Ertaklar doimi yaxshilikka yetaklaydi. Ertaklarda voqealar bir qancha muammoli bo`lsa ham oxirida albatta yaxshilik bilan tugaydi. Ertaklarda doimo yaxshilik g`alaba qozonadi. Biz ertaklar orqali hayot uchun ko`p narsalarni o`rganamiz. Ertaklar bizni tarbiyalaydi. Ertaklar ikki xil bo`lib, xalq tomonidan yaratilgan ertaklar va yozuvchilar tomonidan yaratilgan ertaklarga bo`linadi. Xalq ertaklariga “Zumrad va Qimmat”, “Ur to`qmoq”, “Bo`g`irsoq” va boshqa bir qancha ertaklar kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |