Etika fanining predmeti va jamiyat hayotidagi ahamiyati


Download 19.13 Kb.
Sana21.05.2020
Hajmi19.13 Kb.
#108630
Bog'liq
ETIKA


ETIKA” FANINING PREDMETI VA JAMIYAT
HAYOTIDAGI AHAMIYATI

Abdurahmonov Murodjon

Gidrometeorologiya 1 kurs

Etika” fanining predmeti, mohiyati va tuzilmasi. Qadimgi yunon faylasufi Aristotel


o‘z davrida mavjud fanlarni ta’riflarkan, ularni uchta guruhga ajratadi: nazariy fanlarga falsafa,
matematika, fizikani; ijodiy fanlarga san’at, badiiy hunarmandchilikni; amaliy fanlarga esa etika va siyosatni kiritadi. SHu tariqa Etika falsafa doirasidan ajralib chiqadi va mustaqil fan sifatida shakllana boshlaydi. Hozirgi vaqtda «Etika» ijtimoiy-falsafiy fanlar tizimida o‘ziga xos o‘ringa
ega bo‘lgan fandir. «Etika» (axloqshunoslik)–axloqning kelib chiqishi, mohiyati, xususiyatlari,
jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni haqidagi fandir. U boshqa ijtimoiy fanlar singari o‘z qonunlari va
kategoriyalariga ega bo‘lib, ular orqali o‘z xulosalarini bayon qiladi. «Axloq» so‘zi aslida arabcha
so‘z bo‘lib, xulq-atvor, yurish-turish, tarbiya degan ma’nolarni anglatadi. Hozirgi vaqtda bu tushuncha jamiyatning axloqiy hayotida yuz beradigan barcha jarayonlarning majmuini aks ettiradi. Jamiyatning axloqiy hayoti deb kishilarning ijtimoiy, siyosiy va xuquqiy faoliyatida,
oilasida va kundalik turmushida yuzaga keladigan o‘ziga xos munosabatlari shakliga aytiladi. Axloq tushunchasini ikki xil ma’noda ko‘rish mumkin: axloq umumiy tushuncha sifatida etikaning
tadqiqot ob’ektini anglatsa, yakka tushuncha sifatida inson fe’l-atvori va xattiharakatining o‘ziga
xos ko‘rinishini anglatadi.
Xususan «odob», «xulq-atvor» ma’nolarida ham ishlatiladi. Aslida «axloq» va «odob» tushunchalari bir-biridan mazmun jihatidan farq qiladi.
A. Sher «Axloqshunoslik» kitobida ko‘rsatishicha, «Odob-inson haqida yoqimli taassurot
uyg‘otadigan, lekin jamiyat va insoniyat hayotida u qadar muhim ahamiyatga ega bo‘lmaydigan, milliy urf-odatlarga asoslangan chiroyli xatti-harakatlarni o‘z ichiga oladi. Axloq esa–jamiyat, zamon insoniyat tarixi uchun namuna bo‘la oladigan ijobiy
xattiharakatlar yig‘indisidir»


Axloqning negizini jamiyatning tarkibiy tuzilishi, xususan, undagi mulkiy munosabatlar, mehnat taqsimoti, aholining yoshi va ularning ehtiyoj va manfaatlari belgilaydi. Binobarin,
O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotining asosini xilma-xil shakllardagi mulklar tashkil etayotgan
bir vaqtda, uni rivojlantirishning ma’naviy-axloqiy negizlarini: - umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik; - xalqimizning ma’naviy merosini mustahkamlash va rivojlantirish; - insonning o‘z imkoniyatlarini erkin namoyon qilishi; - vatanparvarlikni tashkil qiladi. SHubhasizki, ana shu negizlar asosida O‘zbekiston
xalqlarining yangicha mazmundagi ma’naviy-axloqiy dunyosi shakllanadi va qaror topadi. Bu esa,
o‘z navbatida xalqimiz axloqining negizini belgilab beradigan asosiy omillardan biri hisoblanadi.
Axloqning jamiyat xayotida tutgan o‘rni u bajaradigan funksiyalar bilan belgilanadi


«ETIKA» FANIDAN TESTLAR

1. Axloq deganda nimani tushunasiz? a) Axloq xudoning insonga bergan in’omi; b) Axloq kishining turli xil kayfiyatlari; v) Axloq ijtimoiy ong shakllaridan biri, insonning yurishturish qoidalari va hulq-atvori normalari;
g) Axloq yaxshilik va yomonlikning o‘lchov mezoni.
2. Axloq ko‘proq qaysi fanlar bilan bog‘liq? a) Tarix va siyosatshunoslik fanlari bilan; b) Pedogogika va huquqshunoslik fanlari bilan; v) Sotsial - psixologiya va iqtisodiyot fanlari bilan;
g) San’at va adabiyot fanlari bilan.
395 3. Axloqning ijtimoiy hayotdagi roli nimadan iborat? a) Odamga omad va baxt-saodat keltiradi; b) Kishini hato qilmaslikka undaydi;
v) Insonni ma’naviy kamolatga etkazadi, jamiyatni ma’lum muvozanatda saqlab turishga imkon beradi;
g) Kishining o‘z nafsini tiya bilishini va insofli bo‘lishini ta’minlaydi. 4. Axloqning tarkibiy tuzilishini izohlang? a) Kishining kechinmalari, his-tuyg‘ularning yig‘indisi; b) Axloqiy amaliyot va psixologik xususiyatlarni o‘z ichiga oladi; v) Axloqiy ong, axloqiy normalar, axloqiy faoliyat va axloqiy munosabatlar; g) Axloqiy baho va axloqiy mezon. 5. Axloqning tabiiy manbaalari nimalardan iborat? a) Axloq tug‘ma xarakterga ega, inson tug‘ilishi bilan unga in’om etiladi; b) Axloqning negizida shaxsiy va ijtimoiy manfaatlar yotadi; v) Axloq kishining aql-zakovatiga bog‘liq; g) Axloq ota-onadan o‘tadigan genetik meros. 6. Axloqning ijtimoiy manbalari nimalardan iborat? a) Axloq siyosiy ustqurmaning mahsuli; b) Axloq jamiyatning tuzumi orqali belgilanadi; v) Axloq sotsial muhit va jamoatchilik fikri orqali shakllanadi;
g) Axloq tarbiya xarakteriga bog‘liq holda namoyon bo‘ladi.
7. Axloqning ma’naviy manbalari nimadan iborat? a) Axloq xudoning irodasiga bog‘liq; b) Axloq hayotiy tajribalar davomida takomillashadi; v) Axloq ilm-ma’rifat orqali shakllanadi, kishining hayot mazmuni va hayot maqsadini qanday
tushunishiga bog‘liq; g) Axloq kishining ijtimoiy faolligi, intilishlari va epchilligining mahsulidir. 8. Axloqiy norma -qoidalar qachon paydo bo‘lgan? a) Odamzod urug‘ining paydo bo‘lishi bilan; b) Inson jamiyati yuzaga kelishi bilan; v) Iqtisodiy tuzum inqirozi davrida; g) Quldorlik tuzumi shakllangandan keyin.
9. Eng qadimgi axloqiy ta’limotlar qaerda yuzaga kelgan? a) Misrda, Hindiston va Xitoy mamlakatlarida; b) Qadimgi Yunonistonda va Rimda; v) Evropa mamlakatlaridan Angliya va Fransiyada;
g) Amerika Qo‘shma Shtatlarida. 10. Eng qadimgi taniqli axloqshunos mutafakkirlarni aniqlang. a) Fales, Anaxsimandr, Geraklit; b) Aristotel, Suqrot, Epikur; v) Demokrit, Amaksimen, Lukretsiy; g) Gelvetsiy, Spinoza, Kant.
396
11. Axloqshunoslik bo‘yicha birinchi darslikni kim yozgan? a) Geraklit; b) Aristotel; v) Demokrit; g) Epikur.
12. «Axloq - bu baxt-saodatga erishish yo‘llarini o‘rgatuvchi fandir» degan fikrning muallifini aniqlang? a) Geraklit; b) Demokrit; v) Aristotel; g) Epikur. 13. Axloqning asosida shaxsiy manfaat yotadi - degan fikrni kim birinchi bor ilgari surgan? a) Golbax, Gelvetsiy; b) Alisher Navoiy, Farobiy; v) Platon, Gegel; g) Kant, Feyerbax.
14. Axloqiy taraqqiyot g‘oyasiga kim asos solgan? a) Gegel; b) Kant; v) Ibn Sino; g) Jomiy.
15. Burch kategoriyasi ustida kim ko‘proq ish olib borgan? a) Kant; b) Spinoza; v) Feyerbax; g) Marks. 16. Axloqning asosida sevgi va muhabbat yotadi - degan fikrning muallifini aniqlang. a) Feyerbax; b) Suqrot; v) Platon;
g) Sa’diy Sheroziy.
17. Eng qadimgi axloqiy ta’limotlar qanday yozma manbada ifoda etilgan? a)
Qur’onda; b) Avestoda;
v) O‘rxun-Enisey yozuvlarida; g) Farobiy risolalarida.
18. Eng qadimgi xalqlarning o‘z Vatani va o‘z xalqiga muhabbat fazilatlarini ifodalaydigan
og‘zaki ijodiyot namunalarini aniqlang. a) Go‘ro‘g‘li dostoni; b) Alpomish dostoni;
v) To‘maris va Shiroq afsonalari;
397 g) Qirq qiz dostoni.
19. «Fozil odamlar shahri», «Baxt-saodtaga erishuv yo‘llari haqida» risolalarining muallifini aniqlang. a) Al Kindiy; b) Al Roziy; v) Al Farobiy; g) Al Beruniy.
20. «Sevgi haqida risola» nomli kitobning muallifi kim? a) Beruniy; b) Xorazmiy. v) Ibn Sino. g) Umar Xayyom

Download 19.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling