7. Ertaklardagi rangi qizil, quyrug‘i uzun jonivor bu … – Qirg‘ovul.
8. Ertaklarda karnaychi bo‘lgan jonivor qaysi? – G‘oz.
9. Ertaklarda surnaychi bo‘lgan jonivor qaysi? – O‘rdak.
10. Ertaklarda azonchi bo‘lgan jonivor qaysi? – Ola qarg‘a.
11. Ertaklarda qozonchi bo‘lgan jonivor qaysi? – Qora qarg‘a.
12. Ertaklarda chaqimchi jonivor bu? – Chumchuq.
13. Ertaklarda to‘qimchi jonivor bu? – To‘rg‘ay.
14. Ertaklarda bakovul qaysi jonivor? – Bo‘ri.
15. Ertaklarda yasovul qaysi jonivor? – Tulki.
16. Ertaklarning “… necha kunlik yerida dumi kalta bo‘ri” bor? – 7 kunlik yerida.
17. Ertaklarning tugallanmasi qanday bo‘ladi? – “Qirq kecha-yu qirq kunduz to‘y berib, oshlarini oshab, yoshlarini yashab, murod-maqsadlariga yetibdilar” yoki “Shu bilan Ayoz podshoh bo‘lib, o‘zining donoligidan xalqni odillik bilan so‘rab, mamlakatda adolat o‘rnatgan ekan” kabi tugallanmalar bilan tugallanadi.
18. Ertaklarning oxiri, ko‘pincha, qanday yakun topadi? – Yaxshilik bilan yakun topadi.
19. Xalq og‘zaki ijodining qadimiy, ommaviy turlaridan biri qaysi? – Ertak.
Do'stlaringiz bilan baham: |