Erkin Vohidov (1936–2016)


Download 56.97 Kb.
Sana27.01.2022
Hajmi56.97 Kb.
#495855
Bog'liq
Erkin Vohidov
marketing tadqiqotlari., 45285, Sugurtada tarif siyosati 1111, Shoyim Boʻtayev, Alisher Navoi, Alisher Navoi, Alisher Navoi, Alisher Navoi, Fazoda to`g`ri chiziq va tekisliklarning turli tenglamalari. Rej, Falsafa 1 - variant, final tests for 4-Music, GUL2, сканирование0008, Aseptika va antiseptika. Desmurgiya va transport immobilizasiyasi

Erkin Vohidov (1936–2016)

Zamonaviy oʻzbek milliy adabiyotining yorqin namoyandalaridan biri Erkin Vohidov 1936 yil 28 dekabrda Fargʻona viloyatining Oltiariq tumanida oʻqituvchi oilasida tugʻildi. Otasi Choʻyanboy Vohidov Ikkinchi jahon urushidan keyin Toshkentga qaytib, tez orada shu yerda vafot etdi. Onasi Roziyaxon Vohidova (Sohiboyeva) ham dunyodan oʻtib, boʻlgʻusi shoir togʻasi Karimboy Sohiboyev tarbiyasida qoldi.


Erkin Vohidov Toshkent davlat universitetining filologiya fakultetida tahsil olib, “Yosh gvardiya”, Gʻafur Gʻulom nomidagi nashriyotlarda, “Yoshlik” jurnalida xizmat qildi. Mustaqillik yillarida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Xalqaro aloqalar va munosabatlar qoʻmitasi rahbari, Oʻzbekiston Senati aʼzosi sifatida faoliyat yuritdi.
Uning birinchi sheʼri 14 yoshida, 7-sinfda oʻqib yurgan kezlarida chop etildi.
“Tong nafasi” (1961), “Mening yulduzim” (1964) kabi dastlabki toʻplamlarini nashr ettirdi.
E. Vohidov ijodida gʻazal, qasida, muxammas kabi janrlarga qoʻl urib, mumtoz adabiyot tajribalarini yanada boyitish, yanada mukammallashtirishga intildi. Ayniqsa, “Yoshlik” (1969) devoniga kirgan sheʼrlar bu jihatdan eʼtiborlidir.
Shoir xuddi shu davrdan boshlab dunyo kezdi, dunyoni koʻrdi, dunyoni tanidi. Ana shu taassurotlari asosida “Tirik sayyoralar” (1978), “Sharqiy qirgʻoq” (1981) kabi sheʼriy toʻplamlarini yaratildi. Inson taqdiri, uning baxti va kelajagi shoir ijodining bosh mavzuiga aylandi.
Uning “Kelajakka maktub” (1983), “Yaxshidir achchiq haqiqat” (1992) toʻplamlariga kirgan sheʼrlarida haqgoʻy va bedor insonni kamol toptirish gʻoyasi yetakchilik qiladi.
Shoirning “Orzu chashmasi” (1964), “Nido” (1964), “Palatkada yozilgan doston” (1966), “Quyosh maskani” (1972), “Ruhlar isyoni” (1980), “Koʻhinur” (1982) kabi liro-epik asarlari, “Oltin devor” va “Istanbul fojeasi” kabi sheʼriy dramalari katta ijodiy mehnat mahsuli sifatida xalqimizning koʻngil mulkiga aylangan.
Erkin Vohidovning toʻrt jildlik “Saylanma asarlar”i, “Orzuli dunyo” (2010), “Tabassum” (2012), “Yangi sheʼrlar” (2015) sheʼriy toʻplamlari adabiyot muxlislari uchun bebaho tuhfa boʻldi.
U 1996 yilda “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlandi.
Oʻzbekiston xalq shoiri Erkin Vohidov adabiyotimiz va maʼnaviyatimizni yuksaltirish, yoshlarimizni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalashga qaratilgan asarlari, shuningdek, mustaqilligimizni yanada mustahkamlash yoʻlidagi faol xizmatlari uchun “Oʻzbekiston Qahramoni” yuksak unvoniga sazovor boʻldi.

Ruhlar isyoni“ — oʻzbek shoiri Erkin Vohidov qalamiga mansub bengal shoiri Nazrul Islom haqidagi doston. Doston bir necha rivoyatdan iborat boʻlib, ularda turli tarixiy va tarixiy boʻlmagan shaxslar haqida soʻz yuritiladi. Ibrohim Gʻofurov doston haqida „Menga u koʻp jihatlardan bugungi oʻzbek sheʼriy tafakkurining – lirik tafakkurining choʻqqisi boʻlib koʻrinadi“, deb yozgan.[1]
Vohidov dostonni 1978-1979-yillarda yozgan. Muallif dostonning yaratilishi haqida shunday degan:



Doston oʻzining isyonkor sheʼrlari bilan butun Hindistonni erk uchun, ozodlik uchun kurashga ruhlantirgan otashin bengal shoirining orzu-armonlari, jasorati, fojiaviy qismati haqida. „Ruhlar isyoni“ garchi Nazrul Islom haqida boʻlsa-da, unda men shoir hayoti bahonasida oʻzimning umuman shoirlik, insonlik, fidoyilik, erkka tashna ijod ahlining zamonasi, xalqi bilan murakkab munosabati, qolaversa, inson hayotining maʼnosi, hayotning ham shafqatsiz, ham adolatli haqiqati haqidagi oʻy-mulohazalarimni kitobxon bilan baham koʻrishga intildim.[2]



Doston ilk bor „Sharq yulduzi“ jurnalida chop etilgan. Kitob oʻlaroq birinchi marta 1980-yil Toshkent shahrida Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyotida chop etilgan.[3] Ilk nashrni tayyorlashda quyidagi shaxslar ishtirok etgan: Q. Rahimboyeva – muharrir, V. Apuxtin – rassom, I. Kiriakidi – badiiy muharrir, E. Potapova – texnik muharrir, Sh. Soatova – musahhih. Kitob adadi – 5 000 nusxa.
Dostonni Aleksandr Faynberg rus tiliga tarjima qilgan. Ruscha nashr 1983-yil Moskva shahrida „Sovetskiy pisatel“ nashriyotida chop etilgan.[4] Doston keyinchalik Vohidovning bir necha sheʼriy toʻplamiga, jumladan, „Sharqiy qirgʻoq“ (1980), „Sadoqatnoma“ (1986), „Sheʼr dunyosi“ (2001) hamda „Zamin sayyorasi“ (2014) toʻplamlariga kiritilgan. Bundan tashqari, dostondagi rivoyatlar „Qumursqalar jangi“ (1993) toʻplamidan ham oʻrin olgan."Ruhlar isyoni"dostonida xalqlar,dinlar,millatlar õrtasidagi nizolar bashariyatga naqadar katta falokatlar olib kelishini teran tasvirlagan.
Download 56.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling