Ertaklar - yaxshilikka yetaklar
Bizning xalqimiz azal-azaldan xalq oģzaki ijodi bilan hamnafas yashaydi.Ayniqsa ertaklar bolalar tarbiyasida muhim ahamiyat kasb etadi.Onalarimiz,buvilarimiz farzandlariga turli xil ertaklar aytib berishar,bu ertaklar farzandlarining tarbiyasiga ta’sir qilishiga,ularning samimiy,to’g’riso’z,ochiqko’ngil,vatanparvarlik ruhida o’sishiga ishonishgan.
Ertaklar hamisha yaxshilik bilan yakunlanadi.Ertak qahramonlari o’z murod-maqsadlariga hamisha yetadilar.Bunday ertaklarni tinglagan bolalar ham yaxshilik ortidan yaxshilik qaytishiga ishonch ruhida tarbiyalanadi.
Xalqimiz orasida keng tarqalgan ertaklar juda ko’p.Masalan “Zumrad va Qimmat”,”Ur to’qmoq”,”Uch oģayni botirlar”,”Ochil dasturxon” kabi ertaklarni eshitmagan bola bo’lmasa kerak.Qizlarimiz “Zumrad va Qimmat” ertagidagi Zumradga havas qilib,uning fazilatlarini o’zida jamlashga,aksincha Qimmatning yalqov,dangasa va qo’pollik xarakterlarini takrorlamaslikka intiladilar.
Ota-onalar o’zlari ko’proq ertaklarni bilsagina,ularni chiroyli,ta’sirli qilib aytish mahoratiga ega bo’lsagina bu ertaklar bolalar qalbidan joy ola biladi.Shunday ekan bolalarimiz vatanga muhabbat ruhida o’sishida,rostogo’y va halol,kamtar bo’lib vogaga yetishida ertaklarning ahamiyati katta bo’lganidek ularni bolalarimizga yetkazib bera olishimiz ham muhim ahamiyatga egadir.
Do'stlaringiz bilan baham: |