MUNDARIJA
Etnosotsiopragmatika fanining shakllanishi, uning predmeti, maqsadi va vazifalari
Lisoniy hamjamiyat va ijtimoiy-kommunikativ tizimlar. Lisoniy kod. Til qo‘llash sohasi
Etnosotsiopragmatikada variativlik. Variativlik turlari. Ijtimoiy variativlik. Gender variativlik.
Etnosotsiopragmatikada lingvistik tushunchalar. Til me’yori. Nutqiy muloqot
Til egasining kommunikativ salohiyati. Ijtimoiy maqom va ijtimoiy rol. Lisoniy ijtimoiylashuv
Nutqiy muloqot tizimiga pragmatik yondashish
Nutqiy muloqot. Uning o‘ziga xos xususiyatlari
Nutqiy muloqotning tarkibiy qismlari, muloqot asosiy birliklari
Etnomadaniyat va muloqot madaniyati tizimini lingvokulturologik tadqiq qilish muammolari
Etnik madaniyat rang-barangligi va shakllari
1. Etnopragmalingvistika fanining predmeti, uni o‘rganishning nazariy- metodologik asoslari, manbalari va ahamiyati.
Reja
1. “Etnopragmalingvistika” tushunchasi
2. Etnopragmalingvistika ning manbalari
3. Etnopragmalingvistika ning fan sifatida mavqyei
4. Etnopragmalingvistika ning obyekti
5. Etnopragmalingvistika ning predmeti
6. Etnopragmalingvistika ning vazifalari
Tayanch so‘zlar va tushunchalar: sotsiolingvistika, manba, sotsiolingvistika fan sifatida, obyekt, predmet, kommunikativ faoliyat, lisoniy faoliyat, lisoniy muloqot
Bugungi kunda fan sohalari orasidagi chegara ancha nisbiy xarakter kasb etmoqda. Bunday fanlarga sotsiologiya va tilshunoslik fanlarining tutash nuqtasida rivojlanayotgan sotsiolingvistika misol bo‘la oladi. Sotsiolingvistika tilshunoslikning tilni va uning mavjud bo‘lgan ijtimoiy sharoitlar bilan bog‘liqligini o‘rganadigan sohasidir. Ijtimoiy sharoitlar deganda, amaldagi til rivojlanayotgan tashqi shart-sharoitlar majmuyi: mazkur tildan foydalanayotgan kishilar jamiyati, bu jamiyatning ijtimoiy strukturasi, til egalarining yoshi, ijtimoiy mavqeyi, madaniyat va bilim darajasi, yashash joyi orasidagi farqlari, shuningdek, ularning muloqot vaziyatiga bog‘liq bo‘lgan nutqiy muomalasidagi farqlar tushuniladi. Demak, sotsiolingvistika tilning jamiyat hayotidagi roli, uning ijtimoiy tabiati, ijtimoiy funksiya(vazifa)lari, ijtimoiy omillarning tilga bo‘lgan ta’sir mexanizmi bilan bog‘liq masalalarni o‘rganadigan tilshunoslik sohasidir.
“Sof” lingvistika lisoniy belgilarni, chunonchi, tovush va uning yozma ifodasini, uning boshqa belgilar bilan o‘zaro munosabatini, vaqt va zamonda o‘zgarishini va h.k. tahlil qilish bilan shug‘ullansa, sotsiolingvistika insonlar mazkur lisoniy belgilarni ularning yoshi, jinsi, ijtimoiy holati, bilimi va madaniyatlilik darajasiga ko‘ra qanday qo‘llashlarini, ya’ni ijtimoiy muhitning ularning nutqiy muomalasiga qanday ta’sir qilishini o‘rganadi. Masalan, “sof” lingvistikada tomi ketmoq iborasi ot va fe’ldan tarkib topgan frazeologik birlik sifatida talqin qilinsa, sotsiolingvistikani mazkur ibora qaysi tabaqa vakilining so‘zlashuv nutqida qo‘llanilgani qiziqtiradi.
Xullas, sotsiolingvistikaning tilga nisbatan o‘ziga xos yondashuvini va uning “sof” lingvistikadan farqini tushunish uchun sotsiolingvistikaning manbalarini ko‘rib chiqish, uning tilshunoslikning boshqa yo‘nalishlari orasidagi mavqeyini belgilash, uning obyekti va asosiy tushunchalarini, u shug‘ullanadigan masalalarni aniqlab olish lozim bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |