oliy va o ‘rta maxsus ta ’lim vazirligi 

tomonidan oliy o ‘quv yurtlari talabalari uchun o ‘quv qo'llanma 

sifatoda tavsiya etilgan.

«TAFAKKUR-BO ‘ STONI» 

T osh k en t- 2011

UDK:

76.10

E94

K utubxonashunoslik,  arxivshunoslik,  kitobshunoslik:  nazri- 

yasi va  tarixi / 

Erkin Axunjanov;  0 ‘zR Oliy va o‘rta maxsus ta’lim 



vazirligi.  -T.  «Tafakkur-Bo^toni»,  2011.  520 b.

BBK  76.10

0 4zbekiston  Respublikasi  Fanlar  akademiyasining  akademigi, 

O 'zbekistonda  xizmat  ko'rsatgan  fan  arbobi,  filologiya  fanlari  doktori, 

professor 

Azizxon  Qayumov 

umumiy  tahriri  ostida

M as’ul muharrirlar:

Tarix fanlari doktori, professor 

Mirsodiq M irsulton o ‘g ‘li Ishoqov

Sotsiologiya  fanlari  doktori,  professor 

Abdusalom   Odil  o ‘g ‘li 

Um arov

Taqrizshilar:

O'zbekiston  Respublikasi  Fanlar  akadem iyasining  akademigi, 

tarix 

fanlari 

doktori, 

professor 

Abdulahad 

Rahim jon 

o ‘g ‘li 

M uhammadjonov,

O'zbekiston  Respublikasi  Fanlar  akademiyasining  akademigi, 

tarix fanlari  doktori,  professor 

Edvard Vasilevich  Rtveladze.

Tarix fanlari  doktori,  professor 

Shamsiddin Kamoliddin.

ISBN - 978-9943-362-25-3

№  1551-6351

«Tafakkur-Bo‘stoni» 2011

Kitobimni 

qadimgi 

Turon- 

Turkiston 

alifbeli  yozuv  tizimlarining 

buyuk  va  потаЧит  kashfiyotchilari, 

yozuv  va  kitobat madaniyatimizning  ikki 

yarim ming yillik muqaddas an 9analarini 

har 

qanday 

zamonlarda 

qo 4lab- 

quvvatlagan  va  rivojlantirgan  tabarruk 

zotlarning xotirasiga bag‘ishlayman

.

Muallif

KIRISH

Kitob  va kitobat  tarixi  kam  o ‘rganilgan  mavzu.  Ushbu  kitob  0 4rta 

O siyoning  kitobat  va  yozuv  madaniyati  tarixiga  bag‘ishlangan.  Unda 

qadim iyatva ilk o ‘rtaasrlarda bu mintaqada qoMlanilgan oromiy, xorazmiy, 

parfiyoniy, bohtariy, su g‘diy, o ‘rtaforsiy, yunon, yunon-bohtariy, manixey, 

avesto,  eftalit,  qadimgi turkiy,  turkiy  u yg‘ur,  suryoniy-turkiy,  kxaroshtxi, 

braxmi,  “issiqv  yozuv  tizimlarining  tarixiy  rivojlanish  bosqichlari,  bular 

asosida  yuzaga  kelgan  kitobatchilikning  etakchi  tendentsiyalari  fanda 

birinchi  marotaba  umumlashtirilgan  holda  yoritib  beriladi  hamda  eng 

ahamiyatli yozuv yodgorliklarining tavsifi  keltiriladi.  Kitobat madaniyati 

tarixida ro‘y  bergan A vesto toMiq matnini  kitobiylashtirishning olti  holati 

(shulardan  dastlabki  uchtasi  Xorazm,  Baqtriya  va  Parfiyada  amalga 

oshirilgan)  k o‘rib  chiqiladi  hamda qadimiyatdan o ‘rta asrlarga,  “A vesto” 

(zardushtiylik)  madaniy  dunyosidan  musulmon  madaniy  dunyosiga 

o ‘tish jarayonida  yozuv  va  kitobat  madaniyati  an’analarining  vorisiylik 

yoMlari, turkiston q og'ozin i ishlab chiqarish tarixi ochib beriladi. Alohida 

boblarda  Turkiston  0 ‘rta  asrlar  va  keyingi  zamonlarda  arab  alifbesidagi 

qo‘lyozm a  va  toshbosm a  kitoblarning  turlari,  ularni  k o ‘chirish,  bezash, 

nashrga tayyorlash  va chop  etish  bilan  bogMiq jarayonlar,  kitob  va uning 

badiiy-estetik  tavsifi,  xattotlar,  noshirlar,  musavvirlar,  lavvohlar  va 

sahhoflar  mehnati  va  san’ati  tahlil  etiladi,  q o‘lda  ko‘chirilgan  va  chop 

etilgan  kitoblarning  m avzuiy  manzari  keltiriladi,  kutubxonalar,  kitob 

savdosi,  bibliografiya,  toshbosmaxonalar va  nashriyotlar tarixi  yoritiladi.

3


I  bob.  K ITO BShUNO SLIK  VA KITOB TARIXI: 

NAZAR IY VA M ETO DO LO G IK  ASO SLARI

Ushbu  kitobda  nazariy  va  m etodologik  darajadagi  masalalarga 

murojaat etish  zaruriyati  ikki  muhim om il  bilan  belgilanadi.  Birinchidan, 

bizga  m a’lum  boMgan  biron-bir  mamlakatning  kitobat  madaniyatiga 

doir  tadqiqotlarning  birortasida  ham  kitob  tarixiga  nisbatan  sistem ali 

tarixiy-tipologik  yondashuv  printsipi 

izchil  amalga  oshirilmagan, 

binobarin,  tadqiqotlarda  sistemali  yondashuv  hamda  tarixiy-tipologik 

metodlarning  butun  majmuidan  hali  toMa  foydalanilmagan  va  ular 

amalda qoMlanish jarayonida muayyanlashtirilmagan.  Masalan,  Rossiya, 

MDH  mamlakatlari  va jahonning  boshqa  mamlakatlari  kitob  va  kitobat 

ishi  tarixiga  doir  tadqiqotlarda  kitob  tarixi,  kitob  noshirligi  ishi  tarixi, 

kitob  savdosi  tarixi,  kutubxonachilik  ishi  tarixi  va  bibliografiya  tarixi 

ob’ektiv  tarzda  va eng  ajablanarlisi,  deyarli  bir-biriga bogMiq  boMmagan 

holda yoki  hech boMmasa m uvoziy  tarzda  mavjud  boMgan holat  saqlanib 

qolmoqda.  Bunda  kitob  tarixi  odatda  juda  tor  m a’noda,  asosiy  tematik 

boMimlar  tahlilidan  iborat  nashrlar  tarixi  sifatida  yoki  juda  boMmasa 

o'rganish  o b ’ekti  va  predmeti  fan  sifatidagi  kitob  tarixining  o b ’ekti  va 

predmetiga  uncha  m os  kelmaydigan  kitob  noshirligi  ishi  tarixi  sifatida 

talqin  qilinadi.  Vaholanki,  tadqiqotning  yagona  ob ’ekti  («kitobat  ishida 

kitob»  tizim i),  uning  tarkibiy  o ‘ziga  xosliklari,  sistem ali  birligi,  tarkibiy 

qismlarining  o ‘zaro  aloqasi  va  bir-birini  taqozo  etishi,  ulam ing  tarixiy 

rivojlanish  qonuniyatlari,  y a ’ni  ob’ekt  tarixiy  rivojlanishining  m ohiyati 

uni  o ‘rganish  va  tegishli  tadqiqot  metodlaridan  foydalanishda  sistem ali 

yondashuvni  taqozo  etadi.

Ikkinchidan,  m etodologiya  masalalariga  bagMshlangan  bobning 

zarurligi  qadimgi  va  o ‘rta  asrlar,  yangi  va  eng  yangi  davrlar vatan  kitobi 

tarixi  muammolari  yaxshi  o 4rganilmaganligi  bilan  belgilanar  ediki, 

bu  asosiy  ilm iy  muammolarni  aniqlash,  kitob  va  kitobat  ishi  tarixini 

davrlashtirish,  uning  rivojlanish  qonuniyatlarini  muayyanlashtirish  va 

ularga aniqlik kiritish kabi  masalalarni tadqiq etishni taqozo qildi.  Ushbu 

darslikda  kitobshunoslikka  oid  bilimlar  tizim i  va  kitobshunoslikning 

sistem ali-tipologik  metodi  asosida  nafaqat  fan  sifatidagi  kitob  tarixining 

ob ’ekti  va predmeti,  uning vazifalari muayyanlashtirilgan,  balki  bevosita 

tarixiy tadqiq qilish jarayonida kitob va kitobat tarixini o ‘rganish muayyan

4


usullari,  metodlari  va  metodikalari  m a’lum  darajada yoritilgan.

Mazkur  birinchi  bobda  kitobshunoslikning  dunyo  m iqyosida  tan 

olingannazariyachilari,filologiyafanlaridoktorlari,M oskvadavlatmatbuot 

universiteti  professorlari  A .A .B elovitskaya  va  S.P.Omilyanchukning 

kitob  va  kitobat  ishi  haqidagi  eng  yangi  m etodologik  ishlovlari  asosida 

kitobshunoslik  hamda  kitob  tarixining  ba’zi  bir  muhim  masalalari 

yoritilgan.  Vaziyatdan  foydalanib,  ushbu  darslik  muallifi  o 'z   ustozlari 

A lisa Aleksandrovna  Belovitskaya  va  Sergey  Pavlovich  Omilyanchukka 

o 'z  matnlari hamda ilm iy ishlovlarining asosiy g'oyalaridan foydalanishga 

ruxsat  berganliklari,  shuningdek,  o'ziga  xos  ilm  va  hayot  maktabini 

o'tashda 

ustozlik  qilganliklari  va  so'nggi  qirq  yil  mobaynida  unga 

sidqidildan  do'stona  munosabatda  bo'lib  kelayotganliklari  uchun  chuqur 

minnatdorchilik va hurmat-ehtirom  tuyg'ularini  izhor etadi.

l-§ .  «K itob» so‘zi va  tushunchasining kelib chiqishi va  m a’nosi

Qadimda  Turon  xalqlari  -   parfiyaliklar,  xorazmiylar,  sug'dlar, 

baqtriyaliklar,  farg'onaliklar  muayyan  tarzda  yozilgan  (ko'chirilgan) 

va  bezalgan  biron-bir  matnni  belgilash  uchun  «pstak»  so'zidan 

foydalanganlar.  Po'st  so'zi  “teri”  degan  m a’noni  anglatadi.  Bunday 

m a’no  ko'chirilishi  qadimda  va  ilk  o'rta  asrlarda  teridan  yozish  uchun 

material  sifatida  keng  foydalangani  bilan  bogMiq  bo'lsa  kerak.  Masalan, 

buddaviylarning  «Mast  qiluvchi  ichimliklarni  qarg'ash  kitobi»  degan 

axloqiy-falsafiy  risolasining  nomi  sug'd  tilida  quyidagicha  yangraydi: 

«M ast  karak  chashont  parg'un  pustak».  Abu  Rayhon  Beruniy  o'zining 

«M ineralogiya» kitobida sug‘dlarning bizgacha etib kelmagan «Nupusta» 

kitobini  tilga  olib  o'tadi.  Bizningcha,  ayni  holda  ma’lum  kitoblar 

orasidagi  yangi  bir  kitob  yoki  biron-bir  kitobning  yangi  tahriri  sifatida 

qabul  qilingan kitob  to'g'risida  so 'z yuritiladi.

«Yozuv»  so'zi  sug'd  tilida  «nipik»  ko'rinishida  yangraydi.  U 

etim ologik  jihatdan  yozish,  chizish  degan  m a’noni  anglatuvchi  hind- 

evropacha  «pik»  o'zagi  bilan  bog'lanadi.  (Taqqoslang:  ingl.  paint  -  

chizish  va  picture -  rasm).

Sug'd  tilida  podshoning  yozm a  farmonlari,  uning  nomalari, 

ayrim  xatlar  «namak»  deb  atalgan  bo'lib,  undan  tojik va o'zbek  tillarida 

«xat»,  «murojaat»,  «asar»  degan  m a’nolardagi  «noma»  so'zi  kelib 

chiqqan.  «Namak»,  «noma»  so'zlari  ilk  o'rta  asrlar  va  o'rta  asrlar

5


mumtoz  adabiyotida  «asar,  kitob»  m a’nolarida  yirik  asarlar  nom iga 

kiritilgan,  masalan:  «Kamamaki  Artaxsheri  Papakon»,  «Xvataynamak», 

«Shohnoma»,  «   u zn o m a » ,  «Siyosatnom a»  va  boshqalar1.

«Kitob»  so 'zi  o'zbek  va  tojik  tillariga  ham,  boshqa  turkiy  va 

yangi  eron  tillariga  ham  Turon-Turkiston  zam iniga  arablar va  islom   dini 

kelishi  bilan birga  kirib  kelgan.  Biroq  «kitob»  o 'z   kelib  chiqishiga ko'ra 

arabcha  so 'z  em as.  Etim ologik  jihatdan  u  arab  tiliga  qardosh  oromiy 

tili  (semit  tillari  oilasi)  bilan  bog'liq  bo'lib.  undan  o'zlashtirilgan.  Arab 

tilidan  bu  so 'z   tabiiy  o'rin  olgan.  U  semitcha  «ktb»  o'zagining  nomi 

sifatida tushunilgan va «yozm oq» degan yangicha m a’no kasb etgan.  O 'z 

navbatida,  sem it tillarida o'zak m a’nosi  undosh  harflar bilan  bog'liq,  unli 

tovushlar  esa  so'zn in g  grammatik  va  so 'z  hosil  qiluvchi  elementlarini 

ifodalaydi,  shu  bois  mazkur  m a’nodagi  fe ’ldan  ko'plab  yangi  so'zlar 

hosil  bo'lgan:  k o t i b -   «mirza»,  «m unshiyxona  xizm atchisi».  «yozuvchi, 

muallif», maktaba -  «kutubxona», m u k atab a- «yozishm a, xat almashish, 

matnlami  uzatish  usuli»,  kitob  va  h.k.  Xullas,  arab  tilida  nafaqat  har 

qanday  bichim.  hajmdagi  nashr,  balki har qanday  yozilgan matn,  xususan 

tilxat,  xat  yoki  hujjat  «kitob»  deb  ataladi.  Arab  tilidan  o'zlashtirilgan 

«kitob»  so'zi  eroniy  va  turkiy  tillarda  asar  va  qo'lyozm ani,  keyinchalik 

esa  bosma kitobni  ifodalovchi  atama sifatida qo'llanila boshladi.

«O 'zbek tilining izohli lu ati» kitob  so'ziga shunday  izoh beradi:

1.  Biror  tekst  yozilgan  varaqlardan  iborat,  juzlab  tikilgan, 

muqovalangan bosm a (qadimda qo'lyozm a ham)  asar.

2.  Yirik  adabiy  asam ing  (odatda  romanning)  katta  bir  bo'lim i  (1- 

tom.  389-b.).

Evropa  va  Old  O siyo  tillarida  tarixan  atamaning  mazmuni  (uning 

m a’nosi)  bir  xil.  Yunoncha  «biblio»,  lotincha  «libcr»,  semitcha  «sefer», 

arabcha  «kitob»,  slavyancha  «kniga»  kabi,  bir  xilda  talqin  qilinadi:  1) 

predm et  2)  asar,  3)  asam ing bir qismi.  Bu  atama paydo  bo'lganidan beri 

uning  o'zagi hozirgacha daxlsiz holda  saqlanmoqda.

V.I.Dalning  «Jonli  buyuk  rus  tilining  izohli  lug‘ati»da  «kniga» 

(«kitob»)  so'zi  uch  xil  m a’noda berilgan.  Birinchi  -  «bir muqova  ichiga 

tikilgan  q og'oz  yoki  pergament  varaqlari»  (y a ’ni  kitobning  moddiy

:A n tik   tadqiqotlar  X alqaro  akadem iyasining  akadem igi,  tarix  fanlari  doktori,  professor 

M .M .Ishoqovga turonzam in xalq larining qadim gi tillarida kitob bilan  bog‘liq  b o igan tus- 

hunchalarning so'zda ifodalanishi haqida ilm iy  axborot taqdim  etgani uchun chuqur m in- 

natdorchilik b ild ira m iz (m u allif).

6

predmet  sifatidagi  formal  obrazi),  ikkinchi  -   «bitik,  kitobda  yozilgan 

barcha  narsa»  (ya’ni,  hozirgi  til  bilan  aytganda,  tushunchaning  mazmun 

jihati). Nihoyat,  u c h in c h i-« y ir ik  yozm a asardagi  boMim, qism ».N oilm iy 

talqinlarni  hisobga  olmasak,  «kniga»  so'zining  asosiy  mazmuni  u  yoki 

bu  tarzda  ilm,  axborot  hamda  o'ziga  o'xshashlar  o'rtasida  m a’lumot 

tarqatish,  y a ’ni  bilim  va  obrazlar  tarqatish  bilan  bog'liq.  Rossiyalik 

olimlar  ruscha  «kniga»  so'zi  umuman  bilimni  anglatgan  tushunchalar 

bilan  qardosh  ekanligiga  ishonchlari  komil.  U lam ing  taxminiga  ko'ra. 

avliyo  Kirillning  Korsunga  sayohati  davriga  (863  yil)  kelib  (maMumki, 

bu sayohatdan keyin u slavyancha alifbeni tuzishga kirishgan),  slavyanlar 

tilida  qadimgi,  barqaror  va  mutlaqo  aniq  «kniga»  atamasi  mavjud 

boMgan.  Bu  erda  ajablanarli  hoi  shundaki,  ular  mazkur  maqsadda  eng 

yaqin  madaniy  xalqlam ing  ularga  tanish  boMgan  «biblio»,  «liber», 

«manuskript»,  «xartiya»,  «gramota»  kabi  szlaridan  foydalanmaganlar, 

balki  ilk  slavyancha  «kneti»,  y a ’ni  «znat»  («bilmoq»)dan  s z   hosil 

qilishni  afzal  krganlar.

Savollar va topshiriqlar:

1.  “Kitob” so'zin in g kelib  chiqishi.

2-§. «Kitob» tushunchasi  funktsional yondashuv va  metod 

nuqtai nazaridan

Fan  borliqni  nazariy  o'zlashtirish  usuli  sifatida  nazariy  bilish 

jarayoni  va uning  ilm iy  bilim  shaklida mavjud bo'lgan,  o'zagini  nazariya 

tashkil  etuvchi  oraliq  mahsul  hamdir.  Ilmiy  bilish  -   ko'p  darajali, 

ko'p  bosqichli  cheksiz  jarayon  va  anglab  etilmagan  narsalami  anglab 

etilgan  narsalarga,  nom a’lum  narsalami  ma’lum  narsalarga,  tushunarsiz 

narsalami  tushunarli  narsalarga  aylantirishning oraliq  mahsuli,  bilim ning 

pastroq  darajasidan  yuqoriroq  darajasiga  (empirik  darajadan  nazariy 

darajaga,  bir  darajadagi  nazariyadan  yuqoriroq  darajadagi  nazariyaga) 

yuksalishdir.

Inson  ongi  nazariy  ongdan,  odatda,  yuzada  aniq-ravshan  ko'rinib 

turgan va ko'pchilikka m a’lum boMgan narsalar va hodisalam i idrok etishi 

bilan  ajralib  turadi.  Nazariy  ong  yoki  ilm iy  yondashuv  tadqiqotchidan 

predmetning muhim xossalarini, uning barcha aloqalari va munosabatlarini 

aniqlashni taqozo etadi,  chunki  faqat ular o'rganilayotgan  hodisani yaxlit

tasaw ur qilish  imkonini beradi.  Oddiy  ong darajasida kitob -  bu  m oddiy 

madaniyat  hamda jam iyat  m a’naviy  hayoti  mahsuli.  M oddiy  madaniyat 

mahsuli  sifatida  kitob  juzlab  tikilgan,  muqovalangan,  matn  yoki  grafik 

tasvir  ifodalangan  q og'oz  varaqlari  (yoki  boshqa  yozuv  materiali)dan 

iborat qo'lyozm a yoki  bosma nashrdir.  Jamiyat m a’naviy  hayoti  mahsuli 

sifatida  kitob  g'oyaviy  va  siyosiy  kurash,  ta’lim  va  tarbiya,  bilim   va 

biron-bir  m a’lumotlar  tarqatish  quroli  b o 4lib  xizmat  qiluvchi  adabiy, 

ilmiy  yoki  amaliy  mazmundagi  asardir.  Barcha  davrlar  va  xalqlam ing 

buyuk  arboblari  kitobning  rang-barang  foydali  funktsiyalarini  «maqtab» 

aytgan ko'plab fikrlami keltirish mumkin.  Kitob -  «hayot darsligi»,  «qalb 

ozi i»,  «d st»,  «suhbatdosh»,  «hayot  k zgusi»,  «em ing  eng  buyuk 

va  sirli  m o “jizasi».  Darhaqiqat,  kitob  -   madaniy  va  ilm iy-texnikaviy 

taraqqiyotning  qudratli  vositasi,  bilim   va  m a’rifatning  boy  manbai. 

Inson  tafakkurining  eng  katta  yutuqlari,  dohiyona  ilmiy  g'oyalar,  ajoyib 

texnologik  kashfiyotlar  kitob  orqali  yorug'lik  yuzini  ko'rgan.  Kitob 

yordamida  insoniyat  o 'z  serqirra  faoliyatining  barcha jabhalarida  tajriba 

to'plagan,  o 'z  bilimini  kelajak  avlodlarga  qoldirgan,  taraqqiyot  yo'lidan 

olg'a  siljigan.  Odamlar  kitobning  beqiyos  madaniy,  ilmiy,  m a’rifiy  va 

tarbiyaviy  rolini  munosib  baholaganlar.

Kitob o 'ziga xos hodisa -  mutolaa va u bilan ruhan bog'liq bo'lgan 

barcha  narsalar,  shu  jumladan  alifbe,  shrift,  kitob  tiraji,  bichimi,  ichki 

va  tashqi  bezaklari,  qo'lyozm a  kitobda  xattot  dastxatining  o 'zig a   xos 

uslubi  mahsuli.  Bu  tug'ilgan  fikmi  o'sha  zahoti  ehtimol  tutilgan  har 

bir  kitobxonga  etkazish  uchun  imkoniyat  yaratadi.  Matnni  uzoq  ijodiy 

o'zlashtirish  jarayonida  kitobni  nafaqat  mutolaa  qilish,  balki  ko'zdan 

kechirish,  varaqlash,  to'la  yoki  tanlab  o'rganish,  shunchaki  saqlash 

mumkin.  Kitob  shakllari  va  undan  foydalanish  usullari  asrdan-asrga 

o'zgarib  borgan.  Sopol  parchalari  ko'rinishidagi  kitoblami  idrok  etish 

va  ulardan  foydalanish  papirus  o'ramlari  ko'rinishidagi  kitoblardan 

foydalanish  boshqacha  tarzda  kechgan,  q og'oz  tashuvchilardagi  kitob- 

kodekslam i  mutolaa  qilish  va  o'rganish  monitor  (displey)  ekranidagi 

elektron  kitobni  idrok etish va u bilan  ishlash  usullaridan farq  qiladi.

K itobning  yuqorida  qayd  etilgan  xossalari  va  funktsiyalari, 

shuningdek,  unga  berilgan  baholar  ahamiyatini  inkor  etmagan  holda 

funktsional  metodning  samaradorligi  shu  bilan  chegaralanishini  ham  tan 

olish lozim .  «K itob», «kitobat ishi» kabi murakkab, yaxlit, tizim li va ko'p

8

darajali  tuzilmalar  ayrim  unsurlarining  funktsiyalari  faqat  qayd  etiladi. 

Funktsional yondashuvda kitob haqidagi  fanning bosh  vazifasi -  ijtimoiy 

borliqning  o b ’ektiv  hodisalari  sifatidagi  va  ilm iy  kategoriyalar,  y a ’ni 

kitobshunoslikning  eng  umumiy  fundamental  tushunchalari  sifatidagi 

kitob  va  kitobat  ishining  mohiyati  hamda  rivojlanish  qonuniyatlarini 

bilish va  aniqlash hal  qilinmaydi.

3-§.  «K itob» va  «kitobat ishi» tushunchalari sistem ali  yondashuv 

hamda  kitobshunoslikning sistem ali-tipologik metodi  nuqtai

nazaridan

Sistemali  yondashuv  funktsional  yondashuvdan  asosan  hodisani 

oddiy  tavsiflashdan  uni  tushuntirishga,  uning  mohiyati  va  tuzilishini, 

tizimlari  va  jarayonlarini  tadqiq  qilishga,  funktsiyalami  oddiy  qayd 

etishdan  ulami  aniqlangan  mohiyat  negizida  asoslashga  o 4 ish i  bilan 

ajralib  turadi.  Tizimlilikni  o b ’ektiv  borliqning,  dunyodagi  hodisalar 

rivojlanishi  va  o ‘zaro  bog‘liqligi  umumiy  aloqasining  xossalaridan 

biri  sifatida  tushunib  etish  fan  va  amaliyot  tadrijiy  rivojlanishi  hozirgi 

bosqichining o'ziga xos  xususiyatidir.

Kitobshunoslikda  sistem ali  yondashuvdan  foydalanish  o ‘tgan  asr 


Download 11.07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   62




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling