Etish Ishning maqsadi


Download 290.79 Kb.
bet1/8
Sana09.09.2022
Hajmi290.79 Kb.
#803272
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
8-Laboratoriya Operatsion qurilmalar asosida kuchaytirgichni tadqiq etish
english topics, 30, Strategiyadan mus ish, тест саволлари (1), 1-Ma'ruza, Me'yor, Тестовые задания по ТОЭ, Sample-Listening-Test, tribotexnika asoslari, ТЕ СТсаволлар ЕОКПО 2017, 2 maqola, tola sifatini aniqlash, Дон ва дон махсулотлари биокимёси маъруза, Gulbog' Quyoshi -inglizcha tarjima, Кафолат хати

8- Laboratoriya ishi
Operatsion kuchaytirgichlar asosida yasalgan sxemalarni tadqiq
etish


Ishning maqsadi: Operatsion kuchaytirgichlarni ishlash printsipini o‘rganish va ular asosidagi qurilmalarning xarakteristikalarini tadqiq etish:
Nazariy qism


Operatsion kuchaytirgich (OK)-bu kichik o‘lchamli (integral sxema ko‘rinishidagi seriyalari: K140, K544, K553, KR1040UD, KR1435 (Rossiya) va boshqalar, hamda boshqa chet davlatlardan import qilinadigan seriyalar AD8041, OP275, LM339 va boshqalar) ko‘ppog‘onali doimiy tok kuchaytirgichi bo‘lib, unda pog‘ona (kaskad)lar va katta kuchaytirish koeffitsienti orasida bevosita aloqalar mavjud.
Operatsion kuchaytirgichlar elektr signallarini kuchaytirishda, hamda signallar ustida har xil amallar bajarishga mo‘ljallangan: qo‘shish, ayirish, jamlash, logarifmlash va boshqalar. Bundan tashqari, operatsion kuchaytirgichlardan ko‘pincha komparatorlar, garmonik tebranishlar va har xil shakldagi signallar generatorlarini, saylovchi (izbiratelno‘y) kuchaytirgichlar va boshqa qurilmalarni yasashda ham foydalaniladi. Bunday kuchaytirgichlar simmetrik, differentsial yuqori omlik kirishga, yuqori kuchaytirish koeffitsientiga, past omlik (nisbatan quvvatli) chiqishga ega bo‘lib, ular shunday yasalganki, ularga turli xil to‘g‘rilovchi (korrektiruyuhiy) zanjirlar va teskari aloqa zanjirlari ulanishi mumkin.



Ik i r Ic h i q

  1. b)



DU differensial kuchaytirgich UN kuchaytirgich EP emettirli qaytargich
8.1-Rasm.Operatsion kuchaytirgich
Namunaviy (tipovoy) operatsion kuchaytirgichning (OK) funktsional sxemasi 8.1a-ramda va uning shartli belgilanishi–3.1b-rasmda keltirilgan. OK ning differentsial kirish pog‘onasi (kaskadi), odatda maydon tranzistorlaridan yig‘ilgan bo‘lib, yuqori kirish qarshiligiga ega bo‘ladi. Chiqish pog‘onasi ikkitaktlik, past kirish qarshilikka ega quvvat kuchaytirgichidan (V yoki AV kuchaytirish rejimida ishlaydigan emitterli takrorlagich) iborat. Hozirgi davrda, OK ikkipog‘onali sxema bo‘yicha loyihalanadi. OK ikkita kirishga ega: invertirlovchi (I) va invertirlamaydigan (N). Bu nomlar, birinchi holatda chiqish kuchlanishi kirish kuchlanishiga nisbatan qarama-qarshi fazada, ikkinchi holatda esa kirish kuchlanishi bilan bir xil fazada bo‘lishi bilan bog‘liq. OK ni ta’minlash uchun odatda ikkita har xil qutbli +Un va Un manbadan yoki bitta bipolyar manbadan foydalaniladi, va uning o‘rtacha nuqtasini umumiy shinaga ulashadi (yerga ulashadi), va unga nisbatan ±3V...±15V ga teng +Un va Un kuchlanishlar o‘lchanadi. Kerakli xossalarni olish uchun OK ning qo‘shimcha chiqishlarga teskari aloqa halqalari ulanadi.



Download 290.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling