E’tiboringizga havola qilinayotgan “Jinoyatning uzun yo‘li” risolasida o‘smir- yoshlarning to‘g‘ri yo‘ldan adashishlari sabablari haqida mulohaza yuritilgan


Download 5.06 Kb.
Pdf ko'rish
bet14/16
Sana19.02.2020
Hajmi5.06 Kb.
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16

www.ziyouz.com kutubxonasi 
83
yoshdagi odam bilan o‘smirning ruhiy olamida ham jiddiy farqlar mavjud. Aytaylik
birinchi marta odam o‘ldirgan katta yoshdagi kishi yashirinishga harakat qilsa, o‘smirni 
jinoyat sodir bo‘lgan joy o‘ziga tortaveradi. Katta yoshdagi qotilga nisbatan o‘smirda 
qo‘rquv kuchliroq bo‘ladi. Katta yoshdagi faqat bo‘lajak jazodan qo‘rqsa, o‘smirni 
marhum ta’qib etganday bo‘laveradi. O‘smirlar xuddi mana shu kechinmalari tufayli 
tezroq qo‘lga olinadilar.  
O‘smirlar orasida tuhmat, ya’ni aybni begunoh odamga to‘nkash, yoki boshqa bir odamni 
himoya qilishga urinish ko‘p uchraydi. O‘smir qilg‘iliqni qilib qo‘yadi-yu, ammo hibsga 
olinish, qamoq, tergov kabi holatlarga ruhan tayyor bo‘lmaydi. Ayrim o‘smirlar nima deb 
bo‘lsa ham militsiya qo‘lidan tezroq qutilib ketishni o‘ylashadi. Ba’zi tergovchilar 
«o‘rtog‘ingni himoya qilib ovora bo‘lma, u aybini tan oldi, endi aldab bizlarni laqillatma, 
o‘zingni ham o‘rtog‘ingni ham qiynama», degan mazmunda gapirib, uni yolg‘on 
haqiqatga ishontiradilar. O‘smir «bu yerda baribir adolat yo‘q», degan ishonchda 
tergovchi chizib bergan chiziqdan yura boshlaydi. Zikr etilmish voqeadagi T. kabilar esa 
kam uchraydi. Mazkur voqeada ashyoviy dalil, gunohkorni tanish marosimi tergovchi 
uchun asosiy qurol vazifasini o‘tagan. Bunaqa paytda jabrlanuvchiga tergovchi 
tomonidan yo‘l-yo‘riq ham ko‘rsatilib turilish holati ham kam bo‘lsa-da, uchrab turadi. 
«Sen uning ko‘rinishini yaxshi eslab qolmagandirsan. O‘ngdan ikkinchi bolaga yaxshilab 
qara, biz uni yaxshi bilamiz. U aybini bo‘yniga ham olgan. Biz seni deb yugur-yugur qilib 
yuribmizmi, endi sen ham bizlarga yordamlashib yubor», deyilsa jabrlanuvchi nima 
qilardi. Gumondagi shaxs shu yo‘l bilan jinoyatchi sifatida tanilgach, u nima qila olardi? 
Ikkinchi tergovchi salafidan farqli o‘laroq, birinchi galdagi vazifa sifatida jinoyatchini 
aniqlashni emas, adolat qilish zarurligini belgiladi. U ikki oydan ziyod vaqt mobaynida 
o‘smirning «sinmay» turishini befarq qoldirmadi. Buning shunchalik o‘jarlik emasligini, 
bu qaysarlik zaminida haqiqat borligini seza oldi.  
Tergov qilinayotgan o‘smirga ko‘pincha yoshiga qarab baho beriladi. Bu xato uslubdir. 
Chunki 16-17 yoshdagi ayrim o‘smirlarning dunyoqarashi, atrof-muhitni anglash 
miqyosi, o‘z qilmishiga baho bera olishi 14-15 yoshli bolaniki kabi ham bo‘lishi mumkin. 
Aql-zakovat, qobiliyat darajasi bir hil bo‘lmagani sababli boladagi ongning rivojlanishi bir 
hilda kechmaydi. O‘smirning so‘roq chog‘i o‘zini tutishida bu ham muhim ahamiyat kasb 
etadi-ki, tergovchi mazkur holni e’tiborga olmog‘i zarurdir. Harbiylar orasidagi 
jinoyatchini harbiy tergovchi so‘roq qilgani kabi o‘smirlar ishini ham alohida tajribaga 
ega tergovchilar yuritgani durust, deb o‘ylaymiz. Ya’ni jinoyatga doir qidiruv va tergov 
bo‘limlarida, sud va prokuratura idoralarida faqat o‘smirlar bilan shug‘ullanuvchi 
mutaxassislarning mavjudligi maqsadga muvofiqdir. Tibbiyotda bolalarning va 
kattalarning shifokorlari alohida bo‘lgani kabi bu sohada ham boshqa-boshqa bo‘lgani 
yaxshi natija beradi, degan fikrdamiz. 
To‘g‘ri, jinoyatga doir qidiruv bo‘limi noziri yoki tergovchi tarbiya ishlari bilan 
shug‘ullanmaydi. Ammo unda tarbiyachiga xos xislatlar bo‘lmoqligi maqsadga 
muvofiqdir. Chunki so‘roq jarayonida u o‘smirlarga xos bir qancha ruhiy jihatlarni 
hisobga olmoqligi joizdir. Aytaylik, bir o‘smir qiziqqonroq, jizzakiroq, boshqasi esa 
aksincha, g‘oyat bosiq, kamgap, yana biri mijg‘ovroq. Tergovchi barchasiga bir hilda 
muomala qilsa ijobiy natijaga erisha olmasligi mumkin. Demoqchimizki, o‘smirlarning 
fe’l-atvorlariga qarab tergov uslubi tanlanishi lozim. Masalan, qat’iylik, talabchanlik, 
jiddiylik uslubini loqayd, beg‘am, sovuqqon yoki pitrak, serharakat o‘smirga nisbatan 
qo‘llash mumkin. Dilgir, g‘amginlikka moyil, ma’yus o‘smirga esa bu uslub salbiy ta’sir 

Jinoyatning uzun yo’li. Tohir Malik 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
84
ko‘rsatadi. Aytmoqchi bo‘lgan gapini ham unutadi, yoki qaysarlik to‘niga o‘ralib olib 
«nima qilsang qilaver», degan ma’noda javob bermay qo‘yishi ham mumkin.  
O‘smirlarning har bir avlodida o‘ziga xos o‘zgarish kuzatiladi. O‘tgan asrning oltmishinchi 
yillaridagi o‘smir bilan yangi asrning o‘smirlari orasida katta farq mavjudligini hech kim 
inkor etmaydi. Ammo keyingi o‘n yil orasida o‘smirlik olamiga kirib kelayotganlarning 
ruhiy olamida, fe’l-atvorida farq mavjudligini barcha ham sezavermaydi. 
Mutaxassislarning kuzatishicha, o‘g‘il bolalarning his-tuyg‘ularida, fe’l-atvorlarida 
(xarakterlarida) ilmiy tilda «feminizatsiya» degan xolat kuzatilyapti. Lotincha «femina» - 
«ayol» ma’nosini bildiradi. Mazkur ilmiy atama o‘g‘il bolalarda qat’iyatsizlik oshib 
borayotganini anglatadi. Kengroq ma’noda sharhlasak, o‘g‘il bolalar jiddiy bir qarorga 
kelishda sustlik qiladilar, ularda mas’uliyatga nisbatan qo‘rquv mavjud, boshqarishdan 
bo‘yin tovlamoqlik, mustaqil qarorga kelishdan qochishga urinish, irodasizlik va o‘ta 
ta’sirchanlik sezilyapti. Bular erkaklarga xos bo‘lmagan xolatlar ekanini ta’kidlamasak 
ham bo‘lar. Buning asosiy sababi qilib olimlar maktab o‘qituvchilarining asosan 
ayollardan iborat ekanini ko‘rsatishadi. Maktab o‘qituvchilarining 80-90 foizi ayol ekani 
va buning muhim ijtimoiy muammo ekani dunyodagi ko‘p mamlakatlarga xosdir. 
Qiziqda, o‘g‘il bolani uyda onasi, maktabda yana ayol muallima tarbiyalasa, ulardagi 
ayrim odatlar o‘tmaydimi? Oiladagi 4-5 qiz orasida ulg‘aygan o‘g‘il bolaning fe’l-atvorini 
kuzating. Arzimagan gapdan ham ta’sirlanib yig‘lab yuborishi fikrimizga dalil emasmi? 
Tarbiyachilar orasida erkaklarning ko‘proq bo‘lishi masalasiga biz to‘xtalib o‘tirmaymiz. 
Biz o‘g‘il bolalar fe’l-atvoridagi mazkur jihatlarga tergovchi va nozirlarning e’tiborlarini 
tortmoqchimiz xalos. 
O‘smirni militsiya nazoratiga olish masalasiga ikki hil munosabat mavjud. Bir toifa 
odamlar buni xonadonlari uchun fojia sifatida ko‘radilar va buni qamoqqa olib boruvchi 
darvozaning ochilishiday qabul qiladilar. Ikkinchi toifa odamlar nazoratga olinmish 
bolaning qismatida qamoq borligiga to‘la ishonadilar. Bolani nazoratga olish nihoyatda 
nozik masala. To‘g‘ri nazorat qilish yaxshi natija berishi shubhasiz, noto‘g‘ri nazorat esa 
salbiy oqibat bilan yakunlanadi. O‘g‘irlik bilan qamalganlarning 30-35 foizi avval militsiya 
nazoratida turganlari fikrimizni isbot etadi.  
Yana demoqchimizki, gumondagi yoki guvoh o‘smirni so‘roq qilish shunchaki odatiy ish 
emas, balki ilmiy tahlilga asoslangan jarayon bo‘lmog‘i zarurdir. Agar bolalar jarrohi 
amaliyot chog‘ida ehtiyotsizlik qilib bitta tomirchani uzib yuborsa bola jisman nobud 
bo‘ladi va ba’zan biz u jarrohni jinoiy javobgarlikka tortishga urinamiz. Agar tergovchi 
o‘smirning ruhiy olamini toptab qo‘ysa, jamiyat ruhi sog‘lom bir odamni yo‘qotgan 
hisoblanadi. Jisman nobud bo‘lgan bola tufayli bir oila aziyat chekadi, vaqt o‘tgach, 
g‘am-alam asta unutiladi. Ruhan nobud qilingan o‘smirdan esa jamiyat aziyat chekadi va 
buning g‘am-alamlari darrov unutilmaydi. Tergovchining tig‘i - aql va til, tig‘ uriladigan 
joy esa o‘smirning qalbi va ongidir. Buni unutmaslik shart. 
Demak, tergovchi qarshisida o‘smir o‘tiribdi. Tergovchiga ham oson tutib bo‘lmaydi. Siz 
bilan biz o‘n besh yillar atrofida o‘zimiz tarbiya etgan farzandimizni qachon to‘g‘ri, 
qachon yolg‘on gapirayotganini ba’zan farqlay olmaymiz. Tergovchidan esa bir necha 
so‘roq mobaynida o‘smirning xulqini, odatini aniqlab, bunga erishishi talab etiladi. 
Gumondagi o‘smir: a) to‘g‘ri va ishonchli ma’lumot berishi mumkin, b) yolg‘on gaplarni 
to‘qiydi, v) adashganligi tufayli noto‘g‘ri ma’lumotni aytadi. Bularni farqlab olishi uchun 
tergovchidan yuksak mahorat talab qilinadi. Birinchi holatda to‘g‘ri va ishonchli ma’lumot 
gumonni tasdiqlashi yoki aksincha, gumonni inkor etib o‘smirni oqlashi mumkin. Ikkinchi 

Jinoyatning uzun yo’li. Tohir Malik 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
85
va uchinchi holatda hamma narsa chalkashib ketadi, to haqiqatga yetib borilguniga 
qadar ish cho‘ziladi.  
P.ismli o‘smir o‘rtoqlari bilan tog‘ sayriga borishiga ruxsat berishmagani uchun ota-
onasidan arazlab, uydan chiqib ketadi. Ikki oyga yaqin daydib yuradi. So‘ng o‘g‘irlik 
qilayotganida qo‘lga olinadi. Bunday holatda tergov ishi qiyin kechmaydi. Avvalo bola 
jinoyat ustida ushlandi. Guvohlar bor. Bundan tashqari bola bahonalarni qalashtirmay 
aybiga iqror bo‘ldi. Shu bilan birga bunga qadar yana o‘n yetti marta bosqinchilik qilgani, 
«Azroil» va «Iblis» laqabli ashaddiy o‘g‘rilarga qo‘shilib dahshatli jinoyatlarga sherik 
bo‘lganini ham tan oldi. Uning ma’lumotlari tekshirib ko‘rilganida barchasi yolg‘on ekani 
ma’lum bo‘ldi. Xo‘sh, yolg‘on to‘qishdan bolaning muddaosi nima edi? Tergovchini 
chalg‘itish yoki laqillatishmi? Yo‘q, u buni xayoliga ham keltirmagan. Tergov 
jarayonlaridan mutlaqo bexabar bo‘lgani sababli «gapimga ishonishadi-yu, qamab 
yuborishadi», deb o‘ylagan. Aytgan jinoyatlarining har biri qaerda sodir bo‘lsa, o‘sha 
yerga borib, ko‘rsatib, isbot qilib berishi lozimligini bilmagan. Birinchi va ikkinchi 
ma’lumoti isbotini topmaganidan keyinoq yolg‘oniga iqror bo‘lgan. «Nima uchun bunday 
qilding?» degan savolga javob bermadi. Bera olmasdi ham. O‘smirlar ruhiyatini yaxshi 
bilgan tergovchi uning o‘zi aytmasa ham, maqsadini anglab, og‘ir jazo bermadi. Uydan 
ketishni o‘zicha qahramonlikka yo‘ygan o‘smir kichik bir o‘g‘irlik bilan qamalib ketishni 
o‘ziga isnod deb bilib, «obro‘yi»ni oshirmoqchi bo‘lgan. Qamoqda ham, ozodlikka 
chiqqanidan keyin ham mayda emas, e’tiborli o‘g‘ri martabasida yurmoqlikni orzu qilgan. 
Katta yoshdagilarni tergov qilish jarayonlarida ham yolg‘on, iqror bo‘lmaslik, tuhmat 
kabi holatlar uchrab turadi. Kattalar aytadigan yolg‘onlarini avval puxta o‘ylab, ma’lum 
odamlar bilan kelishib olib so‘ng ishontirishga harakat qilishadi. Yolg‘on guvohlar ham 
topishadi. O‘smirlarda mana shu puxtalik yetishmaydi. Videokassetalarni o‘g‘irlashda 
ayblanayotgan Ch. «yolg‘iz o‘zim edim», deb tergovchini ishontirmoqchi bo‘lgan. 
Tergovchi o‘g‘irlangan 170 videokassetani qopga joylab, ko‘tar, deydi. Shubhasizki, u 
ko‘tarolmaydi va oqibatda sherigi borligini aytishga majbur bo‘ladi. Avvalgi holatdagi 
bilan bunisidagi yolg‘onni solishtirilsa o‘zga-o‘zga manzara yuz ochadi. Yana bir tergov 
bayonini lozim ko‘rdik-ki, unda butunlay o‘zga holat ko‘zga tashlanadi. Diskotekada 
boshlangan janjal qotillik bilan tugaydi. To‘rt o‘smir o‘zlariga yoqqan qizga o‘ralashgani 
uchun Z. ismli yigitchani ayovsiz kaltaklab o‘ldiradilar. To‘rtovlon o‘sha tundayoq qo‘lga 
olinadi. To‘rttalasa Z.ni urganini tan oladi ammo o‘limga sabab bo‘luvchi zarbani kim 
berganini aniqlashga kelganda har biri o‘zini oqlashga tushadi. Ekspertiza xulosasiga 
ko‘ra Z. temir tayoq bilan urilgani tufayli jon bergan. Temir tayoqda barmoq izlari yo‘q - 
qotil artib tashlashga ulgurgan. Aybdorlardan ikkitasi «temir tayoq O‘.ning qo‘lida edi», 
deb ko‘rsatma berdilar. O‘. esa buni rad etib, «M. urgan», deb qattiq turib oladi. Shunda 
mana bu savol-javob bo‘lib o‘tadi: 
Tergovchi - Z. kaltaklanayotganda siz qaerda edingiz, ko‘chadami? 
Ayblanuvchi - Yo‘q, men ichkarida, diskotekada qoluvdim. 
Tergovchi - Atrofingizda kimlar bor edi? 
Ayblanuvchi - Esimda yo‘q. 
Tergovchi - Z.ni temir tayoq bilan M. urdi, deb sizga kim aytdi? 
Ayblanuvchi - O‘zim ko‘rdim. 
Tergovchi - Qanday ko‘rasiz, axir siz ichkarida, diskotekada edingiz-ku?  
Albatta bu mantiq oldida ayblanuvchi darrovgina bosh ega qolmaydi. Yangi-yangi 
yolg‘onlar to‘qishga urinadi.  

Jinoyatning uzun yo’li. Tohir Malik 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
86
Mutaxassislar yordamida 250 tergov ishlari o‘rganilganda mana bu holat aniqlandi: 
o‘smirlarning 158 tasi (63,2%) to‘g‘risini aytib, aybiga iqror bo‘lgan. 73 tasi (29,2%) 
yolg‘on to‘qigan. 19 tasi (7,6%) adashganlari tufayli ishonchsiz ma’lumotlarni berganlar. 
Yolg‘on to‘qigan 73 bola bilan suhbatlashilganda ma’lum bo‘ldiki, ularning yarmidan 
ko‘prog‘i shu yo‘l bilan jazodan qutilib qolish chorasini izlagan. 16,4 foizi sheriklarini 
yashirish maqsadida, 11,1 foizi esa sheriklaridan o‘ch olish uchun yolg‘on to‘qigan. 8,5 
foizi do‘stlikka sadoqat tushunchasini noto‘g‘ri anglagani tufayli, 9,6 foizi qarindoshlarini 
himoyalash umidida, 3,7 foizi esa o‘zining mardligini isbotlash niyatida yolg‘on 
gapirganlar. 
Bu raqamlar nimani ko‘rsatyapti? To‘g‘risini aytib, aybiga iqror bo‘lganlar, pushaymon 
yeganlar ozodlikka chiqqanlaridan keyin jinoyat olamini butunlay tark etadilar, 
deyishimizga asos bor. To‘g‘risini aytish - noto‘g‘ri yo‘lga kirganligini anglab yetishining 
dalolatimi? Yolg‘on gapirganlar jinoyat olamida bir umrga qolib ketadilar, deb xulosa 
chiqarishga shoshilmaylik. Ularning bu zulmat olamiga qaytish yoki qaytmasligi bizning 
munosabatimizga bog‘liq-ki, bu haqda keyinroq alohida fikr yuritamiz. 
To‘g‘risini aytish - jinoyatga iqror bo‘ldi, degan gap emas. To‘g‘risini aytib, ayblovni inkor 
qilish ham mumkin. Shu o‘rinda tergovchiga yana qiyinchilik tug‘iladi, ya’ni buni «o‘zini 
oqlash uchun to‘qilayotgan yolg‘on» sifatida qabul qiladi. Oqibatda tergovchi xayolidagi 
gumonni haqiqat o‘rnida ko‘rib, o‘smirning shu yolg‘onni tan olmog‘ini istaydi. Ch.ning 
o‘limi xususidagi jinoiy ishni o‘rganish jarayonida shunday voqea yuz berdi. Ch.ismli bola 
Q. ismli do‘sti bilan mushtlashgan. Bu mushtlashishni ko‘rgan guvohlar bor. Buni Q.ning 
o‘zi ham inkor qilmaydi. Jag‘idan musht yegan Ch. yiqilib tushadi. Ertasiga biqini 
og‘riyotganidan shikoyat qiladi. Uni kasalxonaga olib boradilar. Og‘riq to‘xtamaydi. Ikki 
kundan so‘ng amaliyot (operatsiya) qiladilar. Ch. jigari shikastlangani oqibatida vafot 
etadi. Ota-onasi uning o‘limida Q.ni ayblashadi. Amaliyot qilgan jarroh jigar qattiq zarba 
tufayli ezilgan, deb xulosa chiqaradi. Jigar nima sababdan ezilishi mumkin? Tepki orqali. 
Tergovchining xulosasi shu edi. Q. esa urganiga iqror bo‘lgani holda, «tepmadim», deb 
turib oldi. Tergovchi buni o‘jarlik, yolg‘on vositasini o‘zini himoya qilish, deb qabul qildi. 
Mushtlashuvni ko‘rgan bolalarning birontasi ham Q.ning tepganini tasdiqlashmadi. 
Shunga qaramay, tergovchi «Ish»ni yakunlab sudga oshirdi. Sud esa tergov 
natijalaridan qoniqmay uni qaytardi. Qayta tergov bilan shug‘ullangan xodim 
shoshilmadi. Mushtlashuvga guvoh bo‘lgan bolalardan odatdagidek «Q.tepdimi?»-deb 
emas, «Ch. kaltak yegandan keyin yiqildimi?»- deb so‘radi. Bolalarning barchasi 
«yiqilmadi,jag‘ini ushlab qochdi», - deb javob qaytarishdi. Shunda tergovchi Ch.ning 
qaysi tomonga qochgani bilan qiziqdi. Bolalarning bu savolga javoblari ham bir hil bo‘ldi. 
Tergovchi Q.ning orqadan quvmaganini ham aniqladi. Demak, agar Ch. yiqilmagan 
bo‘lsa, Q. qanday qilib uning jigariga qattiq zarba berishi mumkin? Agar Ch. jag‘iga 
tushgan musht zarbasidan yiqilsa-yu, biron tosh ustigami yo to‘nkagami o‘ng tomoni 
bilan tushsa jigari ezilishi mumkin. Q. sport, xususan jang usullari bilan 
shug‘ullanmagan. Jismoniy jihatdan ham boshqalardan ajralib turmaydi. Maktabdagilar 
uni urushqoq bola sifatida ta’riflashmagan. Tergovchida uning kuchli zarba bera olishiga 
shubha uyg‘ondi. Xo‘sh, unda nima bo‘lgan? Tergovchi Ch.ning mushtlashuv kuni emas 
ertasiga og‘riqdan noliganiga e’tibor berdi. Shuning barobarinda vrachlarning hatti-
harakatlari bilan qiziqdi. Amaliyot nima uchun bemor shikoyat qilgan kuni emas, ikki 
kundan keyin qilindi, degan savolga javob izladi. Kasalxona jarrohlarining xulosasi bilan 
kifoyalanmay eksgumatsiya (murdani qabrdan olib qayta tekshirish) qildirdi. Shulardan 
ma’lum bo‘ldi-ki, vrachlar vaqtni o‘tkazib so‘ng muolajaga kirishganlar. Vaqtida amaliyot 
qilinsa, bolaning hayotini saqlab qolish mumkin ekan. Tergovchi «Ish»dagi eng muhim 

Jinoyatning uzun yo’li. Tohir Malik 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
87
narsani ham aniqladi: Ch. ertasiga velosipedda ketaturib yiqilib, yo‘l chetidagi toshga 
biqini bilan tushgan ekan. Biqinini ushlab «voy«voylab» o‘tirganini ko‘rgan bolalarni 
ham, Ch.ga achinib, biqinini silab qo‘ygan ayolni ham topdi. Shuning bilan «ehtiyotsizlik 
oqibatidagi qotillik» degan ayblov chippakka chiqdi. 
Kaminaga bu voqeani IIV Akademiyasining tinglovchisi aytib bergan edi. U boshiga 
tushgan bu savdolardan so‘ng tergovchi bo‘lishga ahd qilgan ekan. «Hayotimni saqlab 
qolgan tergovchiga bo‘lgan hurmatim haqqi, uning kasbini egallashga, hamisha adolat 
yo‘lidan yurishga ahd qilganman»,- dedi. Keyin afsus bilan: «o‘rtog‘imning o‘limiga men 
sababchi bo‘lmasam ham uni urganimdan hozirgacha pushaymonman. Bu pushaymonlik 
to umrimning oxirigacha ham meni tark etmasa kerak.»- dedi. 
Z. ismli yigitchaning taqdiri esa o‘zgacharoq bo‘ldi. U maktabda urushqoqligi bilan nom 
chiqargan edi. Sport to‘garagidan aynan shu bezoriligi uchun haydalgandi. Militsiya 
ro‘yxatiga tushib qolishiga ham shu illati sabab edi. Lekin uni mushtumzo‘rligi uchun 
emas, nomusga tekkani uchun qamashdi. Jinoyatchini tanish marosimida qiz 
tergovchining maslahatiga amal qilib, Z.ni ko‘rsatdi. Keyin esa ko‘rsatmasidan qaytdi. 
Biroq, tergovchi «aytilgan so‘z - otilgan o‘q», shioriga amal qilib, qizning keyingi 
gaplarini inobatga olmadi, «Ish»ni chalkashtirishni istamadi. Qiz qurilishi bitmagan 
imorat ichida zo‘rlangan edi. Z. esa shu imoratga yaqin do‘konchada amakisi bilan birga 
ishlardi. Uni ayblash uchun shuning o‘zi kifoya qildi. Qiz bitmagan imorat ichiga o‘z 
oyog‘i bilan kirib borgan, birov uni majburlab sudramagan. Uning kiyim-boshlari butun. 
Tanasida ham shilingan, ko‘kargan joy yo‘q, xullas kuch bilan zo‘rlash alomatlari yo‘q. 
Shunday ekan, uni zo‘rlangan jabrlanuvchi deyish o‘rinlimi? U ko‘rsatmasida «uch yigit 
imorat ichiga aldab olib kirishdi»,-deb yozgan. Bitmagan imorat ichiga nima deb aldab 
olib kirish mumkin? Uyga biron narsa ko‘rsatish bahonasida aldab olib kirish mumkindir. 
Mantiq shuki, qiz nima uchun borayotganini bilgan. Aniqroq aytilsa, o‘zida istak bo‘lgan. 
Agar uch yigit orasida Z. bo‘lgan taqdirda ham unga qo‘yilayotgan aybni o‘ylab ko‘rishga 
to‘g‘ri kelardi. Undan tashqari qizning ko‘rsatmasida yigitlarning uchta ekanligi aniq 
aytilgan. Dastlabki tergovlarda Z.ga «sheriklaringni aytasan!» - deb zug‘um qilgan 
bo‘lishdi. Keyinroq esa bu dalil ham e’tibordan ko‘tarilib, Z.ning o‘zi yakka aybdor 
sifatida hukm qilinadi. Shubhasizki, Z.ning ota-onasi bu hukmga rozi bo‘lishmaydi. 
Qayta bo‘lib o‘tgan sud uni aybsiz, deb topadi. Endi prokuratura bu hukmga rozi 
bo‘lmaydi. Uchinchi marta bo‘lib o‘tgan sud Z.ni yana qamoq jazosiga hukm qiladi. Ota-
ona endi respublika prokuraturasiga arz qiladilar. «Ish» prokuratura tergovchisi 
tomonidan qayta ko‘rib chiqilib, Z. ozod etiladi. Adolatning tantana qilgani yaxshi. Ammo 
bu shodlik yuzaga chiqquniga qadar Z. bir yil qamoqda o‘tirdi. «Hayot - shafqatsiz, 
adolat esa umuman yo‘q»,- degan fikrni haqiqat o‘rnida ongiga singdirdi. Ozodlikka 
xursandchilik bilan chiqmadi, yuragida qasos o‘ti bilan chiqdi. «Nomusga tegish, zo‘rlash 
qanaqaligini senlarga ko‘rsataman», degan ahdini amalga oshirdi. U to qo‘lga olingunga 
qadar bir necha qizni sharmsor qilishga ulgurdi. Biz ba’zan «ayrim jinoyatlar ochilmay 
qolyapti», deb noliymiz. Ba’zan «mana bunday ochiladigan bo‘lsa ochilmay qolgani ham 
yaxshiroq edi», deging keladi. Bitta xato bir necha jinoyatlarni tug‘dirdi.  
Bu misollarni e’tiboringizga havola etmoqlikdan maqsad - ishda uchraguvchi 
kamchiliklarni bo‘rttirib ko‘rsatish emas. (Xato-kamchilik hamma sohada ham bor. Faqat 
«xato qilmoqlik bordir, tuzatmaslik oqibati - hordir», degan hikmatga amal qilinsa 
yanada yaxshi.) Maqsad - o‘smirlar bilan ishlovchi tergovchi zimmasidagi mas’uliyatni 
bo‘rttirib ko‘rsatish. Biz o‘smirlar taqdirini hal etuvchi «Ish»larni bu sohani yaxshi 
biladigan, o‘smirlar ruhiy olamidan xabardor mutaxassislarga ishonish kerak, degan 

Jinoyatning uzun yo’li. Tohir Malik 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
88
fikrdamiz. Har qanday bastakor bolalar yoki yoshlar uchun qo‘shiq yaratavermaydi. 
Jarroh har qancha mohir bo‘lmasin, bolalarga tig‘ urishga jur’at etavermaydi. Ko‘p 
sohalar «kattalar» va «bolalar» degan bo‘limlarga ajratilgani kabi militsiya va 
prokuratura tergov bo‘limlarining, sudlarning ham maxsuslashuviga vaqt yetmadimikin? 
Bolalar ahloq tuzatish mehnat koloniyasi kattalarnikidan alohida bo‘lgani kabi bu yerga 
yetib kelgungacha o‘tadigan jarayonlar ham ajratilgani durust edi. Qonunga ko‘ra, 
sudgacha bo‘lgan jarayonda bolalar va o‘smirlar kattalardan alohida qamoqda 
ushlanishlari shart. Bunga sharoit barcha yerda mavjud bo‘lmaganidanmi yoki e’tiborsiz 
qaralganidanmi, hamisha ham rioya qilinavermaydi. O‘smirlar ba’zan ashaddiy 
jinoyatchilar o‘tirgan xonaga qo‘yiladiki, buning natijasini gapirmasak ham tushunarlidir. 
O‘smir har qancha og‘ir jinoyat qilmasin, uni yaxshilar ro‘yxatidan batamom o‘chirib, 
yomonlar safiga umrbodga tirkab qo‘ymay, unga «adashgan» sifatida munosabatda 
bo‘lsak ayni muddaodir. Adashgan o‘smirni ashaddiy jinoyatchiga aylanib ketmasligining 
choralaridan biri esa - huquqqa doir idoralar vakillarining jazolovchi kuch emas, shafqatli 
va adolatli do‘st sifatida ish yuritishlaridir.  
Militsiya ishlarida «mahfiylik» degan tushuncha bor. Mahfiylikni inkor etish mumkin 
emas. Hamma ishni ochiq-oydin olib borish imkoni ham yo‘q. Ko‘p jinoyatlar mahfiy 
ravishda amalga oshiriladi, izlar berkitiladi. Uni fosh etishda ham huddi shu yo‘ldan 
boriladi. Lekin bolalar va o‘smirlarga doir ishlarda mahfiylik chegarasini ozgina ochish 
kerakmikin? Masalan, axloq tuzatish koloniyasidagilarning nechtasi qaysi viloyat, qaysi 
tumandan ekani, jinoyat turlari, tarbiyalanuvchilarning o‘zlarini tutishlari kabi 
ma’lumotlar jamoatchilikka ma’lum qilib turilsa, o‘smirlar orasida olib borilayotgan 
ishlarda nafi tegarmidi,deb o‘ylaymiz. 
NAQADAR SHAFQATSIZSAN, EY YORUG‘ DUNYO! 
*«O‘zingdan ko‘r...» 
*Yozuvchining ko‘z yoshlari 
*Qamash shartmi? 
*Burgaga achchiq qilib 
Sarlavhada o‘qiganingiz bu nido xayolimiz mahsuli emas. Yurakdan vulqon kabi otilib 
chiqqan bu alamli xitobni biz ozodlikdan mahrum etilgan yigitchaning kundalik daftarida 
o‘qidik. Jinoyatchi o‘smirlar saqlanadigan yerni «koloniya» deb atalishini aytdik. Endi 
uning mazmuniga kelsak, «koloniya» - lotin tilida o‘zga yurtdan kelib joylashishni 
anglatadi. Shunga ko‘ra, jinoyat olamidan yulib olinib majburan joylashtirilganlar, degan 
mazmunda qabul qilsak ham bo‘lar. Bu yerga hukm qilinganlarni kattalar kabi 
«mahkum», deb atashmaydi. Bundagilarning nomi - «tarbiyalanuvchi»dir. Militsiya 
xodimlari esa «tarbiyachi zobitlar» deb yuritiladi. Bu yer nima deb atalishidan qat’i nazar 
qamoqxona bo‘lsa-da, kattalarniki kabi qurolli soqchilar bilan qo‘riqlanmaydi. Bunda dars 
o‘tiluvchi sinfxonalar, hunar o‘rgatuvchi ustaxonalar mavjud. Xullas, jinoyatchini emas, 
adashgan bolaning ko‘zini ochib, to‘g‘ri hayot yo‘liga yo‘llovchi barcha zarur masalalar 
inobatga olingan.  
Mening tog‘am, atoqli yozuvchi Mirzakalon Ismoiliy Stalin zamonida «xalq dushmani» 
degan tuhmat bilan qamalib, Qarag‘anda ko‘mir konlarida umrlarining to‘rt yilini 
o‘tkazgan edilar. Gap kelganda aytib o‘tsam, «Farg‘ona tong otguncha» romanining 
birinchi kitobi shu qamoqxonada yozilgan edi. Tog‘am qamoqdaliklarida suyukli 

Jinoyatning uzun yo’li. Tohir Malik 
 
 
Download 5.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling