«etnomadaniyat»


Download 5.23 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/41
Sana13.07.2017
Hajmi5.23 Kb.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   41

 
 
Tarix  fakul’teti 
“Milliy g‘oya va ma'naviyat asoslari” kafedrasi 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
«ETNOMADANIYAT» 
fanidan  
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 

 

O‘ ZBEKISTON RESPUBLIKASI  
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI 
 
NIZOMIY NOMIDAGI  
TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI 
 
“Milliy g‘oya va ma’naviyat asoslari”  kafedrasi  
“Etnomadaniyat”  fanidan 
 
O`QUV –USLUBIY MAJMUA
 
 
     
 
Ushbu  o‘quv-uslubiy  majmua    “Etnomadaniyat”    fani  bo‘yicha  yaratilgan 
bo‘lib,    unda  mazkur  fanning  o`quv  dasturi,  ishchi  o`quv  dasturi,  ma’ruza 
mashg‘ulotlarining ta’lim texnologiyasi  va ma’ruza matnlari jamlangan. 
          Mazkur  o‘quv-uslubiy  majmua  “Milliy  g‘oya,  ma’naviyat  asoslari  va  huquq 
ta’limi”  bakalavr ta’lim yo‘nalishi  talabalari uchun mo‘ljallangan.   
 
 
 
 
Tuzuvchi:        f.f.n  M.A. Sobirova  
 
Taqrizchilar:       f.f.d. prof. I. Soifnazarov 
                              s.f.n.X. Jumaniyozov 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
O‘quv-uslubiy majmua  Nizomiy nomidagi TDPU O‘quv-uslubiy kengashining 
2015-yil ______dagi ______ -  sonli qarori bilan  tavsiya etilgan. 
 
 
 

 

 

 

 
 
 
 

 

 
 

 

 
 
 

 

 
О‘QUV -USLUBIY  MAJMUA MUNDARIJASI 
 
 
1.“Etnomadaniyat” fani bo‘yicha o`quv dasturi......................................... 
2. “Etnomadaniyat”  fani bo‘yicha ishchi o`quv fan  dastur....................... 
3.  Ta’lim texnologiyalar ishlanmasi, ilovalar, ma’ruza matnlari................ 
4. “Etnomadaniyat”  fani bo‘yicha Oraliq va  Yakuniy nazorat savollari va mavzular 
 
bо‘yicha tayyorlangan testlar......................................................... 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 

 

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 

 

 
Fanning  o‘quv  dasturi  Oliy  va  o‘rta  maxsus,  kasb-hunar  ta’limi  o‘nalishlari  bo‘yicha 
Muvofiqlashtiruvchi  kengashning  2012  yil  “6”  03  dagi  “1”  -  son  majlis  bayoni  bilan 
ma’qullangan. 
  
 
 
 
Fanning  o‘quv  dasturi  Nizomiy  nomidagi  Toshkent  Davlat  Pedagogika 
Universitetida ishlab chiqildi.  
 
 
 
 
Tuzuvchilar:    
Shermuhamedova  N.A.    -  –Mirzo  Ulug‘bek  nomidagi  O‘zMU  Falsafa 
fakul’teti, “Falsafa fan fan metodologiyasi” kafedrasi mudiri, f.f.d. 
Sobirova    M.A.    -  “Milliy  g‘oya  va  ma’naviyat  asoslari”  kafedrasi 
mudiri,  falsafa fanlari nomzodi 
 
 
Taqrizchilar:    
Abdurahmonov M – O‘zMU “Ma’naviyatshunoslikva    
dinshunoslik” kafedrasi  mudiri,  tarix fanlari doktori, professor 
Haytboyev N. – Toshkent shahar O‘MKHTB bosh mutaxassisi 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Fanning  o‘quv  dasturi  Nizomiy  nomidagi  Toshkent  davlat  pedagogika  universiteti 
ilmiy-metodik  birlashmasida  tavsiya  qilingan  (2012  yil  «9»  02    “7”  -  sonli  majlis 
bayonnoma).  
 

 
10 
KIRISH 
 “Etnomadaniyat”  fani  dasturi    “Milliy  g‘oya,  ma’naviyat  asoslari  va  huquq  ta’limi”  
ta’lim      yo‘nalishi  bo‘yicha  bakalavrlarning  tayyorgarlik  darajasi  va  zaruriy  bilimlar 
mazmuniga qo‘yiladigan talablardan kelib chiqqan holda tayyorlandi. 
Milliy  madaniyatimizni  yanada  taraqqiy  ettirish,  buyuk  ajdodlarimizning  asrlar 
davomida  yaratgan  bebaho  madaniy-ma’rifiy  merosini  ko‘z  qorochig‘iday  asrab-avaylash, 
kelgusi  avlodlarga  yodgorlik  qilib  qoldirish,  xalqimizning  umuminsoniy  qadriyatlar 
xazinasiga  qo‘shgan  ulkan  hissasini  butun  dunyoga  qayta  tanitish,  uni  keng  targ‘ib  etish, 
kishilarimiz, ayniqsa, yoshlarimiz ongiga milliy g‘urur, milliy iftixor, Vatanga muhabbat va 
istiqlol  g‘oyalariga  sadoqat  tuyg‘ularini  singdirib  borishda  mazkur  fanning    o‘rni  va 
ahamiyoti beqiyos.   
Zotan,  kishilik  tarixida  yaratilgan  va  ma’lum  taraqqiyot  bosqichlarni  o‘z  boshidan 
kechirgan  buyuk  siymolar  hamda  ota-bobolarimiz,  ma’naviy  madaniyat  yutuqlarini  oltin 
meros sifatida kelajak avlodlarga qoldirib ketganlar. Albatta bunday vorisiylik o‘z navbatida 
yosh  avlodning  ijtimoiy  ongida  hurmat,  ehtirom  shukuhini  tashkil  etsa,  bu  muqaddas 
qadriyatni  ijtimoiy hayotda sodir bo‘layotgan barcha o‘zgarishlarga qaramay, bu merosdan 
mukammal  foydalanishni,  uni  yanada  taraqqiy  etishi  uchun  barcha  imkoniyatlarimizni 
amalda qo‘llashlikni taqozo etadi.  
 
Fanning maqsadi va vazifalari 
           Fanni  o‘qitishdan  maqsad  –  bakalavriat  talabalariga  xalkimizning  tarixiy 
shakllanishi,  uning  ma’naviy-ma’rifiy  taraqqiyot  bosqichlari,  milliy  madaniyatimizning 
o‘tmishda  qo‘lga  kiritgan  yutuqlari,  elat,  qavm,  millat  tushunchalarining  mazmun  va 
mohiyatini  tushuntirish,  o‘tmishda  va  hozirgi  kunda  muayyan  darajada  shakllanib  va 
taraqqiy etib kelayotgan milliy madaniyatimizning tadrijiy  - tarixiy jarayonini o‘rgatishdan 
iborat.  
           Fanning  vazifasi  –  etnomadaniyat  faniga  oid  tushuncha  va  tamoyillar    to‘g‘risida 
talabalarga  zamonaviy  talablar  asosida      har  taraflama  chuqur  bilim  berish  bilan  birga 
ularning  umuminsoniy  dunyoqarashlarini  shakllantirish,  ma’naviy-ma’rifiy  faoliyatlarini 
yuzaga chikarish kabi omillarni ilmiy jihatdan tadbiq etib,   talaba yoshlarga  Vatanni sevish 
va ardoqlash, milliy qadriyat va an’analarni  e’zozlash tuyg‘ularini  singdirishdir. 
 
Fan bo‘yicha talabalarning bilimi, ko‘nikma va malakalariga qo‘yiladigan 
talablar 
“Etnomadaniyat”  o‘quv  fanini  o‘zlashtirish  jarayonida  amalga  oshiriladigan 
masalalar doirasida bakalavr: 
xalqimizning  tarixiy  shakllanishi,  uning  ma’naviy-ma’rifiy  taraqqiyot  bosqichlari, 
milliy  madaniyatimizning  o‘tmishda  qo‘lga  kiritgan  yutuqlari,  elat,  qavm,  millat 
tushunchalarining  mazmun  va  mohiyatini  tushuntirish,  o‘tmishda  va  hozirgi  kunda 
muayyan darajada shakllanib va taraqqiy etib kelayotgan milliy madaniyatimizning tadrijiy 
-  tarixiy  jarayoni  to‘g‘risida,  etnomadaniyat  tarixiy  jarayon  sifatida  tarkib  topib  davrlar 
mobaynida  ma’lum  bir  yutuq  va  kamchiliklarni  o‘zida  namoyon  etganligi,  etnomologik 
sifat  masalasida  jamiyat  ma’naviy-madaniy  hayotini  avloddan-avlodga  etkazib  uning 
kelajagi  uchun  zamin  yarata  olganligi  haqida    muayyan  ma’noda  tushuncha  va 
tasavvurlarga ega bo‘lishi lozim. Bundan tashqari  har bir talaba o‘tmish madaniyatni ongli 
ravishda  o‘rganishi,  uni  o‘rganib  olmasdan  turib  madaniy  merosni  yangi  jamiyat 
farovonligi  yo‘lida  qo‘llashga  asos  bo‘lmasligini  anglab    etishi,    turli  chizmalar  va  

 
11 
diagrammalar  tuzishni,    qo‘shimcha  adabiyotlar,  manbalar  hamda  Internet  saytlaridan 
foydalanib fanga oid ma’lumotlarni tahlil qila olishni  bilishi

etnomadaniyat  o‘quv fanining fanlar tizimidagi o‘rni, uning boshqa fanlar bilan 
aloqadorligi,  ajdodlarimizning  tarixiy  evolyutsiya  davrlarida  qo‘lga  kiritgan  yutuqlari, 
xalqimizning  madaniy-ma’rifiy  merosi,  milliy  qadriyatlari,  urf-odatlari,  rasm-rusumlari, 
odob-axloq  borasidagi  saboqlaridan  namunalarni  mukammal  o‘zlashtirish  ko‘nikmalariga 
ega bo‘lishi; 
-          xalq  etnopsixologik  xususiyatlarining  madaniyat  va  tarix  bilan  bog‘liqligi,  o‘zbek 
xalqining etnogenezi va etnik tarixiga oid manbalar bo‘yicha  darslik,  o‘quv  qo‘llanmalar  
va    maxsus    adabiyotlardan    bilim    egallash  jarayonida  foydalana  olish,      statistik   
ma’lumotlardan      foydalana      bilish,      ularni      tahlil            qilish,    jadval,  diagramma    
materiallaridan        foydalanish  va ularni tayorlay  bilish  hamda   baholash  malakalariga  ega 
bo‘lishi kerak. 
 
Fanning o‘quv rejadagi boshqa fanlar bilan o‘zaro bog‘liqligi, uslubiy jihatidan 
uzviyligi va  ketma-ketligi 
Mazkur fan 5-semestrda o‘qitilishga mo‘ljallangan bo‘lib, o‘quv rejada 
rejalashtirilgan  O‘zbekiston tarixi, Falsafa, Ma’naviyat asoslari. Dinshunoslik, 
Madaniyatshunoslik, Milliy g‘oya: asosiy tushuncha va tamoyillar, Falsafaning 
umumnazariy masalalari, Ijtimoiy falsafa, G‘oyalar falsafasi, Qadriyatlar falsafasi,  
Ma’naviyatshunoslik, O‘zbek adabiyoti, Dunyo dinlari tarixi kabi gumanitar va ijtimoiy-
iqtisodiy, matematika va tabiiy-ilmiy, umumkasbiy va ixtisoslik fanlari bilan o‘zaro bog‘liq,  
uslubiy jihatidan uzviy ravishda va ketma-ketlik asosida o‘qitiladi.  
 
Fanning  ta’ilmdagi o‘rni 
“Etnomadaniyat” fani umumkasbiy fanlar fanlaridan biri bo‘lib, talabalarda Markaziy 
Osiyo  xalqlari  tarixi,  madaniyati,  etnografiyasi  borasidagi    tushunchalarni  shakllantirishda, 
umumta’lim  maktablari,  akademik  litseylar  va  kasb-hunar  kollejlari  o‘quvchi  yoshlariga 
etnomadaniyatga oid bilimlar berishda asos bo‘ladi.  
 
Fanni o‘qitishda foydalaniladigan zamonaviy axborot va pedagogik 
texnologiyalar 
Talabalarning  “Etnomadaniyat”  fanini  o‘zlashtirishlari  uchun  o‘qitishning  ilg‘or  va 
zamonaviy  usulllaridan  foydalanish,  yangi  informatsion  pedagogik  texnologiyalarni  tadbiq 
qilish  muhim  ahamiyatga  egadir.  Fanni  o‘zlashtirishda  darslik,  o‘quv  va  uslubiy 
qo‘llanmalar,  ma’ruza  matnlari,  tarqatma  va  elektron  materiallar  qo‘llaniladi.  Ma’ruza, 
seminar  darslarida  o‘qitiladigan  mavzu  va  darsning  xususiyatidan  kelib  chiqib  pedagogik 
texnologiyalardan (“Fikrlar xujumi”, “Klaster”  “Tushunchalar tahlili”, “Charxpalak” metodi, 
“Bumerang”, “Skorobey”, “Tarozi”, “Elpig‘ich” texnologiyasi va boshqalar) foydalaniladi.  
Bundan tashqari pedagogik jarayon natijalarini xolisona  baholash (Test usuli, reyting 
tizimi, talabaning bilim va ko‘nikmalarini egallash jarayonini nazorat etish) maqsadga 
muvofiq. 
 
 
 
 

 
12 
Asosiy qism 
Fanning nazariy mashg‘ulotlari mazmuni 
 
Etnomadaniyat fanining predmeti,  maqsad 
 va vazifalari 
Etnomadaniyat    atamasining  etno  va  madaniyat  so‘zlari  qo‘shilmasidan  tarkib  topgan 
bo‘lib, fan sifatida 
 biror xalqning kelib chiqishi (bu borada o‘zbek xalqi), uning madaniyati, 
turmush  tarzi,  ma’naviy-ma’rifiy  xususiyatlarini  tarixiy  jarayon  (davr)larda  ravnaq  topib 
hozirgi kunimizgacha rivojlanib kelayotgan ma’naviy hamda madaniy merosini o‘rganishga 
qaratilganligi.
  
O‘zbekiston  Resublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  “Ma’naviyat  va  ma’rifat” 
jamoatchilik  markazi  huzuridagi  "Oltin  meros"  xalqaro  xayriya  jamg‘armasini  qo‘llab-
qo‘ltiqlash to‘g‘risida" gi Qarorida o‘tmish milliy madaniyatimizni yanada taraqqiy ettirish, 
buyuk  ajdodlarimizning  asrlar  davomida  yaratgan  bebaho  madaniy-ma’rifiy  merosini  ko‘z 
qorachig‘iday  asrab-avaylash,  kelgusi  avlodlarga  yodgorlik  qilib  qoldirish,  xalqimizning 
umuminsoniy qadriyatlar xazinasiga qo‘shgan ulkan hissasini butun dunyoga qayta tanitish, 
uni keng targ‘ib etish, kishilarimiz, ayniqsa, yoshlarimiz ongiga milliy g‘urur, milliy iftixor, 
Vatanga  muhabbat  va  istiqlol  g‘oyalariga  sadoqat  tuyg‘ularini  singdirib  borish  kerakligi 
xaqida aniq ko‘rsatmalar berilganligi.  
 
 
Markaziy Osiyo xalqlari tarixi, madaniyati, etnografiyasi 
muammolari 
Markaziy Osiyo kishilik jamiyatining eng qadimiy markazlaridan biri bo‘lib kelganligi. 
Bunday  baholanish  mezoni,  albatta  tarixiy  arxeologik,  poleontologik  hamda  antropologik 
tekshiruvlar  natijalariga  tayanishi.  Ko‘plab  qazilma  hamda  tekshiruvlar  Markaziy  Osiyo 
zaminining barcha hududlarida olib borilganligi. Eramizdan million yillar burun bu zaminda 
kishilar yashab kelganligi ham isbotlanganligi. 
O‘tmishdagi  ajdodlarimiz  madaniyatining  rivojlanish  kurtaklari  eng  qadimiy  poleolit 
davriga,  ya’ni  O‘rta  Osiyoda  odam  zoti  paydo  bo‘la  boshlagan  -  500  ming  yil  avvalgi 
davrlarga  borib  taqalishi.    Shu  bilan  bir  qatorda  bu  yarim  million  yil  doirasidagi  inson 
hayoti,  madaniyati,  rasm-rusm  hamda  urf-odatlarini  o‘rganish  uchun    bugungi  kunda 
etarlicha sharoitlar mavjudligi.  
Farg‘ona vodiysining So‘x tumanida topilgan Sulung‘ur g‘oridagi asori - atiqalar, Anov 
va Namozgoh, Sopollitepa qazilmalarining namunalari ajdodlarimizning qadimgi makonlari 
qanday  bo‘lganligi,  hayot  va  turmush  tarzi,  ma’naviy-madaniy  xususiyatlari  to‘g‘risida 
ma’lum tasavvurlar hosil kilishga imkon berishi.  
 
O‘zbek xalqining etnogenezi va etnik tarixiga oid  eng 
 muhim manbalar 
Tarixiy manbalarning umumiy tavsifi. Tarixiy manbalar qatoriga qadimgi odamlarning 
manzilgoxlari,  qadimgi  shaharlar,  qal’alar  va  ularning  xarobalari,  sug‘orish  inshoatlari 
qoldiqlari,  ajdodlarimizning  mehnat  qurollari,  uy-ro‘zg‘or  buyumlari,  zeb-ziynatlar, 
tangalar, qoyatosh sur’atlari, petrogliflar, yozma hujjatlar va boshqalar kirishi.  
Tarixiy  manbalar  insonlarning  ijtimoiy  faoliyati  davomida  yaratilishi  va  o‘tmish 
hodisalarini o‘zida aks ettiradi. Tarixiy manbalarsiz tarixni o‘rganish mumkin emasligi. 
Hozirgi  zamon  tarix  fanida  tarixiy  manbalarning  shartli  ravishda  7  asosiy  guruhga 
bo‘linishi. 

 
13 
Ashyoviy manbalar. Etnografik manbalar.   
Fol’klor 
manbalar.  Rivoyat  va 
asotirlar  -  "Bu  xalqning  o‘zi  so‘zlab  bergan  tarixi"  ekanligi.  Lingvistik  manbalar. 
Fotokinohujjatlar. Fonohujjatlar.  Yozma manbalar.   
 
Etnomadaniyatning shakllanishida xalq  
o‘yinlarining o‘rni 
Dehqonchilikning    vujudga  kelishi  va  rivojlanishi  ikki  an’ana:  ya’ni  bahorda  mehnat 
mavsumiga  kirish  va  kuzda  hosilni  yig‘ish  yakuniga  bag‘ishlangan  marosim-bayramlarni 
yuzaga  keltirganligi.  Eng  qadimiy  davrdan  boshlab  inson  hayotida  termachilik,  ovchilik, 
chorvachilik,  deqqonchilikka  oid  mehnat  tajribalari  bilan  birga  o‘yin-raqslar  shakllana 
boshlaganligi.  Marosim,  san’at,  ijod  kabi  madaniyat  turlarining  vujudga    kelishida  va 
rivojlanishida o‘yinlar o‘ta muhim rol o‘ynaganligi. 
Xalq o‘yinlari – Etnomadaniyatning tarkibiy qismi ekanligi. Xalq  o‘yinlarining paydo 
bo‘lishi  va  rivojlanishi.  Chorvachilik  bilan  bog‘liq  xalq  o‘yinlari.  Yil  fasllari,  shahar  va 
qishloqlarga  xos  o‘yinlar  tizimi.  Boshqotirma,  so‘z,  qo‘shiq,  raqs-o‘yinlar,  voqeband, 
harakatli o‘yin turlarining vujudga kelishi.  
Sho‘rolar  davrida  xalq  o‘yinlarining  hayotdan  siqib  chiqarila  boshlanishi.  Barcha 
uchun umumiy bo‘lgan ong, til, odatlar, o‘yinlar joriy qilina boshlanishi.  
 Mustaqillik sharoitida O‘zbekistonda Milliy o‘yinlarning tiklanishi va  rivojlanishi.  
 
Qadimgi davr o‘zbek folklori –  etnomadaniyat tarixida 
 muhim manba 
Xalq  og‘zaki  badiiy  ijodini  o‘rganuvchi  fan  folklorshunoslik  yoki  folkloristika  deb 
yuritilishi.  
Folklorshunoslik  asoslarining  qadimgi  dunyo  estetik  tafakkuriga  borib  taqalishi. 
Qadimgi  dunyo  sayyohlari  va  tarixchilarining  afsona  va  rivoyatlar,  turli  urf-odat  va 
marosimlar  haqidagi  qaydlari,  yozuvchi  va  bastakorlarning  folklor  to‘g‘risidagi  ilk  fikrlari 
folklorshunoslik  uchun  muhim  ekanligi.  Folklor  namunalarini  yozib  olishdagi  birinchi 
tajribalar. Mahmud Qoshg‘ariyning «Devonu lug‘atit-turk» asaridagi folklor namunalari. 
Qadimgi davr folklori deganda qadim zamonlardan to X asrga qadar yaratilgan va ijro 
etilgan folklor asarlari nazarda tutilishi. Qadimgi davr folklori haqidagi ma’lumotlarni bizga 
qadar etib kelgan ayrim yozma manbalardan, arxeologik topilmalardan o‘rganishimiz. 
Etnomadaniy jarayonning shakllanishida qadimgi davr folklorining o‘rni va ahamiyati .  
  
O‘zbek xalq og‘zaki ijodi: xalq maqollari, topishmoqlari,qo‘shiqlari va xalq 
dostonlari 
 O‘zbek  xalq  og‘zaki  ijodi.    Maqol  xalq  hayotiy  tajribalari  xulosasini  ifodalovchi 
hikmatli  fikrlar  majmuasi.  Har  bir  maqolning  vujudga  kelishida  birorta  ibratli  voqeaning 
ahamiyati katta ekanligi. 
Topishmoqlar    xalq  zukkoligi  va  topqirligi      mahsuli  ekanligi.  Chistonlar.    Xalq 
qo‘shiqlarining   paydo bo‘lishi.  Qo‘shiqlarda xalq  orzu armonlarining ifoda  etilishi.  
Doston  o‘zbek  folklorining  keng  tarqalgan  va  yirik  janrlaridan    biri  ekanligi.    Uning 
yaratilishi  xalqimizning  ma’naviy-maishiy  qiyofasi,  ijtimoiy-siyosiy  kurashlari,  axloqiy-
estetik  qarashlari,  adolat  va  haqqoniyat,  ozodlik va  tenglik,  qahramonlik  va  vatanparvarlik 
haqidagi g‘oyalari bilan chambarchas bog‘liqligi.   
Dostonlarning  sinkretik  -  omuxta  janr  hisoblanishi.  Xalq  dostonlarining  ijrochilari 
O‘zbekistonning turli hududlarida turli nomlar bilan yuritilishi.  
 

 
14 
 Madaniy taraqqiyotda xalq teatri va milliy  
raqslarning o‘rni 
Insoniyatning  madaniy  taraqqiyoti  tarixini  antik  teatrsiz  tasavvur  qilib  bo‘lmasligi. 
Antik  teatr  mazmunan  xalq  hayoti,  uning  taqdiri  bilan  bog‘liq  ulug‘vor  g‘oyalar  teatri 
sifatida dunyoga kelganligi. Qadimgi Yunonistonda Esxil, Sofokl Evripid, Aristofan, Rimda 
Plavt  va  Senekalar  yangi  sahnaviy  shakllar,  umumlashgan  falsafiy,  teran  badiiy  obrazlar 
orqali  el-yurtni  jo‘shqin  sevish,  qadrlash  e’tiqodlarini  tarannum  etganliklari.    Antik 
dunyodan  bizga  badiiy  ijodning  tragediya,  komediya  janrlariga  oid  benihoya  go‘zal,    
badiiy yuksak adabiy namunalari etib kelganligi. 
Raqs san’ati madaniyatning o‘ziga xos, eng go‘zal turi sifatida. Raqs san’ating estetik 
jihatlari. Raqslarga ko‘chgan orzu armonlar va umidlar.  
Xalq madaniyatining takomillashib borishida  teatr va raqs san’atining  beqiyos ulushi 
va ahamiyati.  
 
Etnopedagogika va milliy ma’naviyat 
Millatni  milliy  tarbiya  shakllantirishi.  Milliy  tarbiya  xalq  pedagogikasining  muhim 
yo‘nalishi, xalq pedagogikasi esa, xalq ijodining tayanchlaridan biri ekanligi.  
Xalq ijodi  bitmas-tuganmas xazina ekanligi. Xalq ijodini chuqur va ko‘p o‘rganilsa, u 
shunchalik ko‘p yangi qirralarni namoyon etishi.  
Millatni  millat  sifatida,  xalqni  xalq  sifatida  saqlab  turish  –  xalq  pedagogikasining 
muhim xususiyatlaridan biri ekanligi.  
Bayramlar  eng  qadimiy  davrlardan  boshlab  inson  hayotining  eng  muhim  va  tarkibiy 
qismiga  aylanganligi.    Har  bir  millat  va  elat,  xalqning  o‘z  taraqqiyot  tarixi  jarayonida 
shakllangan  bayramlari  mavjudligi.  O‘zbek  xalqining  bayramlari  qon-qardosh  xalqlarning 
tarixiy  -  madaniy  aloqalari  jarayonida  shakllangan  va  rivoj  topgan,  boshqa  xalqlar 
bayramlariga  ta’sir  etgan  va  o‘z  navbatida  qarama-qarshiliklar,  to‘siqlarni  engib,  boshqa 
xalqlar tajribasi bilan boyib kelgan uzoq tarixga ega ekanligi. 
 
An’anaviy oila - turmush  marosimlari –  xalq madaniyatining 
 fenomeni  
XX  asr  so‘nggi  choragidan  boshlab  dunyo  miqyosida  etnolog  va  sotsial  antropologlar 
tomonidan  marosimlarni xalq  madaniyatining fenomeni tarzida  o‘rganishga alohida e’tibor 
qaratilganligi.  So‘nggi  o‘n  yilliklarda  dunyo  miqyosida  kechayotgan  globalizatsion 
jarayonlar  etnik  xususiyatlarning  saqlab  qolish  omillarini  va  milliy  marosimlarni  tadqiq 
etish muammosini dolzarb muammolar tarzida kun tartibiga qo‘yilishiga sabab bo‘lishi.  
Oila  va  oilaviy  marosimlar  etnosga  oid  madaniy  va  maishiy  an’analar  uzatuvchisi 
hamda davomchisi hisoblanishi. 
Xalqimizning  qadimiy  e’tiqodlarini,  madaniyat  tarixi,  orzu  intilishlari,  hayotga 
munosabatini o‘rganishda nikoh to‘yi bilan bog‘liq marosimlar muhim ahamiyatga egaligi.  
Dunyodagi  ko‘plab  boshqa  xalqlar  singari  o‘zbek  to‘y  marosimlari  sirasida  nikoh 
to‘ylari uzining turli xildagi marosimlarga, irim-sirimlarga boyligi, etnografik manbalarning 
rang-barangligi bilan alohida ajrab turishi.  
 
O‘zbek xalqi moddiy madaniyatida qadimiy diniy tasavvurlar va qarashlarning arxaik 
izlari 
Etnologik  yo‘nalishda  bajarilgan  tadqiqotlarda  moddiy  madaniyat  (turar  joylar, 
kiyimlar, taqinchoqlar, oziq ovqatlar)ni odatda grafik tasvirlar, planlar, chertyojlar, rasmlar, 
fotosuratlar  yordamida  batafsil  tavsiflash  va  ilmiy  tahlil  qilish  o‘ziga  xos  an’anaga 

 
15 
aylanganligi.  Lekin  ushbu  ma’lumotlar  etnologik  tadqiqotlarning  asosiy  maqsadini 
isbotlashga  ko‘maklashuvchi  tavsifiy  vosita  bo‘lib  xizmat  qilishi.  Moddiy  madaniyatning 
etnologik  yo‘nalishda  tadqiq  etilishida  ko‘zlangan  asosiy  maqsad  o‘rganilayotgan 
ob’ektning  xalq  ijtimoiy  turmush-tarzi  bilan  aloqadorligini  yoritishdan  iboratligi.  Moddiy 
madaniyat namunalarida aks etuvchi ramz, belgi g‘oya ko‘rinishida ham qiziqarli bo‘lib, bu 
bevosita  u  bilan  bog‘liq  tasavvurlar,  e’tiqodiy  qarashlarni  tahlil  qilishda  muhim  ahamiyat 
kasb etishi. Etnologlar uchun moddiy madaniyat namunalarining tavsifi emas, balki ularning 
inson bilan aloqadorligi qiziqarli hisoblanishi. 
 


Download 5.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling