Эсоналиев Хасанжон Reja


Download 1.12 Mb.
Sana28.01.2020
Hajmi1.12 Mb.

Марказий Осиё мутафаккирлари дунёқарашида шахс ва жамият муносабатларининг баъзи назарий масалалари

Эсоналиев Хасанжон

Reja:

 

  • Markaziy Osiyoda bilish nazariyasining o‘ziga xos xususiyatlari.
  • So’fizm gnoseologiyasi
  • Bahouddin Naqshband

Markaziy Osiyoda bilish nazariyasining o’ziga xos xususiyatlari.

Markaziy Osiyo – sivilizatsiyaning qadimgi o’choqlaridan biri. VIII-IX asrlarda markaziy Osiyo arab xalifaligi tarkibiga kirgan. Bu davrda xalifalik markazlari – Bag’dod va Damashqda madaniyat va fan ravnaq topdi.


Xalifalar al-Mansur (754-776), Horun ar-Rashid (786-809), Ma’mun (813-833) hukmronligi davrida hind va yunon adabiyotlaridan qilingan tarjimalarga qiziqish ayniqsa kuchaydi, Aristotel, Galen, Gippokrat, Arximed, Yevklid kabi yunon faylasuflarining ilmiy merosi o’rganildi. IX asr boshida Bag’dodda «Dor ul hikmat» - «Bilim uyi» tashkil etildi.

Bu dargohda xalifalikning turli shaharlaridan taklif qilingan olimlar astronomiya, tibbiyot, tarix, geografiya, kimyo, falsafa va boshqa fanlarni sinchiklab o’rgandilar.

IX asr boshlarida dastlab Somoniylar davlati vujudga kelgan bo’lsa, XIII asrning 20-yillarida Xorazmiylar davlati mo’g’ullarning uzluksiz hujumi ostida qoldi. Biroq, ko’p asrlik urushlarga qaramay, Markaziy Osiyoda madaniyat, fan, san’at va adabiyot rivojlanishda davom etdi.

Ular yaratgan asarlar ahamiyatiga ko’ra o’sha davrni Markaziy Osiyo uyg’onish davri deb nomlash mumkin. Uyg’onish davri fani va madaniyatining o’ziga xos xususiyatlari qo’yidagilardan iborat:


3. Insonga xos tabiiy, badiiy, ma’naviy fazilatlarini yuksaltirish, insonparvarlikni ulug’lash, barkamol avlodni tarbiyalashda oliy ma’naviy qonunlarga rioya qilish.

1. Barcha odamlarni ma’rifatli qilishga intilish, bu yo’lda o’tmish merosidan, va qo’shni mamlakatlarning fan, ma’daniyat yutuqlaridan foydalanish, tabiiy-falsafiy va ijtimoiy fanlarni rivojlantirish;

2. Tabiatni o’rganish, tabiiy-ilmiy bilimlarni, oqilonalikka tayanib rivojlantirish, aqlning kuchiga ishonish, asosiy e’tiborni haqiqatni bilishga qaratish, haqiqatni inson bilimining negizi deb bilish;

Bu davrda al-Xorazmiy, Forobiy, Ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy va boshqa buyuk allomalar yashab ijod qildilar.

Abu Nasr Forobiy – «Sharq Arastusi» yuksak unvoniga sazovor bo’lgan o’z davrining buyuk mutafakkirlaridan biri. Aristotel yoki Arastuni Sharqda «birinchi muallim» deb atagan bo’lsalar, Forobiy «ikkinchi muallim»dir


Forobiyning gnoseologiyasi tabiatshunoslik, matematika, musiqa, tilshunoslik va boshqa fanlar sohasidagi bilimlarga asoslanadi. U tabiat insondan tashqarida va unga bog’liq bo’lmagan holda mavjuddir, deb hisoblaydi. Farobiy fikricha, obyekt subyektga qadar mavjud bo’lgan. Seziladigan narsalar sezgilardan oldin paydo bo’lganidek, bilish mumkin bo’lgan narsalar ham bilishdan oldin paydo bo‘lgan

Forobiy fikricha, inson bilimlarni tashqi dunyodagi hodisalarni bilish jarayonida o’zlashtiradi. Bu jarayon sezish, idrok etish, xotira, tasavvur qilish va eng muhimi – mantiqiy mulohaza yuritish, tafakkur kabi usullarni qamrab oladi.

Forobiy fikricha, inson paydo bo’lganidan so’ng avvalo «oziqlantiruvchi kuch» paydo bo’ladi, uning yordamida oziqlanish jarayoni yuz beradi. So’ngra sezgi organlari paydo bo’ladi, ular insonga sezish, tasavvur qilish qobiliyat va xotirani beradi. Shundan keyingina inson «orzu kuchi» yordamida bilim va hunarlarni o’zlashtiradi, foydali narsalarni foydasiz narsalardan farqlaydi, o’z xulq-atvorini tartibga soladi.

Forobiy bilishning ikki shakli – hissiy va oqilona bilishni farqlaydi. Insonni tashqi dunyo bilan bog’lovchi sezgilar roliga e’tiborni qaratar ekan, Forobiy ularni besh turga ajratadi. U sezgilarni bilimning asosiy manbai deb hisoblab, sezgilar faqat narsaning in’ikosi narsaning o’ziga mos tushgan holda haqiqiy bo’lishi mumkin deb qayt etadi. Forobiyning bilishda va umuman hissiy idrok etishda sezgilarning roli haqidagi qarashlari Aristotelning «sezmaydigan odam hech narsani bilmaydi va tushunmaydi», degan fikriga juda o’xshash

Abu Rayhon Beruniy, tabiat va uning obyektiv qonunlari mavjudligiga shubha qilmagan. U tabiat muttasil o’zgarish va rivojlanishda bo’ladi, materiya narsalar shaklini o’zi yaratadi va o’zgartiradi, jon (tafakkur, ma’naviy hodisalar) tananing muhim xossasidir, deb ta’kidlagan


Beruniy astronomik kuzatishlar vositasida Oy va Quyoshning tutilishi, ularning Yerdagi hayotga ta’siri, iqlim, tabiiy va sun’iy tanlanish, saqlanish, rivojlanish anomaliyasi kabi murakkab muammolarni yangi ilg’or metod va nazariy tamoyillar yordamida yechishga harakat qildi.

Beruniy Sharqda astronomiya kuzatish asboblarini yaratish texnikasining vujudga kelishi va rivojlanishi tarixida ham yetakchi o’rinlardan birini egallaydi. U o’sha davrda ilmiy izlanishlar olib borishda foydalanilgan eski asboblarni takomillashtirish va yangilarini yaratishga alohida e’tibor bergan. Olimni o’ta aniqligi va mukammalligi bilan ajralib turuvchi kuzatish asboblarini yaratish imkoniyati masalasi qiziqtirgan.

Abu Ali ibn Sino


O‘rta Osiyoning mashhur qomusiy allomasi va faylasufidir. O‘sha davrda u shug’ullanmagan fanning o’zi bo’lmagan. Tibbiyot bilan bir qatorda, Ibn Sino falsafa, xususan bilish nazariyasini ham faol tadqiq etgan.

Ibn Sino moddiy dunyo predmetlarini sezgilar manbai deb hisoblab, ularning obyektiv tabiatini tashqi moddiy dunyo in’ikosi sifatida yoritadi. Bundan tashqari, u sezgini materiyaning xossalaridan biri deb e’tirof etadi. Alloma sezgini materiyaning oliy shakllari bilan bog’laydi. Ibn Sino mavjud narsalarni tasniflar ekan, sezgi hayvonlar deb ataluvchi jismlarga xosligini qayd etadi

Ibn Sino neoplatoniklarning jon hissiy narsalarni tananing biron-bir a’zosisiz idrok etadi, degan ta’limotini asossiz deb hisoblaydi. «Qadimda ayrim olimlar (neoplatoniklar) jon hissiy idrok etiluvchi narsalarni hech qanday organlarsiz bevosita sezadi, deb faraz qilganlar.

Ibn Sino ko’rish haqidagi ta’limotni ishlab chiqdi. Ko’rish jarayonini tushuntirar ekan, u ayni vaqtda Platonning bu boradagi ta’limoti asossiz ekanligini ko’rsatadi. Ibn Sino yorug’likni ko’rishning asosiy vositasi sifatida alohida qayd etadi

Alloma sezgilarni va tuyg’ularning barcha shakllarini o’rganib, ularning fiziologik asoslarini, ya’ni miya tuzilishida sezgi markazlarining joylashuvini tushuntirishga harakat qildi. Miyani aks ettirish faoliyatining bosh apparati deb talqin qilib, Ibn Sino hissiy bilish shaklini miya bilan bog’ladi va uni idrok etish va sezish asosi deb e’tirof etdi


Ibn Sinoning fikricha, mohiyat uch tarzda namoyon bo’ladi.

Birinchi – narsa sezgilarda ularni kuzatish jarayonida aks etadi. Bu yerda narsalarning sezgi organlarida bevosita aks etishi nazarda tutilmoqda. Ibn Sino in’ikos konsepsiyasini bilish jarayoni sifatida qayd etar ekan, bilish darajalari to’g’risidagi masalani ko’taradi. Ma’lumki, bu mo’ljal yangi davr falsafasida ishlab chiqilgan va nemis klassik falsafasida o’zining tadrijiy yakunini topgan.

So’fizm gnoseologiyasi


Bilish muammosi so’fizmning eng muhim tomonini tashkil etadi. Mo’tadil so’fizm ta’limotiga ko’ra gnostik (orif)ning asosiy vazifasi oliy maqsadga erishish – haqiqatni bilishdan iborat. Bu maqsadga o’zini o’zi takomillashtirish va o’zini o’zi bilish yo’li bilan erishiladi.

Biroq bilishning bu darajasiga yetish uchun odam o’zini butunlay o’z o’zligini anglashga baxshida etishi lozim. U so’fiycha turmush tarzini tanlashi, shuningdek haqiqat sari yo’l tutgan kishilarga qo’yiladigan ayrim boshqa talablarni bajarishi darkor. Mo’tadil so‘fizm vakillari qatoriga Xorisi Muhosibiy, Abulqosim Kushayriy, Abu Homid G‘azzoliy va boshqalar kiradi. Ular so‘fiy shariat chizig‘idan chetga chiqmasligi, uning barcha so‘zlari va ishlari Qur’oni karim aqidalari va Muhammad payg‘ambar hadislariga muvofiq bo’lishi lozim, deb hisoblaydilar.

Shariat bosqichida inson islom diniy qonunlarining barcha talablarini bajarishi, boshqacha aytganda, islom dinining besh ustuniga rioya qilishi shart. Shariat tariqatga yo‘l ko‘rsatuvchi bosqich hisoblanadi.

Tariqat odamning Allohni bilish yo’lidagi ma’naviy hayotini anglatadi. Haqiqatning tagiga yetishning so’fiylik yo’lini tanlagan har bir inson o’zining shaxsiy, o’ziga xos, betakror ma’naviy dunyosiga ega bo’ladi. Tariqat bosqichida haqiqatga erishish yo‘lini tutgan odam o‘z qalbini barcha yomon xislatlardan forig‘ etishi, uning fikrlarida haqiqatni bilishdan boshqa hech narsa bo’lmasligi kerak.


Haqiqat so’fiylar talqinida shariat doirasidan chetga chiquvchi ichki mazmunni anglatadi. So’fiylar doim shariatga rioya qilish lozim deb hisoblaganlar va din talablarini bajarganlar, biroq ular hech qachon dinni dogmatik ma’noda tushunmaganlar va shariatni faqat rasm rusumlardan iborat deb hisoblamaganlar. Ilk so’fiylar shariat va haqiqat o’rtasida jarlik yuzaga kelishiga yo’l qo’ymaslikka harakat qilganlar.

Bahouddin Naqshband


Bahouddin Naqshband hayotning mazmunini Haqiqat (Olloh)ga erishishga intilishda ko’rgan va Haqiqat (Olloh)ga erishish tashqi narsalar haqidagi bilim – shariatga asoslanadi va ichki narsalar haqidagi bilim – tariqat jarayonida yuz beradi, deb hisoblagan.

Bahouddin Naqshband tariqat ezoterik (yashirin, mistik) fan, u hammaga ochiq emas, uni faqat o’zini Haqiqatga baxshida etgan odamlar anglab yetishi mumkin, deb hisoblagan.

Sharqda o’z tafakkur uslubi, bilimlarni ifodalash va o’zlashtirishning o’z mexanizmlari va shakllari, bilim va haqiqatga eltuvchi yo’lni yorituvchi o’z mo’ljallari mavjud. Sharq ta’limotlari va tafakkur uslubini Sharq amaliyoti va tajribasidan olingan Sharqqa xos usullar va metodlar yordamida tushunish va ichdan anglab yetish mumkin.

Adabiyotlar:

    • Nazarov Q. Bilish falsafasi. – T.: Universitet, 2005.
    • Osnovi filosofii / Pod red. Axmedova M. – T.: Sharq, 2003.
    • SHermuxamedova. N.A. Falsafa va fan metodologiyasi. – T.:Univesitet, 2005.
    • Klassicheskaya nauka Sredney Azii i sovremennaya mirovaya sivilizatsiya. – T.: 2000.
    • Granitsi nauki: o vozmojnosti alternativnix modeley poznaniya. – M.: 1991.
    • Dialektika poznaniya. – M.: 1998.
    • Sovremenniye teorii poznaniya. – M.: 1992.

Download 1.12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling