Ertaklar yaxshilikka yetaklar
Download 40 Kb.
|
Ertaklar yaxshilikka yetaklar
qoraqalpogiston tarixi darslarida erkin yozish metodini qollash , Toshkent davlat transport universiteti, Disserge otchet Gavhar, Мукумова Ф International Journal of Psychosocial Rehabilitation, present-simple-vs-present-continuous-worksheet2 (1), t-004-present-tense, master test 2, 17. Diffuziya.-WPS Office, 17. Diffuziya.-WPS Office, ekologiya 1, KONSTITUTSIYA, Nasliy kasalliklar. Albinizm, Genetik injineriya biotexnologiysi, IPI LOBAR (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Darsning borishi
Ertaklar yaxshilikka yetaklar Mavzu : “ Ertaklar yaxshilikka yetaklar ” , “ Zumrad va Qimmat ” “ Susambil ” , “ Uch og’ayni botirlar ” ertaklari haqida Maqsad : Ertaklar xalq og’zaki ijodining eng qadimgi ommaviy turlaridan biri ekanligi ertaklarning mavzu jihatdan turlari haqida o’quvchilarga bilim berish a) Ta’limiy : Ertaklar olamiga o’quvchilar bilan birgalikda sayyohat qilish , ertaklar haqida nazariy ma’lumot berish b) Tarbiyaviy : Ertaklar orqali o’quvchilarni insoniy fazilatlarini ulug’lashga , dovyurak , baquvvat , botir , o’z yurtiga sodiq , vatanparvarlikka , shirinso’zlikka , mehnatsevarlikka , rostgo’ylikka , tabiatni va hayvonot dunyosini sevishga o’rgatish . s) Rivojlantiruvchi : So’z boyligini o’stirish , mustaqil fikrlash qobiliyatini o’stirish , nutqini ravon qilib , ertaklar mag’zini chaqishga o’rgatish d) Ertaklar orqali o’quvchilarni kasb – hunarli bo’lishga , mehnatni qadrlashga o’rgatish . e) Milliy urf-odatlarimiz haqida tushuncha berish . Dars tipi : Yangi bilim berish Dars uslubi : Sahna ko’rinishi , ko’rgazmalilik Dars usuli : “ Zumrad va Qimmat ” ertagini sahnaga qo’yish Dars jihozi : Zumrad va Qimmat ertagi qahramonlarining qo’g’irchoqlari , chol , kampir , ertakchi kampir , Zumrad , Qimmat , kuchukcha , ajdar , sandiqchalar , daraxtlar , gullar , kapalaklar , “Ertaklar yaxshilikka yetaklar ” sahnasi , ertak kitoblar Darsning borishi : 1. Tashkiliy qism 2. O’tilgan mavzuni mustahkamlash 3. “ Zumrad va Qimmat ” ertagini sahnaga qo’yish orqali ertakni tomosha qilish 4. Ertakdan olgan xulosalarini so’rash 5. Uyga vazifa berish Mavzu bayoni : Dars tashkiliy qism bilan boshlanadi . O’quvchilar adabiyot haqidagi she’rlarini aytishadi Adabiyot yuragimning birparchasi Go’zaligi nafosatning debochasi Sen borsanki umid qilar , zavqqa to’lar Adabiyot sen qalbimning shoh supasi Shiyorimiz : Yoshlikda olingan bilim toshga uyilgan naqshdir Vatanimiz - O’zbekiston O’quvchilar 3 guruhga bo’linib , o’zlari yodlagan vatan haqidagi she’rlarini aytishadi . Bu vatanda chamanlar ko’p , Bu vatanda vatanlar ko’p Hammasida yashnar gullar Hammasida yashnar dillar Mening uchun aziz bo’ston O’zbekiston , O’zbekiston Kasbga yo’naltirish maqsadida o’quvchilarga “ Usta ” ertagi o’qituvchi tomonidan aytiladi . Unda har bir kasbning o’ziga yarasha qiyinchiligi borligi har bir kasbning o’z ustasi borligi aytib o’tiladi . Mehnat haqida , hunar haqidagi maqollar aytiladi . - Hunarli kihsi xor bo’lmas - Hunari yo’q kishining Mazasi yo’q ishining - Mehnat baxt kaliti - Mehnatdan kelsa boylik Turmush bo’lar chiroylik Dars davomida o’tilgan mavzular mustahkamlanadi . “ Uch og’ayni botirlar ” , “ Susambil ” ertaklari haqida , ulardan olgan taassurotlari haqida savol javob o’tadi . 1. “ Uch og’ayni botirlar “ ertagi janr sifatida qaysi turga mansub 2. “ Susambil ” ertagichi ? 3. Ota o’g’illariga qanday tarbiya bergan edi ? 4. O’g’illar otaning nasihatlariga quloq solib o’tishdimi ? 5. “ Susambil ” qanday yurt ? 6. “ Susambil ” ertagi qaysi ertaklar turkumiga kiradi ? 7. Ertakdagi jonivorlarning ahilligini nimalarda ko’rdingiz ? 8. Qanday asarlarni ertak deb ataymiz Asosiy qism : Ertaklar azaldan xalqni ayniqsa yosh avlodni insonparvarlik , vatanga muhabbat va rostgo’ylik va halollik , mehnatsevarlik , xushmuamalalik va kamtarlik ruhida tarbiyalab kelgan . Ertaklar turli mavzularda bo’lishi mumkin . Ular shartli ravishda hayvonlari haqidagi ertaklar sehrli ertaklar , hayotiy – maishiy ertaklar , hajviy ertaklar Ertaklar aytuvchilarni qadimdan “ertakchi ” , “matalchi ” deb atahsgan . Ertaklarda ijobiy qahramon albatta yovuzlik , adolatsizlik, zulm ustidan g’alaba qozonadi . Yaxshilik g’alaba qozonadi . O’quvchilar orqali “ Zumrad va Qimmat ” ertagi sahnalashtirilgan bo’lib rollar o’quvchilarga bo’lib berilgan . Sinfga “ Eraklar yaxshilikka yetaklar ” sahna , sahnaga kerakli bo’lgan dekaratsiya , Zumrad , Qimmat , onasi , otasi , sehrli kampir , qo’g’irchoqlar , daraxtlar , gullar , qushlar , kuchukcha , ikki boshli ajdar , sandiqchalar , o’quvchilar ertak aytuvchidan so’ng birma – bir sahnaga chiqishadi va o’z so’zlarini aytishib , rollarni ijro etishadi . “ Zumrad va Qimmat ” ertagi hayotiy – maishiy ertak bo’lib , unda Zumrad aqlli , odobli , mehnarsevar , oqko’ngil , Qimmat esa uning aksi qo’pl , dangasa , odobsiz qiz . Qimmatning onasi ham g’arazgo’y kampir , chol esa kamtar bo’ladi . Hamma ertaklaridagidek bu ertakda ham yovuzlik ustidan ezgulik g’alaba qozonadi . Ya’ni Zumrad bilan otasi baxtli hayot kechirishadi , xasis ona va dangasa qiz Qimmatni ikki boshli ajdar yutib yuboradi . Sahna ko’rinishi tugagganidan so’ng o’quvchilar xulosalari so’raladi . 1. Ertak sizlarga yoqdimi ? 2. Ertak janri qaysi turga mansub ? 3. Zumrad qanday qiz ? 4. Qimmat qaday qiz ? 5. Sizlar qaday bo’lishlaringiz kerak ? Uyga vazifa : O’tilgan ertaklarni uyda takrorlab , mustahkamlab kelish Download 40 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling