Ernest Xeminguyey ijodi


Download 13.05 Kb.
Sana13.11.2020
Hajmi13.05 Kb.
#144763
Bog'liq
E. Xeminguyey ijodi


Ernest Xeminguyey ijodi

“Chol va dengiz” qissasi Bu nomni eshitishim bilan koʻz oldimga qorongʻu tunda akulalarga qarshi kuradhayotgan holdan toygan kuch quvvati zaiflashgan ammo ishonchini umidini soʻndirmagan ruhiyati tetik chol keladi. Asarni oʻqish uchun anchagina sabr kerak boʻladi. Ammo asarni tugatgach bizni sabrimiz chol Santyago sabridan ancha zaif eksnini his qilamiz.

Santyago chol butun umrini dengizda baliq ovlash bilan oʻtkazadigan obraz. U umri davomida sh ov orqasidan qancha qiyinchiliklar koʻrganini uning yuz va qoʻllaridagi chandiqlardan bilish mumkin asar uning ana shunday mashaqqatli ovi haqida hikoya qiladi.

Asarni oʻqib cholning ssbriga matonatiga qoyil qolmasdan ilojimiz yoʻq. U 84 kun denhizga ovga chiqadi ammo birorta baliq ushlay olmaydi. Shunda ham u harakatdan toʻxtamaydi. Menimcha 100 kun ovi baroridan kelmasa ham u yana harakat qilaverardi. U uchun ov davomida koʻrgan qiyinchiliklar oddiy kurashda yuz bergan hodisalardir u bunga etibor bermaydi u uchun bular eski narsa. Faqat uning koʻxlaridagi har kungi ishonch yangi.

Dengizda uning akulalar bilan olishuvi katta baliq ovlashi bu voqealarda cholning tajribasini ham koʻrsatib beradi. Toʻgʻri u baliqni asrab qololmadi ammo u dhunday katta baliq ovladi.

Har narsaning yaxshi tomonini koʻra olish kerak aslida hayotda. Bu asar inson ruhiyatini ochib bergan asardir Yozuvchi inson ruhiyatini dengizga qiyoslaydi baʼzida sokin baʼzida esa dengiz toʻgonidek kuchli va boʻysunmas.



Asar yana inson va tabiat munosavatini ham koʻrsatib bergan. Asardagi bola obrazi bu obraz cholni juda yaxshi koʻradi. Undan baliq ovlash sirlarini oʻrgsnadi. Unga mehribonlik qiladi ovi baroridan kelmagsnida unga achinadi. Balki cholga oʻsha baliqni tutish shu bola uchundir.

Umuman asar juda yaxshi yozilgan insonga hayot uchun kurashni oʻrgatadi.
Download 13.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling