Eshitish sezgisi fe’llarining komponentli tahlili


Download 16.56 Kb.
Sana17.01.2022
Hajmi16.56 Kb.
#545814
Bog'liq
Saidjalolova Nodira.Taqriz
99tttttttttttttttt, 99tttttttttttttttt, 2 5233384231035472917, амалиёт шартнома бланка (2), Data Engineering Nanodegree Program Syllabus (1), betlik, 20 Z Ashurov t, tashqisavdo press uzb571, 3 amaliy mashgulot(kechki 2-amaliy) (1), 3 amaliy mashgulot(kechki 2-amaliy) (1), ,, 2-sinf Ona tili III chorak, yengil atletikaning rivojlanish tarixi, Abdulhay Tursun. Mustahkam oila asoslari, 2018 MATERIKLAR VA OKEANLAR TABIIY GEOGRAFIYaSIDAN

O‘zDJTU oʻqituvchisi Gulbahor Abduqodirovaning “Eshitish sezgisi fe’llarining komponentli tahlili” mavzusidagi maqolasiga

TAQRIZ


So‘z ma’nolarini tahlil qilish muammosi bugungi davr tilshunosligida ham o’z dolzarbligini yo’qotgani yo’q. Binobarin, O‘zDJTU oʻqituvchisi Abduqodirova Gulbahorning “Til va adabiyot ta’limi” ilmiy-metodik jurnalining 2015-yil 5-sonida chop etilgan “Eshitish sezgisi fe’llarining komponentli tahlili” mavzusidagi ilmiy maqolasi ham shu nuqtayi nazardan diqqatga sazovor.

Maqolaning annotatsiya qismida mavzuning dolzarblgi va zaruriyati, o’rganilganlik darajasi, maqsad vazifalari, obyekti, ilmiy yangiligi kabi masalalar bayon qilingan. Muallif unda o‘zbek va ingliz tillaridagi eshitish sezgisi fe’llarining leksik-semantik guruhlari komponentli tahlil qilinib oʻrganilganligini, ma’no xususiyatlarini tizimli o’rganish va ularning semantik-funksional jihatdan tasniflash tamoyillarini ishlab chiqish zaruriyati mavjudligini ta’kidlaydi.

Muallif maqolada oʻrganilayotgan so’zlarning umumiy ma’no, xususiy ma’no, mo’tadil sema, differensial sema, og’zaki va yozma nutqda qo’llanilishi, ularning leksik-semantik guruhlarini ochib bergan. Oʻzbek tilida eshitish sezgisi fe’llari eshitmoq, tinglamoq, quloq solmoq, quloqqa chalinmoq(kirmoq, urilmoq, olmoq) kabi fe’llar orqali ifodalanadi. Qo’llanish jihatdan eshitmoq va tinglamoq mo’tadil(neytral) sanaladi. Qolgan fe’llar xususiy ma’no anglatuvchi differensial semalar sanaladi. Muallif bu fe’llarning ma’nolarini ingliz tilidagi ma’nolariga taqqoslab izohlaydi. Ingliz tilida bu fe’llar to hear, to listen, to sound kabi fe’llar hamda boshqa birliklar orqali ifodalanishi tahlil qilingan. Bu boradagi izlanishlarini turli misollar asosida tasdiqlab izohlaydi. Shuningdek, oʻzbek adabiyotidagi asarlarda bu semalarning juda kengligi ta’kidlanadi. Quloq yordamida eshitish sezgisini ifodalovchi leksik birliklar misollar yordamida tahlil qilingan. Quloq solmoq(tutmoq) fe’lining biror narsadan xabardor bo’lish maqsadida atayin eshitmoq va amal qilmoq ma’nolari misollar yordamida ochib berilgan.

Oʻzbek tilida leksik-semantik guruhlarda eshitish sezgisi fe’llari sonining ko’pligi va ma’no doirasining kengligi, ular, asosan, og’zaki nutqda qo’llanishi bayon etilgan.

Bu kabi qiyosiy, komponentli tahlillar hozirgi kunda til oʻrganuvchilar orasida katta ahamiyatga ega bo’lib, ularning lug’at boyligini oshirishda va so’zlarning ma’nolarini chuqurroq anglashida yordam beradi.

Ishda amalga oshirilgan quyidagi ishlarni alohida ta’kidlash mumkin:

1. Eshitish fe’llari haqidagi nazariyalar o‘zbek tilida umumlashtirilgan.

2. Oʻrganilayotgan fe’llarning semalari tasnifi mukammalashtirilgan.

3. Ingliz tilidagi misollar oʻzbek tiliga ham muqobil tarjima qilingan va tushunarli yoritilgan.

4. Ish natijalaridan ta’lim tizimida, xususan, umumta’lim va bakalavr talabalar uchun foydalanish mumkin.

5.So’z qo’llash bilan bog’liq kamchilik va uslubiy g’alizliklar, imloviy xatolar uchramaydi.

6.Fikrlar va dalillar hamda xulosa qismi aniq va lo’nda yoritilgan.

Shuningdek, tadqiqotda ayrim mulohazatalab o’rinlar ham uchraydi:

1.Leksik-semantik guruhdagi so’zlarning komponentli tahlili bo’yicha jahon va o’zbek tilshunosligida olimlarning qarashlari bayon qilinmagan hamda ularga munosabat bildirishga harakat qilinmagan.

2. O’zbek tilshunosligida so’zlarning leksik-semantik tadqiqi bo’yicha izlanishlar olib borgan tadqiqotchilar nomlari va ularning ishlariga havola berilmagan.

3.O’zbek tilshunosligida mavzuga doir so’nggi tadqiqotlar tahliliga ham e’tibor qaratilsa yaxshi bo’lardi.



Bu kabi mulohazalar bizning shaxsiy fikrimiz bo’lib, ular tavsiyaviy xarakterga ega. Shuning uchun ular ishning saviyasiga salbiy ta’sir ko’rsatmaydi. Gulbahor Abduqodirovaning “Eshitish sezgisi fe’llarining komponentli tahlili” mavzusidagi maqolasi talabga javob bera oladi.

NamDU Filologiya fakulteti 1-kurs magistranti N. Saidjalolova
Download 16.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling