Ф – flyus ostida yoy bilan payvandlash, У


Download 0.86 Mb.
Sana17.02.2023
Hajmi0.86 Mb.
#1205831
Bog'liq
Amaliy mashg\'ulot 2


Payvand birikmalar va choklarning turi, ularning o‘lchamlari va chizmada belgilanishi davlat standartlari bilan belgilab qo ‘yilgan.
Chizmalarning rejalarida va yon tomondan ko‘rinishlarida ko‘rinadigan chokning joyi tutash chiziq bilan, ko‘rinmaydigan chokni punktir chiziq bilan belgilanadi. Ko‘ndalang kesimlarda chokning chegaralari tutash yog’on chiziqlar bilan, payvandlanadigan detallarning qirralari esa ingichka tutash chiziqlar bilan ko‘rsatiladi. Chokni uning tasvirida strelkasi bir tomonlama og‘ma chiziq bilan va ikkinchi uchida chokning shartli belgisini yozish uchun tokcha (polka) bilan belgilanadi.
Agar buyumda payvandlashning bir nechta usullari qo‘llansa, payvandlash belgisining harfiy belgilari quyidagilarni bildiradi: Ф – flyus ostida yoy bilan payvandlash, У – karbonat angidrid muxitida payvandlash, И – inert gaz muhitida payvandlash, Ш – elektr-shlak usulida payvandlash, K – kontaktli payvandlash.
Payvandlash jarayonining mexanizatsiyalashtirilish darajasi payvandlash usulining belgisi xarflar bilan ko‘rsatiladi: Р – qo‘lda payvandlash, A – avtomatlashtirilgan payvandlash, П – mexanizatsiyalashtirilgan payvandlash (yarim avtomatik payvandlash).
Qirralari qiyiqsiz ustma-ust birikmaning choki, bir tomonlama, himoya gazlari muhitida eriydigan elektrodlar bilan, berk bo‘lmagan chiziq bo‘yicha yoy bilan payvandlangan. Chok kateti 5 mm.
Flyus ostida yoy bilan payvandlangan nuqtali birikma. Nuqtaning diametri 11 mm. Qavariqligi olib tashlansin.
Elektr-shlak usulida sim elektrod bilan payvandlanadigan, qirralari qiyiqli burchakli birikma choki. Chok kateti 22 mm.
Qirralari qiyiqsiz tavrsimon birikmaning choki, ikki tomonlama, uzlukli, shaxmat-simon joylashgan, himoya gazi muhitida erimaydigan elektrodlar bilan payvandlangan. Katet choki 6 mm, uzunligi 50 mm, qadami 100 mm.
Download 0.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling